3
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi
. Iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohotlarni yanada
chuqurlashtirish jarayonida mamlakatimiz iqtisodiyotida erishilgan yutuqlarni
atroflicha tahlil etish mavjud muammo va kamchiliklarni
batamom bartaraf etish
hamda iqtisodiyotni rivojlantirish usullarini ilg‘or xorijiy tajribalardan samarali
foydalanish orqali yanada takomillashtirish masalalari ilgari suriladi. Bunda, asosiy
e‘tibor O‘zbekistonning jahon iqtisodiyotiga integretsiyalashruvi jarayonini jadal
su‘ratlarda rivojlantirish, buning uchun mamlakatimiz tashqi iqtisodiyot faoliyatini
erkinlashtirish borasida kechiktirib bo‘lmaydigan
chora-tadbirlarni amalga
oshirishga qaratiladi. Mamlakatimizda zamonaviy va jahon sifat andozalariga
javob berilgan xalqaro turistik infratuzilmasini rivojlantirish ham shu kabi chora-
tadbirlar sirasiga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining 05.01.2019 Yildagi PF-5611sonli
―Oʻzbekiston respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-
tadbirlar toʻgʻrisidagi‖
farmonida ijtimoiy, madaniy-rivojlantiruvchi, ekologik,
etnomadaniy hamda qishloq turizmi dasturlarini
ishlab chiqish va amalga
oshirishga katta etibor qaratilgan bo‘lib, Ekologik turizmni amalga oshirish uchun
yer maydonlarini aniqlagan holda davlat qo‗riqxonalarida muhofaza qilish belgilab
qo‘yilgan.
Mamlakatimining sayyohlik sohasida yetarli darajada va har qanday
xorijiy mamlakatlardan qolishmaydigan imkoniyatlariga egaligi bu borada ko‘plab
muvaffaqiyatlarga erishishimizni ta‘minlovchi asosiy manba hisoblanadi. Ana
shularni hisobga olgan holda, mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridan
to hozirga qadar zamon talablariga javob beradigan turitik infratuzilmani tashkil
toptirish va rivojlantirish borasida amalga oshirib kelinayotgan islohotlar o‘zining
ijobiy
natijalarini
berib
kelmoqda.
O‘zbekistonda
xalqaro
turizmni
rivojlantirishdagi muammolarni bartaraf etish uchun
tadqiqotlar olib borish va
rivojlangan mamlakatlar tajribasida rivojlantirishga alohida e‘tibor berilmoqda.
Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad mamlaktimizga tashrif buyuradigan
sayyohlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada takomillashtirish va bozor talablariga
4
to‘liq javob beradigan sayyohlik sanoatiga ega mamlakat sifatida
dunyohamjamiyati e‘tiborini jalb ettirishdir.
Respublikamizda sayyohlikni
rivojlantirishni asosini sifatli xizmat ko‘rsatish tashkil etadi. Biroq, murakkab
o‘tish davri bilan bog‘liq ko‘plab muammolar, shu jumladan, sayyohlarga xizmat
ko‘rsatish faoliyatini zamon talablariga mos ravishda boshqara oladigan kadrlar
salohiyatininng yetishmasligi, tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro munosabatlar tizimining
takomillashtirilmaganligi, imkoniyatlarining cheklanganligi
ular tomonidan
marketing va reklama ishlarining sust amalga oshirilayotganligi kabi muammolar
tufayli rivojlantirish sust bormoqda. Ana shu nuqtai nazardan olib qaralgsanda,
tadqiqot mavzusi o‘zining dolzarb muammolarini hal etishga qaratilganidan dalolat
beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: