Udk 94(4/9) suyunov furqat boyxo’rozovich tarix fani metodologiyasining dolzarb muammolari



Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/22
Sana01.01.2022
Hajmi0,86 Mb.
#284430
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
Udk 94(4 9) suyunov furqat boyxo’rozovich tarix fani metodologiy

                                     

 


80

 

 



                                         XULOSA 

Globallashuv  va  integratsiya  jarayoni  kuchayib  mamlakatimiz  jahon 

hamjamiyatiga  tobora  kuchli  tortilmoqda.  Respublikamiz  turli  sohalar  jumladan, 

ta’lim sohasi ham qator mamlakatlar bilan istiqbolli hamkorlikni yo’lga qo’yishga 

kirishdi.  Hozirgi  kunda  jahon  tarixi  metodologiyasi  sohasidagi  e’tirof  etilgan 

mumtoz  asarlarni  atroflicha  tahlil  qilish  va  o’zlashtirish  dolzarb  vazifa  bo’lib 

qolmoqda.  Bunda  eng  asosiysi  tarix  tafakkuri  taraqqiyotidagi  yangi  an’analarni 

tadqiqotlarda  qo’llash  yangi  yondashuvlar  asosida  tarixiy  tahlil,  insoniyat  tarixiy 

taraqqiyoti  amaliyotini  chuqur  va  boshqacha  ko’rishiga  imkon  beradigan  yangi 

metodlarni aniqlash dolzarb vazifadir.   

- Bugungi kunda tarix fani va uning metodolodiyasida tub o’zgarishlar davri 

boshlandi, eng avvalo tarix fani tadqiqotida va uni o’qitishda umrini o’tab bo’lgan 

metodologiyadan voz kechildi. Tarix tadqiqotlari va O’zbekiston tarixi, jahon tarixi 

fanlarini o’qitishda ijobiy o’zgarishlar yuz berdi. 

-  Jahon  tarix  fani  metodolgiyasi  yutuqlaridan  uzoq  vaqt  ajralib  qolindi. 

Bizning tarix fanimiz bu sohada jahon fani e’tirof etgan konsepsiyalar, nazariya va 

ta’limotlardan chetda qoldi. Globallashuv va integratsiya jarayoni jadallashib turli 

mamlakatlar, xalqlar, madaniyatlar  bir-biri bilan  yaqinlashib, qo’shilib  ketayotgan 

paytda biz bu jarayondan chetda qolmaymiz. 

- Tarix fani va metodologiyasi bo’yicha jahon tarix fani erishgan yutuqlarni 

ijodiy  o’rganish  va  uni  milliy  tarix  fanimizning  rivojlanishi  uchun  tadbiq  etish 

muhim ahamiyatga ega.  

-  Jahon  tarix  fani  metodologiyasi  yutuqlarini  o’zlashtirib  ,  o’tmishda  milliy 

tarix  fanimizda  yaratilgan  tarixiy  asarlarni  metodologik  tahlil  qilish  kabi  jiddiy 

ilmiy muammolarni yechish imkoniyati ochiladi. 

Hozirgi  kunda  jahon  tarix  fani  va  metodologiyasining  daholari  K.Yaspers, 

M.Blok, L.Fevr, A.Toynbi, Kollengvud va boshqalarning ilmiy merosini o’rganish 



81

 

 



va milliy tariximiz metodologiyasini rivojlanishi uchun ijobiy o’ringa ega bo’ladi, 

chunki  jahon  fani  bilan  integrativ  jarayonlarni  amalga  oshirmasdan  turib  fanda 

ijobiy siljishlarga erishuv qiyin bo’ladi. 

Biz  bu  olimlarning  ilmiy  merosini  o’rganish  jarayonini  hozirgi  tarix 

metodologiyasining ko’pchilik muammolarini hal qilish uchun ilmiy  yo’nalishlar, 

qarashlarni tadbiq etish yo’llari aniq bo’ladi. 

Bu olimlarni metodologik merosini tahlil qilish tarix fani metodologik bilim 

zaxirasini  boyitadi.  Qolaversa,  tarix  tadqiqoti  va  tarix  ta’limini  maqsad  va 

vazifalariga mos keladi. 

- Milliy  tarix fanimiz uchun o’tmish tarixiy merosni metodologik jihatlarini 

o’rganish va uni amalga tadbiq etish muhim masalalardan biri bo’ladi.  

- Biz yuqori texnologiyalar, axborot kommunikatsiya texnologiyalari yuqori 

darajada hayotga  tadbiq  etilgan.  Yevropa  texnogen  sivilizatsiyasi  bilan  hamkorlik 

qilmoqdamiz.  Shu  sababli,  biz  Yevropa  tarix  metodologiyasi  yutuqlari  bilan 

tanishib, bu yutuqlardan milliy tarix fanimizda foydalanishimiz zarur. 

Bu fanning Yevropadagi ijodkorlarining ilmiy tadqiqotlarini o’rganish tarix 

metodologiyasining dolzarb muammolarini hal qilishga ijobiy ta’sir qiladi. L.Fevr, 

M.Blokning tarix fani metodologiyasi bo’yicha ilmiy merosi tarixiy tadqiqotlardagi 

sivilizatsiya,  tarixiy  tadqiqotlarda  fanlararo  tarixiy  bilim,  ijtimoiy  tarix  va  boshqa 

konseptual  qarashlarni  o’rni  va  ahamiyatini  aniqlashtirishga  yordam  beradi. 

Lyusen  Fevr  va  M.Blokning  sivilizatsiya,  ijtimoiy  tarix,  tarixiy  vaqt  va  boshqa 

metodologik  tushunchalari  ilmiy  izlanuvchilarning  ilmiy  izlanishlari  metodi  va 

metodologik asoslarini aniqlashtirishga yordam beradi. 

- Hozirgi kunda tarixni o’qitish metodologiyasi yangillanish davrini boshdan 

kechirmoqda. Bu davrda o’qitish metodologiyasini zamonaviy metodologiya bilan 

qurollantirishda  Lyusen  Fevr  va  Mark  Blokning  qarashlaridan  foydalanish  ta’lim 

samaradorligini  ta’minlashda  ijobiy  natija  beradi.  Agar  tarixiy  tadqiqot  bilan 

shug’ullanadigan  tadqiqotchi,  tarix  fani  o’qituvchilari  tarix  metodologiyasini  bu 

olimlarning  ilmiy  merosi  asosida  o’rgansa,  olib  borayotgan  ilmiy  tadqiqot  ishlari 



82

 

 



samarali  bo’ladi.  L.Fevr  va  M.Bloklarning  tarix  fani  metodologiyasi  va  metodi 

to’g’risida ilgari surgan g’oyalarni o’rganish va tahlil qilishdan olingan natijalarini 

o’quv jarayoniga tadbiq etish mumkin. 

Milliy  tarix  fanini  metoddolgiyasini  zamonaviy  fan  yutuqlari  bilan  boyitish 

dolzarb  muammo  bo’ladi.  Hozirgi  kunda  jahon  fani  fanlararo  yondashuvga  keng 

ahamiyat  bermoqda.  Fanlararo  yondashuvga  o’z  vaqtida  L.Fevr  ilgari  surgan  edi. 

Tarixiy  tadqiqotlarda  fanlarni  hamkorligi  asosida  davrlar,  bosqichlar  va  tarix 

fanining  boshqa  yo’nalishlari  bo’yicha  olib  boriladigan  ilmiy  tadqiqotlarning 

asosiy omili deb hisoblagan edi.   

Mustaqillikning  birinchi  kunlaridan  boshlab  tarix  ta’limi  metodologiyasida 



ijobiy siljishlar ro’y berdi. Ta’limning barcha bosqichlarida yangi o’quv darsliklari, 

o’quv qo’llanmalari, yangilanib yangi metodolgiya shakillandi.  

Bu sohada hozirgi kundagi  eng dolzarb muammo o’quv  darsliklarida jahon 



fani  erishgan  yutuqlar  o’zlashtirilib,  o’quv  darsliklarga  kiritilishi  maqsadga 

muvofiq bo’ladi. Tarixni o’qitish metodologiyasida tarixiy jarayonni tushuntirishda 

sivilizatsiya  yondashuvi,  “ijtimoiy  tarix”  tarixiy  yo’nalishida  tushuntirish 

maqsadga muvofiq bo’ladi. 

Milliy  o’zlikni  anglashda  tarixiy  xotirani  shakllantirish  vazifasi  turadi. 

Tarixiy  xotirani  har  bir  fuqaro  ongiga  singdirish  vazifasini  tarix  ta’limi  o’taydi. 

O’z  millatining  o’tmish  tarixini  o’rganish  jarayonida  inson  o’zligini  anglaydi. 

O’zligini  anglash  asosida  milliy  o’zligini  anglaydi.  Milliy  o’zligini  anglagan 

fuqaro milliy g’urur, or-nomus, faxr-iftixorga ega bo’ladi. Shuning uchun bugungi 

tarixiy  tadqiqot  bilan  shug’ullanadigan  tadqiqotchi,  tarix  fani  o’qituvchilari  tarix 

fani metodologiyasi bo’yicha atroflicha bilimga ega bo’lishi shart. 

 

 




Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish