24
1. 2. Mustaqillik yillarida tarix ta’limi metodologiyasidagi ijobiiy siljishlar.
Tarix fani o’qituvchisiga qo’yiladigan metodologik talablar.
Yurtboshimiz Islom Karimov 1999 – yil 14 – aprel kuni birinchi chaqiriq
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining o’n to’rtinchi sessiyasida “O’zbekiston
XXI asrga intilmoqda” mavzusida qilgan ma’ruzasida quyidagilarni alohida
ta’kidlagan edi: “Biz XXI asr bo’sag’asida turibmiz, biz yangi buyuk ishlar oldida
turibmiz. Siz bilan bizning vazifamiz davr oldimizga qo’yayotgan barcha
talablarga munosib javob qaytarishdir. Istiqbolimizni aniq va ravshan ta’savvur
etib, xalqimizga tinch va farovon turmushni ta’minlashdir, jahon maydonida
o’zimizga munosib o’rin egallashdir”
15
. Yuqorida aytib o’tganimizdek, “Ta’lim
to’g’risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash miliy Dasturi”ning qabul qilinishi
mamlakatimiz salohiyatining beqiyos rivojlanishi, mustaqil respublikamizning
jahonga keng qamrov bilan chiqishi uchun ulkan omildir.
Bugun zamon talabi, ertaga bajarilishi kerak bo’lgan dolzarb vazifalar xalq
ta’limi tizimini tubdan isloh qilish zarurligini taqozo etayotganini ko’rsatdi.
Davlatimiz rahbari uzluksiz ta’limni tashkil etishda unning jahon talablari
darajasida bo’lishi hamda u yuksak ma’naviyat zaminida qurishiga katta ahamiyat
berish kerakligini ta’kidlar ekan, davlat ta’limi standartlarini joriy etish va uning
mexanizmini ishlab chiqish naqadar muhumligiga e’tibor qaratdi.
“Mustaqillik
natijasida
tarixiy
matrealizimga
asoslangan
tarix
metodologiyasidan va metodidan voz kechildi. Vatan tarixini o’rganiosh uchun
yangi metodologiya va metodlar shakllantirildi. Tarix faniga tub o’zgarishlar davri
boshlandi. Tarix fanini tub nazariy metodologik qayta qurollantirish boshlandi”
16
.
Mustaqillikning dastlabki kunlaridan tarix fanining eskirgan metodlari va
metodologiyasi o’rniga tarixni tadqiq qilishda jahon tajribasidan foydalanish,
hamda tarixiy tadqiqotlarni amalga oshirishga kirishildi. Tarix fani va uning
metodologik muammolari, xalqlar va davlatlar o’rtasidagi ijtimoiy-siyosiy
15
KarimovI.A.O’zbekiston XXI asrga intilmoqda – Toshkent: O’zbekiston 1999 – y 48 – bet
16
Rajabov R., Shirinovna F. “Tarix fani metodologiyasi nima u?”// Ta’lim tizimida ijtimoiy-gumanitar fanlar. –
Toshkent, 2014 y.- №1. B.20
25
munosabatlarni manbalarga tayangan holda xolisona yoritish uchun tarixiy
taraqqiyot jarayonida sivilizatsiya yondashuv zaruriyati tug’ildi. Hech qaysi fan
tarix fanining vazifasini bajara olmaydi.
Prezidentimiz
shunday
takidlagan
edi.
“Axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari, matematika, fizika, kimyo, sanoat, menejment- bularning hammasi
kerak, albatta. Lekin, avvalambor tarixni bilish- bu hayotiy zarurat”.
17
Haqiqatan
ham, hozirgi XXI asr boshlarida globallashuv kuchaygan davrda millat va xalqlar
uchun o’z tili, madaniyati, urf-odat, an’analarni yo’qotish xavfi tug’ildi.
Shuningdek, hozirgi kunda tarix fani nazariyasi va metodologiyasini tubdan
o’zgartirish, tarixiy manbalar tahlili tizimini qayta qurish, tarix fani tushunchalari
apparatini o’zgartirish, jahon tarixi fani metodologiyasining e’tirof etilgan
yutuqlarini o’zlashtirib amalga tadbiq qilish vazifasi turadi.
Tarix o`qitish metodikasi huquqiy davlat, o`zlikni anglash didaktikasining
asosiy prinsiplari tarix o`qitish jarayoniga tatbiq etishda uning mazmunidagi o`ziga
xos xususiyatlarini ham e‘tiborga oladi, tarix o`qitish jarayonining tarkibiy
qismlari o`rtasidagi qonuniy bog`lanishi va munosabatlarni aniqlashtiradi va shu
asosda o`qitish maqsadi, mazmuni, metod va usullari hamda o`qitish jarayonini
jihozlashga doir talablarini belgilab beradi. Shunday qilib, tarix o`qitish
pedagogika fanining mustaqil bir tarmog`i bo`lib, u o`zining mustaqil tekshirish
predmetiga ega. Ta’lim tizimida tarix fanini o’qitishning asosiy vazifasi –
o’quvchilarga tarix fanidan puxta bilim berish, shu bilimlarni amaliyotda
qo’llanish ko’nikmalari va mahoratni hosil qilishdan iboratdir.
Tarixni o’rgatish yoshlarni milliy g’oyani singdirish va ularda ilmiy
dunyoqarashni shakllantirish, hozirgi zamon taraqqiyotining asosiy tendensiyalari
va ziddiyatli mohiyatni to’g’ri tushunishga tayyorlashning muhim vositasidir.
Negaki, O’zbekiston Respublikasi milliy mustaqilligini qo’lga kiritgandan so’ng
sovet davrida tarixga nisbatan bo’lgan biryoqlama yondashuvga barham berish
17
Karimov I. Ona yurtimiz baxt-u iqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat qilish- eng oliy saodatdir. T.:,
O’zbekiston. 2015. 109-b
26
hamda milliy taruxni obyektiv tarzda o’rganish muammosini hal qilishga kirishildi.
Bu sohadagi vazifalarni amalga oshirish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi.
Xususan, prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganlaridek, “Davlatimiz,
millatimizning haqqoniy ilmiy tarixini yaratish keng jamoatchiligimiz uchun
g’oyat muhim va metodik masalalaga aylanishi lozim”
18
. Tarixni o’rganishning
nazariy amaliy ahamiyati haqidagi nazariyalarning birida u millatning haqiqiy
tarbiyachisi ekanligi ta’kidlab o’tiladi. Tarix millatning haqiqiy tarbiyachisiga
aylanishi uchun eng birinchi navbatda hal qilinishi lozim bo’lgan vazifalaridan biri
bu – uni tadqiq etishning metodik asoslarni to’g’ri tanlanishidir. Bu sohada tarix
fanida bir qancha nazariyalar mavjud bo’lib, ularning orasidan milliy tariximizni
o’rganishda eng keraklilarni tanlash va tadbiq etish bugungi tarix fani oldida turgan
asosiy vazifalaridan biridir.
O’tgan yigirma yillik davrda bu sohada bir qancha nazariy va amaliy
vazifalar amalga oshirildi. Biroq, tarix bu jamiyat taraqqiyoti bilan bog’liq. Tarixiy
taraqqiyotning har bir yangi bosqichi unga nisbatan yangicha yondashuvni talab
etadi. Shu bois tarix fanini o’qitishda tub o’zgarishlar yuz berdi. Jumladan, eski
umrni o’tab bo’lgan marksistik metodologiyadan voz kechildi. Yangi darslik va
o’quv qo’llanmalari chop etilib, tarix ta’limi tizimiga joriy qilindi, chop etilgan
ushbu qo’llanmalari xolisiylik, tarixiylik tamoyillari asosida yaratildi. Shuningdek
tarix fani mazmun mohiyati umumjahon miqyosida e’tirof etilgan tarixiy
konsepsiyalar, ta’limotlar bilan boyitildi. O’tmish tarixni o’rganishda tarixiy
haqiqatni izlash va uni yuzaga chiqarish tarixiy tadqiqotlarning mezoniga aylandi.
Hozirgi kunda tarix o’qitish metodologiyasi o’quvchida tarixiy bilimni hosil
qilishda qator ilmiy metodologik vazifalarni bajaradi. “Tarixni fan sifatida jamiyat
to’g’risidagi fanlar tizimi va jamiyat hayotidagi o’rni yanada aniqroq tushunildi.
Tarixiy bilim sohasida haqiqiy inqilob yuz berdi deb aytish mumkin. Chunki bu
inqilob natijasida tarixiy materializm bilan bog’langan tarix fani taraqqiyoti
18
Karimov.I.A Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T.: Sharq. 1998 y.
27
bosqichiga yakun yasaldi”
19
.
Vatan tarixini yaratishda nazariy-metodologik
asoslarni bilish katta ahamiyatga ega. Ilmiylik, xolislik, tarixiylik metodlari tarixni
yaratishning asosiy kaliti hisoblanadi.
O’zbekiston mustaqilligining dastlabki
kunlaridan tarix fani nazariyasini o’zgartirish sohasida qiyinchilik bilan ilk
qadamlar tashlandi. Ayniqsa, vatan tarixini o’rganishda uni o’rganishni metod va
metodologiyasini o’zgartirishda tub burilishlar yuz bermoqda.
O`zbekiston tarixini o’qitishning konseptsiyasini yaratildi, buni bir butun
tarixiy jarayonni nisbatan mustaqil bo`lgan qismlarga, ya`ni davrlarga bo`lib ularni
chuqur tahlil qilish boshlandi. Vazifalardan yana biri-yangi ezilgan tarixni
o`rganishni tashkil qilishdir. Mustaqillik yillarida to`plangan bir qancha tarixiy
hujjatlarni ilmiy asosda umumlashtirish boshlandi.
Tarix o’qituvchisi tarixni o’qitishda xolisiylik turadi. Bunda har bir tarixiy
voqea-hodisalarni tahlil qilayotgandi xolos, haqqoniy ravishda o`rganish yoki
tarixnavisning xohish irodasidan tashqarida, voqea xodisalar qanday sodir bo`lgan
bo`lsa, shundayligicha eritish ko`zda tutiladi. Xar bir tarix yozuvchi kishi shaxs
sifatida o`zining mulohazalari, idroki va boshqa his-tuyg’ulari bilan atrofni o`rab
turuvchi muhit bilan uzviy ravishda bog`liq.
Xolislik talab etadigan qoyidalar shundan iboratki, ushbu yo`nalishda
tarixiy-madaniy taraqqiyotni (tarixning turli davrlarida) o`rganish jarayonida bo`lib
o`tgan yoki shu taraqqiyot bilan bog`liq bo`lgan jamiyki voqea-hodisalarni hech
bir o`zgarishlarsiz, qanday bo`lib o`tgan bo`lsa o`sha holotda talqin va tahlil etish,
tekshirish va xulosolar chiqarib yaxlit holga keltirish o`ta muhimdir. Bu holotda
aniq manbaviy asoslarga tayanish, tarixiy jarayonlarning o`zaro chambarchas
bog`liqligini asoslash lozim bo`ladi. Bu jarayonda hududlar o`rtasidagi rivojlanish
jarayonlarini o`zaro solishtirish, qiyoslash va taqqoslash faqat ijobiy natijalar
berishi tabiiy holdir.
19
Rajabov R. Tarix fanining metodologik asoslari. T.: ,Istiqlol. 2013-y. 18-b.
28
O`zbekiston tarixini o`rganishning metodologik asoslaridan yana biri bu
voqea va hodisalarni dialektik tarzda o`rganishdir.
Diolektika olam yagona va yaxlit, unda sodir bo`ladigan hodislara, voqealar
umumiy va o`zaro bog`lanishda, uzluksiz harakatda, ziddiyatli taraqqiyotida
bo`ladi deb, ta`lim beradi.
Bu metod O`zbekiston tarixini o`rganishda uni to`laligicha, voqea-hodislarni
bir-biri bilan bog`liklikda, ayrim tarixiy voqelikni o`rgatuvchi fanlarni ham bir
butunlikda, uning bo`laklarini ajratib olmaslik va voqea-hodisalarni doimo
o`zgarishda, rivojlanishda o`rganishni taqozo qiladi. Bugungi kunda jahon tarixi
tajribasidan ham foydalanish va ularni milliy tarixshunosligimizga keng tadbiq
etish kuchayganligini hisobga olgan holda tarix ta’lim jarayonida o’qitishning
zamonaviy metodlari keng qo’llanilmoqda.
“Ta`limning asosiy vazifasi shaxsni ilmiy bilimlar, ko`nikma va
malakalar bilan qurollantirish demakdir.”
20
. Tarixchilar o’rtasida zamonaviy tarix
fanida voqeaviy tarix ustuvor bo’lishi kerakmi, yoki qonuniyatlar va sintezni
izlashmi degan masalada qizg’in munozara bordi. Jahon tarixi fani tarixni yangi
nazariyasi va metodologiyasi izlash, yangi tarixiy sintez aniq tarixiy materialni
falsafiy-nazariy umumlashtirish jarayonini boshdan kechirmoqda. Shuningdek,
tarix fanida yaqin kunlargacha Markistik konsepsiyani tarixiy bilishda yagona va
universal tushunchasi sifatidagi qarashdan voz kechish ijobiy hol bo’ldi.
Hozirgi kunda tarix fanini o’qitish metodologiyasida ham yangilanish
dolzarb ahamiyat kasb etadi. XX asrning 50-yillaridan yangi ilmiy texnika inqilobi
yangi texnologiyalar erasini boshlab berdi. 90-yillarda esa kommunistik
mafkuraning inqirozi natijasida dunyo siyosiy xaritasida ko’plab o’zgarishlarning
yuz berishiga sabab bo’ldi. Yuz bergan bu o’zgarishlar tarixga va tarixiy
taraqqiyotga yangicha qarashlar, konsepsiyalarni shakllantirishni taqozo qildi. Bu
tarix metodologiyasining oldiga metodologiyani yangilashdek o’ta muhim vazifani
20
Ibragimov X., Abdullayeva Sh. Pedagogika. T., 2007y. 109-b.
29
qo’ydi. Ayrim metodologik muammolarni yechishni talab qildi.
“Zamonaviy o’qituvchi tarixning barcha qismlarini yaxshi bilishi va ularni
metodik jihatdan puxta o’quvchiga yetkazishi shart, zamonaviy o`qituvchi
faoliyatini bilimlarni uzatuvchi oddiy metodist sifatida emas, balki “o`qituvchi
texnolog” nuqtai nazaridan baholanishi kerak”
21
O`qitish metodlari -
o`qituvchilarning faol fikrlash asosida o`quvchilarni o`qitishga, o`qituvchi
rahbarligida o`quvchilarning ilmiy bilimlarini maktab ta`limi metodlari tizimidan
to`g`ri foydalanilgan taqdirdagina ta`lim-tarbiya ishlari sohasida yaxshi natijalarga
erishish mumkin. Maktab ta`limi metodlari tizimi, deb eng muhim umumiy
belgilari bilan o`qitish va o`rganish usullari, hamda o`qituvchi va o`quvchilarning
tafakkur faoliyatidan iboratdir. Bir-biri bilan bog`langan o`qitish metodlarini
quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
og`zaki ta`lim metodi.
bosma matnlar yordamida o`qitish metodi.
ko`rgazmali ta`lim.
ta`limning amaliy metodi.
Mazkur metodlar tizimi maktabdagi barcha o`quv predmetlarini o`qitishda
qo`llanishi mumkin. O`qitish usullari va o`quvchilarning o`rganish usullari turli
shakllar bir-biri bilan qo`shilib o`qituvchi va o`quvchilar faol ishtirok etadigan
ta`lim jarayonlar metodini tashkil etadi.
Tarix o`qituvchisi tarixiy tushunchalarni mantiqiy izchil shakllanib
borishini taminlash uchun tarixiy tushunchalar sinf-yosh kesmida o’tiladigan
mavzuning har birida amalga oshiriladi. Tarix darsda o`rganiladigan mavzuning
mazmuniga qarab tushunchalar bir-biridan farq qiladi va ular quyidagi turlarga
bo`linadi:
-Sotsial-siyosiy tushunchalar Davlatlar o`rtasidagi sotsial munosabatlar va siyosiy
tuzilishi.
21
Nazarova T.Pedagogik texnologiya: taraqqiyotning yangi bosqichi. T., 1999. 16-bet.
30
O’rta asr jamiyatining asosiy sinflari, imperiya, respublika, burjua davlati va uning
burjua demokratiyasi, xuquqiy demokratik davlat va boshqalarga doir.
-tarixiy madaniy tushunchalar (uyg`onish davrining gumanistik madaniyati,
moddiy va ma‘naviy madaniyat va boshqalar);
- ma’naviy-mafkuraviy, siyosiy, din, tushunchalar. Metodik adabiyotlarda tarixiy
tushunchalar umumlashganlik darajasiga qarab quyidagi uchguruhga: xususiy,
tarixiy (sfinks, smerdlar, boyarlar), umumtarixiy va sotsiologik tushunchalarga
ham bo`linadi.
Jahon fanida e’tirof etilgan ijtimoiy-gumanitar yo’nalishda mavjud bo’lgan va
ilmiy adabiyotlarda ishlatiladigan nazariya, konsepsiya, ta’limot va tushunchalar tarix
o’qituvchisi, tadqiqotchi bilishi zarur. “Binobarin biz davlatimiz kelajagini o’z
qolbimizda o’ralib qolgan holda emas, balki umumbashariy va demokratik
qadriyatlarni chuqur o’zlashtirgan holda tasavvur etamiz. Biz istiqbolimizni taraqqiy
topgan mamlakatlar tajribasidan foydalanib, davlat va jamiyat boshqaruvini
erkinlashtirish inson huquq va erkinliklarini, fikrlar rang-barangligini o’z hayotimizda
yanada kengroq joriy qilishda ko’ramiz. Biz butun ma’rifatli dunyo bilan tinch-
totuv,erkin va farofon hayot kechirish, o’zaro manfaatli hamkorlik qilish
tarafdorimiz”
22
. Demakki, hamkorlik tushunchasini keng ma’noda tarix fan sohasida
jahon tajribasidan foydalangan holda va tadqiq qilish yordamida tarix fani
metodologiyasini qurilishi, tarixiy bilim, tarixiy nazariyani muammolarini ko`rib-
chiqish, tarix o`rganish metodlari, metodologiyasini genezisi muammolarini tahlil
qilish muhim hisoblanadi.
Bizning fikrimizcha tarix ta’limining barcha bosqichlarida faoliyat
ko’rsatadigan tarix o’qituvchilari, tarix fanidan ilmiy izlanuvchilar eng avvalo tarix
metodologiyasi bo’yicha atroflicha nazariy bilimlarga ega bo’lishi lozim. Shu bilan
birga ular o’z metodologik bilimlarini tarixni o’qitish va tarix sohasidagi ilmiy
tadqiqotlarda foydalanish ko’nikmasiga ega bo’lishlari lozim. Tarix o’qituvchisi
22
Kаrimоv.I.А.Yukcak ma’naviyat-engilmas kuch.T.:,2008,114-bet.
31
tarix fani va metodologiyasining e’tirof etilgan konsepsiyalari, talimotlari va
qarashlarini bilishlari lozim. Tarix metodologiyasining hozirgi dolzarb
muammolarini bilishlari uchun tadqiq va tahlil qilishlari shart.
Bunda birinchidan, hozirgi kunda tarix fani nazariyasi va metodologiyasini
tubdan o’zgartirish, tarixiy manbalar tahlili tizimini qayta qurish, tarix fani
tushunchalari apparatini qayta tuzib, shakillantirsih, jahon tarixi fani
metodologiyasining asosiy yo’nalishlari mazmun - mohiyatini tushunish va uni
yutuqlarini o’zlashtirib amalga tadbiq qilish vazifasi turadi. Tarix fanini o’qitishda
o’quvchi-talabani tarixiy tafakkurini shakllantirish asosida ilmiy dunyoqarashini
rivojlantirish, ilmiy izlanuvchi shaxsni shakllantirish o’qituvchining asosiy
vazifalaridan biri bo’ladi.
Ikkinchidan, bugungi kunda tarixni o’rganishning maqsadlaridan biri
o’quvchi-talabani madaniy-tarixiy muhitga kirishi, vaqt-makonda o’zini erkin his
qila olishini shakllantirishdir.
Uchinchidan, talab tafakkurining mustaqilligini shakllantirishga yordam
beradi, insoniyat jamiyati taraqqiyotining asosiy yo’llarini tavsiflab, dunyoqarashni
kengaytiradi, ancha darajada real tarixiy kenglikni tartibga soladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |