1922- yilda Germaniyada Shpenglerning hech kimga notanish kitobi
chiqdi. Muqaddima boshlanishida: “Yevropaning so’nishi” yozilgan. Esimda Reyn
kitob do’konlarida to’dalangan o’qib bo’lingan kitoblari quyoshda qorday erib
ketar edi. Bir necha haftada Shpengler Germaniyada mashhur bo’ldi, uni kitoblari
shu darajada mashhur bo’ldiki, filosofiya tarixida chuqur iz qoldirdi. Kitob nafaqat
mashhurlik balki boshlanishdir.
Arnold Toynbining qarashlari amaliy jihatdan Shpenglerning aytishicha,
uning fikrlari fan odaminiki emas”
59
. Nemis publisistining bu asari qanchalik
mustaqil va farqli bo’lmasin u konstruktiv va tanqidiy yozilgan. Shpengler uchun
yopiq doiralarda “A study of history” asari juda kata qiziqish va hayratga sabab
bo’ldi. Oradan bir oy o’tmasdanoq asr ingliz etnograf, tarixchilaridan iborat
doiralarda to’liq ko’rib chiqildi va o’rganildi, keyinchalik La-Mansh tomonining
narigi tomonida ham yuqori baholandi. Tarixchi bu uch tomdan o’ziga qanday
xulosa chiqarishi va ma’lumot olishi mumkin. Shunday qilib Toynbining tarix
sohasida Sivilizatsiya va Xalqlar tarixi haqidagi teoriyalari muhim.
58
Люсьен Февр. Бои за историю. М.: Наука, 1991, с-72
59
Люсьен Февр. Бои за историю. М.: Наука, 1991, с-79
64
L.Fevr bizning fikrimizcha bu ikki olimning nazariyalarini tahlil qilgandan
keyin o’zining sivilizatsiya tushunchasi tadqiqotini amalga oshirgan bo’lishi
mumkin u insoniyat o’tmish taraqqiyotini tahlil qilgan holda o’zining sivilizatsiya
nuqtai nazaridan yozgan asarlarida O.Shpengler va A.Toybining qarashlariga yaqin
bo’lgan fikrlarini aytdi. Jumladan u jahon sivilizatsiyasini alohida sivilizatsiya
sifatida hamda har bir davr sivilizatsiyasiga ajratib tadqiq qilishni taklif qildi.
U o’rta asr Fransiya sivilizatsiyasini shu yo’nalishda tahlil qildi. Biz har
uchchala olimning sivilizatsiya konsepsiyalarini qiyoslab tahlil qilganimizda
ularning orasida o’xshashlik va farqlarni ko’ramiz. Lekin, Lyusen Fevrning
sivilizatsiya iborasi ikkala olimni sivilizatsiya iborasidan tahlil bo’yicha farq
qiladi. Eng avvalo L.Fevr sivilizatsiya iborasini o’zini atroflicha ilmiy tahlil qildi.
Bu tahlil uchun u juda ko’p tarixiy manbalarga murojaat qildi.
“Tarix fanining asosiy obyekti bo’lib jamiyat sivilizatsiya hisoblanadi.
Bizning davrimizgacha beshta sivilizatsiya mavjud: G’arbiy sivilizatsiya,
pravoslav sivilizatsiyasi, Bolqon, Yaqin Sharq va Rossiya uzoq tarqalgan
musulmon sivilizatsiyasi, hind sivilizatsiyasi va Uzoq Sharq monofizik kichik
guruhlarni ham aytib o’tish lozim. Misol uchun birgina G’arb sivilizatsiyani
olaylik pastdan balandga qadar bo’lgan yo’lni bosib o’tgach bir “no man’s land”
(hech kimniki bo’lmagan yer) qayerdaki bu narsalar o’z izini yo’qotadi
60
.
O’tmishga qaytar ekanmiz alohida bir davrga tushib qolamiz. Bu Rim imperiyasiga
xoslik. G’oya yangi emas. Masalan, Bag’dod xalifaligini olaylik uning yaratilishi
unchalik ham sekin bo’lmagan. Uning yaratilishi Damashq zarbasi bilan
boshlangan. Bu jang Misr va Suriya bilan aloqalarni tikladi. Shuningdek Rim
provinsiyalari, Arabiston, Sosoniylar, Ahamoniylar bilan ham Abbosiylar sulolasi
shunday yo’l tutdi. Abbosiylar va Ahamoniylar o’rtasida biroz oraliq vaqt mavjud
bo’lgan.
60
Л.Февр. Бои за истории. Москва. 1994 г. 80 c.
65
Kolleanoning g’oyalaridan foydalanish siyosiy formatsiyalar biror bir
davlatning paydo bo’lishi haqida o’ylab ko’rish mumkin. Biz tarixchilar aynan shu
ish bilan shug’ullanamiz. Toynbining sivilizatsiya qonunlari leksik jihatdan
jamoatchilik sivilizatsiyalari haqida. L.Fevr boshqa tarixchilarning davlat va
jamiyatning genezisi insoniyat taraqqiyoti to’g’risidagi fikrlariga nisbatan o’z
mulohazasini bildiradi.
L.Fevr sivilizatsiya atamasi yoki iborasidan foydalanish uchun bu so’zni
ilmiy nazariy izohlaydi. “Sivilizatsiya” so’zi xossa va xususiyatlarning oddiygina
to’plami, u kuzatuvchining ko’z oldida bazi odamlar guruhining jamoaviy hayotini
namoyon qiladi: moddiy, intelektual, axloqiy, siyosiy va (bu noqulay iborani nima
bilan almashtirish mumkin) –ijtimoiy hayot”
61
. L.Fevrning fikricha buni
“sivilizatsiya etnografik konsepsiyasi” deb atashni taklif qilinishi bir tomondan
o’zida hech qanday baholovchi tushunchani saqlamaydi, alohida bir dalil hatto
o’rganilgan ma’lumotlarni mosligi bilan ham ishi bo’lmaydi. Yevropa o’zining
sivilizatsiyaviy nuqtai nazardan fikr yuritib, sivilizatsiyaning yutug’i yoki
tushkunligi yoki zaifligi to’g’risida so’zlaydi. Yevropaliklar fikricha Yevropa
sivilizatsiyasi mukammal, axloqiy va moddiy jihatdan juda qulay va ajoyib. Olim
bu qarashni bir tomonlama, subyektivligi fikrini ilgari suradi.
Haqiqatdan ham Yevropa XV asrdan boshlab hozirgi kungacha Osiyo,
Afrika, Amerika va Avstraliyaga tazyiq o’tkazib kelmoqda. Yevropa boshqa
xalqlarga o’zining dunyoqarashi, qadriyatlari, turmush-tarzini tarqatish va
singdirishga harakat qilib kelmoqda. Bunday jarayonning bir necha sabablari bor,
ma’lumki Yevropa azaldan individuallikka asoslangan turmush-tarzida yashab, bu
jamiyatning qadriyatlarini boshqa sivilizatsiyaga zo’ravonlik va boshqa yo’llar
bilan singdirishga harakat qilib keladi.
L.Fevr shunday ta’kidlaydi “Biz albatta ishonchimiz komil ifodachisi biz
bo’lgan bu sivilizatsiya ishtirokchisi tekinxo’rlar va targ’ibotchilar bo’lgan
61
Люсьен Февр. Бои за историю. М.: Наука, 1991, с. 240.
66
bizlarga qadriyat, obro’, oliy g’urur beradi”
62
. Sivilizatsiya tushunchasini ikki
ma’noda bir-biriga qarama-qarshi talqin qilinishi sabablarini L.Fevr tarix vositasi
bilan tushuntirdi. Sivilizatsiya so’zi paydo bo’lishidan boshlab, bu so’zning
tushunchaga aylanishini izchil tarixiylik tamoyili bilan izohlaydi. Sivilizatsiya
so’zi yangi davrda fransuz va ingiliz ijtimoiy fikrida paydo bo’ldi. Bu so’z
ijtimoiy-siyosiy va adabiyotlarda turlicha ishlatila boshlandi. Fransuz yozuvchilari
XVIII asrda sivilizatsiya, polis so’zlaridan hamohang foydalandilar. L.Fevr bu
asrda nashr etilgan ijtimoiy-siyosiy adabiyotda bu so’zlarni qanday ma’noda
foydalanilganini atroflicha ilmiy tahlil qildi.
L.Fevr sivilizatsiya so’zini tatqiqotining asosiy maqsadini o’z tadqiqoti
so’ngida quyidagi xulosalar bilan yakunlaydi. XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib
sivilizatsiya to’g’risida bir-biridan farq qiladigan ikki qarash ilmiy va pragmatik
tushuncha ijtimoiy fikrda paydo bo’ldi; odamlarning har qanday guruh uning
moddiy va intlektual qurshab turgan dunyoga ta’siri qanday vosita bilan bo’lishiga
qaramay o’z sivilizatsiyasiga ega bo’ladi, ikkinchi qarash oliy sivilizatsiya
konsepsiyasini G’arbiy Yevropa va Shimoliy Amerikaning oq xalqlari olib boradi
va tarqatadi.
L.Fevr yana shunday xulosaga keladi: dunyoda qancha xalq bo’lsa shuncha
sivilizatsiya mavjud. Shu bilan birga odamlar ongida eskidan umuminsoniyat
sivilizatsiyasi konsepsiyasi mavjud. Ularni qanday murosaga keltirish mumkin?
Ularning nisbatini qanday tushunish mumkin savolini qo’yadi
63
. Bizning
fikrimizcha, olim tarix fanida so’ngi bir yuz ellik yil davomida mavjud bo’lgan
sivilizatsiya so’zi evolyutsiyasi mazmun-mohiyatini ilmiy-nazariy tahlil qilishda
fanda e’tirof etilgan ilmiy tushunchani shakllantirdi. Bu so’zni mazmuniga
nisbatan mavjud ilmiy munozaraga aniqlik kiritdi.
62
Люсьен Февр. Бои за историю. М.: Наука, 1991, сc. 280.
63
Люсьен Февр. Бои за историю. М.: Наука, 1991, с. 265.
67
Muammoni muallifni o’zi aytganidek chegaralar va umumiy manzarasini
chizib berdi. Bizning fikrimizcha L.Fevr bu masalada munozara qilayotgan
tomonlarni qarashlarini aniqlashtirdi va bu masalani yechimini yo’nalishlarini
chizib berdi. Turli xil ikkilanishlar chalkashlik va qarashlarni har xilligi sabablarini
oydinlashtirdi deb o’ylaymiz. Bu o’z navbatida insoniyatning o’tmish tarixi
tadqiqotlarini tarixiylik tamoyili asosida o’tmish tarixiy jarayoni tarixiy voqea
hodisalarni tadqiqotida sivilizatsiya yondashuvini tadbiq etishga yo’l ochdi.
L. Fevr “Sivilizatsiya” so’zini ikki yuz yillik evolyutsiyasi tarixini ilmiy
nazariy tahlil qildi. Shundan so’ng olim har bir xalq, etnos, makon va zamonda
o’ziga xos svilizatsiyaga ega bo’lishi mumkinligi tushunchasini ilgari suradi. Shu
tushunchaga asoslanib Fransiyaning XVI asr sivilizatsiyasiga bag’ishlangan ilmiy
tadqiqotlarni amalga oshirdi.
L. Fevr asarida fransuz sivilzatsiyasi tarixini ilmiy tahlil qiladi. “Bir
sivilizatsiyaning asosiy jihatlari ilk fransuz uyg’onishi:
to’rt ko’rinishi
”
64
. Muallif
bu hajmi jihatidan kichik bir asarda ming betga teng bo’lgan Fransiya tarixining
asosiy va o’ziga xos jihatlarini tarixiylik metodi asosida ochib berdi. Bu kichik
asarni bir necha o’nlab asarlarga tenglashtirish mumkin.
Muallif XVI asr fransuz tarixini sivilizatsiya tushunchasi asosida yangidan
kashf qildi. Olim o’z tadqiqotining so’z boshisida sivilizatsiya tushunchasini
e’tiborga molik bo’lgan Littre va Mishlening tariflarini keltiradi: sivilizatsiya
sivilizatsiyalashgan holat – ya’ni ishlab chiqarish faoliyati, din, san’at va fanlarni
o’zaro ta’siri va o’zaro faoliyati natijasida quriladigan qarashlar va axloqning
jamlanmasidir deb yozadi
65
. Sivilizatsiya bu bir teksda harakat qiladigan ma’lum
vaqt oralig’ida ma’lum bir mamlakatda odamlarning ongiga ta’sir qiladigan
moddiy va manaviy intelektual va diniy bir teksda harakat qiladigan kuchlar” deb
Littrening tarifini L.Fevr yanada aniqlashtiradi va Littre juda silliq ifodalamadi,
64
Л.Февр. Бои за истории. Москва. 1994 г. 112 c.
65
Л.Февр. Бои за истории. Москва. 1994 г. 110 c.
68
lekin yaxshi ko’rdi deb ta’kidlaydi
66
. L. Fevr uchun sivilizatsiyani yuqorida
ko’rsatilgan tushunchalarni tahlil qilish muhim emas, balki “ilk fransuz uyg’onishi
sivilizatsiyasi uchun xos bo’lgan xususiyat uning eng oliy va o’ziga xos ko’rinishi
bilan shug’ullanish. Bilimga intilish; go’zallikga intilish; ilohiylikga intilish;
L.Fevr o’sha vaqt odamlarining jo’shqin faoliyati uyg’onish, gumanizm
reformatsiya davrida odamlar yashadi va bu davrni yaratdi xulosasiga keladi
67
.
L.Fevr o’rta asrlar uyg’onish davri madaniayatini tahlil qilib, bu davrning
noyob sa’nat asarlarini yaratgan ijodkorlarni ongi, dunyoqarashini o’rganishi
zaruriyati mavjudligini aytadi: U shunday savollarni qo’yadi: Ularning ongi
bizning ongimizga o’xshash bo’lganmi? Insoniylik mohiyati hamma vaqt bir xil
bo’lib qolaveradi: Tarixchi uchun inson umuman yo’q, odamlar bor bu odamlarni
o’ziga xos tomonlarini ayniqsa bor kuchi bilan bilishga urinadi. O’tmishda
yashagan odamlar zamonaviy odamdan nimasi bilan farq qiladi? Ularning
turmush-tarzi qanday bo’lgan? Ular bizdek faoliyat ko’rsatganlarmi? Ushbu
savollarni qo’ygan holda olim o’tmish odamlari bilan zamonaviy odamlarni
qiyoslash orqali tadqiq qiladi. Tarixchi o’tmish tarixda insoniyatning umumiy
tarixini emas har bir davr, bosqichlari, jamiyatlarida yashagan odamlarni hayoti va
faoliyatini o’rganishi kerak. Olimning bu yo’nalishdagi ilmiy tadqiqotlari
ko’pchilik tarxichilarning diqqatini tortdi. Natijada ushbu tadqiqot boshqa tarixiy
tadqiqotlar uchun metodologik yo’l ko’rsatgich vazifasini o’tadi. L.Fevr o’tmish
tarixini o’rganishning mutlaqo yangi metodini ochdi. Bu tarix fani uchun keying
taraqqiyoti uchun mustahkam metodologiya mavjudligi va undan unumli
foydalanish mumkinligini yaqqol ko’rsatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |