jontalash ishning mo„ljaldagi qismini bajara olmaganidan o„ziga-o„zi g‟udrana-
g‟udrana qo„lini yuvdi, etigini yechmaslik uchun borib har galgidek poygakka
cho„kdi, suvi qochgan nonni sindirib yedi.
-Qovun obke,-dedi-da, belidagi pichog‟ini qinidan sug‟urdi.
-Har kuni qovun bilan non ekan-da?-bidillagancha xotini qovun keltirdi.
-Qovunda hikmat ko„p,-nasihatga tushdi Tursunboy aka,-qovun yesang sahar
ye deganlaridek…
-Har saharda qovun ye demagandir o„sha mashoyixlaringiz yo o„zlari Xudo
bergan kun qovun yemagandir. Qozon o„lgurning go„sht ko„rmaganiga ham ikki
oy bo„ldi.
-O„z qornimning deyaver, qozonning tili yo„q aytgani,-hazillashdi Tursunboy
aka.”
Dialog personajlarning o„zaro munosabatlarini, xarakter qirralarini, ruhiy
dunyolarini va umuman, asar mazmunini ochishda muayyan vazifani ado etadi.
Ushbu dialog orqali Tursunboyning qisinib-qimtinib yashaganligini, o„z bilganidan
qolmaydigan qaysar ekanligini, xotinining kinoyali so„zlari, “bidillab” harakat
qilishlari orqali ularning turlicha olam vakillari ekanligi ochib berilganining guvohi
bo„lamiz.
Adabiy asarda personajning boshqalarga qarata so„zlashi yoki o„z-o„zi bilan
ruhan suhbatlashishi monolog deb ataladi. Monologning turli ko„rinishlari mavjud.
Agar u personajning to„g‟ridan- to„g‟ri boshqalarga qarata aytilgan nutqi tarzida
berilsa, ochiq shakldagi monolog hisoblanadi.
Monolog personajlarning ichki nutqi, o„z-o„zi bilan so„zlashuvi, suhbati
tarzida ham berilishi mumkin. Bu monologning yopiq shakli hisoblanadi. Asar
davomida yozuvchi ko„p o„rinlarda qahramonlarning ichki ruhiy holatlarini yanada
yorqinroq ochib berish uchun ichki monologdan foydalangan. Bu borada ayniqsa
Tursunboy jontalash yorqin ifoda etilgan. Tug‟ishgan akasinikiga to„yga kechikib
borib va bundan birinchi bor, lekin qattiq afsuslangandagi holati aniq gavdalanadi.
46
U o„ziga savollar beradi. Nega boshqalarga o„xshamasligini bilgisi keladi: “Nega
men shunaqaman? Nega hamma odamlar qatori kerak bo„lganda ishni qo„yib, to„y-
ma‟rakalarga bormayman, borolmayman?.. Tursunboy jontalash umri bino bo„lib,
ellikdan oshgandan keyingina shunday savollarni – xotini, bolalari, tanish-bilishlari
unga doim berib yurgan so„roqlarni endi o„ziga-o„zi berayotgandi”.
Yozuvchilar asardagi personajlar nutqiga juda ustalik bilan va me‟yorini
saqlagan holda xalq maqollarini kiritadilar. Bunda ham ular qahramonlarning ruhiy
dunyosini chuqurroq ochishni ko„zda tutadilar. Xalq maqollari qahramonlarning
ruhiy olamini, turli narsa-hodisalarga munosabatini ochishga xizmat qilish bilan bir
qatorda ularning o„ziga xos so„zlash tarzini ko„rsatishga ham imkon beradi.
Masalan, Tursunboy jontalash tilidan aytilgan “Mehnat qilgan odam xor
bo„lmaydi”, “Dangasaning biri ikki bo„lmaydi” maqollari muayyan sharoitda
qo„llangan bo„lib, uning mehnatkashligi, harakatchan inson ekanligini ifodalagan.
Ko„pincha personajlar nutqi bilan muallifning yashirin ovozi birlashib
ketganday bo„ladi. Yozuvchi badiiy asarda personajlarning tashqi qiyofasi, ichki
kechinmalarini tasvirlashdan tashqari, ularning nutqiga ham e‟tibor beradi. Chunki
personaj nutqi uning fikr va hissiyotini, turmush hodisalarga bo„lgan munosabatini
bildiradi. Personaj nutqi muallif nutqi bilan bog‟liq holda ro„yobga chiqadi.
Chunki, yuqorida ta‟kidlab o„tganimizdek, muallif personajlar nutqi va
xarakterlarini boshqarib boradi. “Badiiy asarda personajlar o„zicha gapirmaydi:
muallif personajlar so„zini o„z nutqi bilan bog‟lab, ular nutqidan sitatalar keltiradi.
Shunga ko„ra personajlar nutqi individuallashtirilganligiga qaramay, hikoya
qiluvchi nutqiga bo„ysunadi. Yozuvchi personajlar nutqidan sitatalar keltirar ekan,
ular nutqini aynan ko„chirib beradi yoki o„zlashtirgan holda bayon etadi.”
42
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, yozuvchi jamiyatdagi turli-tuman
kishilarning hayotini, rang-barang tabiatli odamlar harakatlarini o„rgangan va
ularning tipik til xususiyatlarini personajlarning nutqlari orqali aks ettirgan.
Odatda, qahramonning individual tili uning o„z hayot tajribasi, dunyoqarashi,
fahm-idroki, xulq-atvori, madaniy saviyasi,psixologiyasi va kasb-korini ravshan
42
Zunnunov A, Hotamov N. Adabiyot nazariyasi. T.,”O‟qituvchi”. 1978. 69-bet.
47
xarakterlab beradi. Ushbu asarda qahramonlarning nutqi orqali ularning qanday
odam ekanliklarini payqab olish mumkin.Har bir qahramonning tili o„ziga xos
xususiyatlarga ega. Yozuvchi personajlar nutqining ularning asarda tasvirlangan
voqealardagi o„rniga, individual xarakter-xususiyatlariga qarab, ularning nutq
tuzilishi, so„z boyligi va boshqa xususiyatlarini yecha olgan.
Asar qahramonlari tiriklik mantig‟i, ruh halovatini har ikki dunyo
to„g‟risidagi mushohadalar yordamida anglashga, idrok etishga urinishadi. Idrok
esa insonni Isyondan voz kechib, Itoatga kelishga undaydi. Asar davomida turli
qahramonlar va ular bilan yuz beradigan turfa taqdirlar yoritilgan. “Isyon va
itoat”da aynan hayotni, insonni badiiy tadqiq etish maqsadi yetakchilik qiladi,
ya‟ni yozuvchi uchun u olam va odam mohiyatini keng va atroflicha tadqiq
etadigan salmoqli badiiy tafakkur maydoni. Asardagi har bir qahramon hayotda
isyondan qutulib, itoatga yuz burishning alohida-alohida ko„rinishlarini, shakllarini
ta‟kidlashga xizmat qiladi. Asardagi Larisa xolaning ayanchli qismati ham,
Tursunboy jontalashning hayoti ham isyondan qutulib, itoatga yuz burishning
alohida-alohida ko„rinishlaridir. Larisa mayllariga qul bo„lish yo„lidan bordi. Shu
bois payti kelib itoat ehtiyojini tuyganda ham bunga erisholmadi. Yoki Tursunboy
jontalashni olaylik, o„zi burch deb o„ylagan narsaga qul bo„lib o„tdi, oilam, bola-
chaqam deb chumolidek tinib-tinchimay yashadi, burchga qullik shu darajadaki,
fidoyiligini hatto joni-jahonini tikkan oilasi-yu farzandlari ham singdirolmaydi.
Isyonning ma‟nosini lug‟atlardan izlashning hojati yo„q, uni qahramonning
hayotidan ma‟ni izlash qasdidagi evrilishlarga to„liq yo„l-Yaratgan qoshiga
o„zlikni anglagan holda borish istagidan tug‟ilgan buyuk safar tadorigi deb
tushunsa bo„ladi, o„zlikni anglab kelingan itoat aslo mutelik emas. Aksariyat
insonlarning umr yo„li isyondan iborat bo„lishi mumkin. Ular hayotlarining eng
so„nggi lahzalaridagina itoatga kelib, tazarruga chog‟lanadilar. Bunga imkon
topmaganlar ham yo„q emas. “Isyon va itoat”dagi turfa taqdirlar bunga misol.
Asarga epigraf qilib olingan “Ichingdagi isyondan qutulib, itoatga
kelmaguningcha halovat topolmaysan…”
43
jumlasi asarning butun mazmunidan
43
Hamdam U. Isyon va itoat. –T.”Yangi asr avlodi”. 2003. 3-bet.
48
kelib chiqqan gap deyish mumkin. “Isyon va itoat” ham ana shu jumla ustiga
qurilgan. Shu o„rinda yozuvchi o„zining ko„zlagan maqsadini izohlaydi:
”Yozuvchi sifatida emas, bir fikrlovchi inson sifatida men ham boshimni xayolan
har toshga urib ko„rdim. Odam bolasiga shunchalar ulug‟vor ruhni berish bilan bir
qatorda, uni yana buncha omonat va ojiz qilib yaratgani uchun Yaratgandan
yozg‟irish, o„ylaymanki, fikr yurituvchi har qanday insonning hayotida yo„q
deganda bir marta bo„lsin, sodir bo„ladi. Agar isyon bir umr davom etsa-chi?
Bunga chidash mumkinmi? Yana bu isyon biron kishiga yoki biron holatga emas,
balki naq xudoning o„ziga qarshi bo„lsa!.. Odam bolasi o„z qismatiga,
peshonasidagi yozig‟iga qarshi bo„lsa!.. Bunday holatda odam bolasiga kun yo„q,
tin yo„q, halovat yo„q… Asar mana shu haqda. Nazarimda siz aytayotgan, gunoh
bir muncha yuzaroqdagi masaladir. Chunki bani odam eng asosiy masalada
yaratgan in‟om qilgan qismatga rozi bo„lishi, ayni chog‟da har odimda gunoh
qilishi ham mumkin. Shu bilan birga bir umr mo„min –qobil yashab, yuragida o„z
manglay yozig‟iga bo„lgan isyonni jimgina ko„tarib yurgan kishilar ham bor. Eng
yomoni ham shu, aslida.”
Adabiyotshunos Yo„ldosh Solijonov romanga qo„yiladigan muammo va uning
talablari haqida yetarlicha izoh beradi: “Hayot insoniyat oldiga har kuni, har
soatda yangi-yangi muammolarni ko„ndalang qilyapti. Bu muammolar vazniga
ko„ra yengil yoki zalvorli, ko„lamiga qaraganda katta yoki kichik, ahamiyatiga
ko„ra arzirli yoxud arzimas, mohiyatiga nisbatan o„tkinchi yoki doimiy, yo„nalishi
jihatidan umuminsoniy yoki shaxsiy bo„lishi mumkin.”
44
Akbarning bittagina
harakati uning keyingi paytlarda ish topishi uchun to„sqinlik qiladi. U hayotidan,
qilayotgan ishlaridan ma‟ni izlab yashadi. Akbar muhabbat qidirgani yo„q edi,
biroq ko„pdan beri izlagani Katta bir Ma‟no edi. O„sha Ma‟no-Ishq nomli
Mazmun! Lekin ehtiyojmand bo„lganiga, intiq yashaganiga qaramay, Akbar bu
mazmunning muhabbat libosida kelshini hatto o„ylab ham ko„rmadi. U o„z
hayotining yashashga arzigulik mazmunga to„la bo„lishini hamisha orzulab
kelgandi, biroq uning bunaqa kutilmaganda va eng muhimi, o„zining hech bir sa‟y-
44
Solijonov Y. Ko‟zgudagi hayot. A.Navoiy nomidagi O‟zb. Milliy jutubxonasi nashriyoti. – T.: 2013.18-bet.
49
harakatisiz tashrif buyurishini tasavvur ham qilmagandi. Axir u ko„ngilni xotirjam
va xush aylaydigan manzilga borguncha inson bolasi juda ko„p mehnat qilishi,
azim evrilishlarni boshidan kechirishi shart deb biladi. Akbarning ko„zlarida,
bag‟rida, butun borlig‟ida itoat nuri hokim, itoatki, mislsiz isyondan so„nngina
tug‟iladigan, itoatki, insonni isyondan, ming karra, million karra yuksakroqqa
eltadigan. Isyon va itoat – inson bo„lishning g‟oyat mashaqqatli yo„li, odamzod
peshonasiga bitilgan qismat.
Ulug‟bek Hamdamning ba‟zi asarlarida shunday personajlar uchraydiki, ular
o„zlari bilmagan holda yaxshilikka boshlamoqchi bo„lganlarida boshqalarga
yoqmaydi. “Muvozanat”dagi Muhammadjon aka, “Isyon va itoat”dagi
Akbarlarning biroz bo„lsa-da, taqdirlari o„xshash. Ularni “nima uchun o„tirib
chiqqan”ligi emas, aynan “o„tirib chiqqan”ligi uchun doim ta‟qib etadilar. O„zlari
sevgan kasbni tanlay olmaydilar. Nahotki, insonlar bunday joyga qadam
qo„yishlari bilan ularda ma‟naviyat, insoniylik, vijdon degan tuyg‟ular ham ular
bilan asir olinsa. Ular bilan suhbatlashgan odamlar darhol o„zlarini chetga oladilar.
Yuzlaridagi sevinch kayfiyati o„rnini jiddiylik egallaydi.
Yozuvchi Akbar xarakterini tasvirlarkan, uning har bir insonga xos bo„lgan
fazilatlari, yaxshi va yomon tomonlarini ko„rsatib, botinidagi “men”iga, borliqqa
bo„lgan isyonini yoritadi.
“Akbar yana bir necha maktab-u litseylar eshigini umid bilan taqillatib ko„rdi:
ijobiy natijadan bo„lsa darak yo„q. Qiyofasini o„zgartirishga tirishib, sochini
kaltalab, egniga odmiroq kastyum-shim kiyib, bo„yinbog„ taqib olgani ham ish
bermadi. To„g„ri, uni ilk safargidek-o„zga sayyoradan tashrif buyurgan mehmonni
kutgandek ajablanib kutib olishmadi, lekin gap “o„tirib” chiqqaniga kelganida
hammasi yo„q yerdan bahona qidirib qolishdi”.
Akbar go„yo haloyiq tomonidan tavqi lan‟at qilinib, bu haqidagi hujjat –
taxtacha bo„yniga osib qo„yilgan kabi his etardi o„zini. “Shunda u odamlar
o„rtasidagi munosabat judayam-judayam mo„rt ekanligini payqab qoldi: inson
yon-atrofida o„ziga zarradek bo„lsin noqulaylikni yoki noqulaylik tug„dirishi
mumkin bo„lgan omilni sezsa, tamom o„shani yaqiniga yo„latmaslikka tish-tirnog„i
50
bilan kurashadigan, o„ta ketgan xudbin va qo„rqoq mavjudot ekan. U rohatini
yo„qotib qo„ymaslik uchun har qanday narsaga-boshqalarning xonavayron
bo„lishigacha rozi. Bu yo„lda unga o„z vijdoniga qarshi borish o„yinchoqdek gap”.
Akbar bundayin tubsiz egoizm dahshatini anglarkan, tirnog„igacha muzlab ketdi.
Xulosa qilib aytganda, Ulug‟bek Hamdam xarakter yaratishda o„ziga xos
uslubga ega. U yaratgan xaraterlar hamisha o„z botinidagi “men”i bilan kurashda.
Garchi muallif o„z obrazlarining xarakterlarini ochishda portretdan foydalanmagan
bo„lsa-da, obrazlar turli vaziyatlarda, sharoitlarda o„z xarakterlarini namoyon
qilganligini guvohi bo„lamiz. Romandagi tipik sharoit, sujet va obrazlar tili
xarakter yaratish vositalari sifatida yo„naltirilgan.
Bundan shunday xulosa qilish mumkin: asar qahramonlari tiriklik mantig‟i,
ruh halovatini har ikki dunyo to„g‟risidagi mushohadalar yordamida anglashga,
idrok etishga urinishadi. Idrok esa insonni Isyondan voz kechib, Itoatga kelishga
undaydi. Asar davomida turli qahramonlar va ular bilan yuz beradigan turfa
taqdirlar yoritilgan. “Isyon va itoat” aynan hayotni insonni badiiy tadqiq etish
maqsadi yetakchilik qiladi, ya‟ni yozuvchi uchun u olam va odam mohiyatini keng
va atroflicha tadqiq etadigan salmoqli badiiy tafakkur maydoni. Asardagi har bir
qahramon hayotda isyondan qutulib, itoatga yuz burishning alohida-alohida
ko„rinishlarini, shakllarini ta‟kidlashga xizmat qiladi.
51
Do'stlaringiz bilan baham: |