Udk 94(4/9) suyunov furqat boyxo’rozovich tarix fani metodologiyasining dolzarb muammolari



Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/22
Sana01.01.2022
Hajmi0,86 Mb.
#284430
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22
Bog'liq
Udk 94(4 9) suyunov furqat boyxo’rozovich tarix fani metodologiy

 

 

 

 

 

 

 

 


32

 

 



2 BOB.

 

XX АSRNING BIRINCHI YARMIDA TARIX FANI. 

2.1. XX asrning birinchi yarmida tarix fanining metodologik muammolari. 

XX asr boshlarida tarix fani metodologiyasida tushkunlik   alomatlari  paydo 

bo’ladi.  Qator  olimlar  tarix  fani  erishgan  yutuqlarni  kamsitish,  metodologiyasini 

maqsad va vazifalarini buzib tadqiq qilish boshlandi. Tarix fanida XIX asrdan XX 

asrga o’tishda metod va metodologiya muammolari paydo bo’ldi.  

Hozirgi  zamon  tarix  fani  va  uning  metodologik  muammolarini,  xalqlar  va 

davlatlar  o’rtasidagi  ijtimoiy-siyosiy  munosabatlarni  manbalarga  tayangan  holda 

xolisona  yoritish  tarixiy  taraqqiyot  jarayoniga  sivilizatsiya  nuqtai  nazaridan 

yondashish zaruriyati tug’ildi.  

Tarixni  yoritishda  tarixiy  shaxslarning  o’rni,  davlatchilikning  tashkil 

topishi  va  inqirozi,  tarix  fanidagi  bir  yoqlamalik,  tarixiy  taraqqiyot  jarayoniga 

sinfiylik nuqtai nazaridan yondashuvdan voz kechish boshlandi. Tarix fani, tarixiy 

bilim mohiyat- mazmuni muammolarini ilmiy nazariy jihatdan tahlil qilish asosida 

tarixchi  va  faylasuflar  tarix  fani  metodologiyasi  asosi  bo`lgan  turli  konsepsiya  va 

ta`limotlarni  yaratdilar.    Ma’lumki,  sobiq  sho’ro  tuzumi  davrida  olimlarimiz  har 

bir 


fikr-mulohazasini 

marksizim-leninizim 

klassikalari 

uydirmalaridan 

ko’chirmalar olib asoslab berishardi.  

Tarix  fani  metodologiyasining  tubdan  yangilanishi,  tarixga  yangicha 

shakllantirish  ehtiyojini  tug’dirdi.      “Tarixiy  taraqqiyot  qonuniyatlari  ijtimoiy 

hayotdagi  murakkab,  bir-birini  rad  etuvchi  kuch,  manfaat  va  oqimlarning 

fundamental  xususiyatlarini  ifodalaydi.  Ular  jamiyat  hayotining  tub  ildizlarini, 

barcha  guruh  va  ijtimoiy  qatlamlar  o’rtasidagi  munosabatlarni,  nemis  faylasufi 

Karl  Yaspers  iborasi  bilan  aytganda  “davr  mag’zini  qamrab  oladi”

23

.    Tarix 



fanining  nazariy  va  amaliy  jihatdan  rivojlanishi  asosida  jamiyatning  tarixiy 

madaniyati yuzaga keladi. Tarixiy tafakkurning shakllanishi tarixni o’quv predmeti 

sifatida  o’qitilish  samaradorligiga  bog’liq  bo’ladi.  Tarix  o’qitish  metodikasi  bu 

                                                             

23

 Xamroyev T.“Tarixiy taraqqiyot va ijtimoiy tasavvur” // Tafakkur.-Toshkent, 2004.- № 1.- B. 112-113.   




33

 

 



vazifani bajaradi.  

 XX  asr  oxirida  G’arbiy  Yevropa  va  AQSH  da  tilshunoslik  va 

adabiyotshunoslik  ta’siri  ostida  tarix  fanida  yangi  oqim  postmodernizm 

(“poststrukturalizm”  yoki  “lingvistik  burilish”)  keng  tarqaldi.    Bu  tarixshunoslik 

yo’nalishi uchun tarix faniga, tarixchi kasbiga, “paradigmalar” almashuviga an’anaviy 

qarashlarni  reviziya  qilish  zarurligini  tasdiqlaydi.    Bu  ilmiy  yo’nalish  vakillari  tarix 

fani  uchun  odatdagi,  an’anaviy  hol  bo’lgan  tarixiy  haqiqatni  bilish  maqsadi  sifatida 

tushunishni  shubha  ostiga  oldilar.  Bu  yo’nalishning    ba’zi    tarafdorlari  bunday 

masalani  muhokoma  qilish  imkoniyatini  umuman  inkor  qiladilar.  Ularning  fikricha, 

tarixiy va adabiy asarlar o’rtasida jiddiy farqlar yo’q. Shoir yoki yozuvchi o’z asarini 

yaratgandek  tarixchi  ham  tarixiy  matnni  erkin  ijod  qiladi.  Postmodernistlar  fikricha, 

ular badiiy adabiyotda mavjud bo’lgan ritorika qoidalariga bo’ysunadigan tarixchining 

matni,  bu  hikoya  qiluvchi  narrativdir.  Bu  yo’nalish  mantig’iga  ko’ra  tarixni  har 

qanday  talqini  yashash  huquqiga  ega  va  tarixchini  o’zini  sub’yektiv  qarashini 

ifodalaydi.  Bu  yo’nalishni  g’oyalari  va  metodologiyasini  tizimli  amalga  oshishi 

mumtoz tarix fanini metodologik asoslarini buzilishiga olib keladi.  

Tafakkurning  tarixiyligi-madaniyatning,  o’qimishli  zamonaviy  odamning 

qobiliyatlarini,  voqealarning  nihoyasiz  dalillar  qatorida  mos  baholash  qobiliyatini 

tavsiflaydigan  eng  muhim  madaniy  ko’rsatkichlaridan  biridir.  Metodologik 

muammolarni  yechish  uchun  qator  asarlar  yaratildi.  XIX  asr  oxirida  metodolgik 

muammolar  tarix  fanining  tushkunligiga  olib  keldi.  Shubha  bilan  qarash  kuchaydi. 

Ayrim tadqiqotchilar tarixga shubha bilan qaradi.  

XX  asrda  dunyo  miqyosidagi  tub  burilishlar  tarixni  jamiyatdagi  o`rnini 

o`zgartirdi. Qachonlardir  hayot o`qituvchisi bo`lgan  fan jamiyatdan begonalashdi. 

Natijada,  jamiyatni ishonchini yo`qotdi va o`zini ijtimoiy mavqeyini pasaytirdi. XX 

asrning  halokatli  yo`qotishlari  odamlarda  tarixni  bashoratchilik  roliga  shubha 

uyg’otdi,  natijada  klassik  tarixshunoslikning  an`anaviy  asoslari  yemirildi.  Tarixiy 

taraqqiyotning  progressiga  ishonish  esa  uni  qonuniyatlarini  tarix  fani  tomonidan 

tushunishi  nafaqat  hozirni  tushunish,  balki  kelajakni  ham  oldindan  aytish  tarix  



34

 

 



metodologiyasining asosi bo’lib qoldi.  

“Hozirgi  kunda  jahon  tarixi  metodologiyasi  sohasidagi  e’tirof  etilgan 

mumtoz  asarlarni  atroflicha  tahlil  qilish  va  o’zlashtirish  dolzarb  vaifa  bo’lib 

qolmoqda.  Bunda  eng  asosiysi  tarix  tafakkuri  taraqqiyotidagi  yangi  an’analarni 

tadqiqotlarda  qo’llash  yangi  yondashuvlar  asosida  tarixiy  tahlil,  insoniyat  tarixiy 

taraqqiyoti  amaliyotini  chuqur  va  boshqacha  ko’rishiga  imkon  beradigan  yangi 

metodlarni  aniqlash  dolzarb  vazifadir”

24

.  Shu  vaqtgacha  mavjud  tarix 



metodologiyasining  tushkunligi bilan bir vaqtda eski dunyoni o`rniga  qurilayotgan 

yangi  inshootga  mos  ravishda  yangi  tarixni  shakllanish  jarayoni  bormoqda.  Uning 

asosida  tarixni  yangi  ijtimoiy  mavqeyini  izlash  bilan  bog`langan  tarix  fanining  tub 

nazariy-metodologik  qayta  qurollantirish  yotadi.    U  hamma  narsani  biladigan 

siyosiy 

faoliyatga 

nuqsonsiz 

rahbarlikdan 

keng 

ijtimoiy-madaniy 



fanga  

aylanmoqda.  Shu  jihatdan,  o`tmishni  bugun  bilan  bog`lab,  ijtimoiy  ong 

uyg`unlashtiriladi.  

Yangi  tarix  fani  tez  o`zgarib  borayotgan    dunyoda  insonga    uni  ijtimoiy 

ahamiyatli  ekanligini  yaqqol    ko’rsatadi.  Shartlanadigan  ba’zi  mustahkam  tayanch 

nuqtalarini  namoyon  qiladi.  Uning  maqsadi  tadqiqotchilarni  tarix  fani  va  uning 

metodologiya  tafakkurining  hozirgi  holati  bilan  tanishtirish,  tarix  fanining  tabiati 

to`g`risidagi va uning jamiyat hayotidagi o`rnini ochib beradi.  

XX  asrning  90-yillarida  tarix  fanining  ko’pgina  da’volaridan  voz  kechildi. 

Jumladan,  tarixiy  jarayonning  xolisiyligi,    tarix  qonunlarini  ochish  qobiliyati, 

kelajakni  aytib  berish    va  hokazo.    Natijada  tarix  metodologiyasida  ham 

o`zgarishlar  ehtiyoji  paydo  bo`ldi.  Shu  bilan  birga  ilmiy  bilish  jarayonida 

tarixchining 

roli 


tushunarli 

bo’ldi. 


Asr 

oxirida 


ilmiy-metodologik 

yondashuvlarning  ko’pligi  plyuralizmni  bilish  strategiyasini  aniqlash  vazifasi 

birinchi  o’ringa  chiqdi.  Shunga  tegishli  ravishda  tarix  bilish  nazariyasi  alohida 

ahamiyat kasb etdi. Qator olimlarni fikriga ko’ra u ilgarigi tarix falsafasida tegishli 

                                                             

24

 Rajabov R., Shirinovna F. “Tarix fani metodologiyasi nima u?”// Ta’lim tizimida ijtimoiy-gumanitar fanlar. –



Toshkent, 2014 y.- №1. B.21 

 



35

 

 



o’rinni  egalladi.  Tarixni  bilish  nazariyasi  sohasida  hozir  olib  borilayotgan 

tadqiqotlar  tarix  fani  asoslariga  tegishli  masalalarni  fundamental  kategoriyalari: 

tarixiy  dalil,  tarixiy  vaqt  va  kenglik,  tarixiy  qonuniyatlarni  ochdi.      Bizning  tarix 

fanimiz keyingi 20-30 yil ichida jahon tarixi fani metodologiyasi to’plagan nazariy 

va amaliy tajribadan xabarsiz qoldi.  

Tarix  fani  ilmiy  tadqiqotlarida  quyidagi  uslub  va  tamoyillar  katta  ahamiyat 

kasb  etadi:    Tadqiqotchi  ilmiy  ishini  yozishda  avvalo  ilmiylik  uslubi  va  qoidasiga 

amal  qilmog’i  kerak.  Ilmiylik  metodi  dalil,  voqea  shaxslar  yoki  boshqa  muhim 

ob`ektlar  faqatgina  ma`lumot  uchun  o’rganilmay,  voqealarning  natijasiga  sabab 

bo’ltan  jihatlariga,  oqibati  va  umuman  mavzuga  ilmiy  baho  beriladi.  Bugungi  va 

kelajakda  amaliy  ahamiyat  kasb  eta  oladigan  saboqlar  chiqariladi,  voqealar  chuqur 

mulohaza etiladi. 

XX  asrda  G’arb  tarix  fani  olimlari  va  faylasuflari  tarix  metodologiyasi 

muammolarini falsafa, sotsiologiya nuqtai-nazaridan tahlil qilina boshlandi.  Nemis 

olimi  Vilgelim  Diltey  hozirgi  falsafaning  germenevtika,  fenomenologiya  va 

ekzistensealizim oqimlarini asoslashga tashkiliy qaytdi.  O’zining “Ruh to’g’risidagi 

fanda kirish” asarida tushuntirish va tushunish to’g’risida izoh beradi. Tushuntirish 

o’z  tabiiy  o’byektini  bo’lib  yuboradigan  va  sindiradigan  tabiatshunoslikka  xos 

xususiyat.  Ma’naviy  hayotni  tushuntirish  mumkin  emas,  uni  faqat  tushunish 

mumkin. Tarixchi yakkalik va aniqlik bilan ish ko’rgani uchun u yaxlitlik va birlikka 

intiladi. Tarix hayotga mos: “Tajriba fanlari tashqi dunyoni o’zgartiradilar, endi esa 

jahon  davri  boshlanadi,  qaysiki  unda  jamiyat  to’g’risidagi  fanlar  o’sib  boradigan 

ta’sirga  ega  bo’ladi.  Ularning  asosida  hayotni  o’zi  yotadi,  u  esa  hayotni  ifodasini 

talqin qilish va tushunishdagi kechinmalar bilan bog’liq bo’ladi.  

Tarixning  vazifasi  davrlar  va  madaniyatlarning  yashiringan  mazmunini 

tushunishdir deb, o’z fikrini bildiradi Diltey”

25

. U Rankening davlat tarix fanining 



asosiy  o’byekti  bo’ladi  degan  g’oyasini  inkor  qilib,  insoniyat  tarixi  daholarning 

                                                             

25

 Лаптева М.П. Теория и методология истории: курс лекций / М.П. Лаптева; Перм. гос. ун-т.  



Пермь, 2006. –97 с. 


36

 

 



adabiy,  falsafiy,  diniy  g’oyalarida  singdirilgan  psixologik  dunyoqarashlarining 

izchiligi  ko’rinishida  tasavvur  qilish  mumkin  deb  hisoblaydi.  Uning  uchun  ijodiy 

shaxslarda turli davr oqimlari kesishdi, natijada ular tahlil qilish mumkin bo’lgan 

dunyoqarash  va  hayotiy  kechinmalarni  to’la  o’z  ichiga  jamlaydigan  tuzilmani 

oladilar. Diltey “Hayot falsafasi” deb nomlangan oqimning asoschisi bo’ldi. 

 “None  of  the  three  version  of  social  history  produced  a  specialized 

academic  field  of  social  history  until  the  1950’s,  though  at  one  time  the  famous 

Annales  of  Lucien  Febvre  and  Marc  Bloch  dropped  the  economic  half  of  its 

subtitle  and  proclaimed  itself  purely  social.  However,  this  was  a  temporary 

diversion of the war  years, and the  title by which this great journal has now been 

known for a quarter of a century – Annales: economies, societies, sivilisations- as 

well  as  the  nature  of  its  contents,  reflect  the  original  and  essentially  global  and 

comprehensive aims of its problems, developed seriously before 1950”. 

“Ijtimoiy tarixning hech bir uch variantida ixtsoslashgan akademik yo’nalish 

yaratildi, 1950-yillarda “Annales” ning taniqli vakillridan bo’lgan Lyusen  Fevr  va 

Mark  Bloklar  o’zlarining  tarixiy  tadqiqotlarida  ijtimoiy  yo’nalishni  olib  kirdilar. 

Garchi  bu  urush  yillaridagi  vaqtinchalik  o’zgarish  bo’lsa  ham  bu  yo’nalish  bilan 

chorak asr ma’lum bo’lgan buyuk Annallar jurnali: iqtisodiy, jamiyat, sivilizatsiya 

shuningdek u o’z satrlarida o’z asoschilarining mufassal faoliyat maqsadlarini aks 

ettirdi”


26

. Annallar maktabi tarix fani va metodologiyasini tushkunlikdan chiqarish 

va  XX  asrning  taraqqiyotiga  mos  holda  rivojlantirishda  jiddiy  ilmiy  tadqiqotlarni 

o’z  faoliyatida  aks  ettirdi.    G’arb  olimlari  annallar  maktabining  tarix  fanini 

yangilashga qaratilgan ilmiy faoliyatiga munosib baho berdilar. 

Tarixni  fan  sifatida  himoya  qilishda  Mark  Blok  va  Lyusen  Fevrlarning 

faoliyati  muhim  o’rin  tutadi.  Taniqli  tarixchi  Gurevich  shunday  takidlaydi: 

M.Blokni  tarixni  genetik  tushuntirish  qoniqtirmadi.  Qaysiki  ko’pgina  olimlar 

ma’lum  bir  muassasaning  mavjud  sabablarini  manbalar  bilan  aralashtirgan  holda 

                                                             

26

  From Social History to the History of Society Author(s): E. J. Hobsbawm 



Source: Daedalus, Vol. 100, No. 1, Historical Studies Today (Winter, 1971), p. 22. 


37

 

 



tushunishdan  oldin  uning  shart-sharoitini  o’rganishni  ma’qul  ko’radi”

27

.  



Haqiqatdan ham M.Blok tarixiy muammoni genezisini har taraflama tadqiq qilgan 

holda tarixni o’rganish metodini amalda isbot qildi. Ko’p qirrali o’rganish deganda 

u tarixiy jarayonni uning barcha unsurlarida aks ettirdi.   

M.Blok  tarixiy  tadqiqotda  metodlar  muammosiga  alohida  e’tibor  berdi. 

Metodlardan  foydalanishda  tadqiqot  mazmuni-mohiyati,  maqsad  va  vazifalarini 

mos  bo’lishiga  chaqirdi.  M.Blokning  metodologiyasida  qiyosiy  tahlil  yetakchi 

o’rin tutadi.  Blok tarixchini sud tergovchisi bilan qiyoslaydi. Tergovchiga o’xshab 

u  ayblanuvchini  farazi  bilan  qanoatlanmaydi,  ishda  barcha  dalillarini  yoritishga 

harakat  qildi.    Tarixda  tadqiqotchi  ham  bevosita  manbalar  yuzasidan  yoxud 

ko’rinib  turgan  ma’lumotlarga  suyanmay  yanada  yangi  savollar  berish  va 

savolnomalar tuzish zarur hisoblanadi. 

Mark  Blok  tarix  fanini  o’rganishda  insonlarning  homo  religious,  homo 

economicus  va  homo  politicus  toifalariga  ajratmaslik  kerak  ekanini  aytadi. 

“Annallar  maktabi”  tarixshunoslikda  yangi  davrni  boshlab  berdi.  Bu  davrda 

tarixshunoslik fanida juda katta ishlar qilindi. “Annallar maktabi”da Mark Blok va 

Lusun  Fevrlarning  tarixiy  tadqiqotlari  o’z  aksini  topdi. 

M.Blok  va  L.Fevr 

tashabbusi bilan “Annallar maktabi”ning tarixshunoslik yo’nalishida yangi  tarixiy-

iqtisodiy yo’nalish yuzaga keladi. 

XX  asrning  30-yillarida  pozitiv  metodologiya        amalda    ko`pchilik  tarixchilar 

uchun    faoliyat  quroli  bo`lib  qolaverdi.  Ammo  u  o`z  umrini  yashab  bo`lgan  edi. 

Metodologiyada  manbalar  tanqidi  texnikasida  va  dalillar  tahlilida  u  yuqori  darajada 

formal  kuliminatsiya  cho`qqisiga  chiqdi  va    yanada  rivojlanish  zahirasini  tugalladi. 

Pozitiv tarixshunoslik  yangi davr ruhi va talablariga javob bermaydigan tasvirlovchi, 

muammosiz  fan  bo`lib  qolaverdi.  Klassik  pozitivizm  o`rniga  neopozitivizm  keldi. 

Pozitivizm  atamasini  ilk  bor  O.  Kont  fanga  olib  kirdi.  Pozitivizm  (lot.  positivus-

                                                             

27

 Гуревич А. 



Марк Блок и «Апология истории»

РГГУ



.  2010 г. c 16. 

 

 




38

 

 



ijobiy)  ijobiy  dalillarga  suyanib,  o`zini  materializm  va  idealizm  qarashlaridan  yuqori 

qo`yadi.  Jamiyatga  materialistik  qarashni  rad  qiladi,  ob`yektiv    jamiyat 

qonuniyatlarini  inkor  qilib,  tarixni  borishini    inson  irodasiga  taqaydi.  Uning 

go`yalarini Vena  universitetining  fizik va faylasuflarini  birlashtirgan Vena to`garagi 

shakllantirdi.  To`garak    tashkilotchisi  Morts  Shlek  (1882-1936),  faol  a`zolari  Otto 

Neyrat  (1882-1945),  Rudolf  Karnap(1891-1970)  va  ayniqsa,  Lyudvig  Vitgenshteyn 

(1889-1951)  mashhur  “Mantiqiy-falsafiy  traktat”  (1921)  asarining  muallifi  edi.  Vena 

to`garagi  neopozitivizmning    qator  asosiy  tamoyillarini  shakllantirdi.    Bu  tamoyillar 

bir necha qoidalarni ilmiy-nazariy etirof etishga asoslandi. 

XX  asrning  ikkinchi  yarmida  tarix  fani  metodologiyasining  rivojlanishida  ikki 

bosqichni  40-50-yillarni  va  60-80-yillarni  ko`rsatish  mumkin.  Birinchi  bosqichda 

metodologik  yondashuvlar    va  tadqiqot  metodlari,    yo`nalish  va  maktablar  ko`p 

bo`lsada,  metodologiyada  tarixni  yagona,  noyob  hodisalar  to`g`risidagi  fan  deb  

tushuntiradigan  ideografik    yo`nalish  salmoqli  o`rinni  egalladi.  Bu  metodologiyani 

milliy tarix maktablariga  ta`siri bir xil bo`lmadi. 

XX  asrning  50-yillaridan  yangi  ilmiy  texnika  inqilobi  yangi  texnologiyalar 

erasini  boshlab  berdi.  90-yillarda  esa  kommunistik  mafkuraning  inqirozi  natijasida 

dunyo  siyosiy  xaritasida  ko’plab  o’zgarishlarning  yuz  berishiga  sabab  bo’ldi.  Yuz 

bergan  bu  o’zgarishlar  tarixga  va  tarixiy  taraqqiyotga  yangicha  qarashlar, 

konsepsiyalarni  shakllantirishni  taqozo  qildi.  Bu  tarix  metodologiyasining  oldiga 

metodologiyani  yangilashdek  o’ta  muhim  vazifani  qo’ydi.  Ayrim  metodologik 

muammolarni yechishni talab qildi.  

Neokantchilik  XIX  asrning  ikkinchi  yarmida  Germaniyada  vujudga  kelgan 

(vakillari  Libman,  Lange,  Renuve,  Avlen).  Neokantchilik  Marburg  (Kogen,  Natorp, 

Kassirer) va Baden (Vindelband, Rikkert) maktablarida to`la shakllandi.  Bu yo`nalish 

tabiiy  va  ijtimoiy  fanlarni  I.  Kantning  amaliy  va  nazariy  tafakkur  to`g`risidagi  

ta`limoti  asosida    qarama-qarshi  qo`yish,  ijtimoiy  voqelikni    ilmiy  bilish  mumkin 

emasligi    va  faqat  normativ-teleologik  asosda  qarash  mumkin  degan  fikrni  ilgari 

suradi.  Tarixiy  bilishning    yangi  metodologiyasini  izlashda  neokantchilik 



39

 

 



dunyoqarashining    raqiblari  lingvistikada   ishlab-chiqilgan    strukturalizmga  murojaat 

qildilar.  Strukturalistlar  masalani  yechimini    bilish  jarayonidan    sub`yektivlikni  iloji 

boricha    yo`qotishni  birinchidan    tadqiqot  ob`yektini  tegishli    tanlovida,  ikkinchidan 

bilish  jarayonida    yangi  metodlarni  tadbiq  etishda  ko`rdilar.  Ular  sub`yektiv 

holatlardan  xoli  “ongsiz  tuzilmalar”  deb  nomlanadigan    kategoriyani  ajratdilar.  Bu 

yo’nalish iqtisodiy munosabatlar, urf-odat va an`analar, miflar, e`tiqodlar va tadqiqot 

jarayonini    o`zidan  sub`yektiv  unsurni  bartaraf    qilishni  boshqa  usuli  sifatida  tarix 

faniga tabiiy  fanlar metodlarini  tadbiq qilishni  taklif qildilar.  

Ijtimoiy tuzilmalarni tadqiq qilishning  bosh ob`yekt sifatida  ilgari surib, yangi 

metodologiya    ijtimoiy-iqtisodiy    muammolarni,    ijtimoiy  hayot  hodisalarini  

o`rganish  imkoniyatini  yaratdi.  Ushbu  yangi  g’oyalar  tarixiy  tadqiqotlar  hajmini  

kengaytirdi,  yangi tarixiy fanlarni  paydo bo`lishiga olib keldi.  “Yangi tarix fanini” 

yangi  mavzularga  chiqishi    tarixiy  tadqiqot  metodologiyasini  ham  o`zgartirdi. 

Miqdoriy tahlil va  fanlararo yondashuv uning sezilarli unsurlariga  aylandi. Bu metod 

va yondashuvlarni asosiy qo`llash sohalari iqtisodiy, siyosiy va  ijtimoiy tarix bo`ldi.   

Yangi  tarix  fani  40-50-yillarda  ideografiyaga    xos  bo`lgan  sub`yektivlik  va 

irratsionallikni    ko`rinishlarini  bartaraf    qilishga  erishdi  v  tadqiqotning  miqdoriy 

metodlarga tayanib ommaviy  manbalar, statistik seriyadagi  minglab bir xil dalillarni 

tahlil qildi.   

XX asrning 60-yillarigacha g’arbiy Germaniya tarixiy geografiyasida aksariyati 

individual uslub bo’lgan.  Keyin holat  o’zgardi, ilg’or tarixchilar  yangi g’oyalarni  va 

tushunchalarni  qo’llashda  boshladi  chunki  bu  fikrlar  tarix  fani  murakkablashgan 

holatida  paydo  bo’ldi.  T.Shider  30-yil  davomida  asosiy  tarixiy  jurnalni  muharrir 

bo’lganida  yozgan  edi.  “Tarixiy  qiyoslash  uslubi  insoniyatga  yaqinlashish  imkonini 

beradi  va  shu  yerda  milliy  g’ururni  yo’qotmasligiga  imkon  beradi”

28

 



 

Tarixni 


yoritishda tarixiy shaxslarning o’rni, davlatchilikning tashkil topishi va inqirozi, tarix 

                                                             

28

 Лаптева М.П. Теория и методология истории: курс лекций / М.П. Лаптева; Перм. гос. ун-т.  



Пермь, 2006. –93 с. 

 



40

 

 



fanidagi  bir  yoqlamalik,  tarixiy  taraqqiyot  jarayoniga  sinfiylik  nuqtai  nazaridan 

yondashuvdan  voz  kechish  boshlandi.  Tarix  fani,  tarixiy  bilim  mohiyat-  mazmuni 

muammolarini ilmiy nazariy jihatdan tahlil qilish asosida tarixchi  va faylasuflar tarix 

fani  metodologiyasi  asosi  bo`lgan  turli  konsepsiya  va  ta`limotlarini  ijobiy  o`qib- 

o`zlashtirish  va  tarixiy  tadqiqotlarda  foydalanish  muhim  ahamiyatga  ega. 

M.Blok  va 

L.Fevrning  tarix  metodologiyasini  rivojlantirish  faoliyati  natijalari  tarix  fani,  zamon 

tarixi  fani  va  uning  metodologik  muammolarini  yechish  uchun  asos  bo’lib  qoldi. 

O’tmish tarixiy, ijtimoiy-siyosiy munosabatlarni manbalarga tayangan holda xolisona 

yoritish,  tarixiy  taraqqiyot  jarayoniga  sivilizatsiya  nuqtai  nazaridan  yondashish 

(ijtimoiy yondashuv) g’oyasi ustuvor o’rinni egalladi. 

 

Hozirgi  kunda  tarix  va  tarix  metodologiyasi  uchun  M.Blok  va  L.Fevrning  

asarlarini chuqur va atroflicha tahlil qilish va o’zlashtirish tarix fani uchun muhim 

ahamiyat kasb etadi. Eng asosiysi tarix tafakkuri taraqqiyotidagi yangi an’analarni 

tadqiqotlarda  qo`llash,  yangi  yondashuvlar  asosida  tarixiy    tahlil,  insoniyat 

amaliyotini  turlicha ko’rishga  imkon  beradigan  yangi  metodlarni  aniqlash  dolzarb 

vazifadir.  Jahon  tarixi  fani  erishgan  yutuqlardan  xabarsiz  qolish,  o’zgarmaslik, 

taraqqiyot darajasidan orqaga qolishga va milliy tarix fanimizning qoloqligiga olib 

keladi. 

XXI asr tarix metodologiyasi insoniyatning o’tmish tarixini o’rganish uchun 

yetarli  darajada  ilmiy  zahira,  axborot  tehnologiyalari  vositalariga  ega.  Tarix 

fanidagi  bu  davr  tadqiqotchilari  oldiga  juda  katta  vazifani  yani  tarix  fani  va 

metodologiyasining dolzarb muammosi, ijtimoiy-tarix  o’tmish oddiy odami, uning 

turmushi  hayoti  ruhiyati  va  ma’naviyatini    tahlil  va  tavsif  qilishdir.  Bu  vazifani 

tarix fani daholari M.Blok, L.Fevr va boshqalar o’z vaqtida aniqlashtirgan edilar. 

Milliy  tarix  fanimiz  uchun  zamonga  mos  ilg’or  tarix  metodologiyasi  o’ta 

zarur.  O’tmish  tariximizni  xolisona  diaxron  asosida  haqqoniy  yoritishda  mavjud 

bo’lgan metodologik muammolar o’z yechimini topishi kerak. 




41

 

 




Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish