53
3 BOB. L.FEVRNING ILMIY TADQIQOTLARIDA TARIX FANINING
METODOLOGIK MUAMMOLARI
3.1. L. Fevrning tarixiy metodologik qarashlari.
L. Fevr XX asrning metodologik olimlaridan biri. U kishining metodologik
tadqiqotlari XX asr tarix metodologiyasining eng dolzarb muammolarini qamrab
olgan. U tarix va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlari foydalanadigan “sivilizatsiya”
iborasiga keng qamrovli tushuncha beradi. Bu ibora bir so’zdan boshlanib uning
butun bir g’oyalar guruhi sifatida evolyutsiyasini ko’rsatadi. Lyusen Febr Mark
Blok bilan hamkorlikda 1929-yilda Fransiyada mashhur bo’lgan ,,Annal’’ deb
nomlangan jurnal asoschilaridan biri edi. Ular Annallar maktabi asoschisi.
Lyusen Febr 1878-yilda 22-iyulda Fransiyaning Nansi shahrida tug’ilib, 1956-yil
11-sentabrda Sent-Amur shahrida vafot etgan. Lyusen Febr – Strasburg
uneversititida, De Frans kollejida o’z faoliyatini olib borgan, ya’ni tarixiy
voqealarini o’rganish bilan shug’ullangan.
Asarning boshlanishida yozuvchi maqolasida Lyusen Febr o’z fikrini
bayon qiligan. U ,,Tarix men uchun bir shunchaki qiziqish edi
41
“ -deb yozadi.
Lyusen Febr o’z asarida ko’plab mashhur kishilar haqida o’z fikrini yozib
qoldiradi. O’tmish tarix sarhadlarida qo’shgan hissalari, kimlar uni tarix deb
atalmish go’zal dunyoga olib kelgani sayohatda o’z hissalarini qo’shgani, 1895-
1902-yillar oralig’idagi ma’lum va mashhur voqealar haqida maqolalar yozadi.
U o’zi haqida shunday deya fikr bildiradi: “Men o’zimning dunyoyimda
yolg’izman, lekin men harakat qildim, vaziyatdan kelib chiqqan holatda men asrlar
davomida qilingan ishlarga nazar tashladim , ularni birinchi marta o’rganayotgan
paytlarim xuddi ular menga hayotimga raxna soluvchidek tuyulardi. Bu maqolalar
mening yuragimdagi qog’ozlar hisoblanadi. Men ko’plab maqolalar yozdim.
Bulardan hayotimda o’chmas iz qoldirgan ,,Annani “ maqolasi edi. Men buni
41
Люсьен Февр. Бои за историю. М.: Наука, 1991, с. 57.
54
1929-yil Anri Kerinna ko’magida dunyo yuziga olib chiqdim. Anri Prenna
mehnatlari tufayli 1910-yilda ,,Nederlandiya demokratik ko’rinishlari’’,
Flamiona, ,,Belgiya tarixi’’ asarlarini yozishda Lyusen Fevrning asaridan
foydalanilgan. Bundan tashqari 1914-yilda chiqqan ,,Sotsial kapitalizm tarixiy
tarjimasi’’, 1922-yil ,,Magomet va Buyuk Karl’’, 1923-yil ,,Merovinglar va
Karolinglar’’, ,,O’rta asrlar shahari’’-1927-yil javohir asarlardan biridir. Fransiya
va Ispaniya, Fransiya va Reyn viloyati , Fransiya va Angliya, Fransiya va Italiya,
hamda Fransiya va Italiya – kabi hududlar o’rtasidagi munosabatlar o’z aksini
topgan. Lyusen Fevr o’z asarida Sezarning asarlaridan , Reyn hukmdorlaridan,
,,Galliya va Germaniya urushlari’’ asarlaridan ham foydalangan. Barcha
tarixchilar tarixning kelib chiqish shaklini, uning bosib o’tgan yo’lini tahlil qilishar
ekan, uning qadimgi davri xastalik, og’riqli tarix ekanligini aytib o’tishadi. Olim
boshida atamalarga etibor qaratdi.
“…….madaniyatning leksikasida qator atamalarni sanash mumkin, qaysiki
ularni erudit olim emas balki tarixchi – bu so’zlarni to’la ma’nosida tarixchi
o’rganishi lozim”
42
. Chunki bu atamalar o’tmish tarixini o’zida aks ettiradi,
tarixchi bu atamalarni o’rganish uchun yetarli darajada ilmiy saviyaga ega bo’lish
lozim. Bir atama bir-biriga qarama-qarshi ikki xil ma’nodagi tushunchalarni
ifodalashda foydalanishga salbiy qaraydi. Yevropaliklardan farq qiladigan
boshqacha turmush tarzida yashaydigan xalqlar (misol uchun Amerika
aborigenlari, xunnlar, yovvoyilar) deb hisoblangani, xunnlar sivilizatsiya qamchisi,
Amerika aborigenlari yovvoyilar, davriy matbuot sivilizatsiyaning yutuqlari,
erishgan yutuqlari to’g’risida so’zlaydi.
XVI asr oralig’idagi Fransiya voqealarining qay tariqa borishini o’rganib,
o’z izlanishlarini yozib qoldirgan shaxs. Bundan tashqari 1914-yilda chiqqan
,,Sotsial kapitalizm tarixiy tarjimasi’’, 1922-yil ,,Magomet va Buyuk Karl’’, 1923-
yil ,,Merovinglar va Karolinglar’’, ,,O’rta asrlar shahri’’-1927-yil javohir
42
Люсьен Февр. Бои за историю. М.: Наука, 1991, с. 239.
55
asarlardan biridir”
43
. Fransiya va Ispaniya, Fransiya va Reyn viloyati va Fransiya
va Angliya, Fransiya va Italiya – kabi hududlar o’rtasidagi munosabatlar o’z aksini
topgan. Lyusen Fevr o’z asarida Sezarning asarlaridan , ,,Galliya va Germaniya
urushlari’’ asarlaridan ham foydalangan. Barcha tarixchilar tarixning kelib chiqish
shaklini, uning bosib o’tgan yo’lini tahlil qilishar ekan, uning qadimgi davri
xastalik,og’riqli tarix ekanligini aytib o’tishadi.
L.Fevr o’sha davrda tarixiy tadqiqotlarni amalga oshirishda turli fan
olimlarini hamkorlikka chaqirdi. Chunki tarixiy tadqiqotlarda haqiqatni ochishda
faqatgina birgina tarixchi-tadqiqotchining kuchi yetmaydi. XX asrga kelib fanlarda
juda katta manballar, dalillar to’plandi. Ularni qayta ishlash tahlil qilish va fanlar
kesimida amaliyotga kiritish dolzarb muammo bo’lib qoldi. Olim geografiya,
matematika mutaxassislarini tarixchilar bilan hamkorlikka chaqirdi. Bu fanlarning
juda qimmatli yutuqlarini tarixiy tadqiqotlarga olib kirish muhim o’rin egallashini
tushuntirdi.
L.Fevr XX asr tarixchisi qanchalik darajada bilim, tarixiy tafakkurga ega
bo’lmasin tarixiy tadqiqotlarda o’tmish tarixini qandaydir bir lahzasinigina yorita
olish mumkinligi, chunki u shu lahzani ham qamrab olish qobiliyatiga ega
emasligini ta’kidladi. Bunday xulosaga kelishning ikkita sababi bor: birinchisi,
o’tmish tarixini hech qachon qayta tiklash mumkin emas, chunki o’tmishga vaqt
bo’yicha qayta tiklab bo’lmaydi. U o’tib ketdi. Ikkinchidan, o’tmish to’g’risidagi
malumotlar xilma-xil va turli fan sohalari bo’yicha to’planib qoldi. Ularni
mutaxassis qayta ishlash qobiliyatiga ega emas.
Olim tarix fanining tadqiqot maqsad va vazifalari to’g’risida atroflicha ilmiy
tushuncha berdi. “Tarixiy tadqiqot bu so’zning keng ma’nosida begona xalqlarning
davrlari va yurish-turishlarining ruhiy tahlilining barcha turlarini o’z ichiga olgan
tushuncha bo’lib, alohida kishi uchun kundaliklar, tarjimayi hollar va tavba-
tazarrular qanday ahamiyatli bo’lsa, shunday ahamiyatli bo’ladi. Lekin, antik
43
Люсьен Февр. Бои за историю. М.: Наука, 1991, с. 45
56
madaniyat o’ziga xos ma’noda tarixiy organdan mahrum edi”
44
. Lyusen Fevr
Osvald Shpenglerni tarixiy tadqiqotga bergan tushunchasiga ishonchsizlik bilan
qaraydi. U bilan munozaraga kirishadi. “Antik odamning xotirasi bizning ruhiy
qurilishimizdan o’zlashtirilgan tushunchani hech qanday qo’shimchasiz begona
ruhga berkitamiz biznikidan keskin farq qiladi; bu yerda o’tmish va sof “hozirgi
zamon” tartibga solingan istiqbol sifatida kelajak bo’lmaydi. Bu Gyotening antik
hayotning barcha ko’rnishlarida bizga qandaydir ko’rinmas kuch bilan ongni
to’ldiradigan plastinada tez-tez ajablantirdi.
Gerodot va Sofokl uchun shuningdek, Femistokl uchun va har qanday Rim
konsuli uchun o’tmish bir lahzada vaqtdan tashqari yotgan davriy tuzilma emas
tabiiy tassurotga aylanadi. Sug’orilgan mif yaratuvchanlikning haqiqiy mazmuni
shunday. Shu bilan birga bizning dunyoqarshimiz va o’tmishga ichki qarash
organlarimiz yuz yilliklar va ming yilliklarga maqsadli yo’naltirilgan davrlarga
aniq bo’lingan holda aks etadi. Biroq bu qarash antik va g’arb hayotiga ularga xos
salobat bag’ishlaydi. Yunon kosmos deb shakllanadigan emas, mavjud dunyo
obrazini aytdi, natijada yunon hech qachon shakllanmagan, lekin doim bo’lgan
edi”
45
. Olim Shpenglerni bu fikriga qarshi chiqib antik tarixni Yevropa jamiyatini
poydevori deb hisoblaydi va uning fikriga qo’shilmaydi.
“Shu sababli antik odam ichki biror narsani o’zlashtirmadi. Xronologiya,
kalendar va abadiylikning uzluksizligi tuyg’usi hozirda hech nimaga arzimasligi
misrlik va bobilliklarda aks etadigan jismlarni ulkan kuzatish va vaqtning ulkan
davrlarini aniq o’lchashda ko’rinadigan Bobil va Misr madaniyatlarini
o’zlashtirmadi. Barida antik faylasuflar eslatadigan narsalarni ular faqat eshitgan
edilar, lekin tajribada tekshirmadilar.
Platon va Aristotel observatoriyalarga ega emas edi. Periklning xalq
yaqinida hukmronligining so’ngi yillarida astronomik nazariyalarning har qanday
44
Люсьен Февр. Шпенглер О. Ш. Закат Европы / Пер. с нем. под ред. А. А. Франковского. –Москва:
Искусство, 1993. -13 с
.
45
Люсьен Февр.Шпенглер О. Ш. Закат Европы / Пер. с нем. под ред. А. А. Франковского. –Москва:
Искусство, 1993. -13 с.
57
tarqatuvchilariga tahdid soladigan og’ir ayblov qarori chiqarildi. Bu o’zining
dunyo qarashidan uzoq kelajakni chiqarib tashlashni chuqur ramziy akti edi”
46
.
Shpengler antik odamni dunyoqarshi tarixiy ongini tavsiflaganda L.Fevr uning
fikriga keskin qarshi chiqadi. Demak, L.Fevr Shpenglerni yevrosentirizm
g’oyasiga etiroz bildiradi uning asarini tarixiy tadqiq qilganda olimning fikriga
qo’shilmaydi.
“Shu sababli yunonlar Fukidid misolida o’z tarixlari ustida faqat u deyarli
ichki tugallangan lahzada jiddiy fikrlay boshladilar, lekin Fukidid ham tarixni o’zi
lozim topgan holda voqealar batafsilligini, agar kerak bo’lsa, to’qish mumkin deb
hisoblaydi. Bu uning uchun badiiy usul bo’ladi, biz aynan shuni mif yodgorligi
deb hisoblaymiz. Xronologik sonlarning mazmunini haqiqiy tushunish to’g’risida
bu yerda so’zning o’zi yo’q”
47
. L.Fevr Shpenglerning asarini metodologik nuqtai
nazardan atroflicha tahlil qiladi va uning bir qancha fikrlariga nisbatan o’z fikrini
bildiradi.
“III-asrda Manifon va Boroyes ular yunon bo’lmaganlar ikki mamlakat
astronomiya va to’g’risida tushunchaga ega bo’lmagan Misr va Bobil to’g’risidagi
manbalarni asosli asarlarini yozdilar. Lekin ma’lumotli yunon va rimliklar bu
materiallar bilan kam qiziqdilar va avvalgidek Gekatey va Ktesiyning ajoyib
fantastikasini afzal ko’rdi”
48
. O.Shpengler haqiqatda yunon va rimliklarda tarixiy
ongning mavjud bo’lmaganligini buning asosida o’z fikrini asosida qadimgi sharq
astronomiyasini rivojlanishi va uning natijalari bilan asoslaydi. L.Fevr olimning bu
fikriga qo’shilmagan holda o’zining bir necha asarlarida antik davr tarixiy ongi
to’g’risida ijobiy fikr bildiradi.
“Buning oqibatida antik tarix fors urushlarigacha mohiyatan yanada keyingi
davrlargacha mifologik mushohadani mahsuli hisoblanadi. Spartaning davlatchilik
46
Люсьен Февр. Шпенглер О. Ш. Закат Европы / Пер. с нем. под ред. А. А. Франковского. –Москва:
Искусство, 1993. -14 с.
47
Люсьен Февр. Шпенглер О. Ш. Закат Европы / Пер. с нем. под ред. А. А. Франковского. –Москва:
Искусство, 1993. -14 с.
48
Люсьен Февр.Шпенглер О. Ш. Закат Европы / Пер. с нем. под ред. А. А. Франковского. –Москва:
Искусство, 1993. -14 с.
58
tuzumi ellin davrining to’qima uydurmasi bo’ladi. Tarjimai holi barcha
batafsilliklarida hikoya qilinadigan Lekurg ko’rnishidan Taygetning ahamiyatsiz
ilohi bo’lgan; Gannibalgacha bo’lgan o’sha Rim tarixi uydirmasi ham Sezar
vaqtigacha davom etadi”
49
. “ Istoriya” so’zining antik mazmunini tushunish uchun
Aleksandriya romanlarining o’z mazmuni bilan jiddiy, siyosiy va diniy
tarixshunoslikka kuchli ta’sir o’tkazgani ko’rinadi. Uydurmani hujjatli sanalardan
qatiy ajratish uchun umuman o’ylamadilar.
“Mommzen Rim tarixchilarini u eng avvalo Tatsitni nazarda tutdi- “nimadir
to’g’risida jim bo’lish o’rniga gapiradigan nimadir to’g’risida gapirishi lozim
bo’lgan, jim bo’ladigan odamlar”
50
deb, Ga’rbiy Yevropa nuqtai nazarini ochiq
shakllantirdi. “ Hind madaniyati qaysiki unda (Brahman) nirvana g’oyasi mavjud
bo’lishi mumkin bo’lgan notarixiy ruhning o’zini yorqin ifodasi, har qanday
ma’noda bo’lmasin hech qachon “qachon” ning hatto eng zaif tuyg’usiga ega
bo’lmadi. Hind astronomiyasi ham, Hind kalendari ham, demak Hind tarixi ham
mavjud emas, chunki bu tushunchalar ostida jonli rivojlanishning ongi tushuniladi.
Bu madaniyatning tashqi borishi uning organik jismi buddaviylik paydo
bo’lishigacha tugallangan shubhasiz boy buyuk voqealar yuz bergan XII va VIII
yuz yilliklar oralig’i bo’lgan antik tarixga ko’ra yanada ozroq bilamiz ularning
ikkalasi ham noaniq mifik obrazda saqlanib qolgan faqat Buddadan keying ming
yillikda Iso ta’limotidan keyin 500 yil atrofida Seylonda “Moxovansa” da
tarixshunoslikni nihoyatda oz eslatadigan nimadir paydo bo’ldi”
51
. Hind odami
ongi shunday darajada notarixiy ediki, unga qandaydir muallifning asarini paydo
bo’lish vaqti mutlaqo ahamiyatli emas edi.
Alohida kishilar asarlarini organik qatorlari o’rniga asta-sekin matnning
noaniq massasi paydo bo’ldi, qaysiki unga har kim nimani istasa shuni yozdi,
49
Люсьен Февр.Шпенглер О. Ш. Закат Европы / Пер. с нем. под ред. А. А. Франковского. –Москва:
Искусство, 1993. -14 с.
50
Люсьен Февр.Шпенглер О. Ш. Закат Европы / Пер. с нем. под ред. А. А. Франковского. –Москва:
Искусство, 1993. -15 с.
51
Люсьен Февр.Шпенглер О. Ш. Закат Европы / Пер. с нем. под ред. А. А. Франковского. –Москва:
Искусство, 1993. -15 с.
59
individual ma’naviy boylik, tafakkur rivojlanishi, madaniy davr hech qanday rol
o’ynamadi. Umuman, Hind tarixiga mos bo’lgan shunday “anonim” shaklda
bo’lgan Hind falsafasi bizning oldimizda gavdalanadi. G’arb falsafasi tarixiga
o’xshamaydi. Hindlar barcha narsani unutadilar, misrliklar hech narsani
unutmaydilar”
52
. Tarixiy o’tmishga va olamni tushunish munosabati o’rtasida
chuqur aloqa mavjud, u dafn shaklida qanday ifodalanadi. Misrlik olimni inkor
qiladi, antik odam o’z madaniyatining barcha shakllarida uni inkor qiladi.
Misrliklar go’yoki o’z tarixlari mo’myosini saqladilar- xronologik sanalar va
raqamlar. Solongacha bo’lgan yunon tarixidan bitta ham yodgorlik, biror bir yil,
biror bir shubhasiz ism, biror bir yorqin voqea saqlanib qolmadi. Ana shu asosida
bizgacha yetib kelgan o’sha yodgorliklarni judayam ko’pirtiramiz, - shu vaqtda biz
deyarli uch ming yillikdagi Misr firavnlarini barchasini nomlarini va hukmronlik
yillarini bilamiz, keying davrdagi misrliklar ularni bilar edilar. Albatta bitta
qolmay barchasini abadiylik tomon qudratli irodaning vahimali ramzlari sifatida
bizning muzeylarda buyuk fravnlarning yuz belgilari sezilarli saqlangan jasadlari
yotibdi.
Amenemxet III ning piramidasini yarqirab turgan selgillangan granit
tepasida “Amenemxet quyoshining go’zalligini ifodalaydi” – va boshqa tomonda
“Amenemxet ruhi Orion cho’qqisidan baland u yer osti bilan birlashadi” so’zlarini
hozir ham o’qish mumkin”
53
. Shpengler Misr tarixiy ongi to’g’risida so’zlaganda
Misr tarixining mill.avv II ming yillik davriga murojaat qiladi. L.Fevr esa
Shpenglerning Misr tarixi bo’yicha aytgan fikrlariga nisbatano’z fikrini bildirishni
lozim topmaydi.
Bizning fikrimizcha L.Fevr “Yevropani halokati” asarini tadqiq qilgan
vaqtda uning ko’pchilik fikrlariga qo’shilmaydi. Bunday tanqidiy munosabat
52
Люсьен Февр.
Шпенглер О. Ш. Закат Европы / Пер. с нем. под ред. А. А. Франковского. –Москва:
Искусство, 1993. -16 с.
53
Люсьен Февр.Шпенглер О. Ш. Закат Европы / Пер. с нем. под ред. А. А. Франковского. –Москва:
Искусство, 1993. -17 с.
60
L.Fevrning dunyoqarashi Shpenglerning dunyoaqarashiga nisbatan mafkuraviy
nuqtai-nazardan to’g’ri kelmaganligi uchundir.
“Antik madaniyat arafasida misrliklarning hayot ramzlariga qarama-qarshi
o’liklarni yoqish – unutish ramzi – paydo bo’ladi – bu o’tmishning barcha tashqi
va ichki mazmuniga tarqaladi. Podsholarning sag’analari pastrog’iga dafn qilish
afzal ko’riladi, lekin Gomer davrida shuningdek Veda davrida tashqi tushuntirib
bo’lmaydigan dafn qilishdan to’satdan tashqi tushuntirib bo’lmaydigan
kuydirishga o’tish yuz beradi. Elidada bu tarixiy davomiylikni inkor qilish
tantanali yo’q qilish ramziy akti bor ko’tarinkiligi bilan yuz berdi”
54
. Shu lahzadan
individual ruhiy rivojlanishning nafisligi yo’q bo’ladi. Antik dramma haqiqiy
tarixiy motivlardan qochib, hamda ichki rivojlanish mavzulariga ham yo’l
qo’ymaydi va biz bilamiz ellin instinkti tasviriy san’atda portretga qarshi
qo’zg’aladi. Imperator davrigacha faqat bitta, uning uchun tabiiy material mifni
biladi.
Yunon haykaltaroshligini mukammal obrazlari Plutarxning didiga ko’ra
tarjimai hollar xayoliy. Birorta ham yunon ko’z oldida mavjud bo’lgan davrni
tasvirlaydigan xotiralarini yozmadilar. “Hatto Suqrot o’zining ichki hayoti
to’g’risida bizning nazarimizda biror narsani aytmadi. Qadimgi yunon tarixi vaqtni
bilmaydi uning uchun o’tmish hayol (mif) . Yunonlar uchun boshdan kechgan
barchasi o’tmish”
55
. Begona xalqlar, davrlar va yurish-turishlar psixologik
tahlilining barcha turlarini o’z ichiga oladigan tarixiy tadqiqotlar, alohida odam
uchun kundaliklar tarjimai hollar va tavba-tazarrular qanday ahamiyatga ega bo’lsa
butun bir madaniyatlar uchun shunday ahamiyatga ega. Lekin antik madaniyat
bunday xususiy ma’noda xotiraga ega emas, degan xulosaga keladi olim.
L.Fevr bu yerda antik iborasi bilan qadimgi g’arb davrini ko’zda tutadi.
Antik odamning xotirasi biznikidan keskin farq qiladi. Biz o’zimizning ruhiy
54
Люсьен Февр.Шпенглер О. Ш. Закат Европы / Пер. с нем. под ред. А. А. Франковского. –Москва:
Искусство, 1993. -17 с.
55
Люсьен Февр.Шпенглер О. Ш. Закат Европы / Пер. с нем. под ред. А. А. Франковского. –Москва:
Искусство, 1993. -17 с.
61
tuzulmalarimizdan o’zlashtirgan tushunchalarni begona ruhga so’zsiz taqaymiz. Bu
yerda ongda o’tmish va kelajakni “sof” “hozirgi kun” sifatida tartibga soladigan
istiqbollar mavjud emas. Bu ko’pincha Gyotening antik hayotning barcha
ko’rinishlarida ayniqsa qandaydir ko’rinmas kuch bilan ongni to’ldiradigan
haykaltaroshlikda ajablantirdi. Bu “sof” “bugungi kun” ning ramzi bo’lgan doriy
ustuni haqiqatda vaqtni inkor qilish.
Gerodot va Sofokl uchun Femistokl uchun ham va har qanday Rim konsuli
uchun o’tmish shu vaqtni o’zida davriy tuzilma emas, vaqtdan tashqari yotadigan
qutbiy hol bo’ladi. Shu bilan birga bizning dunyoni his qilishimiz va o’tmishga
maqsadli yo’naltirilgan ichki qarash davrlariga yuz ming yilliklar va ming
yilliklarga aniq bo’lingan singdirilgan mif ijodiyotdir”
56
. L.Fevr qadimgi davrda
g’arb kishisining tarixiy xotiraga ega bo’lmagani tushunchasini quydagicha
tavsiflaydi. “Forslar Afinani vayron qilganlaridan keyin uning vayronalari ostida
ilk san’atning namunalari dafn qilindi, endi biz uni yana hayotga qaytaryapmiz.
Yunonlardan kimdir Miken yoki Festning xarobalari bilan qiziqqani
noma’lum. Gomerni o’qidilar, lekin Shlimanga o’xshab Troya tepaliklari
qazilmallari to’g’risida o’ylamadilar. Tarixni emas mifni istadilar. Ellin davridayoq
Esxill va Suqrotgacha bo’lgan faylasuflarning asarlarini bir qismi yo’qotilgan edi.
Faqat bizning madaniyatimizga xos ehtirom va sevinch bilan Petrarka qadimiyat
yodgorliklarini to’pladi. Mohiyatan, Petrarka o’z vaqtiga begona edi. Faqat vaqt
muammosi bilan bog’liq holda kolleksioner psixologiyasi rivojlanadi. Tushunarli
nima uchun bu unga yo’qolib ketmaslikni xabar berishga urunayotgan antik
odamga mutlaqo notanish o’tmishga e’tiqod bo’lib qoldi, bu vaqtda Misr buyuk
Tutmos davridayoq an’analar va me’morchilikning ulkan muzeyiga aylandi”
57
.
G’arbiy Yevropa madaniyati uchun aytaylik Napoleondan dunyoga hech
bo’lmaganda tashqi tasavvurda o’z shakllarini muhrini bosadi, Afina, Florensiya va
56
Люсьен Февр.Шпенглер О. Ш. Закат Европы / Пер. с нем. под ред. А. А. Франковского. –Москва:
Искусство, 1993. -13 с.
57
Люсьен Февр.
Шпенглер О. Ш. Закат Европы / Пер. с нем. под ред. А. А. Франковского. –Москва:
Искусство, 1993. -16 с.
62
Parij o’z aksini topadi deb, uqtiradi olim. Yevropa XV asrdan boshlab butun
dunyoga o’z taziyqini o’tkaza boshladi va o’tmish tarixiga murojaat qilishga ham
shu davrda o’tdi. “Bu holni biz faqat G’arbiy Yevropa madaniyati yo’nalishida
yashaganligimiz uchun umumjahon tarixini qurish tamoyiliga aylantirish – demak,
o’z dunyoqarashini torligini ko’rsatishdir. Shunday huquq bilan Xitoy tarixchisi
ham umumjahon tarixini qurishi mumkin, qachonki unda salib yurushlari va
uyg’onish davri, Sezar va Buyuk Karl ahamiyatsiz voqea sifatida chetlab o’tilishi
mumkin edi”. Nima uchun morfologiya nuqtai-nazaridan 18 yuz yillik o’tgan
o’tmishdan muhimroq deb hisoblashi lozim. Kulguli emasmi, “yangi davr” yoki bir
necha yuz yillikni buning ustiga ko’proq G’arbiy Yevropada lokallashgan
“qadimgi davr” ga arama-qarshi qo’yish, qaysiki u qancha ming yilliklarni o’z
ichiga oladi”.
Lyusen Fevr Osvald Shpenglerning asarini tarix fani va metodolgiyasi
asosida atroflicha ilmiy tahlil qildi. U nafaqat Shpenglerni balki, Toynbining lokal
sivilzatsiyalar nazariyasini tahlil qildi. Bu nazariyalarni ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy
va manaviy nuqtai-nazardan ko’zdan kechirib bu nazariyalarni ilmiy amaliylik
jihatlari sifat ko’rsatgichlarini etiborga olib metodologik nuqtai-nazardan tavsif
berdi. Olim tarix metodologiyasini Shpenglerdan Toynbiga qadar tahlil qildi. U bu
asarlarni mazmun mohiyatini tadqiq qildi.
Olim L.Fevr o’z xotiralardan birida shunday deydi: “Mening ish stolimda –
3 ta qalin tomli kitob bor. 1- sahifada kitobning muallifi: Arnold Dj. Toynbi. U
Angliyada juda mashhur(hattoki undan tashqarida ham) o’zining izlanishlari va
tadqiqotlari o’laroq. Kirish: (A study of History, “Tarixning o’rganilishi”)
o’zimizni bu tadqiqot egasi sifatida tutmaylik bu asar o’zining doirasiga ko’ra ser
Djems Freyzerning tadqiqot kitobiga tengdir. Agar avtor “Oltin shox” asarining til
hukmdori bo’lsa, uning olib borayotgan birinchi ishi islom dini instituti bo’lsa
o’zining ustiga juda kata masalalardan birini yuklagan edi, Arnold Toynbi. “Keng
va ko’p va’dali o’ylov. Bizni boshdan ishontirish, hayajonlantirishini biz
hammasini o’lchab ko’rib fikr va usulidan yiroq bo’lishga majbur bo’lamiz. Bu
63
kitoblarni ayirib olib, biz tarixchining kitoblari uchun yonmaymiz, lekin u
shovqinlilik va yengillik bilan hammani lol qoldiradi”
58
. Arnold Toynbining
mehnati qiyin. Unda qoniqarli va yaxshi tomonlari bor, yana unda inson aloqalari
ham katta o’rin olgan edi.
Tarixchilar shuni bilishdiki, til buyukligi—shoirlarda, romanistlarda,
jurnalistlarda yaxshi rivojlangan. Til rivojlanmagan paytda qanday fransuz, ingliz,
nemis tillari sistemasini o’rganish mumkin. Bunday paytlarda biz nima qilishimiz
kerak? Hech qanday uyalishsiz to’kilib ketishimiz kerakmi? Hech qanday so’zsiz
ularning kritikasiga kirishish kerakmi? Urushsiz taslim bo’lish kerakmi?
Qarshilikni davom ettiraymi? Xuddi shu sharoitdagi urushlar Toynbining
mehnatini keltirib chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |