Улуғмуродов н. Х


Sanoat tozalash sistemalarini avtomatlashtirish



Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/191
Sana28.04.2022
Hajmi4,42 Mb.
#587856
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   191
Bog'liq
t2P5DMw2oKgwNeq6TofERWIy9iCst2i1zOdhpmZn

 
Sanoat tozalash sistemalarini avtomatlashtirish. 
Kimyo va oziq-ovqat sanoatlarida homashyoni qayta ishlashning mavjud texnologiyasida 
pirovard foydali mahsulotlar bilan birga gaz, suyuqlik va chang tarzidagi sanoat chiqindilari ham hosil 
bo‟lib, ular atrof-muhitga chiqarib tashlanadi.Sanoat rivojining mavjud darajasi chiqindisiz ishlab 
chiqarishga to‟la o‟tishga ham imkon bermayapti. Shuning uchun zararli chiqindilarni nazorat qilish va 
tozalash juda dolzarbdir. 
Zararli gaz chiqindilarini tozalash jarayonlarini 
avtomatlashtirish. 
Gazlarni azot oksidlaridan tozalash sistemasi. Kimyo sanoatida atmosferaga azot oksidlari 
chiqarilishining asosiy manbai nitrat kislota ishlab chiqarish hisoblanadi.Bu sanoatda chiqarilayotgan 
gazlarni tozalashni amalga oshiruvchi texnologik bo‟g‟in – nitroz gazlarni katalitik tozalash bo‟limidir; 
uning ish samaradorligi bilan mazkur hududda atmosferaning azot va uglerod oksidlari bilan 
ifloslanishi darajasi belgilanadi. 
Tozalanmagan qoldiq gazlar ( TQG) oldindan yonish kamerasi 1 da qizitiladi, kameraga 
shuningdek, tabiiy gaz va xavo ham beriladi. Keyin TQG va tabiiy gaz tiklanishi uchun katalitik 
tozalash reaktoriga keladi, u erda ikki qatlam katalizatoridan o‟tadi :birinchi qatlamda tabiiy gazning 
suvi bor bo‟lgan komponentlari yonadi va azot oksidlari molekul oksidgacha tiklanadi, ikkinchi 
qatlamda uglerod oksidi dioksidgacha yondiriladi. 
2-rasmda nitroz gazlarini katalitik tozalash texnologik rejimini avtomatik barqarorlashtirish 
sxemasi ko‟rsatilgan. Ular reaktor 2 ning katalizatori yuqori qatlamida joylashtirilgan birinchi 
temperatura datchigi 6, katalizator yuqori qatlamli temperaturasi rostlagichi 3, yondirishga havo 
uzatishni rostlovchi organ 4, summator 5, ikkinchi temperatura datchigi 6 ( uning sezgir elementi
katalizatorning quyi qatlamida o‟rnatilgan ), temperaturalar farqi rostlagichi 7, yondiriladigan havo 
va tabiiy gaz sarflarini nisbatini rostlagichi 8, tabiiy gazni yondirishga uzatish liniyasidagi rostlovchi 
organ 9, TQG dagi kislorod konsentrasiyasi datchigi 12, TQG va tabiy gazni tiklashga sarflanishini 
rostlovchi organ 14 bor.Sistema quyidagi tarzda ishlaydi. 
Katalizatorning birinchi va ikkinchi qatlamida kechadigan kimyoviy reaksiyalar kuchli 
ekzotermik bo‟lgani tufayli kqrsatilgan qatlamlarda temperaturani o‟lchovchi datchiklar 6 
o‟rnatilgan.Texnologiya talablari katalizatorning birinchi qatlami uchun tiklash muhitini saqlab 


230 
turishni ko‟zda tutadi- bunda azot oksidlari erkin azotgacha tiklanadi. Katalizatorning ikkinchi 
qatlamida kechadigan kimyoviy reaksiyalar oksidlovchi muhit bo‟lishini talab qiladi – bu holda 
uglerod oksidi dioksid hosil qilib, kislorod bilan tasirlashadi.Reaktor 2 dagi summator 5 bilan 
o‟lchanuvchi temperaturalar farqi reaktor 2 da kechadigan jarayonni ifodalaydi.Masalan, katalizator 
qatlamlari orasidagi temperaturalar farqi reaktordagi jarayonning oksidlanuvchi rejimga o‟tishini 
ko‟rsatadi va aksincha, temperaturalar farqining nolgacha kamayishi kuchli tiklovchi muhitning paydo 
bo‟lganidan va tabiiy gazning ortiqcha sarf bo‟lganidan dalolat beradi. Shu munosabat bilan 
barqarorlashtirish sistemasi summator 5 da 6 datchiklardan olingan temperaturalar qiymatlari haqidagi 
signallarni qarama-qarshi ishora bilan qo‟shishni ko‟zda tutadi.Summator 5 ning chiqishidan chiqqan 
signal rostlagich 7 ning kirishiga keladi, uning berilgan va o‟lchangan temperaturalar ayirmasiga 
proporsional chiqish signali tabiiy gazni yonish kamerasi 1 ga uzatishni rostlovchi organi 9 ni 
boshqaruvchi nisbat rostlagichi 8 ning korrektirlovchi kirishiga keladi. Shunday qilib, havo va tabiiy 
gaz sarflarining nisbati rostlagich 7 da korreksiyalanib ( tuzatilib) rostlanadi. 

Download 4,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish