22
Ushbu strukturaga ko‘ra, Turizm va madaniyat vazirligining asosiy vazifasi
turizm siyosatini olib boorish, ya‘ni turizmni rivojlantirish chora-tadbirlarini
ko‘rish, turizm imkoniyatlarini izlash. Shuningdek, ushbu
vazirlik ostida Koreya
milliy turizm tashkiloti,Turizm tadqiqot instituti hamda sanoat assotsiasiyasi
faoliyat olib boradi
Turkiyada turizm
sohasi uchun mas‘ul tashkilot bu Madaniyat va Turizm
Vazirligidir. Ushbu Vazirlikda turli xil guruhlar mavjud bo‘lib,
ular marketing,
investitsiya, madaniy merosni saqlash, ta‘lim berish kabi faoliyatlarni o‘z ichiga
oladi.Vazirlikning mamlakat ichida 81 viloyat madaniyat va turizm guruhlari va 39
mamlakatda 44 ta madaniyat va rivojlantirish offislari mavjud. Turkiya turizm
strategiyasida belgilangan boshqa asosiy vazirliklar ham kiradi. Ular quyidagilar:
Iqtisodiyot
Vazirligi, Transport Vazirligi, Oziq-ovqat Vazirligi, Atrof-muhit va
Shaharlashish Vazirligi, Qishloq xo‘jaligi
va chorvachilik Vazirligi, Dengiz va
aloqa Vazirligi. Bundan tashqari Madaniyat va Turizm Vazirligi Turkiyada
turizmni rivojalntirishdagi rejalashtirish, turizmni kelajagi
va turizm sohasidagi
muayyan muammolarni hal qilishda bir nechta professional muassasalari va
xususiy sektor assotsiasiyalar bilan hamkorlik qiladi. Bular quyidagilarni o‘z
ichiga oladi, Turkiya sayyohlik agentlik assotsatsiya(TURSAB), Turistik
mehmonxonalar
va
investorlar
assotsatsiyasi(TUROB),
Mehmonxona
federatsiyasi(TUROFED), Turkiya turizm investorlari assotsatsiyasi(TYD), Gidlar
birlashmasi a‘zosi, Bosh Vazirning investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlash va
rivojlantirish agentligi va boshqalar. Shuningdek, Turkiya turizm sektorida ko‘plab
mahalliy assotsiasiyalar ham bor.
11
Ushbu assotsiasiyalarning Turkiya turizmini boshqaradi desak hech
mubolag‘a bo‘lmaydi. Masalan, TURSAB- Turkiya
sayyohlik agentliklar
assotsiasiyasi, ya‘ni uning vazifasi barcha turagentliklar ustidan nazorat olib
boradi. Ushbu assotsiasiya 1972-yil tashkil topgan va dastlabki yillarida 200 ga
yaqin turagentliklar a‘zo bo‘lgan, bugungi kunga kelib uning a‘zolari 10000 ga
yaqinlashib qoldi. Turkiyadagi barcha turagentliklar unga a‘zo bo‘lishi shart va u
11
OECD TOURISM TRENDS AND POLICIES 2016 © OECD 2016
23
narxlarni, taklif qilinayotgan xizmatlarni va ularning sifatini nazorat qiladi.
Shuningdek, boshqa mamlakatlar bilan shartnomalar tuzadi va 30 dan ortiq
davlatda uning markazlari mavjud. Bundan tashqari Turkiyada Turizm
Banki(TURBAN) mavjud bo‘lib u 1955-yil tashkil topgan. Uning vazifasi turizm
sohasidagi
joylashtirish korxonalari, ovqatlanish korxonalari, transport vositalari,
ko‘ngilochar tarmoqlar va boshqa bog‘liq bo‘lgan tarmoqlarini moliyalashtiradi.
12
Do'stlaringiz bilan baham: