66
Л.Февр. Бои за истории. Москва. 1994 г. 110 c.
67
Л.Февр. Бои за истории. Москва. 1994 г. 243 c.
69
3.2. Lyusen Fevrning “Tarix uchun janglar” asaridagi asosiy g’oyalar.
Lyusen Fevr o’zining ,,Tarix uchun janglar’’asarida tarixning boshlanishi,
uning rivojlanishi, bosqichlari hamda undagi tuzumlar haqida aytib o’tadi.
Asarning ikkinchi nomi ,,Tarixiy tafakkur yodgorliklari''. Jahon adabiyotining
javohir durdonasi bo’lgan ushbu asar nafaqat o’rta asrlar tarixi uchun muhim
manba balki, qadimgi davr tarixining ko’plab voqealari tahlil qilingandir.
Jamoaviy tadqiqot va ilmning kelajagi to’g’risida fikr yurutiladi. Tarixni
o’rganishdagi bir maqsad uchun jamoaviy tadqiqot- mana shu formula yoki
dastur, qaysiki na biolog, na fiziolog, yoki psixologni hayratga solmaydi. Lekin,
tarixga bog’liq bo’lganlar uchun bu formula ularni ta’sirlantiradi va hayratga
soladi. Ba’zi bir odamlarni ham qisqacha qilib aytganda hozirgi zamonaviy
Fransiyada uni tushuntirib ko’rishdan avval buni tushunish lozim. Urf-
odatlarga bir e’tibor bersak: XX asr boshida men tarix bilan shug’ullanishni
boshlagan chog’larimda Klio firmasi jamoaviy mehnatga unchalik
qiziqmagan edi. U qonli arxiv kalamushlari bilan band edi. Ular yoritilgan
tarix va u bilan bog’liq hujjatlarni yashirishga, yillar davomida ularni
foydalanishdan olib tashlagan, bundan maqsad kerak payt ulardan
foydalanish edi. Bu vaqtlarda vaqti-vaqti bilan shov-shuvli va juda kulguli
tarix bilan bog’liq voqealar bo’lib turar edi.
Shunday hollar bo’lardiki: ikki tarixchi bir mavzu ustida ish olib borar
va bir-biridan oshib ketish ( o’sha vaqtlardagi metafora, mashina bo’lmagan
paytlar ) va quvib o’tishi uchun kurashar edi. Bu insonlar uchun na tarix
va uning rivoji muhumi edi. Balki ularning shaxsiy manfaatidir. Ular uchun
muhimi kitobdagi ya’ni ularning ismi va mualliflik huquqi va so’zidir.
Men bu narsalarni qolipga o’ralgan holatini tushunmasligim mumkin
emas albatta. Ayni shu holat hozirda ham davom etmoqda. Lekin bu
narsalar tergov emas balki sababdir. Bu narsa qattiq ishonchga asoslanishi
va qarama-qarshiliklar falsafiy nuqtai nazardan ko’rilishi zarur. Kimlardir
70
tarix bu fan emas deb fikr bildiradi. Boshqalar esa tarix fan sifatida
tarixchi uchun barcha hodisalar voqealarni u yoki bu holatda ( gipoteza
yoki teroriya ) ko’rsata oladi va kitobxonlarga yetkazishda yordam beradi.
Bu qarama - qarshi fikrlarga uncha e’tibor bermasak, qisqa qilib aytganda
shuni tushunish kerakki: fan gil suyagidan yasalgan qasrda ko’zdan holi
yerda faqatgina ilm bilan mashg’ul odamlar tomonidan o’rganilmaydi.
Fan bizning fikrimizcha bir so’z bilan aytganda fanlarning
birlashuvi ya’ni, insonlar birgaligida yaratiladi, o’z doirasidagi odamlar
bilan birgalikda va o’z davri bilan bog’liq holda bu qonun matematik,
biolog, fizik va tarixchi uchun hamda barcha ilm ahli uchun xosdir.
Qonun, qaysiki barcha fanlar tadqiqoti birlashuvi va ularning o’z davri
uchun muhimligidir. Bir so’z bilan aytganda, fan bu - davlat ichidagi
davlat emas, u sotsial doiradan uzoq bo’lmaydi, u har xil holatlar ta’sirida
bosimga uchraydi. Bu uning taraqqiyotiga qiyinchilik tug’diradi.
Shunday qilib, bir necha o’n yilliklar davomida ma’lum bo’lgan
faktlar revalyutsion rivojlanishga majbur edi. Fizika sohasidagi paydo
bo’lgan yangi teoreya va faktlar XVII- XIX asrdagilarini shunchaki yo’qqa
chiqardi. Dunyoni tushunishdagi eski mexanik tushunchalar ish bermay
qoldi. Fanning tadqiqoti va birlashuvidagi konsepsiyalarini ko’rib
chiqishni talab etmoqda edi. Fan o’zining mashhur ilm olimlari
yordamida olib borilayotgan tadqiqotlari nazardan chetda qolishi mumkin
emas edi. Xohlaydimi yoki yo’q, u bunga tortilgandi. Fan o’zining eski
yukidan xoli bo’lishi lozim edi. Bu eski g’oyalar va o’sha davr
olimlarining tadqiqotlariga qarshi chiqilsa uning ustidan kulishardi. Bu
qat’iy qoidalar bizni nimaga o’rgatadi va tarix fani o’ziga ularning
qaysi birini olishi lozim.
Asosiysi har bir tadqiqot bu biror olim tomonidan yoritiladi, balki
shunchaki berilmaydi. Tadqiqot olib borishda hech narsa shunchaki ochiq
ravon bo’lmaydi. Bu biror bir faktni yoritishni aniq tasavvur hosil
71
qilmaydi. Bu faktlarga ko’ra “ tarixchi faktlarni tortib olishga haqsiz”
deb aytiladi. Bu faktlar olim uchun tanlov qo’yadi, balki tarix fanining
o’zi ham tanlov jarayonidir. Bunga sabab tarix u yoki bu faktning biror
bir tanlovi asosida amalga oshadi. Faktlarni o’zi uchun shunchaki
qiziqish yuzasidan saqlab qo’yayotgan va ularni mukammal tadqiq qila
oladigan tarixchi olim yaratilishi lozim. Tarix va boshqa qorishilgan
fanlarning farqi tarixchi koryerdan tosh qazib olayotgan qoruvchiga
o’xshaydi. Unga ishlov berish ishini esa sotsiolog arxitektorlar zimmasida
bo’ladi.
L.Fevr “o’sha vaqt odami - uyg’onish davri fransuzi’’ deb nomlangan
bo’limida XX asrda shaharda istiqomat qilayotgan fransuz bilan XVI asrda
yashaydigan fransuz o’rtasidagi o’xshashlik va farqlarni belgilaydi. Fransiyada
XVI asrda yashagan odamlar shaharlik edilarmi? Hech qanday. Ular qishloq
odamlari hozirgi zamonaviy tildagi shahar o’sha vaqt yo’q edi. Albatta, chet
elliklar, fransuzlarning o’zlari ham Fransiyaning shaharlarini maqtadilar. Ular
Parijni dunyoning mo’jizalaridan biri deb maqtadilar lekin, shaharlar o’zi qanday
bo’lgan? XVI asr shahri doirasimon minoralar bilan, g’ishtlik devor bilan o’rab
olingan. Buzuq yo’l tor darvozalarga olib boradi, kecha-yu kunduz ularni
qo’riqchilar qo’riqlaydi. Qo’pol yasalgan xoch, qarshida balandlikda monumental
dor (shaharning faxri), unda dorga osilganlarning jasadi chirib oxirlamoqda .
Ko’pincha darvoza tepasida nayza uchiga e’lon bilan kesilgan bosh yoki qo’l, oyoq
qandaydir bir qo’rqinchli odamning tanasining bir bo’lagi qoldirilgan. Bu
mustahkam asab tolallariga ega davrning adolatli sudi. Toptalgan yo’l darvozaga
olib boradi. Uning orqasidan yo’l o’rtasida befarqlik bilan qurilgan oqava ariqchasi
bilan hojatxonadan chiqadigan, o’tib bo’lmaydigan iflos axlatlar bilan, yomg’ir
yog’ganda yurish mumkin bo’lmagan, qachonki quyosh yondirganida shunday
chang , nafas olib bo’lmaydi va barchasi aralash-quralash: bolallar, o’rdak,
tovuqlar,itlar hatto cho’chqalar (taqiqlov qonunlari bo’lsada) unda hamma yerni
titkilaydi. Shaharga kiramiz va ko’zdan kechiramiz. Har bir oilaning o’z uyi,
72
qishloq joyiga o’xshash. Qishloq joyidek har bir uyda binolar orqasida bog’,
sabzavot jo’yaklari olingan. Barchasi xuddi qishloqdagidek, chunki shahardagi
hayot – bu qishloqdagi hayotning uncha katta bo’lmagan ko’rinishi bilan, har bir
uyning derazasi bilan cherdagi bo’lib, unda pichan, somon, don va ozuqaning
qishki zaxirasini ko’taradigan ombor vazifasida bo’lgan. Har bir uyda pech bor,
unda beka xizmatkori bilan har hafta non yopadi. Har bir uyda uzumni siqadigan
idish bo’lib, oktabrda yerto’la yonini yangi vinoni hidi to’ldiradi. Nihoyat, har bir
uyda otxona bo’lib, unda miniladigan va yuk tortadigan otlar va buqa, sigirlar,
qo’ylari bo’lgan molxona, ularda har kun ertalab kvartaldagi cho’pon nay chalib
ularni yig’adi, kechqurun uyiga haydab keladi. Mana shahar. Uni qishloq bosib
olgan. U hatto uylarining ichlariga ham bostirib kirgan. U shaharlikning
mehmonxonasiga kiradi.
L.Fevr tarix fani uchun muhim mavzu bo’lgan folklorga jiddiy e’tibor berdi.
U bu mavzuga bag’ishlab “folklor va folklorshunoslik” asarini yozdi. Fransiyada
XX arning 20-yillarigacha bu sohaga e’tibor berilmagan. Faqat asrning o’ttizinchi
yillaridan folklorga bu sohada muhim o’zgarishlar ro’y berdi. Fransuz milliy
muzeylarida xalq san’ati, hunar va odatlarining bo’limi paydo bo’ladi. 1928-yilda
fransuz folkloriga bag’ishlangan ikki tomlik darslik yaratildi.
L.Fevr folklorlarga ta’rif beradi: “Folklor nima o’zi? Juda ko’p ta’rif
mavjud. Ularning ko’pi odamlar bilan oddiylikda shakllantirilgan qaysiki, ular
“uncha uzoq bo’lmagan joyda izlash” tamoyiliga amal qiladi va albatta o’zi
to’g’risida o’ylaydi. Yaxshisi va muhimi dalillarni yo’l-yo’lakay ularni ilmoq bilan
turtib yig’ish kerak. Sentuve folklorlar-bu sivilizatsiylashgan xalqlarning
an’analari va ularning qonunlari, asosan xalq to’g’risidagi fan. “Folklor darsligi”
da shunday deyiladi: bu fan hamma narsa to’g’risida, nima og’zaki uzatilsa-
bilimlar, usullar, retseplar, sirlar, qoidalar va urf-odatlar, so’z ifodalari va
sueveriyalar, ertaklar, afsonalar va boshqalar – sivilizatsiyalashgan jamiyatlar
a’zolari asosan xalq ichida tarqalgan. Xalq tushunchasini u aniq ifodalaydi. “Toza
73
xalq yo’q
68
”- deydi u aniq ifodalab bergan holda. Toynbi geografik sohaga ham
mulohaza beradi. Geografik ulkan bo’lgan hududdagi Kanada va Rossiya ulkan
sivilizatsiya yaratgan. Nil va Yanszi havzasidagilar esa umuman boshqa holda yuz
berdilar. Orol sivilizatsiyalar esa minoy, yapon, ellin sivilizatsiyalari. Aniq fanlar
bu haqida to’liq ma’lumot bera olmaydi. Bu yerda u Shpengler bilan to’liq
kelishadi. Olim A.Toyinbi va O.Shpenglerning sivilizatsiya konsepsiyalarini
atroflicha tahlil qildi va ularga nisbatan o’z fikrini bildiradi. Chaqiruv va Javob
(Challenge and Response) qonunlari u uchun juda muhimdir. Bu qonun kitoblarda
– Gyote kitobi “Faust” Gyote va skandinav Voluspa (Vyolva bashoratlari) yoki
Ipolet Evripid, Matfeya va Origendan Gyotega, apostol Pavel va Vergiliydan
Tyurgoga qadar ularning asarlarida xudolar, yarim xudolar va pahlavonlar
buyukligi aks etgan qarashlar mavjud.
Bu haqidagi qarashlar juda dag’al va qo’pol, chunki kuchsiz ta’sirdan
iborat. Bu qarashlar sababini yumshoq iqlimli terdan qidirmaymiz. Masalan,
yashash uchun qiyin bo’lgan yerlarda Kapuya uning nomi perfida Capua (makkor
Kapuya yoki qonxo’r Kapuya ) xoinona Gannibal askarlarini tor-mor etgan edi. Bu
qarashlar har yerda to’g’ri keladi. Misol uchun, Xuanxe va Yanszi daryolari
oralig’i, And tog’lari Perudagi yerning o’zlashtirilishi qiyin kechgan. Attika
Elladaning makoni bo’lgan bu davlatning Beotiya yuksalgan va yashillikka
burkangan davri edi. Germaniya davlati Reynning yaxshigina muhitida emas, balki
Brandenburglarning kuchi va mehnati bilan yaratilgan. Vavilon o’rniga Ossuriya,
Hindiston esa uning janubida ya’ni Hind daryosi bo’yida. Bu qarashlar albatta
tabiiy. Rim Allianing qulashidan paydo bo’lgan. Usmonlilar Anqara jangidan
so’ng 150 yil o’tgach o’zini o’nglab olgan edi.
“Toynbining tili bilan aytganda Stimuls of blows (zarba ta’siri) deyish mumkin.
Shu bilan bir qatorda doimiy bosim ya’ni Stimuls of pressures (bosim ta’siri)
mavjud bo’lgan. Xo’sh, Misr tarixida 2 siyosiy kuch shimoliy va janubiy
hududlarda Misrning yuragiga, Fivaga qanday bosim o’tkazilgan? Qo’shni
68
Л.Февр. Бои за истории. Москва. 1994 г. 76 c.
74
davlatlarda ahvol qanday bo’lgan? Hindistonga nazar solamiz: Panjob bu
Hindiston armiyasining asosiy qismida joylashgan shahar. Dehli esa Hindistonning
madaniy markazi edi. Lekin bu shahar tashqi kuchlardan himoyalanmagan edi.
Uyg`onish davrida ilm–fan shiddati hikoyaning davomi insoniyatning
ilm fandagi taraqqiyoti bilan bog`liq. Men ya’ni Anri Berrom sizni
Uyg`onishning boshlanishi haqida so`zlab hayratga solishim mumkin. Bu yerda
uyg`onish haqida ishonchli ma’lumotlar keltirilgan. Qadimgi Greklarning
geometriya sohasida Evklid, mexanikada Arximed, tibbiyot sohasida Gippokrat
va Galen , kosmografiya va geografiya sohasida Polemey , fizika va tabbiy
fanlar sohasida Aristotel kabi namoyondalar bor. Ilmlarning butun olami
greklardan rimliklarga o`tdi, keyin esa bosqin ro`y berdi. Ilm osmonini tun
qopladi. Antik davrining barcha boyliklari talandi. Asrlar o`tishi bilan na
nazariy yutuqlari na texnik kashfiyotlardan asar ham qolmadi
XV asr oxiri va XVI asr boshlarida ro`y bergan revolyutsiyaga qadar
ahvol shunday davom etdi. Odamlar o`zlarining ma’naviy qashshoqliklarini
sezishgandan keyin, bu holat ro`y berdi. Ular yo`qolib ketgan ma’naviy
boyliklar qoldiqlarini tashlandiq kutubxonalar va monastr chordoqlardan topa
boshlashdi. Keyin bu boyliklardan foydalanish boshlandi. Ular lotin tilini ,
fanini, o`rganish uchun foydasiz bo`lgan ammo diniy matnsiz grek tili va hatto
qadimgi grek tilini ham yangidan o`rgana boshlashdi.
O`z davrining fidoiy shaxslari eski qo`lyozmalarni kitob shakliga keltira
boshlashdi va shunda Pifagordan Kopernik, Kopernikdan Kenler, Kenlerdan
Galiley vujudga keldi. Bu vaqtda shuningdek, Andrey Veza o`z
tajribalarining natijalarini Gippokrat an’analariga muvofiq birlashtirdi. Bularning
barchasi tartibli mantiqiy va oddiy. “ Oddiy”-bu daxshatli so`z, tarixchilar bu
so`zni nafaqat o`z lug`atlaridan balki aqllaridan ham chiqarib tashlashlari
kerak.
75
“Tarix –bu inson haqidagi fanlardan biri. Zero insonga tegishli bo`lgan
hech narsa oddiy emas. Xo`sh bu muammolar haqida bugungi kunda nima
bilasiz? Biz endi “o`rta asrlar tuni “ haqida gapirmaymiz. Eruditlar qandaydir o`rta
asr odami haqida gapirmaymiz. Bu ma’lumotlar muhim ahamiyatga ega emas,
qandaydir Jan yoki Benua 1820–yilda Dominikan ordenini olganda
qo`lyozmalarining klassik matnidan u yoki bu fragmentni olgani muhim emas.
Benua yoki Janning bu fragmentni qanday o`qib bergani muhim”
69
. Bunday
antik matnlarni o`qigan o`rta asr odamlari xristianlikka teskari tushunchalarga
qarshi borishgan. O`sha vaqtda xristianlikka e’tiqod “ ommaviy” edi . Odamlar
o`zlarining barcha qiyinchiliklariga yechimni shu yo`l bilan topishga ishonar
edilar. O`sha paytdagi “ Dunyo oynasi “, “ Olam ko`rinishi” , kabi risolalarda
insonning ijtimoiy va shaxsiy, diniy va dunyoviy bir so`z bilan aytganda
hayotdagi barcha voqea hodisalar qamrab olingan edi.Ularda inson bilan
bo`g`liq barcha narsa tabiyat va fan, axloq, tarix, o`tmish, kelajak haqida,
insoniyatning yaqin va uzoq kelajakdagi aniq maqsadlari haqida so`z
yuritiladi. Inson bu kabi o`rta asr ensiklopediyalarini o`qib o`zi haqida
hamma narsani bilishi mumkin edi.
Bu davrda yirik arxitektura yutuqlariga ham erishildi. Klyunidagi
Vezeliy cherkovi, Tuluzadagi Sen-Sernen cherkovi,bizning mashhur gotik
cherkovlarimiz – Sharterda, Parijda , Reymsda qurildi. Kusiy, Pyer –Fon, Shato-
Gayar kabi mashhur baronlar mustahkam qal’alar bunyod ettirdilar. Quruvchilar
geometrik va mexanik masalalar, xomashyo ta’minoti, qurulish materiallarini
ish joyiga ko`tarish haqida o`ylay boshladilar. Agar yaxshilab o`ylab ko`rilsa,
diqqat bilan e’tibor berilsa, shu narsa aniq ko`rinadiki, ot minish odatlari
qog`ozga kitob chop etish kabilar, bizning G`arb sivilizatsiyasidan olingan.
Shuning uchun bizga uyg`onish davrida hamma narsa yangidan paydo bo`lgan
deyishsa, biz yo`q bizda hech narsa yangidan paydo bo`lmagan, hech narsa
69
Люсьен Февр. Бои за историю. М.: Наука, 1991, с. 84
76
butkul yo`qolib ham ketmagan. Aksincha, bor narsalar rivojlanib hozirgi
holatga kelgan deb javob beramiz .
Antik davr kompilyatorlarining katta mashaqqati mahsuli o`rta asrlarga
kelib qaysidir ma’noda yo`qotildi. Bu yerda kamdan – kam odamlarga ma’lum
bo`lgan qandaydir qo`lyozmalar saqlanardi. Undan 300 chaqirim masofada
boshqa qo`lyozma saqlanayotgan bo`lishi mumkin edi, lekin ularni solishtirish
va taqqoslashga imkoniyat yo`q edi. Keyinchalik kitob chop etish vujudga
keldi. Venetsiyada Aldo Manutsio qadimgi greklarning astronomik
qo`lyozmalarni kitob holiga keltirdi. 1495-1498-yillarda Aldo Manutsiya
Aristotelning asarlarini chop etdi. 1475-yilda Vichensey “ Kosmografiya”
asarini xaritasiz, 1478-yilda esa xarita bilan chop ettiradi.
Shvetsariyalik Gesner barcha ertakdagi va real jonivorlarni
kataloglashtirdi. U bu sohada turli yozma manbalarga tayandi. O`simliklar
haqida esa Brunfels “Flor “ ya’ni “ O`simliklar tasviri “ asarini 1531-1536-
yillarda chop ettirdi. 1543-yilda ikkita buyuk asar dunyoga keldi:
Kopernikning “Osmon sferasi haqida “ ,Vezaliyning “ Odam tanasining
tuzulishi haqida “ asrlaridir. Xo`sh, Kopernik kim? U Pifagor ta’limotini
davom ettirgan. Kopernik qadimgi mualliflar va zamondoshlarining ishlarini
o`qib o`rgangan va ulardan o`zi yaratgan olam sistemasi bilan ajralib turgan.
Bu vaqtda rasmiy bilimlar bilan birga universitet bilimlari, kasbiy
bilimlar agar xohish bo`lsa, eretik bilimlardan ham voqif bo`lishgan. Bu yerda
dono professorlar , Aristotel, Gippokrat, Galen, Ptolomey kabilarning izdoshlari
bor edi. Shunday buyuk shaxslardan biri daho Leonardo da Vinchi edi. U o`z
davrining barcha fan sohalarda yuksak natijalarga erishgan edi. Biroq
odamlar XIX- XX asrlarda uning qo`lyozmalariga qiziqa boshladilar. Da Vinchi
zamondoshlariga uncha taniqli bo`lmagan. Leonardo da Vinchidan biroz
quyiroq pog`onada bo`lgan, “Qishloq glinasi“ asarining muallifi Bernar Palissi
ham o`z davrining buyuk shaxslaridan edi. Yana bir olim, biroz eretik
xarakterli Partsel alximiya sohasida mashhur edi.
77
Andrey Vezaliy biroq 1564-yil “ Pantagruel “ asarining beshinchi kitobini
(Rabbleydan qolgan bu kitobning qanday o`lchovda yozilganini hech qachon
bilolmaymiz ) o`ttizinchi bobida g`alati allegoriyaga duch kelamiz. Kichkina,
xunuk, ko`zi ojiz qariya hamma narsani qulog`i bilan anglardi. U eshitgan
bilimlarini doim vaysab yurar, lekin ularning to`g`ri yoki xatoligini na
kitobdan, na so`zlovchidan tekshirib o`tirmasdi. Bu asar bilan Rabble o`z
davrining olimlariga ishora qilgan. Kecha oldin nazariya, keyin fakt edi.
Bugun esa oldin fakt keyin nazariya .
“Tarixiy materializm manbalarida siyosiy va axloqiy omillarning zarar
ko’rinishiga va xalqaro kelishmovchiliklarda iqtisodiy omillarning rolini
kattalashtirishga urunishadi”
70
deb yozadi kitobining 212 – betida. Xo’sh bu
yerda tarixiy materializmning nima axamiyati bor? U yoqdan bu yoqqa ko’chib
yuradigan bu sodda qarashlarni qanday tushunish mumkin? Ikkilanishga o’rin
yo’q. O’zingiz ayting, 1914-yildagi urushga qadar ahvol bunchalik emas ediku.
1920-1940-yillarda esa voqealar o’z cho’qqisiga yetdi .
Ranke kabi olimlarning fikrlaridan voz kechadigan bo’lsak, uning
fikricha faktlarni shunchaki o’z-o’zidan yaratish mumkin. Biz fizik va
tarixiy haqiqatni shunchaki ichki hissiyotlar bilan bilishimiz mumkin.
Tarixiy haqiqatni tadqiq qilishni tarixiy jarayonning ( birinchi faktlarni
bilib olish so’ngra uni qayta ishlash ) sxemasini hozirda texnik jihatdan
ishlashmoqda. Tarixchilar oddiydan murakkablikka boradigan faktlarni
muhokama qilmasligi uni pog’onama-pog’ona tadqiq qilishlari lozim.
Tadqiqotlarimiz tartibi chegaralangan bo’lishi lozim. Shu nuqtai nazardan
qaralganda tadqiqot va unga kirish amaliyotga tadqiq qilinishi lozim. Sizning
fanga qarashingizda - teoriyalar mavjuddir. Tan olib qarasak, men bunda
biror bir muhokamali narsa ko’rmadim.
70
Люсьен Февр. Бои за историю. М.: Наука, 1991, с. 59
78
Bir safar shunday so’zlarga ko’zim tushdi: “Nozariya bu o’ylangan
tadqiq etilgan konstruktiv fanga bo’lgan qiziqish o’ylangan faktlarga
bo’lgan munosabat qisqa qilib aytganda fanning yo’nalishi qonunlar
yaratishda emas balki, yangi tabiiy jarayonini olib borish . Bu gaplar kimga
tegishli ekan bu biolog Entonning do’sti biolog Frepon tilidan aytilgan.
“O’tib ketdi u damlarni Lui Lopik sog’inadi. Fransua Mojandining qarashlari
juda eskirdi. Fransua Mojandi shunday degan edi: “Men har yerda xuddi
tilanchi kabi yangilik qidiraman. U yer ya’ni barcha tarixchilar uchun hatto
yangilari uchun ham xuddi labirint tirik tarix unda mavjuddir”
71
. Tarixchi
uchun umuman qiziq bo’lmagan narsa biolog uchun juda qadrli bo’lishi
mumkin. Tadqiqotchi hech qachon tarix sohasida tadqiqot olib borish uchun
hech qachon karta, kompassiz bir o’zi xudoga tavakkal qilib tadqiqot olib
bormasligi lozim. Tarixchi tadqiqotlari kimdadir keng, kimdadir jo’n, kimdir
uni xuddi qasr kabi, qo’rg’on kabi o’rab olgan.
Tadqiqotchilarning ko’pi qo’lini baland ko’tarib “Qasri uchun nimalar
qilganini ko’rsatadi”, lekin bu to’g’ri xulosa emas, chunki hech narsa aniq
o’lchanmagan. Qasr qurish uchun arxitektor chaqirilib uning loyihasi
tuziladi, dastavval joy tanlanadi. Shunday qilib, loyihadan boshlasak. Loyiha
eng muhim va kuch sarflaydigan qism. Shunday qilib, biz “jamoaviy
tadqiqot”ga qaytsak, biz uni yoddan chiqarmagan edik. Universallik vaqti
o’tib ketdi.
Har yer va har sohada bizga aytishadiki :“Jiar oxirgi materialist edi”.
Yoki “Silven Lovi indologlarning oxirgisi edi”. Muhokamaga asos yo’q
lekin nima kelib chiqadi? Aleksandrning o’limidan so’ng uning davlati
bo’linib ketishi. Umuman aytganda shunday odamlar paydo bo’lishi kerak
ediki, ular imperiyaning alohida qismlarini bo’ysundirishi kerak edi”
72
,
deydi. Silven Levi Bu faqatgina shu fakt emas, men boshqasini ham
71
Люсьен Февр. Бои за историю. М.: Наука, 1991, с. 51
72
Люсьен Февр. Бои за историю. М.: Наука, 1991, с. 52
79
ko’rayapman. Aleksandr davlatining hokimiyatini uning vorisiga qoldirib,
5-6 maslahatchiga hukumat bilan birgalikda ish olib borsa, ular: sarkarda,
diplomat, xazinachi va boshqalar.
Shunday qilib, tarixchi barcha ma’lumotlarni birlashtirib, tadqiq etib,
so’ng uni ishga solishi lozim. Tarixchi dalillarni olib barcha mutaxasislar
bilan birgalikda texnik, ilmiy ishlar bilan va kimyo, ekonomika va boshqa
fanlar bilan tanishgan bo’lishi aniq tasavvurda bo’lishi lozim. Har bir
savolga javob va ularning bog’liqligi yuzasidan aniq fikrda bo’lishi lozim.
Misol uchun Lyudovik XV ning va uning zahar ichgan Bordja oilasi
xususidagi hikoyasi. Biz bu sohada biroz yaqinlashmoqchi bo’lsak
avvalambor, tomonlarning fikri bilan albatta qiziqishimiz lozim.
Boshqalarning tadqiqotlari bilan doim aloqada bo’lishimiz lozim. O’z
sohasida yuqori cho’qqilarga erishgan olimlarning tadqiqotlarini o’rganib
chiqishimiz lozim.
M.Blok va L.Fevr metodologiyasida tarixdan tadqiqot olib boruvchi
tadqiqotchilar uchun quyidagi yo’riqnomalarni o’zlashtirish mumkin:
- o’tmish tarix bu faqat siyosiy voqealar, siyosiy tuzum va tuzulmalar hamda
siyosiy arboblar faoliyati to’g’risidagi tarix bo’lib qolmasligi kerak.
- insoniyat o’tmish tarixi oddiy odamlar faoliyati tufayli yuzaga keladi.
O’tmish odamlarni hyoti turmush-tarzi tashvishlari quvonchli kunlari psixologiyasi
tarixiy tadqiqotning obyekti bo’lishi kerak.
- insoniyatning o’tmish tarixi- bu turli etnoslar xalqlarning alohida-alohida
rivojlangan tarixiy yokiy har bir halq millat yahlit bir sivilizatsiyani tashkil etadi.
Har bir xal, millat o’z sivilizatsiyasiga ega va uni ana shu sivilizatsiya asosida
o’rganish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |