bo„pqoldi” iborasi Muhammadjon aka tomonidan kasalxonada yotgan paytida
aytilgan. U tez-tez kasal bo„lib, dam uyda, dam kasalxonada yotgani uchun o„z
holatiga qarab aytadi.
Yusuf Muhammadjon akani ko„rishga uyiga kelganida uni imlab o„ziga
tortadi. Muallif tomonidan Yusufni yaqinroq o„tirishga, quloq tutishga qo„li bilan
ishora qilgani keltirib o„tiladi. Yana shu o„rinda Muhammadjon akaning Yusufga:
”Shoshma, jiyan, shoshma. O„zingni bos, sekinroq gapir, eshikning ham
qulog‟i bor, axir!” deya murojaati keltiriladi.
Asarda o„zbek millatining mustaqillikka erishgani, barcha yeru-mulkiga ega
bo„lgani haqida hikoya qilingan. Saidning mast holda Yusuf bilan suhbatlashib
o„tirganda yoshlikdagi davrlarini eslab qo„msaydi. So„nggi gapi millatning
bugungi kuniga burilib ketadi, shunda “-Nihoyat, o„zbekning yelkasiga ham oftob
tegdi” deb Yusufga o„zicha ma‟ruza qiladi.
Voqea rivojida tog‟da Amir duch kelgan qariya haqida ham berilgan. U tog‟da
cho„ponlik qiladi. Tong saharda ko„k gumbazini to„ldirib kelayotgan qop-qora
bulutga ko„zi tushgach, vahima bosadi. U kechasi bilan Ulug‟tog‟ tomonlarda jala
quyganligini taxmin qildi. Jala selga aylanib, pastga oqib qolishidan vahimaga
tushadi. Shunda “Qariyaning bo„lsa ichini it tirnardi” iborasi ishlatilib, podani
qayoqqa haydash tepagami yoki bu o„rinsiz tashvishmi deb ikkilanadi.
U omadi kulib boqqan davrida birovga ko„ngil ochmagan odam, endi-omad
yuz o„girganda yurak dardini to„kib solgisi kelmoqda. Bu o„rinda “omadi kulib
boqqan”, “birovga ko„ngil ochmagan odam”, “omad yuz o„girgan”, “yurak dardini
to„kib solgisi kelmoq” iboralari bir insonga – Saidga, uning o„z mansab
pog‟onasidan tushib dardlashgani odam topolmay, Yusufning oldiga borgandagi
holatiga nisbatan qo„llangan. U omadi kulib boqqanda Yusufni xayoliga ham
keltirmasdi. Bu paytda birovga ko„ngil ochishi uchun sabab ham yo„q edi. Omad
undan yuz o„girganda esa Yusufni yodiga oladi.
Asarda Amir tomonidan ichki monolog ham kiritilgan bo„lib, u qahramon
his-tuyg‟ulari, unga bog‟liq voqelarning qaysidir tomonlari haqida o„quvchiga
qo„shimcha ma‟lumot berish uchun kiritiladi. Bu borada uning kasalxonadagi o„z-
67
o„zini taftish qilgandagi holati ahamiyatga molik: ”-Yo„q, yo„q. Yusuf haq
bo„lolmaydi, axir, bir menmi ichidagini ro„yobga chiqarolmay kun kechirayotgan?
Demak, boshqalar ham men singari kasal. Ruhiy kasal!.. Demak, mening
muammom birgina shaxs muammosi emas, balki ko„pchilikning muammosi,
ko„pchilikning dardi. Shundaymi? U holda mening omadsizligimning ildizi
jamiyatning bag‟riga borib taqaladi-ku! Demak, mening fojiam jamiyatning
fojiasidir. Shoshma-shoshma, qaysi jamiyatning? Axir, men sho„ro davrida dardga
chalinib, hozirgi vaqtda uning zaqqumini ichmayapmanmi? Bundan chiqadiki,
mening muammom avvalo shaxsiy, oilaviydir. Har qanday jamiyatda: xoh u
rivojlangan bo„lsin, xoh qoloq, xoh demokratik, xoh diktatorlik, qat‟i nazar,
odamzodning bular daxl qila olmaydigan baxtu-baxtsizligi mavjudligi bilan
izohlanmaydimi mening taqdir yozig‟im? Ha-ha, xuddi shunday, mening fojiam
va eski va na yangi tuzumning mahsuli, uni faqat insonning tug‟ilishi va o„limi
o„rtasidagi oq-qora yo„li orqaligina tushuntirish mumkin bo„lar balki… Lekin
Yusufga bir narsada haq beraman: inson haqiqatan ham o„z orzu-havaslarini
imkon qadar amalga oshirib yashashga intilishi zarur ekan, aks holda bo„g‟ilgan
yoki tiyilgan ehtiyoji alal oqibat uning o„zini mahv etadiganga o„xshaydi.
Bordan yo„q, yo„qdan bor bo„lmaydi, deydi fizika. Demak, tortilgan zahmat
qaydadir mening ichimda fasod bog‟lagani va bilimsiz ravishda o„y-fikrlarim,
xatti-harakatlarimga ta‟sir o„tkazayotgani aniq. Yo‟qsa, nega men bunaqa
g‟ayritabiiy qiliqlar qilayapman, nega bu yerda- jinnixonada yotibman?..Tavba,
men go„yo hammasini tushunib turgandekman, biroq nima uchun o„zimni qo„lga
olib, hayotimni boshqatdan boshlay olmayman? Nega buncha abgorman? Nega
hech bir ishga, hatto istamakka ko„nglim chopmaydi? Axir, uyda xotinim, o„g‟lim
va ikkita qizim bor, o„zimning-ku poyezdim ketib bo„ldi, endi hech bo„lmasa
farzandlarimning kelajagini o„ylab, irodamni to„plasam, foydali ish bilan
shug‟ullansam bo„lmaydimi? Nega shug‟ullanmayman?.. Nega, nega, nega?.. “
Amir bu fikrlarini kasalxonada o„ylab, o„zining o„tmishi-yu bugunini
mushohada qiladi. Endigi maqsadini belgilaydi. Ichki monolog bir tomondan
qahramonning ruhiy olamida kechayotgan o„y-xayollari, niyatlarini tahlil qilsa,
68
ikkinchi tomondan asar kompozitsiyasiga ma‟lum darajada ta‟sir ko„rsatadi.
Qahramon haqida boshqa ma‟lumotlarni kiritib u haqda to„liq tasavvur qilishga
yordam beradi.
“Hamma Yusufga dahshat bilan qaradi. Yusuf xuddi yaralanib o„rmonni
Do'stlaringiz bilan baham: |