qadar go„zal, buning ustiga hali teginilmagan ediki, Yusuf:”Bosaymi-bosmaymi?”
deb o„ziga-o„zi savol berardi. Nihoyat, g‟arch-g‟urch bosib yurib ketdi. Bir ozdan
so„ng burilib orqasiga qaradi va yangi izni-yangi yo„lni ko„rdi. Oldinda esa hali iz
tushmagan qor!” Bu parchada falsafiy mushohada bordek, ya‟ni qorga hali oyoq
izi teginmagani Yusufning kelajagi tafsilotlari bilan bog‟liqdek. Oppoq qor
beg‟ubor bolalik timsoli Undagi kir oyoq izlari esa turmushning ikir-chikirlari,
qiyinchiliklari bo„lishi mumkin.
“Bahor. Kunlar iliq, esayotgan shabadalar iliq. Shunday bir iliqlikki, o„sib
unmoqqa, kulib-yayramoqqa undaydi. Ayniqsa, aprelda, daraxtlar rango-rang:
oq, pushti, binafshatus…libos kiyganda. U guldan-bu gulga asalarilar
g‟o„ng‟illab uchib yurganda, atrofni muattar bo„y, xushmanzara, bosib ketganda,
butun olamda ulug‟vor ko„tarilish, hayot deb atalmish ma‟noni o„zida jamlab,
yangi kuch, yangi g‟ayrat, yangi umid va yangi hayajonlar bilan oldinga talpinish
yuz berganda…”
Badiiy asarlarda bahor fasli ta‟rifini keltirish an‟anaviy holat tusiga kirgan.
Bahor ko„tarinkilik, uyg‟onish fasli bo„lganligi uchun asarda ko„proq yasharish
ruhiyati, unda kechayotgan iliq tuyg‟ular, ichki kechinmalar alangasini ochishga
xizmat qilgan. Go„yoki qahramon holati, unda kechishi mumkin bo„lgan
vaziyatlar bahor obrazi bilan ochilishi mumkin. Bu parchada bahor peyzajining
keltirilishi Zahroning chehrasi-yu, ko„nglidagi tuyg‟ularining hali tirik ekani, u hali
yosh, navqiron ayol, hayot unga bergan imkoniyatlardan to„la foydalanishi
kerakligi, inson avvalo o„zining qadriga yetishi va boshqalar buni yaxshi anglab
olishi kerakligini eslatadi. Bahor va ayolni bir-biriga o„xshatish mumkin. Ular
o„zining nafosati va beqiyos go„zalligi bilan kishini o„ziga maftun etadi.
“Kuzning so„lim kechasi edi. Boshlarida ulug‟vor shovullab daraxtlar mangu
qo„shiqlarini baralla aytar, oyoqlari ostida endi-endi to„kilib, yer yuzini hali qoplab
ulgurmagan xazonlar mayin shitirlar, quloqlari tagida sarrin shabada esib turar,
yosh va baquvvat vujudlari sharobning yengil kayfidan mastona tebranib
borardilar.” Bu parcha ularning talabalik paytlariga to„g‟ri keladi. Sayr uchun
yotoqxonadan pastga tushib boqqa boradilar. O„quv yili ham odatda sentabr, ya‟ni
63
kuz faslidan boshlanadi. Salqin kuz kechalarida shamolning mayin esishi natijasida
daraxtlarning barglari bir-biriga urilib, xuddi kimdir qo„shiq aytayotgandek
shildirab ovoz chiqaradi. Bolalarning ham yosh ko„ngillarini oqshomning
fusunkor, kishi dilini yayratadigan ajib hislar og‟ushiga oladigan jilvasi qurshab
oladi. Xuddi bu dunyoda uchovlondan boshqa kimsa yo„qdek, butun dunyo faqat
ularnikidek. Bu yoshda inson o„zini osmon-falaklarda sezadi. Uning uchun
huzurdan, bugungi kunidan boshqa tashvishi yo„qdek.
Yozuvchining yana bir romani “Sabo va Samandar”da ramziylik ustuvor.
U.Rasulova o„zining “Ishq diyorining mangu qo„shig„i” maqolasida romandagi
ramziyliklar haqida o„z fikrlarini bildirgan:
“Roman qahramonlariga tanlangan ismlardagi ramziylikka ham ahamiyat
beraylik: Sabo –tonggi huzurbaxsh shamol, kayfiyatni ko„tarib, qalbga musaffolik
olib kiradi (lekin u o„tkinchi, doim ham uni his qilish qiyin, masalan erta bahorda,
yomg„irdan so„ng tafti o„zgacha bo„ladi).
Samandar – qush, dardini kuylab, fig„on chekib, o„z kuyi ohangida halok
bo„ladi, keyin yana o„zi hokidan yaraladi. U erkin, bepayon osmonda parvoz
qiladi. Biroq qalbi kengliklarga sig„maydi. Dardiga darmon topilmaydi.
Soliha – pokiza , yumshoq tabiatli, itoatli, sabrli ma‟nolarini anglatadi.
Sherdil – toshbag„ir, bemehr, sher kabi takabbur, asov”.
53
Samandar obrazi o„z nomi bilan uyg‟un holda bir qator ramziyliklarga ega.
Sh. Botirova “Sabo va Samandar” romani haqida maqolasida izohlashga harakat
qiladi:
“Yozuvchi Samandar obrazi hatto o„z ismi bilan uyg„un ekanligiga ishora
qiladi. Qahramonning ismi mohiyatini yozuvchi uch o„rinda keltiradi. Birinchisi
Samandarning o„zi yozgan she‟rida aksini topadi:
“…Uzun bo„yli yillar oralab,
Yana paydo bo„ldingmi, gulim!
Nahotki, so„nik kul ichra, yo Rab,
Samandardek qayta tug„ildim?!...” (167)
53
Rasulova U. Ishq diyorining mangu qo‟shig‟i// Yoshlik, 2013-yil, 4-son.39-bet.
64
Ismi mohiyatini Saboning izohi to„ldiradi. “..Samandar degan qush borligini
bilaman. U kuylab, o„z kuyi ohangida kuyib halok bo„larmish. Keyin yana o„z
kulidan qayta yaralarmish...” (228-229).
Ulug„bek Hamdam maqolalarining birida majoz haqida o„z fikrini bayon
etadi: “Bugun yurtimiz ijodkori o„z nuqtai nazarini, ko„hna Sharq adabiyotida
bo„lgani kabi Mukarram insonga, uning qalbiga qaratgan. Hamda botindagi
murakkab jarayonlarni bayonchilik yo„li bilangina emas (bunday usul bor,
bo„ladi va bu g„oyat tabiiydir), ayni paytda, umuminsoniy va umumzamonaviy
mezonlarga suyangan holda Majoz vositasida ham qog„ozga tushirmoqdalar,
san‟atga aylantirmoqdalar”.
54
Ulug„bek Hamdamning romanlarida ham ko„chim turlaridan biri bo„lgan
majoz qo„llangan. “Muvozanat” romanida ham majozdan foydalanilgan:
“Mirazim bo„ydor, Yusuf esa o„rta bo„y, Said ozg‟in va nimjon, lekin
chaqqon edi. Mirazim baquvvat bo„lgani bilan qo„pol, Yusuf esa miqtiligiga
qaramay epchil va kuchli edi. U Mirazim bilan hazillasha turib kurashib
ketishganda ham o„ziga deyarli bir yarimta keladigan “Alpomish”ni hash-pash
deguncha oyog„ining tagiga ola bilardi. Men yengaman!” – deb tirishdimi,
yengardi, shu qat‟iyati hamisha qo„l kelardi”
55
Badiiy makon nuqtai nazaridan voqealar Toshkent shahri va Andijonning
Marhamat tumanida, ya‟ni shahar va qishloq sharoitida tasvirlanadi. Andijon
milliy koloriti, andijonliklar tabiatiga xos so„zamollik, mehnatkashlik, sabrlilik,
Toshkent mentalitetiga xos qoni qaynoqlik, mehmondo„stlik manzaralari harorat
bilan tasvirlanadi. Yozuvchi o„z qahramonlarini qaysi joyda, qanday sharoitda
yashashiga qarab, uning so„zlashuv nutqini ham, dialektini ham shunga mos holda
yaratgan. Dialektlarga qarab ham kishining qayerdan ekanligini bilish mumkin.
Masalan, Andijonda bo„lib o„tgan voqealar bayonida Andijon shevasiga xos
so„zlardan foydalanishga harakat qilgan. Yusuf bolalik paytida Muhammadjon
akanikiga tez-tez borib turardi. Bir gal buvisi uni to„xtatib birga borishini aytadi.
54
Hamdam U. Istiqlol adabiyoti – ozod tafakkur adabiyoti// Sharq yulduzi,2013-yil, 5-son. 5-6 betlar.
55
Hamdam U. Muvozanat// Vatan haqida qo„shiq. –T.: Akademnashr, 2014. 74-bet
65
Shu oradagi suhbatida “ene”-keyin so„zini ishlatadi:” –Ertani kutaylik, issiq non
yopaylik, tog‟ang yaxshi ko„rgan biron ovqat qilaylik, ene boramiz…”
Ayrim joylarda o„z onasini buvi deyish odat tusiga kirgan. Yusuf ham onasini
buvi deb chaqiradi: “Yusuf buvasining kichik va ozg‟in jussasini bag‟riga
bosarkan, o„zining ham o„pkasi to„ldi…”
Ena, ya‟ni otaning onasi. Yusuf unga nevara hisoblanadi. Bu so„z Halima
aya tomonidan ishlatilgan: “Enang ham o„zini ancha oldirib qo„ygan.”
Toshkent shevasiga xos so„zlar ham keltirilib, asarning badiiy xususiyatini va
personajlarning xarakterini ochishga yordam bergan. Bu o„rinlarda ko„proq “oka”
so„zi faol qo„llangan. Bu so„zni ishlatgan personaj nutqida hurmat qilish, kesatish
yoki tavoze sifatlari sezilib turadi. Misol uchun Yusufning Mirazimnikiga
borganda darvozani xizmatkori Alimqul ochadi va: “Okamiz yo„g‟la nima deb
qo„yay?” -deb javob beradi. Bu yerda Alimqulning o„z xo„jayinini hurmat qilish
tuyg‟usi ko„rinadi. Yoki Mirazimning yangi mashina olgan kuni tong saharlab uni
minishga chog‟lanayotganini ko„rib turgan Zahroning unga “Okajon, bu mashina
xayolingizni o„rab qo„yibdi…” degan murojaatidan go„yoki hech narsa bilan ishi
yo„q, faqat unga mashinasi bo„lsa bo„ldi, degandek kesatiq, piching ham
yashiringan.
Uch do„st (Said, Yusuf, Mirazim) birga o„qib yurgan kezlari kechasi aylanish
uchun ko„chaga chiqqan paytlarida bezori bolalarga duch kelib qoladilar. Ur-
to„polon boshlanib ketadi. Mirazim toshkentlik bo„ladi va bu uning nutqida
namoyon bo‟lgan. Bir bola bilan urishib to„satdan sheriklarini chaqiradi:”Shu tob
Mirazimning tashvishli ovozi guldiradi:- Yusuf! Said! Qochdik, man anuvini
o„ldirib qo„ydim, shakilli!.. – Man sanlarga nima devopman!”
Asarda personajlar nutqida bir qancha iboralar ham keltirilgan bo„lib, asar
saviyasini oshirgan. Asarda iboraning qo„llanishi o„sha qahramonning ko„pni
ko„rgan, hayot tajribasi boshqalarga nisbatan biroz yuqoriligi, umuman,
dunyoqarashi keng odam ekanligini ko„rsatadi. Iboraning o„zidan ham keyingi
fikrlarning mazmunini bilib olish mumkin. Quyida asarda keltirilgan iboralar va
ular bilan bog‟liq tafsilotlar berilgan.”Bir oyog‟im uyda, ikkinchisi kasalxonada
66
Do'stlaringiz bilan baham: |