226
Adabiyotlar:
1. Yusupbekov N.R. va boshqalar. “Texnologik jarayonlarni boshqarish sistemalari”, -Toshkent, 1997
y.
2. Yusupbekov N.R. va boshqalar. “Avtomatika va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish.”, -
Toshkent, 1982 y.
3. Mansurov X.N. “Avtomatika va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish”,-Toshkent 1987 y.
4. Майзель М.М “Основы автоматики и автоматизации производственных процессов ”, -
Toshkent, 1964
Havoni kondisionirlash qurilmalari sanoat korxonalarida odamlarning
va texnikaning ishlab
chiqarish korxonalarida yaxshi ish sharoitlarini yaratish, texnologik jarayonlarni o‟tkazish, xomashyo
va mahsulotlarni saqlash uchun qo‟llaniladi.
Oziq-ovqat sanoati korxonalarida KN seriyasidagi kondisionerlar eng ko‟p qo‟llanila boshladi,
uning sxemasi 1 – rasmda tasvirlangan. Tashqaridagi havo kirish patrubkasi orqali aralashtirish
kamerasiga surilib, u erda qishki payt xonadagi sirkulyasion havo bilan aralashtiriladi.
Tashqi va
aylanib yuruvchi (sirkulyasiya qiluvchi) havo sarflari orasidagi nisbat patrubkalardagi to‟siqlarning
holatiga bog‟liq. Keyin havo filtrda changdan tozalanadi, birinchi isitishdagi kalorifer bilan isitiladi va
suv purkaladigan forsunkali kameraga tushadi. Bu erda havo qishki
paytda namlanadi,
yozgi paytda
esa sovitiladi.
Forsunkalarga suv forsunka kamerasining ost qismi (poddoni)dan nasos yordamida uzatiladi.
Poddondagi temperatura suvning sovitgich agregat orqali sirkulyasiyasi yo‟li bilan saqlab turiladi.
Holati “shudring nuqtasi” bilan ifodalanuvchi nam havo zarra ajratkich orqali o‟tib, qish paytida
ikkinchi isitish koloriferi bilan isitiladi, u erda berilgan temperatura va namlikka erishadi. Kolorifer
orqasida joylashgan ikkinchi aralashtirish kamerasidan ikkinchi resirkulyasiya qo‟shimchasi
bilan
birga havo ventilyator bilan suriladi va xonaga uzatiladi. Ikkinchi resirkulyasiya havo qo‟shimchasi,
odatda, yoz paytlari qo‟llaniladi.
Havoni kondisionirlash qurilmasi ishining samarasi chiqish parametrlari – xonadagi havo
temperaturasi va namligini saqlab turish aniqligi bilan, shuningdek, havoni isitishga va namlashga yoki
sovitishga sarflanadigan energiya miqdori bilan aniqlanadi. Bu ko‟rsatkichlar ko‟pgina kirish va oraliq
kattaliklarga, masalan, tashqaridagi havoning temperaturasi va namligiga,
forsunka kamerasi
poddonidagi suvning temperaturasiga, havo almashinishining qisqaligiga,
zarra ajratkichdan keyingi
to‟yingan havo temperaturasiga va boshqa omillarga bog‟liq.
227
Xonada havoni kondisionirlash jarayonining kechishiga juda yaxshi sharoit ta‟minlash uchun
zarra ajratkichdan keyin havoning namlik miqdorini berilgan darajada saqlash,
xonaga berilayotgan
havo temperaturasini barqarorlashtirish zarur. Havoni namlik bilan to‟yintirish suvni forsunka
kamerasida mayda qilib zarracha shaklida sachratish yo‟li bilan ta‟minlanadi. Qishki paytda to‟yingan
havoning temperaturasi etarlicha bo‟lmaganda uning namligi past bo‟lishi xonada zarur nisbiy havo
namligiga
erishishga imkon bermaydi, zarra ajratkichdan keyin yuqori temperatura esa havoning
ortiqcha namlanishiga olib keladi.
Yozgi paytda to‟yingan havo temperaturasining berilgan qiymatdan og‟ishida xonada havo
temperaturasini 2-serkulyasiya hisobiga saqlab turish qiyinlashadi. Havo
temperaturasini ikkinchi
aralashtirish kamerasida barqarorlashtirish zarurligi ob‟ekt – kondisionirlanadigan xona
parametrlarining taqsimlanishi bilan shart qilinadi, buning natijasida
xonadagi havo parametrlari
rostlovchi ta‟sir kiritish nuqtalari yaqinida yo‟l qo‟yiladigan qiymatlar sohasi chegarasidan tashkariga
chiqish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: