Udk: 338. 48 Saidmahmudova Ozoda Abdulla qizi


Turizmni rivojlantirishning huquqiy-me’yoriy asoslari va davlat



Download 1,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/43
Sana02.12.2022
Hajmi1,48 Mb.
#876725
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   43
1.2.Turizmni rivojlantirishning huquqiy-me’yoriy asoslari va davlat 
tomonidan tartibga solish mexanizmlari. 
Mamlakatimizda turizm faoliyatiga mustaqillikning dastlabki kunlaridayoq 
asosiy davlat siyosati darajasida qaraldi. Soha rivoji uchun barcha zarur tashkiliy-
huquqiy mexanizm vujudga keltirilib, muhim me‘yoriy hujjatlar qabul qilindi va 
bu ish hozirda ham davom etmoqda. Mamlakatimizda turizm ravnaqi, uni yangi 
pog‘onalarga ko‘tarish, yurtimizni jahon turizm markazlaridan biriga aylantirish 
uchun avvalo huquqiy zamin yaratish lozim edi. Shu tufayli O‘zbekiston 
kodekslari, O‘zbekiston Respublikasi Prizidentining turizmga oid qator farmonlari, 
Respublika Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Adliya Vazirligining va boshqa 
mutasaddi davlat idoralarning yo‘riqnomalari, ko‘rsatma va tartiblari ishlab 
chiqilib hayotga tatbiq etilmoqda. Davlatning turizm sohadagi siyosati davlat 
ijtimoiy-iqtisodiy siyosat ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi. 
Davlatning turizm sohasidagi siyosati
-
bu turizm industriyasini va turizm 
bozori sub‘ektlarini (turoperator va turagentlar) rivojlantirish, fuqarolarga turistik 


16 
xizmat ko‘rsatish shakllarini takomillashtirish hamda shu asosda siyosiy, iqtisodiy 
va ijtimoiy salohiyatini mustahkamlash bo‘yicha davlat faoliyatidir.
4
Turizm siyosati O‘zbekiston Respublikasining barcha hududida amalga 
oshiriladi, avvalambor mintaqa alohida sub‘ektlar darajasida, undagi mavjud 
bo‘lgan turizm bilan mintaqa iqtisodiyoti o‘rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf etish 
maqsadida amalga oshiriladi. Davlatning turizm siyosati xalq xo‗jalik kompleksini 
rivojlantirish va konkret maqsadlarga erishish uchun turizm sohasi faoliyatiga 
davlat ta‘sirining shakllari, usullari va ta‘sir qilish yo‗nalishlari yig‗indisidan 
iborat.
Turizmni rivojlantirishda boshqarish strategik tizimi samaradorligini 
oshirishga muayyan choralarning kompleks ishlatilishini qo‗llash orqali erishish 
mumkin. Hozirgi paytda respublikada 20 dan ortiq mahalliy va respublika 
darajasida turizmni rivojlantirish dasturlari amalga oshirilmoqda va yirik loyihalar 
qabul qilinmoqda.
Davlatning turizm siyosatini amalga oshirish mexanizmi quyidagilarni o‘z 
ichiga oladi: 
o
turizm sohasining rivojlanish konsepsiyasini ishlab chiqish;
o
mintaqa darajasida va Respublika darajasida turizmni rivojlantirish 
bo‗yicha maqsadli dasturlarni ishlab chiqish;
o
qo‗yilgan maqsadlarga erishish uchun aniq chora-tadbirlarni ishlab 
chiqish;
o
turizm faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish;
Turizm siyosatining asosiy yo‗nalishlari sayohatchilar huquqlarini himoya 
qilish, mahalliy turizm mahsuloti ishlab chiqaruvchilarni hamda ichki va kiruvchi 
turizmni har tamonlama qo‗llab-quvvatlash bo‗lib hisoblanadi. Bunday qo‗llab-
quvvatlash shakllari turizm infratuzilmasini shakllantirish, yo‗naltiriladigan 
bevosita 
investitsiyalar, 
kadrlarni 
tayyorlashga 
sarflanadigan 
harajatlar, 
investitsiyalar oqimini rag‗batlantiruvchi, jahon bozorida milliy turizm mahsulotini 
4
Tuxliyev I.S., Hayitboyev R., boshq. Turizm asoslari O‘quv qo‘llanma SamISI, 2010-y. 316b 


17 
siljituvchi, ilmiy va reklama-axborot ta‘minoti ko‗rinishidan to soliq va bojxona 
imtiyozlarigacha, ichki va kiruvchi turizmni rivojlantirishga ketgan harajatlarga 
bog‗liq ravishda o‗zgarib turadi. Davlatning turizm siyosati strategiya va taktikaga 
asoslanadi. Strategiya deganda qo‗yilgan maqsadga erishish uchun vositalardan 
foydalanish usuli va umumiy yo‗nalishlar tushuniladi. U qabul qilingan 
strategiyani inkor qilmaydigan, qolgan barcha variantlarni chetga surib, oldinga 
qo‗yilgan vazifani yechish yo‗lidagi hatti-harakatlarni bir joyga to‗plashga imkon 
beradi. Taktika deganda, ma‘lum maqsadga erishish usuli bo‗lib, tanlangan hatti-
harakatlar yo‗li tushuniladi.
Turizm strategiyasi 
turizmni rivojlantirish va qayta tashkillashtirish 
sohasidagi davlat faoliyatini belgilaydi. Bu faoliyat avvalo amalga oshirish uchun 
vaqt va kattagina moliyaviy resurslarni talab etuvchi maqsadli dasturlar va 
rivojlanishning umumiy konsepsiyasini ishlab chiqishga qaratilgan.
Turizm taktikasi
 
– bu aniq sharoitlarda qo‗yilgan maqsadga erishish usullari 
va aniq chora tadbirlardir (masalan, xalqaro turizm faoliyatini litsenziyalash tartibi, 
turizmda narxni shakllantirish, soliqqa tortish va h.k.). Turizm taktikasining 
maqsadi mazkur xo‗jalik vaziyatida yanada maqbul yechimni tanlashdan iboratdir. 
Turizm faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish quyidagi yo‗llar bilan 
amalga oshiriladi:

turizm 
industriyasi 
sohasidagi 
munosabatlarni 
takomillashtirishga 
yo‗naltirilgan me‘yoriy-huquqiy hujjatlarni yaratish;

ichki va jahon turizm bozorlarida turizm mahsulotini siljitishga hamkorlik 
qilish;

turistlar huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni xavfsizligini 
ta‘minlash;

turizm industriyasida standartlash, litsenziyalash, turizm mahsulotini 
sertifikatlash;

turizmni rivojlantirish manfaatlarini hisobga olgan holda O‗zbekiston 
Respublikasiga kirish, O‗zbekiston Respublikasidan chiqib ketish va O‗zbekiston 
Respublikasi hududiga tashrif buyurish tartiblarini belgilash;


18 

turizm industriyasiga investitsiyalar kiritish uchun qulay sharoitlarni yaratish;

soliq va bojxona tizimini tartiblashtirish;

O‗zbekiston Respublikasi hududida turizm faoliyati bilan shug‗ullanuvchi va 
O‗zbekiston Respublikasi hududida turizm bilan shug‗ullanish uchun chet el 
fuqarolarini jalb etuvchi turoperator va turagentlarga imtiyozli kreditlar taqdim 
etish, soliq va bojxona imtiyozlarini berish;

turizm faoliyatida kadrlar tayyorlashga hamkorlik qilish;

O‗zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda qo‗llaniladigan 
boshqa usullar . 

Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish