Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya kirish, 3 bob, 6
paragraf, ishning hajmi 84 sahifali matn, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar
ro’yxatidan iborat.
14
1 BOB. ZAMONAVIY TАRIX TA’LIMINING METODOLOGIK
MUAMMOLARI
1.1. Tarix fani metodologiyasidagi ijobiy o’zgarishlarning tarix ta’limini
samaradorligini taminlashdag o’rni.
Mustaqillikga erishgandan so`ng tarixiy ong, tarixiy xotirani qayta tiklash
va rivojlantirish asosida milliy o`zligimizni anglash, milliy ma`naviyatimizni o`sishi
va rivojlanishi uchun chinakam sharoit va qulay imkoniyatlar vujudga keldi. Milliy
uyg`onish,
keng
qamrovli
o`zgarishlar
davri
boshlandi.
Prezidentimiz
I.A.Karimovning “Haqqoniy tarixni bilmasdan turib esa o’zlikni anglash mumkin
emas” iborasidan, shu kunlarda yoshlarni milliy qadriyatlarni, milliy iftixorni va
milliy o`zlikni anglashida ta’lim tizimida tarix darslarini vositachi sifatidagi o’rni
naqadar muhimligini payqash mumkin. Ma`lumki, zamonlardan-zamonlarga,
ajdodlardan avlodlarga moddiy, madaniy, ma`rifiy-ma`naviy boyliklar, ajoyib
an`analar, meros bo`lib o`tadi. Shu bilan birga, sho’rolar davridan bizlarga o`z
qadriga yeta bilmaslik, tarixiy gumrohlik, ruhiy tushkunlik, milliy parokandalik,
ma`naviy qashshoqlik, ona tili bo`yicha chalasavodlik singari ijtimoiy illatlar meros
bo`lib qoldi. Mustaqillik yillarida tarix ta’limidagi tub o’zgarishlar bu muammolarni
hal qilishga imkoniyat tug’dirdi.
Hozirgi kunda tarix fanini o’qitish metodologiyasida yangilanish jarayoni
jadal bormoqda. Tarix fani metodologiyasining tubdan yangilanishi, tarixni qayta
qurish ehtiyojini tug’dirdi. Shu o’rinda prezidentimiz ta’biri bilan aytganda
”Umuman, men fanni ilg’or, taraqqiyot, progress degan so’zlar bilan yonma-yon
qabul qilaman. Fanning vazifasi kelajagimizning shakli-shamoyilini yaratib berish,
ertangi kunimizning yo’nalishlarini, tabiiy qonuniyatlarini uning qanday bo’lishini
ko’rsatib berishdan iborat, deb tushunaman. Fan jamiyat taraqqiyotini olg’a
siljituvchi kuch, vosita bo’lmog’i lozim”
7
O’zbekiston mustaqilligining dastlabki
kunlaridan tarix fani nazariyasini o’zgartirish sohasida qiyinchilik bilan ilk qadamlar
tashlandi. Ayniqsa, vatan tarixini o’rganishda uni o’rganishni metod va
7
Karimov I. “Adolatli jamiyat sari” T.:, O’zbekiston.1998-y. 58-b.
15
metodologiyasini o’zgartirishda tub burilishlar yuz bermoqda.
Tarixni o’rganish va bu fanni o’qitishning jamiyat taraqqiyoti va
millatimizning o’zligini anglashdagi nufuzli o’rniga M. Behbudiy, A. Fitrat XX asr
boshlarida o’z asarlarida atroflicha ahamiyat bergan edilar. Ular tarix fanini,
ayniqsa, millatimiz tarixini o’rganishga da’vat qildilar. M. Behbudiy shunday
yozgan edi: “Hozirgi dunyoda yashash, ziyoli, komil va odil bo’lish uchun o’z
vatani va o’z tarixini o’rganish da’vati bilan chiqish lozim”. Jadidlar milliy o`zlikni
anglashda tarix fanini, tarixiy ong, tarixiy xotirani muhim o`rin tutganligini
tushungan edilar”
8
.
Ular millatning o’tmish tarixini o’qitishga chaqirdilar. Tarix
ta’limining metodik ta’minoti yuqori darajada shakillantirish zaruriyatini
aniqladilar. Lekin ularning bu maqsadlari faqat mustaqillikka erishilgandan so’ng
prezidentimiz tashabbusi va rahnamoligi asosida amalga oshdi. Hozirgi kunda tarix
ta’limi davlat ta’lim standartlarida qo’yilgan talablar asosida amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda milliy tarix fanimizdagi ilmiy tadqiqotlar ta’limiga ham
tadbiq etilmoqda. Jamiyatning barcha sohalarida jumladan ta’lim sohasida islohotlar
tomon yo’l tutildi. Barcha fanlar kabi tarix fanini o’qitishda ham tub o’zgarishlar
davri boshlandi. Yangi jamiyat qurishda tarix fani yoshlarni milliy mafkura
g’oyalari ruhida tarbiyalashda, yoshlarda tarixiy bilim va tarixiy xotirani
shakllantirishda tarix ta’limi yetakchi o’rinni egallaydi.
Tarix ta’limining eng muhim vazifalaridan biri yoshlarda tarixiy xotirani
shakillantirishdir. Chunki tarixiy xotirasi bo’lgan millat kuchli bo’ladi.
Prezidentimiz shunday ta’kidlagan edi. “Tarixni unutgan xalq, jamiyat o’z yo’lini
yo’qotadi. Bunday xalq va jamiyatning kelajagi yo’q”
9
. Haqiqatan ham, hozirgi XXI
asr boshlarida globallashuv kuchaygan davrda millat va xalqlar uchun o’z tili,
madaniyati, urf-odat, an’analarni yo’qotish xavfi tug’ildi. Bu xavfni oldini olishda
millatni o’zligini muhim o’rin tutadi.
8
Rajabov R. Tarix fanining metodologik asoslari: T.:, Istiqlol. 2013. 24- b.
9
Karimov I. Ona yurtimiz baxt-u iqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat qilish- eng oliy saodatdir. T.:,
O’zbekiston. 2015. 109-b.
16
Sovet davri tarix darsliklari o’tmishdagi xunrezlik voqealari, urush va
vayronagarchiliklar haqidagi voqealar bilan to’ldirib tashlashgan, bundan tashqari
butun-butun millatlar tarixi umuman insoniyat tarixi urushlar, xunrezliklar, bir-
birini mavh etish va qatl qilishdan iborat qilib ko’rsatildi.
Shundan kelib chiqqan
holda, darsliklarda o’quvchilarga soxta bilim berildi va o’qitildi. Tarixiy haqiqat
va tarixiy voqeliklarni buzib ko’rsatishdi. Natijada o’quvchilar ongida o’tmish
tarixi hukmron mafkura manfaatlariga mos gavdalantirildi. O’tmish milliy,
madaniy-manaviy madaniyati yutuqlari tog’risida uzuq-yuluq malumot berildi.
O’zbekiston tarixini jahon tarixi bilan qiyosiy tahlil qilish asosida o’qitish
bilan olib borish maqsadga muvofiq bo’ladi. Misol uchun o’rta maktab tarix
ta’limida 6-sinf tarix o’quv darsligida O’zbekiston tarixi va jahon tarixi birgalikda
yoritilgan. Lekin bizning fikrimizcha bu o’quv darsligida ayrim mavzular
yoritilmagan. Misol uchun mill. Avv. IX-VII asrlarda Kavkazortida mavjud bo’lgan
mitti Urartu davlati to’g’risida ma’lumot beriladi. Lekin insoniyat sivilizatsiyasida
ulkan o’rin egallagan va bir necha ming yil davomida shimoliy Xitoydan shimoliy
Qora dengiz bo’yigacha bepoyon cho’l va dashtliklarda mavjud bo’lgan, yuzlab
davlat va jamiyatlarga o’z ta’sirini o’tkazgan sak-skif siviliztsiyasi to’g’risida biror
bir ma’lumot berilmagan.
Prezidentimiz I.A.Karimov shunday ta’kidlagan edi: “Mustaqilligimizning
dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko`p asrlar mobaynida yaratilgan
g`oyat ulkan, bebaho ma`naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati
darajasiga ko`tarilgan, nihoyatda muhim vazifa bo`lib qoldi”
10
. Keyingi yigirma yil
ichida “Jahon tarixi” fanida murakkab nazariy-ilmiy muammolar ko’tarila
boshlandi. Ko’pgina sobiq sho’ro respublikalari jumladan, bizning respublikamizda
ham tarix ta’limining yangi konsepsiya asoslari aniqlandi. Bu konsepsiya intensiv
fundamental o’qitishni ko’zda tutadi. Tarix mantig’i o’quv predmeti tarix fani
mantig’iga, ilmiy bilimlar harakati mantig’iga to’g’ri kelishi lozim. Shuningdek,
tarixni o’z vataniga sodiq vatanparvar fuqaroni shakllantirishdek tarbiyaviy vazifasi
10
Rajabov R. Tarix fanining metodologik asoslari: T.:, Istiqlol. 2013. 25- b.
17
o’z ustuvor ahamiyatini yo’qotgani yo’q. Shu bilan birga oliy o’quv yurtlarida tarix
fanini o’qitishning asosiy maqsadi talabalarni bilim, ko’nikma va uni o’rab turgan
dunyoga mos erkin yo’nalish qobiliyatini shakllantirishdir.
Prezidentimiz Islom Karimov 1998-yil tarixchilar bilan uchrashuvida
quyidagilarni ta’kidlagan edi: Ahvol shu darajaga borgan ediki, o’z tariximizni
o’zimiz yozish huquqidan mahrum bo’lib, birovlar tomonidan yaratilgan tarix
darsliklarini o’qir edik, «SSSR tarixi» deb atalgan darslikda O’zbekistondek
mamlakatga bor yo’g’i uch-to’rt sahifa o’rin berilib, tarixiy voqealar va shaxslar
haqida noxolis fikrlar aytilar yoki umuman lom-mim deyilmasdi. Fandagi bunday
itoatkorlik, ko’zbo’yamachilikni bugun eng olis qishloqlarda yashayotgan oddiy
fuqaro ham, maktab o’quvchisi ham yaxshi biladi. Endi mustaqillik tufayli yaqqol
namoyon bo’layotgan tarixiy haqiqatni bilishga, o’zligini anglashga chanqoqlikning
tub sabablari mana shunda-deb o’ylayman”. Hozirgi kunda tariximizni to’g’ri va
batafsil yoritishimizda jahon tarixi fani yutuqlarini o’zlashtirishimiz zarur. Jahon
tarixining milliy o’zlikni anglashdagi o’rni, ularning o’zaro uyg’unligi muammosini
o’rganish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Hozirgi kunda millatimiz tarixiy ongini
shakllantirishga katta e`tibor berilmoqda. O’zbekiston mustaqillikning birinchi
kunlaridayoq o’tmish tarixiy taraqqiyotining haqiqatini tiklash boshlandi. O’quv
soatlari qayta ko’rib chiqildi. Tarix o’qituvchisi tarixni o’qitishning yangi
metodologiyasini o’zlashtira boshladi.
Milliy tarixning yoritilmagan sahifalarini o’rganish tomon muhim qadam
tashlandi.
Prezidentimiz
I.A.Karimov
shunday
ta’kidlagan
edi:
“Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko`p asrlar
mobaynida yaratilgan g`oyat ulkan, bebaho ma`naviy va madaniy merosni tiklash
davlat siyosati darajasiga ko`tarilgan, nihoyatda muhim vazifa bo`lib qoldi”
11
.
Keyingi yigirma yil ichida “Jahon tarixi” fanida murakkab nazariy-ilmiy
muammolar ko’tarila boshlandi. Ko’pgina sobiq sho’ro respublikalari jumladan,
bizning respublikamizda ham tarix ta’limining yangi konsepsiya asoslari aniqlandi.
11
Rajabov R. Tarix fanining metodologik asoslari: T.:, Istiqlol. 2013. 25- b.
18
Bu konsepsiya intensiv fundamental o’qitishni ko’zda tutadi. Tarix mantig’i o’quv
predmeti tarix fani mantig’iga, ilmiy bilimlar harakati mantig’iga to’g’ri kelishi
lozim. Shuningdek, tarixni o’z vataniga sodiq vatanparvar fuqaroni
shakllantirishdek tarbiyaviy vazifasi o’z ustuvor ahamiyatini yo’qotgani yo’q.
Prezidentimiz Islom Karimov 1998-yil tarixchilar bilan uchrashuvida
quyidagilarni ta’kidlagan edi: Ahvol shu darajaga borgan ediki, o’z tariximizni
o’zimiz yozish huquqidan mahrum bo’lib, birovlar tomonidan yaratilgan tarix
darsliklarini o’qir edik, «SSSR tarixi» deb atalgan darslikda O’zbekistondek
mamlakatga bor yo’g’i uch-to’rt sahifa o’rin berilib, tarixiy voqealar va shaxslar
haqida noxolis fikrlar aytilar yoki umuman lom-mim deyilmasdi. Fandagi bunday
itoatkorlik, ko’zbo’yamachilikni bugun eng olis qishloqlarda yashayotgan oddiy
fuqaro ham, maktab o’quvchisi ham yaxshi biladi. Endi mustaqillik tufayli yaqqol
namoyon bo’layotgan tarixiy haqiqatni bilishga, o’zligini anglashga chanqoqlikning
tub sabablari mana shunda-deb o’ylayman”.
Mustaqillik yillarida o’zbek olimlari tariximizning muhim sahifalarini eng
avvalo, davlatchiligimiz Temuriylar davri, XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi
xalqimizning milliy ozodlik kurashi tarixini yangidan kashf etdilar. «Kishilik
jamiyati tarixini, tarixiy voqea-hodisalarni, ma’naviy hayotni o’rganishning muhim
nazariy metodologik asoslaridan biri jamiyat taraqqiyoti qonunlarini ochib beruvchi
dialektik metoddir.»
12
O’zbek xalqining ijtimoiy- siyosiy, ma’naviy- ma’rifiy
hayoti, avvalo, Markaziy Osiyo xalqlari, qolaversa, bashariyat tarixi, ma’naviy-
madaniy hayoti bilan chambarchas bog’langan. Qadim zamonlardan yaqin
yillargacha Vatanimiz Afg’oniston, Eron, shimoliy Hindiston kabi mamlakatlar
bilan yaqin iqtisodiy va madaniy aloqada bo’lib keldi. Bu katta hududda yashovchi
urug’, qabila, qavm, elatlar etnik jihatidan doimo o’zaro ta’sir va aloqada bo’lganlar,
qo’shilish jarayonini boshdan kechirganlar. Ularni ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy,
ma’naviy hayoti bir-birlari bilan uzviy bog’liq bo’lgan.
Shu sababli, Vatan tarixini o’rganishda ushbu qo’shni hududlar tarixi bilan
12
Rajabov R. Tarix fanining metodologik asoslari: T.:, Istiqlol. 2013. 279- b.
19
bog’liq holda o’rganish zarur. Shu boisdan qozoq, qirgiz, qoraqalpoq, turkman,
tojik, fors, afg’on, hind, arab va boshqa xalqlar tarixini, ijtimoiy- siyosiy va
ma’naviy hayotini qanchalik yaxshi bilsak, u O’zbekiston xalqlari tarixini
shunchalik chuqur, har tomonlama o’rganishga imkon yaratadi va ko’maklashadi.
O’zbekiston tarixi fanini o’rganish, tahlil etish va yoritishda xolisona, haqqoniy
yondashuv muhim metodologik qoidadir.
Tarix ta’limida tarixiy voqea-hodisalarni eski metodologiya asosida emas,
balki dunyo tarixida e’tirof etilgan ta’limot va konsepsiyalar asosida yoritish
vazifasi hal qilingan.
Tarix ta’limida hozirgacha qadimgi yunon-rim
sivilizatsiyasiga berilgan soatlar sivilizatsiya beshigi bo’lgan besh ming yillik
tarixga ega Sharq sivilizatsiyasidan ko’ra ko’proq. Endilikda bizning fikrimizcha bu
farqni tuzatish vaqti keldi.
Mustaqillik sharofati bilan tarixiy tadqiqotlarga metodologik yondashuv
shu o’rinda Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, “....fanni ilg`or,
taraqqiyot, progress degan so`zlar bilan yonma-yon qabul qilaman. Fanning
vazifasi kelajagimizning shakli - shamoyilini yaratib berish, ertangi kunimizning
yo`nalishlarini, tabiiy qonuniyatlarini, uning qanday bo`lishini ko`rsatib berishdan
iborat, deb tushunaman. Odamlarga mustaqillikning afzalligini, mustaqil
bo`lmagan millatning kelajagi yo`qligini, bu tabiiy bir qonuniyat ekanini isbotlab,
tushuntirib berish kerak. Fan jamiyat taraqqiyotini olg`a siljituvchi kuch vosita
bo`lmog`i lozim”
13
.- degan ko’rsatmalaridan kelib chiqadi. Bu ko’rsatmalar
quyidagi vazifalarni belgilaydi: Tarix ta’limida hozirgi zamon voqeliklariga
murojaat qilish asosida o’quvchi-talabalarning ijtimoiy tafakkuriga hayotni idrok
etishning mavhum va aqidaparastlik qoliplarini yengib o’tishni, mustaqil fikr
yuritish va ro’y berayotgan hodisalarni baholay olish qobiliyatini talab qiladi.
Tarixiy ongning milliy o’zlikni anglashdagi ta’siri mafkuraga ham bog’liq. Zero
tarixiy ong va mafkura bir-biridan ajralmasdir.
13
Karimov I.A. “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q”. T. “Sharq” 1998, 26-bet
20
Tarix fani metodologiyasidagi ilmiy tadqiqotlarni o’quv jarayonida tadbiq etish
tarix ta’limini samaradorligini oshirishga yordam beradi. Tarix fani sohalaridagi
ilmiy tadqiqotlarda mafkuradan xoli, ammo tadqiqotchilarni samarali olib borilishiga
ijobiy ta’sir ko’rsatuvchi ma`lum qoida, metod va tamoyillarga e`tibor berilsa yaxshi
natijalarga erishish mumkin. Tarix fani ilmiy tadqiqotlarida quyidagi uslub va
tamoyillar katta ahamiyat kasb etadi: Tadqiqotchi ilmiy ishini yozishda avvalo
ilmiylik uslubi va qoidasiga amal qilmog’i kerak. Ilmiylik metodi dalil, voqea
shaxslar yoki boshqa muhim ob`ektlar faqatgina ma`lumot uchun o’rganilmay,
voqealarning natijasiga sabab bo’ltan jihatlariga, oqibati va umuman mavzuga ilmiy
baho beriladi. Bugungi va kelajakda amaliy ahamiyat kasb eta oladigan saboqlar
chiqariladi, voqealar chuqur mulohaza etiladi.
Tarix fani ilmiy tadqiqotlarida hamda tarixni o’qitishda tarixiylik tamoyil
muhim o’rin tutadi. Tadqiqotning aniq tarixiy dalillarga tayanib, o’tmish tarixini
xolisona bilish mumkin. Buning uchun esa to’plangan dalillar boshqa shu mavzuga
o’xshash va daxldor manba va tadqiqotlar bilan taqqoslanishi kerak. Bunda o’z-
o’zidan taqoslash metodikasi kelib chiqadi. Ushbu qoida esa tadqiqotchidan
ehtiyotkorlikni talab etadi. Tadqiqotchi biror dalil ortidan ergashib ketmasligi,
o’zining aniq fikriga ega bo’lishi va salbiy va ijobiy jihatlarini hisobga olib mavzuga
baho berishda har ikkisidan birini kuchaytirib yubormasligi, ya`ni voqeaning salbiy
yoki ijobiy jihatini bo’rttirmasligi kerak.
Tadqiqotchi va tarix o’qituvchisi o’tmishni yaratishda tarixiylik, xolisiylik va
ilmiylik tamoyillaridan og’ishmasligi tarixiy haqiqatni yuzaga chiqarishda ustuvor
o’ringa ega. Sohibqiron Amir Temurga sovet davrida «bosqinchi, qaroqchi, feodal»
sifatida qaraldi. Bunga sabab shuki, buyuk Temur «chekka o’lka» ning hukmdori
bo’lib, sobiq tuzumda hukmron mafkuraning maqsadlariga zid edi. Ibn Arabshoh
unga salbiy faqat ayrim haqiqiy olimlar (akademik I.Mo’minov) tabuni buzishga
jasorat topdilar va A.Temurning tarixdagi o’rni va rolini xolisona, ilmiy tadqiqotda
korsatishga jurat qildilar. Ayrimlar esa mavjud tuzum orqasidan ergashdilar.
21
Sovet davrida tarixni o’qitishda milliy tarix milliy madaniyat, manaviyat va
qadriyatlarga tabu qo’yildi. Bu esa tadqiqotlarning ilmiy qimmatiga salbiy ta`sir
ko’rsatdi. Ilmiy fikrlarda ana shunday bir yoqlama yondashuvlar bo’lmasligi uchun
taqqoslash bilan birga tanqidiy metod ham qo’l keladi. Yirik tarixchi olimlarning
asarlari ham tadqiqotchilarga metodologik asos vazifasini o’taydi. Shuningdek
davriylik va uzviylik qoidalari ham tarix fani tadqiqotlarida qo’l keladi. Tadqiqotchi
voqealarni ketma-ket va uzviy, ya`ni bir-biriga bog’langan holda yoritilishida
tadqiqotchining nuqtai nazari yaqqol sezilib turishi kerak. U voqealarni uzoqdan
emas yaqindan, yonidan ko’rsata bilishi, o’sha davr ruhiyatini o’zida his qila bilmog’i
lozim.
Har bir millat o’z turmush tarzi ma’naviy-madaniy borlig’iga ega. Milliy borliq
ularning hayotini ajralmas qismini tashkil etadi. Ijtimoiy ongning milliy o`z-o`zini
anglash deb ataladigan ijtimoiy ong sohasining paydo bo`lishi, rivojlanishini tashkil
etadi. Yosh avlod o’z milliy turmush, ma’naviy-madaniy borlig’ida tarbiylanadi va
ta’lim oladi.
Ushbu tarbiyada tarix fanini ta’limning barcha bosqichlarida o’rgatish
ustuvor o’rinni egallaydi. Tarix ta’limi milliy va umuminsoniy qadriyatlarni yoshlar
ongiga singdirishda fanlar ichida yetakchi o’rinni egallaydi.
Tarix ta’limida milliy qadriyatlar, o’tmish avlodlarning boy ma’naviy merosi,
jumladan tasavvuf ta’limotlar tarixini o’qib o’rganish, natijasida o’quvchi diniy
etiqoddan o’zining qora maqsadlarini amalga oshirishga urinayotgan diniy
ekstremistik oqim va kuchlar to’g’risida ilmiy xolisiy tushunchaga ega bo’ladi. “Turli
g’oyaviy xurujlar avj olayotgan, bizning eng muqaddas g’oya va maqsadlarimizga
tahdid solayotgan bir paytda fojealar sodir bo’lmasdan ilgariroq uning oldini olishning
eng to’g’ri va yagona yo’li ham begona va soxta g’oyalarga qarshi keng ijtimoiy
makonda g’oyaviy immunitetni kuchaytirishdir”
14
. Tarixiy bilimga ega bo’lish vatan
tarixini bilish o’quvchi talabani o’zligini anglashi, tarixiy xotira-tafakkurini
shakllanishi va mustaqil fikrlashiga olib keladi. Tarixiy xotira, milliy o’zligini
anglagan kishini chalg’itish, nodonlik va jaholatga yetaklash mumkin emas. Bilimli
14
Jo’rayev N. Tarix falsafasining nazariy asoslari. T.:, Ma’naviyat. 2008. 340-b.
22
o’zligini anglagan yigit-qizlar bunday yot g’oyalarni o’ziga yaqin yo’naltirmaydi.
Milliy o`zligini anglagan kishi eng avvalo o`z millati o`tmishini yaxshi bilgan,
uni qadrlay oladigan va ayni paytda uni yangicha sharoitlar va holatlarda boyitib
boradigan bilimli, ma’naviy pok insondir. Bizning fikrimizcha tarix o’qituvchisi
O’zbekiston tarixi va jahon tarixi dars mashg’ulotlarida tegishli mavzularni o’rganish
jarayonida o’quvchilarda diniy ekstremizm va boshqa buzg’unchi g’oyalarga qarshi
imunitetni shakllantirish uchun keng imkoniyatga ega.
Tarix ta’limini olish jarayonida o’quvchi-talaba g’oyaviy tarbiyalanib boradi.
Tarix darslari va darsdan tashqari o’tkaziladigan turli mashg’ulot va tadbirlarda
o’quvchilar ma’lum bir tarixiy bilimlarga ega bo’ladi. O’quv yurtlarida tashkil etilgan
o’lkashunoslik tarixi ilmiy to’garaklarida o’quvchi talabalar darsdan tashqari mustaqil
bilim oladi. Ana shu mustaqil bilim olish davomida o’quvchi o’zining nimaga
qodirligini his qiladi va o’z faoliyatini tanqidiy baholash ko’nikmasini o’zida
shakllantiradi. Shu bilan birga o’quvchining mustaqil fikri shakllanadi.
Bizning fikrimizcha tarix ta’limi o’quvchining ijtimoiylashuvi o’z hayotini
jamiyat taraqqiyoti bilan uyg’un qurishiga yordam beradi. Ayniqsa o’rta maktabda
o’quvchi yoshlarning shaxs sifatida shakillanish jarayoni jadal boradi. O’quvchi
o’zini-o’zi o’rab turgan dunyoni bilish va o’zlashtirishga faol kirishadi. O’zini
kelajakda jamiyatdagi o’rni va mavqeyini qanday bo’lishini tasavvur qilishga harakat
qiladi. Tarix o’qituvchisi bu yo’nalishda tarix fanida o’tiladigan har bir mavzudan
unumli foydalanish muhim ahamiyatga ega. O’qituvchi har bir mavzuda
o’quvchining ijtimoiylashuvi imkoniyatlarini yaratishi va uni uzluksiz davom ettirishi
yaxshi natijalarga olib keladi. O’quvchi har bir dars davomida inson va jamiyat
to’g’risida o’zini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishi shart. Tarix darsida
uzoq-yaqin o’tmish va jamiyatning buguni bilan qiyoslash ham foydali bo’ladi.
Xulosa qiladigan bo’lsak, tarix fani metodologiyasidagi ijobiy o’zgarishlar tarix
ta’limi samaradorligini oshirishda juda katta imkoniyatga ega. Tarix ta’limi mazmun-
mohiyati insonparvarlik ruhi bilan sug’orilgan bo’lib, yoshlar ongida milliy va
23
umuminsoniy qadriyatlarni singdirishga qaratilgan. Tarix o’qituvchisi tarix fanining
ana shu boy mazmuniga suyangan holda yoshlarga tarix bilimlarini berish bilan birga
ularni o’zligini anglash va shu asosda milliy o’zlikni anglashni shakllantiradi. Tarixni
o’qitish metodologiyasi tarix metodologiyasidagi ijobiy siljishlarni o’zida his qilishi
lozim. O’quvchi-talabalarga o’tmish tarixiy voqea-hodisalar to’g’risida ilmiy
asoslangan, xolisiylik tamoyiliga asoslanib tegishli bilim berilishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |