Ulug’bek Hamdam romanchilik mahorati


Oilani  ola  xurjun  deganlaricha  bor  ekan,  mening  adl  qaddim,  alp



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/45
Sana16.07.2021
Hajmi0,79 Mb.
#120641
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   45
Bog'liq
ulugbek hamdam ijodida anana va novatorlik

Oilani  ola  xurjun  deganlaricha  bor  ekan,  mening  adl  qaddim,  alp 

qomatim  bir  zumdayoq  dol  bo„ldi.  Xalqimizda  azaldan  oilani  “ola  xurjun”  deb 

atash mavjud. Ola xurjunga o„xshatilish sababi ro„zg‟orda hamisha biror kamchilik 

bo„lib  kelgan.  Hech  qachon  bus-butun  oila  bo„lmaydi.  Doim  biror  nima  kam 

bo„laveradi. “Ola”so„zi kamchilik, teshik degan ma‟nolarga yaqinlashtirilgan. Adl 

qad, alp qomat, dol iboralari ramziy ma‟noda qo„llangan. Adl, alp so„zlari tik dadil 



 

69 


turish,  sog‟lomlik  belgisi.  Dol  esa  arab  alifbosidagi  boshi  va  tanasi  egilgan 

holatdagi  harf.  Personaj  o„zini  dolga  o„xshatishi  bu  uning  turmush  sharoiti 

og‟irligi, uning kam-ko„stlarini  to„lg‟izish  uchun qaddi dol singari egilib ketgani, 

turmush tashvishlari uni shu holga solganini aytmoqchi.  



“-Buni shunday izohlash mumkin: tasavvur qilki, musicha bu-men, uni qiynab 

patlarini yulayotgan, uchishdan va hatto hayotdan mahrum etayotgan odamlar bu- 

Xudoning  taqdiri.  Chunki,  bilamizki,  hamma  narsa  Yaratgandan”.  Ma‟lumki, 

tabiatan  kichkina,  uning  harakatlarida  qandaydir  ma‟yuslik  sezilib  turadi.  Go„yo 

boshqa qushlar unga jabr yetkazganday. Bu parchada Amir o„zini patlari yulingan 

musichaga  o„xshatadi.  Uning  nazarida  bu  patlar  atrofidagi  odamlarning  unga 

nisbatan  ko„rsatayotgan  zug‟umlari.  Hayot  shunchalik  shafqatsizki,  hech  kim 

uning  dardini  tushunmadi.  Balki,  undan  battarroq  ahvolga  tushib  qolishiga 

sababchi bo„ldilar. Bu ham bo„lsa taqdirning unga ko„rsatgan shafqatsiz in‟omi. 

“Kechga  tomon  ular  o„yin-kulgi  va  qiy-chuvlar  ostida  qishloqqa  qaytishdi. 

Traktor  aravasining  ichi  qizg‟aldoq  bilan  to„lgan,  uzoqdan  qaralganda 

bolalarninggina  emas,  balki  o„tirib  olgan  kattalarning  ham  boshlari  go„yo 

dengizdagi  kemalardek  ko„rinardi.  Qizg‟aldoq  dengizidan  shodon  qiyqiriqlar, 

kulgilar  baland  adirliklar  bo„ylab  olis-olislarga  taralardi.  Faqat  yusufninggina 

ko„zlari  yana  qad  rostlagan  Ulug‟toqqa  qadalgandi.  Yusufning  nazarida 

uzoqlashgan  sayin  tog‟  yaqinlashib  kelardi.  Go„yo  Ulug‟tog‟  ularni  ta‟qib 

etayotgandek edi…” Yusufning bolalik paytida qarindosh-urug‟,  yaqin qo„shnilar 

yig‟ilishib, qizg‟aldoq sayliga borish odat edi. Yozuvchi bu o„rinda o„xshatishdan 

juda  mahorat  bilan  foydalangan.  “O„tirib  olgan  kattalarning  boshlari  go„yo 

dengizdagi  kemalardek  ko„rinardi”  gapida  qizg‟aldoqlar  xuddi  dengizdek  keng 

maydonni  egallagani,  mayin  shabadada  tebranishlari    dengizning  to„lqinlanishiga 

o„xshatilgan.  Odamlar  qizg‟aldoqlar orasida  o„tirganda ularning  faqat bosh qismi 

ko„ringan.  Aynan  kemaga  o„xshatilishi  ajoyib  topilma.  Dengizda  kema  qorayib 

ko„rinadi. 

“Amir  esa  xotinidan  uch  qadamcha  narida  hamon  o„sha  alfozda  o„tirar  va 

mayin ohangda qiroat qilar, faqat bir bahya oldin ko„zlariga to„lib turgan yosh endi 




 

70 


yuzlaridan  shashqator  oqib  tushar  edi.  Erining  bu  holi  Gulshodaga  ta‟sir  qilmay 

qolmadi. U xuddi shu ta‟sirga berilib, g‟azabini yutib yuborishdan saqlanish uchun 

ham ko„zlarini yumib oldi. Shunda bir-biriga urilgan kipriklar orasidan ikki tomchi 

yosh gunohkorning jodida kesilgan boshidek dumalab ketdi“. 

Ulug„bek  Hamdam  asarlari  tili  o„ziga  xos.  Unda  nasr  bilan  lirizmning 

uyg„unligini  kuzatish  mumkin.  Obrazlar  asliyatini  yoritishda  murojaat 

shakllaridan,  ritorik so„roq va so„roq gaplardan unumli foydalanadiki, bu bevosita 

kitobxonga ham qaratilgan fikrlardek taassurot  uyg„otadi.  

 Yozuvchi    asarlarida majoz, majoziylik  keng   o„rin egallaydi. Shevaga xos 

so„zlar,  varvarizmlar  nafaqat  xarakter  dunyoqarashi,  balki  muhitning  ayricha 

jihatini tavsiflashda ham qo„l kelgan. 



 

71 



Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish