1.3. Turizmi rivojlangan davlatlarda turizmni rivojlantirish modellari.
Bu paragrafda, turli mamlakatlarning turizmni rivojlantirish uchun mas‘ul
bo‘lgan davlat organlarini tashkil qilish tajribalarini o‘rganishlar natijalari
keltirilgan. Hozirgi kunda turizm sohasini davlat tomonidan tartibga solishning
to‘rta modeli mavjud. Ushbu modellarning turizm bozorining makroxududlar
bo‘yicha taqsimlanishi ham ko‘rib chiqilgan.
Turizmni rivojlanishi dunyoning ko‘plab mamlakatlarida davlat byudjetiga
qo‘shimcha mablag‘lar to‘plash, multiplikativ samara tufayli iqtisodiyotning
26
boshqa tarmoqlarini ham rivojlantirish, turistik infrastruktura obyektlari xolatini
yanada yaxshilash imkoniyatlarini yaratadi.
Ko‘plab mamlakatlarda turizm sohasi maxsus markazlashgan davlat
tashkilotlari tomonidan boshqariladi. Shu bilan birga, turizm sektorining davlat
tomonidan boshqarilish darajasi turlicha bo‘lib, u muayyan davlatning iqtisodiy
rivojlanish xolatiga ham bog‘liqdir. Ushbu xolat turizmni davlat tomonidan
boshqarilishini bir qancha modellari yuzaga kelishiga olib kelgan, hamda ularni
tadqiq qilish orqali turizm biznesini tashkil qilishdagi ba‘zi bir qonuniyatlarni ham
kuzatishimiz mumkin.
So‘ngi yillarda o‘tkazilgan tadqiqotlar va chop qilingan maqolalar, turizm
sohasini davlat tomonidan tartibga solishni institutsional-tashkiliy mexanizmlarini
o‘rganishga xorijiy hamda mamlakatimiz olimlari tomonidan jiddiy e‘tibor
qaratilayotganini ko‘rsatmoqda. Lekin shu qatorda, sohani davlat tomonidan
tartibga solishning asosiy modellarini makro va subregionlar kesimida o‘rganib
chiqish hozirgi kungacha to‘liq amalga oshirilmagan. Shuning uchun ushbu
tadqiqotni amalga oshirish zaruriyati yuzaga chiqmoqda.
Turli mamlakatlar tajribasini o‘rganish, muayyan mamlakatda turizmni
davlat tomonidan qanchalik qo‘llab-quvvatlanishi, sohaning rivojlanishida asosiy
rol o'ynashini yaqqol namoyon qilmoqda. Ushbu xolat o‘z navbatida sohaga
maxsus yondashuvni talab qiladi. Bir tomondan, turizm ko‘p tarmoqli kompleks
sifatida o‘z faoliyatini boshqa sohalarga nisbatan ko‘proq tartibga solishga ehtiyoj
sezadi, ikkinchi tomondan, xaddan tashqari davlat nazorati, ma‘lum ma‘noda
tadbirkorlik tashabbuslarini chegaralab qo‘yishi mumkin.
Buning natijasida bozor mexanizmlari ishlashiga putur etishi mumkin. Bundan
tashqari, turizm sohasi har qanday davlat uchun juda ulkan iqtisodiy, siyosiy va
ijtimoiy axamiyat kasb etadi. Shuning uchun, sohaning davlat boshqaruv
organlarini tashkil qilinishi birmuncha murakkab jarayon hisoblanadi. Jaxon
tajribasi turizmni davlat tomonidan boshqarishning yagona, mukammal formulasi
mavjud emasligi ko'rsatmoqda.
27
Do'stlaringiz bilan baham: |