Qo„chqorova M. “Muvozanat” romanida shartli ramzlar// O„zbek tili va adabiyoti, 2014-yil, 4-son. 35-bet
29
bosayotgani sezilib turardi. Erishgan muvaffaqiyatlari shu qadar zo„r ediki, esiga
bir paytlardagi qadrdon do„sti Yusuf ham kelmasdi. Bugunchi? Bugun u
hammasidan mosuvo etildi va ilgarigi g„ayratidan, ko„zida chaqnab turgan
olovdan asar ham qolmadi: cho„kdi-ketdi. Demakki, u o„zini tutib turgan maqsadu
manfaatidan, ko„pchilik bilan bir deb his qilish yuksakligidan judo bo„lib, ijtimoiy-
ma‟naviy jihatdan yakkalanib qoldi”
24
.
Yusufning ikkinchi do„sti Mirazimning holati shunday tasvirlanadi:
“Mirazim-chi? Bolalikning barcha havaslari ro„yobga chiqib, yuragi huvillab
qolgan Mirazim! Orzularining birontasiga ham yetolmagan Amir bu yoqda aqldan
judo bo„lsa, u yonda barcha niyatlari amalga oshgan Mirazim o„zini boshi-keti
yo„q sahroga chiqib qolgandek his etmadimi? Etdi. Xo„sh, nega? Axir Mirazim
hamma orzusiga erishdi-ku! Chunki har ikki holda ham inson yakkalanib
qolmadimi?...”
25
Xuddi shunday savollarga javob berish maqsadida muallif Yusuf tilidan
davrni ochib berishga mavaffaq bo„ladi:
“Yusuf nazarida, ana shunday yolg„izlikka giriftor bo„lganlar oz emasdi. Ha-
ha, xuddi shunday, sobiq Ittifoq davrida davlat otalik vazifasini o„tagan va
birovning himoyasiga kirib taskin topishga ruhan moyil olomonga shu bas edi. U
o„z kiftida qudratli davlatning “mehribon” qo„lini his qilib, shundan kifoyalanib,
rohatlanib yashardi. Endi-chi? Endi tubdan o„zgargan siyosiy-ijtimoiy hayot
boshqa talablar bilan chiqmoqda. Endi bunaqa homiy-anqoning urug„i. Davlat
o„z fuqarolariga erkinlik berdi. Fuqaro esa birdaniga buni ko„tarolmay, o„zini
yetim qilingan jo„jaday sezdi va ba‟zi hollarda davlatga xo„mrayib qaradi.
Ayrimlar yo„lini topmoqchi bo„lib kim puldan homiy izlasa, kimi dindan,
mansabdan, g„amdan, alamzadaligu nafratdan o„ziga panoh qidirdi. Xullas,
hamma ilojini topib o„z mushkulini hal qilmoqchi bo„ldi...
Nihoyat, endigi o„zgarishlar, yuqoriyu quyidagi kayfiyat... bo„lajak ezgu
yurishning dastlabki shonli odimlaridek tuyulardi Yusufga”
26
.
24
Hamdam U.Muvozanat // Vatan haqida qo„shiq. –Toshkent., Akademnashr, 2014-yil.262-263 betlar.
25
Hamdam U. Muvozanat // Vatan haqida qo„shiq. –Toshkent., Akademnashr, 2014-yil. 263-bet
26
Hamdam U. Muvozanat // Vatan haqida qo„shiq. –Toshkent., Akademnashr, 2014-yil. 263-264 betlar
30
Shunday qilib, yuqoridagi misollardan ko„rinadiki, yozuvchi davr va
qahramon masalasiga ham yangicha o„ziga xos yondashadi. Aytish mumkinki,
davr konsepsiyasini anglaydi. Bu borada professor D.Quronov shunday deydi:
“Muvozanat” yaqin o„tmishimiz – odatlanilgan turmush tarzidagi turli o„zgarishlar
ruhiyatimizda keskin burilishlarni keltirib chiqargan davrdagi muvozanatsizlik
holatini qalamga oldi”
27
Yozuvchi insonni Yaratgan qarshisida muvaqqat va ojiz deb biladi, inson
haddini bilmog‟i kerak deb hisoblaydi. Asarning yetakchi qahramonlari inson
hayotining mazmuni haqida, o„zlariga belgilangan had doirasida Yaratgan
qarshisida ojiz qolgani holda insonlik burchini uddalash haqida o„ylaydilar.
Yozuvchi romanda hikoyachi vazifasini bajarganda, personajlarning ichki
kechinmalarini o„z ko„nglidan o„tkazib, mohirlik bilan tasvirlanganki, o„qigan
kitobxon bu parchalardagi personajlarni ularning his-tuyg‟u va kechinmalarini
go„yo o„ziniki deb o„ylaydi. Asarga afsonaning kiritilishi voqealar bilan bir-biriga
jo„r bo„lib, bir-birini sharhlab borganday taassurot qoldiradi va romanning asosiy
g‟oyasini ochishga yordamlashgan. Yozuvchi mahorati tufayli kitobxon ko„z
o„ngida barcha hodisalar rosmana sodir bo„ladi.
“Muvozanat” romanidagi har bir obrazning o„z o„rni, o„z taqdiri, o„z “men”i
bor. Muhimi, unda “o„yindan tashqari” holatda turgan personajni uchratmaysiz”
28
-
deya ta‟kidlaydi M.Qo„chqorova.
Yusuf asarning boshidan to oxiriga qadar bir narsa uchun - oliy qadriyat
uchun kurashdi. “U hayotda, atrofida nimalar yuz bergan va berishi mumkin
bo„lgan bo„lmasin, baribir, insonni tutib turgan oliy qadriyat – Muvozanatdan,
unga erishish mashaqqatidan yuz o„girmadi. Ammo bu shunchaki muvozanat emas
edi. Ushbu muvozanatning bir ildizi insonning o„zidan boshlanib, ikkinchisi
muhaqqaq ravishda u yashayotgan jamiyatning bag‟ridan suv ichadi. Bas, shunday
ekan, istiqlol va yurt obodligi masalasi Yusuf nazarda tutgan va o„zi romanning
27
Quronov D. Mutolaa va idrok mashqlari// Adabiy jarayonda “Mom sindromi” –Toshkent., Akademnashr,
2013. 223-bet.
28
Qo‟chqorova M. ”Muvozanat”romanida shartli ramzlar// O‟zbek tili va adabiyoti, 2014, 36-bet
31
boshidan oxirigacha intilgan ulug‟ Muvozanatning ajralmas halqalaridir”
29
,-deya
ta‟kidlaydi Marhabo Qo„chqorova.
Asarda ruh va jismning o„zaro muvozanatlashuvi qahramonlar xarakteri
orqali yuzaga chiqadi. Voqealar mobaynida ular o„zlarining ko„ngil muvozanatini
jism muvozanatiga qanchalik mos tushish, ularni kelishtirgunlarigacha qancha
qiynalganliklariga shohid bo„ladilar. Qachonki me‟yor o„z darajasida bo„lsagina
muvozanat saqlanib qolishi mumkin. Buni asarning deyarli barcha qahramonlarida
kuzatish mumkin. Yusuf oliygohda bir maqsad bilan o„qidi, undan so„ng oliygohda
ishladi. U faqat halol yo„ldan bordi. Oilasini oylik maoshi bilan boqdi. Lekin
shaharda bugina pul bilan kun ko„rish qiyin edi. Turmush qiyinchiligi tobora o„z
ta‟sirini ko„rsatdi. Ijarama ijara ko„chib yurish, moddiy qiyinchilik uning Oygul
bilan munosabatlari keskin tus olishiga sabab bo„ldi. Oila qanchalik oqibatli, ittifoq
bo„lmasin moddiy qiyinchilik baribir o„z ta‟sirini ko„rsatadi. Orada muvozanat
susayadi. U o„g‟lidan ayrilayotganida muvozanatni yo„qotadi. Jismi muvozanatni
emas, botinidagi muvozanatni. Shu choqqacha uni har qanday sinovlardan eson-
omon va eng muhimi, insonlik sha‟niga munosib tarzda olib chiqayotgan, so„ng
navbatdagi damlar uchun yo„llayotgan qudratini boy bergandek sezadi o„zini.
Bora-bora o„z ruhida o„zgarishlar ro„y beradi. U odamlarga “Mana-men!
Do'stlaringiz bilan baham: