Ulug’bek Hamdam romanchilik mahorati



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/45
Sana16.07.2021
Hajmi0,79 Mb.
#120641
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   45
Bog'liq
ulugbek hamdam ijodida anana va novatorlik

                  

2-fasl. Badiiy asar tilidagi o„ziga xoslik 

Asarning  xalqchilligini  ta‟minlovchi  mezonlardan  biri  asar  tilining  xalqona 

yaratilganligidir.  Badiiy  asar  tili yozuvchining g„oyaviy-badiiy niyatini ro„yobga 

chiqaruvchi  vosita,  oynadir.  Badiiy  til  informatsiya  yetkazish  barobarida,  katta 

emotsional-ekspressiv, estetik ta‟sir kuchiga ham ega.   Muallif  har bir lingvistik 

birlik  zamiriga  katta  mazmun-mohiyatni  singdira  olsagina,  asar  poetikasi 

mukammal bo„ladi. 

Ulug„bek  Hamdam  o„z  asarlari  obrazlar  ruhiyatini  asliyatini  ochib  berishda  

ritorik  so„roq, 

so„roq, 


his-hayajon 

gaplarga 

murojaat 

qiladi. 


Muallif 

qahramonlariga  xos  umumiy  xususiyat  olamni  anglash,  hayot  mohiyatini  anglash 

yo„lidan borishlikda ko„rinadi. Bu qahramon doimiy izlanish, kuzatish va mavjud 

voqelikning  muhokamasi  jarayonida  tubsiz  savollar  qiynog„ida  mohiyatni 

anglashga intiladi. 

Ulug„bek  Hamdam  asarlari  tiliga  xos  yana  bir  xususiyat  badiiy  matnni 

she‟rlar,  rivoyat  va  afsonalar  bilan  to„yintirilishida  ko„rinadi.  “Muvozanat” 

romanidagi  she‟rlar,  “Isyon  va  itoat”  romanidagi  rivoyatlar,  “Na‟matak”  mini 

romanidagi hikmatlar ana shular jumlasidandir. 

Adib  asarlari  tiliga  xos  xususiyatlardan  biri  hissiy-emotsional  talqinlarning 

poetik takrorlar asosiga qurilganida ko„rinadi. Bu ta‟kidni kuchaytirish barobarida 

qahramonning  qiyofasini  (ma‟nan  va  jisman)  aniq-ravshan  ko„rsatib  berishga 

xizmat qilgan. 

Badiiy    tasvir    vositalari    jonlantirish,  o„xshatish,  metafora,  metonimiya, 

majoz  kabilarning  yorqin    namunalarini  uchratish  mumkin.  “Muvozanat”  



 

61 


romanida  varvarizm  ham  davr  qahramonlarini  tasvirlashda  muhim  omillardan 

biriga aylangan: 

“Alimqulning olovli nigohlaridan talay vaqtgacha g„ashi kelib yurgan Zahro, 

nihoyat bir kuni dedi: 

- Чьѐ смотриш? – ular o„zaro ruscha gaplashardi. 

Alimqul yurak yutib javob qildi: 

- Потому что, вы очен соблазнителны. 

- Это  я  знаю,  и  к    тому  же  мне  это  тысячи  раз  повторяли.  Так  что 

отвали”. 

Muallif  ikki  oilali  insonlarning  bu  munosabatlarini  o„zlikdan  kechganlik 

holatini  mana shunday usulda berishni ma‟qul ko„radi. Bu bilan qahramonlarning 

ma‟naviy  qiyofasini  yaqqolroq  ko„rsatish  barobarida,  o„z  qilmishidan    nomus 

qilgan ayolning iztiroblarini ham ifodalab beradi. 

Asarda  uch  do„stning  kechinmalari, hayoti,  taqdiri  yoritilgan  bo„lsa-da, unda 

keng  ma‟noda  o„zbek  millatining  sho„ro  davri  tuzumidan  bozor  iqtisodiyotiga  

o„tish  davridagi  butun  murakkabliklar  haqqoniy,  shafqatsiz  real  tasvirlarda  

mahorat  bilan  ochib  beriladi.  Badiiy  kompozitsiya  kitobxon  uchun  murakkablik 

tug‟dirmaydi.  Voqealar,  qahramonlar  hayoti,  qismati,  ruhiy  holatlari,  kayfiyatlari 

haqida  tugal,  izchil  fikr,  xulosa-hukm  batafsil  mantiqiy    mulohaza  uchun   

“Bolalik-Kattalik”  badiiy  kompozitsion  qurilmasi  mustahkam    poydevor  bo„lgan. 

Asar  kompozitsiyasining  to„laqonli  ravishda  o„quvchiga  yetkazib  berilishi  uchun 

turli  badiiy  vositalardan  foydalanilgan.  Badiiy  xususiyatlar  asarning  estetik 

jihatdan ham ta‟siri oshishiga xizmat qilgan. Peyzaj badiiy asarda ko„p  o„rinlarda 

keltirilgan.  Uning  vazifasi  nafaqat    tabiatni,  balki  u  bilan  birga  inson  tomonidan 

yaratilgan  narsalarni  ham  tasvirlashga,  voqealar  kechayotgan  joy  va  vaqt  haqida 

tasavvur  berishga  yo`naltirilgan. Asarning  boshida  Yusufning   bolaligi  va u  bilan 

bog`liq  voqealar  bayon  qilinadi.  Yozuvchi  asarni  qish  faslidan,  guppillab  yoqqan 

oppoq  qor  tasviri  bilan  boshlaydi.  Yusufning  bolalarcha  hayratlanishi,  qordan 

zavqlanishi,  uni  bosishga  ham  ko`zi  qiymay  ikkilanib  turishi  juda  chiroyli 

tasvirlangan:  ”Yusuf    bir  zum  ikkilanib  turdi.  Momiqdek  yastanib  yotgan  qor  shu 




 

62 



Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish