Uchinchi kitob


Makroiqtisodiyot va statistika vazirligining 1996-yilgi



Download 57,25 Mb.
bet76/164
Sana09.07.2022
Hajmi57,25 Mb.
#761542
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   164
Bog'liq
НАРЗУЛЛА ЖЎРАЕВ O\'zbekiston tarixi 3 kitob Milliy Istiqlol davri

Makroiqtisodiyot va statistika vazirligining 1996-yilgi та ’lumotlaridan.

  • * *

Shuni aytish kerakki, respublikada yuk va yo‘lovchilami mam­lakat ichkarisida va tashqariga tashishning MDH, Yaqin va uzoq xo- rij mamlakatlari bilan iqtisodiy aloqalaming ta’minlovchi transport tizimi shakllandi. Mustaqillik yillarida transportning barcha tarmoq­lari jadal rivojlandi.
0‘zbekistonning bevosita ishtirokida «TransOsiyo» magistrali- ning bir qismi hisoblangan, Janubi-Sharqiy Osiyoni G‘arbiy Yevropa bilan tutashtiradigan va TransSibir magistralidan 1500 kilometr qis- qa bo‘lgan Tajan - Seraxs - Mashhad yangi yo‘li ishga tushirildi.
0‘zbekiston Milliy Aviakompaniyasi A-310, 11-86, 11-76, TU- 154, «Boing» va boshqa shu kabi zamonaviy havo laynerlariga va mahalliy yo‘llarga mo‘ljallangan ko‘p miqdordagi samolyotlarga ega.
2007-yilga kelib 0‘zbekiston MDHning barcha yirik shaharla- ri va jahonning AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya, Shveysariya, Hindiston, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Janubiy Koreya, Singapur singari ellikka yaqin mamlakatlari bilan bevosita havo yo‘llari orqali bog‘landi.
0‘zbekiston energetika tizimi ko‘p tarmoqli sohaga aylandi. Uning tarkibida loyiha, qurilish-montaj, sozlash, ta’mirlash va ener- giyadan foydalanish korxonalari mavjud. Bugungi kunda respublika­mizda 37 ta issiqlik va gidroelektrostansiyalari, ishlab turibdi. Ular yiliga 55 milliard kilovatt-soatdan ziyodroq elektr energiyasi ho- sil qilish imkoniyatiga ega. Mamlakatimizda elektr tarmoqlarining uzunligi 228 ming kilometrdan ko‘pdir.
Markaziy Osiyodagi eng yirik Tolimarjon GRESi jadal sur’atlar bilan qurilmoqda.Sobiq Ittifoqdagi ayrim respublikalardan farqli ravishda 0‘zbekistonda hosil qilinayotgan elektr va issiqlik energiyasi res­publika aholisi va xalq xo‘jaligi ehtiyoj ini to‘liq qondirib kelmoqda.
Mustaqillik yillarida tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bog‘liq yangi institutsional tizimlar vujudga keldi. Jumladan, Tashqi Iqtisodiy alo­qalar vazirligi, Tashqi Iqtisodiy faoliyat milliy banki tashkil qilindi. Bojxona xizmati butunlay yangidan tuzildi.
0‘zbekistonda tashqi iqtisodiy munosabatlami rivojlanti­rish, chet ellik sarmoyadorlaming mamlakat hududida faoli­yat ko‘rsatishini rag‘batlantirish va ulami ishonchli kafolat bilan ta’minlash bo‘yicha normativ-huquqiy zamin yaratildi.
1992-1995-yillarda - eng og‘ir sharoitlarda 0‘zbekistonning umumiy tashqi savdo oboroti qariyb 2 marta ko‘paydi. MDH mamlakatlari bilan iqtisodiy integratsiya chuqurlashdi. 0‘z navba- tida iqtisodiy jihatdan rivojlangan uzoq xorijiy mamlakatlar bilan savdo hajmi va geografiyasi birmuncha kengaydi. Uzoq xorijiy mamlakatlarga an’anaviy paxta tolasidan tashqari elektr manbalari chiqarish, to‘qimachilik sanoati mahsulotlari, shuningdek, transport xizmati, santexnika va boshqa xizmatlami eksport qilish yo‘lga qo‘yildi.
Eksport korxonalarimiz faoliyatining eng muhim yo‘nalishiga, butun iqtisodiyotimizning rivojlanish natijalarini baholash mezoniga aylandi.
2007-yilga kelib deyarli ko‘pgina tarmoq va korxonalarimiz tashqi iqtisodiy faoliyatga to‘liq jalb etilgan bo‘lib, tashqi bozorlami faollik bilan o‘zlashtirmoqda.
Birgina 2006-yilning o‘zida tovar mahsulotlarini eksport qilish hajmi 31,5 foizga o‘sib, 2000-yilga nisbatan 2 martadan ko‘proq ortdi.
Tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi yil davomida qariyb 2 milliard AQSH dollarigacha o‘sdi.
Eksport hajmining ana shunday o‘sishi 0‘zbekiston uchun an’anaviy resurslar bo‘lmish paxta tolasi, qimmatbaho metallar va turli xomashyo yetkazib berish hisobiga emas, balki asosan avtomo- billar, neft-kimyo va metall mahsulotlari, mineral o‘g‘itlar, ip-kalava va gazlama, trikotaj buyumlar, sim-kabel mahsulotlari, qurilish ma- teriallari va boshqa shu kabi ko‘plab eksport tovarlari hajmi va turla- rini ko‘paytirish evaziga ta’minlanmoqda.
Buni eksport hajmida tayyor mahsulotlar va xizmatlaming ulushi 53 foizdan oshgani, paxta tolasining ulushi esa 17 foizgacha kamaygani ham yaqqol tasdiqlaydi.
Import tizimida oziq-ovqat mahsulotlari keltirish kamayib, tex- nologiya va asbob-uskunalar olib kelish salmog‘i keskin ortdi.

  1. 1996-yillarda chet el sarmoyalari ishtirokida «0‘zelmas», «Zarafshon-Nyumont», «0‘zsalaman» va «0‘zDEU» qo‘shma kor- xonalari ishga tushirildi. Mazkur korxonalar ishga tushirilganidan keyin aholini sifatli poyabzal, gugurt, avtomobil va boshqa iste’mol mahsulotlari bilan ta’minlash hajmi ortdi.

Mamlakat iqtisodiyotini yanada rivojlantirishda 1993-yil avgust oyidan boshlab qurilayotgan Buxoro neftni qayta ishlash zavodining ishga tushirilishi katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Yiliga 2,5 million ton- na gaz kondensatini qayta ishlab chiqarishga mo‘ljallangan ushbu zavodning birinchi navbati loyiha va texnologik qismi qurilishlarini Fransiyaning «Teknip» firmasi, umumzavod xo‘jaligi obyektlarini qurishni esa mahalliy qurilish tashkilotlari olib bordilar.
Zavod uchun Qorovulbozor tumanining suv toshqinidan xoli, temiryo‘lga yaqin bolgan va barcha boshqa ishlab chiqarish hamda iqtisodiy talablarga javob beradigan qulay joyi tanlandi. Uning umu­miy maydoni 205 gektami tashkil etadi. 1993—1997-yillar davomida ushbu zavod qurilishiga jami qariyb 21 milliard so‘m mablag1 sarf­landi.
Zavodning asosiy ishlab chiqarish obyektlari bilan bir qatorda ishchi-xizmatchi, muhandis-texnik xodimlar uchun ikki yarim ming kishi yashaydigan shaharcha qurildi. Shaharchaning infrastrukturasi- da umumiy maydoni yuz ming kvadrat metr bo‘lgan uy-joylar ham­da maktab, bolalar bog‘chasi, dorixona, ambulatoriya-poliklinika, tez yordam stansiyasi, mehmonxona, aloqa uzeli, maishiy xizmat ko‘rsatish va sog‘lomlashtirish majmualari, savdo do‘konlari, deh- qon bozori va boshqa bir qator obyektlar qurildi.

  1. yilda neft va gaz kondensati ishlab chiqarish 1990- yildagiga nisbatan qariyb 3 barobar oshdi. Agar 1990-yilda 0‘zbe- kistonda iste’mol qilinadigan neftning 70 dan ortiq foizi va neft mahsulotlarining deyarli yarmi import qilingan bo‘lsa, 1998-yilga kelib ular importining ulushi deyarli yo‘qqa chiqdi. Undan tashqari, davlatimiz neft importeridan uning eksporteriga aylandi. Neft eks- porti 1992-yildagi 270 ming tonnadan 1998-yildagi 912 ming tonna- gacha, yoki qariyb uch barobar oshdi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, mustaqillikning eng og‘ir 1992, 1993 va 1994-yillari mamlakat aholisi uchun qancha- lik qiyinchiliklarni ro‘baro‘ qilmasin, hukumat og‘ir vaziyatdan chiqish barobarida strategik maqsadlar bilan yashadi. U kunda- lik muammolami hal etish, aholini kundalik ehtiyoj mollari bi-
Ian ta’minlash va boshqa bir qator talablami amalga oshirish, eng og‘ir iqtisodiy tanglikdan hech qanday larzalarsiz o‘tib olish chora-tadbirlami belgilash bilan birga mamlakat istiqbolini va xalq kelajagini ta’minlaydigan ulkan maqsadlami ham amalga oshirish yo‘lidan bordi. Asakadagi avtomobil zavodi, Buxorodagi neftni qayta ishlash zavodi, mamlakatimizning boshqa viloyatlaridagi yuzlab sanoat korxonalari qurilishlariga xuddi ana shu qiyinchilik yillarida poydevor qo‘yildi.
Hatto eng mushkul yillarda - ya’ni, o‘tish davrining boshlani- shida ham 0‘zbekistonda kapital sarmoyalaming keskin tushib ketishi kuzatilmadi. 1995-yildan boshlab esa investitsiyalarning o‘sishi yaqqol ko‘rinmoqda. 1997-1998-yillarda 0‘zbekistonda kapital sarmoyalar yiliga 17 foizga o‘sib bordi. Shu jihatdan respublikamizdagi vaziyat shu paytgacha investitsiyalami milliy miqyosda amalga oshirish mexanizmlarini ishga tushira olmagan o‘tish davri iqtisodiyotidagi boshqa davlatlamikidan afzalliklari bilan farqlanadi.

Download 57,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish