Uchinchi kitob



Download 57,25 Mb.
bet72/164
Sana09.07.2022
Hajmi57,25 Mb.
#761542
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   164
Bog'liq
НАРЗУЛЛА ЖЎРАЕВ O\'zbekiston tarixi 3 kitob Milliy Istiqlol davri


partiyasizlik;

  • harbiy xizmatchilar va ulaming oila a’zolarini ijtimoiy va huquqiy himoya qilishni ta’minlash asosida tashkil qiladi va amalga oshiradi.

    Umuman 0‘zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari - bu harbiy tuzilmalar, harbiy o‘quv yurtlari va boshqa harbiy qismlardan iborat, davlat tomonidan tashkil qilingan va ta’minlangan bo‘lib, ular urush va harbiy mojarolaming oldini olish, 0‘zbekiston Respubli­kasining davlat mustaqilligini, hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayot kechirishini va xavfsizligini ta’minlashga qaratilgandir.
    0‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari davlatni himoya qi- lishda butun mudofaa tizimining asosini tashkil etuvchi yadro hisob- lanib, o‘z tarkibiga quyidagilami oladi:

    • Quruqlikdagi qo‘shinlar;

    • harbiy-havo va havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari;

    • Maxsus qo‘shinlar;

    • Milliy gvardiya brigadasi;

    • chegara va ichki qo‘shinlar;

    • Milliy xavfsizlik xizmati;Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boshqa vazirliklarga, idora- larga qarashli harbiy qismlar,

    Quruqlikdagi qo‘shinlar Qurolli Kuchlarining eng ko‘p sonli turi bo‘lib, boshqa qo‘shin turlarining birgalikdagi harakati bilan tajovuzni qaytarish, zarur bo‘lganda esa dushmanni tor-mor qilishga mo'ljallangan.
    Harbiy havo va havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari - Qurolli Kuchlarining manyovrli turlaridan biri. Ular quruqlikdagi jang may- donida bo‘layotgan yirik operatsiyalaming borishi va yakuniga ta’sir qilish, mamlakat havo chegaralarini qo‘riqlash, quruqlikdagi va ha- vodagi dushmanga zarba berish imkoniyatiga ega. Undan tashqari 0‘zbekiston Respublikasi hududini, uning havo chegaralarini, eng muhim davlat va sanoat obyektlarini hamda qo‘shin guruhlarini havo hujumidan ishonchli mudofaa qilish vazifasi yuklatilgan.
    Milliy gvardiya 0‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining tarkibiy qismidir. Bu gvardiya 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-yanvardagi qaroriga binoan, respubli­ka Qurolli Kuchlari qismlari negizida tuzildi. Milliy gvardiyaning asosiy vazifasi 0‘zbekiston Respublikasining davlat suvereniteti va hududiy yaxlitligi hamda fuqarolarning Konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini muhofaza etishdir. Gvardiya tarkibi fuqarolami majbu- riy harbiy xizmatga chaqirish va armiya xizmatiga o‘z ixtiyori bilan borishni birgalikda muvofiqlashtirish asosida to‘planadi. Gvardiya zimmasiga bir qancha o‘ziga xos vazifalar, jumladan, davlat tanta- na marosimlarida ishtirok etish yuklatilgan. Shu maqsadda gvardiya tarkibida faxriy qorovul rotasi tuzilgan. Shuningdek, gvardiya zim­masiga alohida muhim davlat obyektlarini qo‘riqlash vazifalari ham yuklatilgan.
    Maxsus qo‘shinlar esa jangovar harakatlami operativ ta’minlash masalalarini hal etish uchun mo‘ljallangan.

    1. yilgacha chegara qo‘shinlari Milliy xavfsizlik xizmati tarkibida bo‘lishgan. 1999-yil 13-yanvar 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan 0‘zbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mita tashkil etildi.

    Ushbu Farmon asosida 0‘zbekiston Respublikasi Davlat chega­ralarini himoya qiluvchi Qo‘mita davlat boshqaruvining markaziy organi hisoblanib, chegaraga doir siyosatni amalga oshirishni Davlat chegaralarini himoya qilish va qo‘riqlashni tashkil etishni ta’minlash belgilab berildi.
    Ichki qo‘shinlar Ichki Ishlar vazirligi tarkibida tashkil qilingan. Ulaming asosiy vazifalari militsiya organlari bilan birgalikda shahar- larda, aholi yashaydigan joylarda, toifalangan xalq xo‘jaligi korxo­nalar ida va boshqa jamoat joylarida jamoat tartibini saqlash, fuqaro­laming huquqiy va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, tashkilotlar, idoralar, muassasalami jinoyatchilikdan va boshqa jamiyatga qarshi harakatlardan muhofaza qilishga qaratilgan.
    Milliy xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boshqa vazirliklar hamda tashkilotlar harbiy tuzilmalarining asosiy vazifasi milliy xavfsizlikni ta’minlashning o‘ziga xos vazifalarini bajarish, tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlaming oldini olish, ulaming oqibatlarini tugatish va inson hayotini ta’minlovchi xalq xo‘jaligi korxonalarini qo‘riqlash hisoblanadi.
    Qurolli Kuchlami joylashtirish (dislokatsiya) 0‘zbekiston Res­publikasi hududlari, chegaralari va havo bo‘shliqlarining mustahkam mudofaasi umumiy strategik maqsad asosida ta’minlashdan kelib chiqib belgilanadi va harbiy doktrina talablariga muvofiq strategik va operativ reja asosida, shuningdek, qo‘shinlami jang oldidan safar- bar qilish rejalari bo‘yicha amalga oshiriladi.
    Armiya mamlakat budjetidan ajratiladigan mablag‘ hisobiga ta’minlanadi. Har yili mudofaaga ajratiladigan mablag1 miqdori Oliy Majlis tomonidan tasdiqlanadi. Qurollar, harbiy texnika, butlovchi qismlar va boshqa ashyolami ishlab chiqarish, yetkazib berish va ta’mirlash, mudofaani zarur oziq-ovqatlar bilan ta’minlash, shuning­dek, mudofaa manfaatlariga xizmat qiluvchi ilmiy-tadqiqot, tajriba- konstmktorlik va qurilish ishlarini amalga oshirish, rivojlantirish va saqlash to‘liq hajmda davlat buyurtmasiga kiritiladi.
    Qurolli Kuchlarga Oliy boshqamvni Prezident amalga oshiradi. 0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasiga muvo­fiq Prezident mamlakat Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh Qo‘mondoni hisoblanadi. «Mudofaa to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq, Prezident mamlakat mudofaa qobiliyatini ta’minlash, qurolli tajovuz bo‘lgan hollarda davlat suvereniteti, hududiy yaxlitligi va Mustaqilligini hi­moya qilish yuzasidan zarur chora-tadbirlar qabul qiladi, mudofaa vazirini tayinlaydi. Qurolli Kuchlaming qurilish, ulami strategik qo‘llash rejasi, shuningdek, safarbarlik rejasini tasdiqlaydi. Qurolli Kuchlarga jangovar harakatlami olib borish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va buymq beradi.
    Qonunchilikda Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi, Mudofaa va­zirligi, boshqa vazirlik va idoralar, davlat hokimiyati mahalliy or­ganlari va boshqarmalaming mudofaa sohasidagi vakolatlari, shu­ningdek, korxona, muassasa, tashkilot va fuqarolar majburiyatlari aniq belgilab berilgan. Masalan, mudofaa harbiy qurilish, harbiy xiz- matchilar va ulaming oila a’zolarini ijtimoiy-huquqiy himoyalash masalalari bo'yicha qonun aktlarini amalga oshirishda parlament na- zoratini o‘matish Oliy Majlis zimmasiga yuklatilgan.
    Vazirlar Mahkamasi vakolatlariga mudofaani ta’minlash bo‘yicha o‘ziga bo‘ysunadigan barcha tuzilmalar faoliyatiga rahbar­lik qilish, Qurolli Kuchlami qurollar, harbiy texnika va boshqa mod­diy vositalar bilan ta’minlash, mudofaa va Qurolli Kuchlar ehtiyoji uchun moddiy texnika resurslari, oziq-ovqat, kiyim-kechak va bosh­qa buyumlaming hajmini, harbiy va muqobil xizmatga chaqirilishi lozim bo‘lgan respublika fuqarolarining soni hamda ulaming harbiy va muqobil xizmatni o‘tash tartibini belgilash, harbiy majburiyatli va harbiy xizmatga chaqirish hamda haqiqiy muddatli xizmatdagi harbiy xizmatchilami zaxiraga chiqarish, harbiy majburiyatlilar- ni yig‘ilishga chaqirish, safarbarlik va harbiy xizmatdan bo‘shatish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish kabilar kiradi.
    Mudofaa vazirligi Qurolli Kuchlar davlat boshqaruvining markaziy organi hisoblanadi. Vazirlik Qurolli Kuchlarining ahvo- li va kelgusidagi taraqqiyotiga, jangovar tayyorgarlik va intizom- ga to‘liq javobgar. U mudofaa sohasi va harbiy qurilishda ishlab chiqilgan davlat siyosatining Qurolli Kuchlarda amalga oshirilishi- ni ta’minlaydi. Mudofaa rejalari va konsepsiyasi loyihasi, Qurol­

    1. Kuchlaming qurilishi va taraqqiyoti, qurollar va harbiy texnika taraqqiyotining davlat dasturlari, mudofaa ehtiyoj lari uchun ajra- tiladigan mablag‘lar bo‘yicha takliflami ishlab chiqadi va Vazirlar Mahkamasi muhokamasiga taqdim etadi. Mudofaa va harbiy qurilish sohalarida ilmiy tadqiqotlar tashkil qiladi va o‘tkazadi, harbiy texni­ka va boshqa ashyolar yaratish, ishlab chiqarish va ta’mirlash uchun davlat buyurtmalarining bajarilishini nazorat qiladi.

    Hozirgi vaqtda mamlakatimiz Qurolli Kuchlari harbiy islohot- ning ikkinchi bosqichini amalga oshirish ishlarini olib bormoqda. Harbiy islohotning birinchi bosqichida (1992-1996-yillarda) qism va bo‘linmalar, harbiy o‘quv yurtlari va muassasalarini isloh qilishning tartibi aniqlangan. Tegishli safarbar etuvchi rejalar, kerakli qonunlar ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. Shuningdek, kadrlami o‘qitish va tarbiyalashning tugal tizimi yaratilgan.
    Harbiy islohotning ikkinchi bosqichida esa Qurolli Kuchlami is­loh qilishni nihoyasiga yetkazish, yangi tashkiliy tizimga to‘la o'tish, qo'shin turlari va xillari boshqaravining yuksak darajasiga erishish, jangovar tayyorgarlikda va harbiy kadrlar kasb mahoratlarini oshi­rishda yanada yuqori sifatli natijalami qo‘lga kiritish yo'llarida faol ish olib borilmoqda.
    Masalan, harbiy kasbni tanlovchi yoshlar uchun Toshkent, Sa- marqand, Farg‘ona va Urganch shaharlarida harbiy mutaxassislik- larga yo‘naltiruvchi litseylar faoliyat ko‘rsatmoqda, Harbiy litsey tinglovchilari ikki yil mobaynida harbiy ko‘nikma to‘plab, o‘zlari tanlagan qo‘shin turlari bo‘yicha Oliy harbiy bilim yurtlariga yo‘l oladilar.
    Toshkent umumqo‘shin komandirlari, Samarqand avtomobil- chi komandir - muhandislar, Chirchiq tankchi komandir - muhan- dislar, Jizzax aviatsiya oliy harbiy bilim yurtlari, Toshkent aloqa- elektrotexnika institutining maxsus fakulteti Qurolli Kuchlarimiz saflariga turli mutaxassisliklar bo‘yicha yuqori malakali ofitser kadr­lar tayyorlab beradigan Oliy harbiy ilm o‘chog‘iga aylangan.
    Qurolli Kuchlarimizga oliy qo‘mondonlik tarkibini tayyorlayot- gan harbiy Akademiyaning ochilishi 0‘zbekiston va Markaziy Osiyo mintaqasi uchungina muhim voqea bo‘lib qolmay, u xalqaro ahami- yatga molikdir. Mamlakat Prezidenti, Qurolli Kuchlari Oliy Bosh qo‘mondoni Islom Abdug‘aniyevich Karimov Akademiyaning ochi- lishiga bag‘ishlangan tantanada nutq so‘ziar ekan, jumladan shunday dedi: «Ishonchim komilki, yillar ostib, avlodiarimiz biz xaiqimiz- ning mustaqilligi yo‘lida, uning tinch bunyodkorlik mehnatini himoya qilish yo‘lida qilgan ishlarimizga munesib baho beradi».
    Markaziy Osiyoda yagona harbiy Akademiyaning ochilishi, bu - fanga nisbatan keskin burilish, yangi bilimlami orttirish, Sharq harbiy boshliqlarining, awalo Sohibqiron bobokalonimiz Amir Temuming tajribali, tezkor harbiy san’at va taktikaning so‘nggi yutuqlari, jahon harbiy ilmi hamda xorijiy mamlakatlar jangovar tayyorgarligining ilg‘or tajribalari negizida malakali milliy harbiy kadrlarni tayyorlash demakdir.
    Jangovar tayyorgarlikning yuqori saviyada bo‘lishini ta’minlash qism va bo‘linmalar, harbiy o‘quv yurtlari, umuman Qurolli Kuch­laming bosh vazifasi bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi.
    0‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi boshqa davlatlar bilan ij­timoiy hayotning barcha jabhalarida, shu jumladan, harbiy sohada ham hamkorligi va hamjihatligining muhim poydevori xalqlarimiz- ning umumiy tarixiy negiziga egaligidir.
    0‘zbekiston rahbariyati mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlash uchun amaliy choralar ко‘rib kelmoqda. Jumladan, 0‘zbekiston 1991-yil dekabrda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligini tuzish bo‘yicha Almati Deklaratsiyasini, 1992-yil mayda esa Kol- lektiv xavfsizlik Shartnomasini imzoladi. 1993-yil yanvarda 0‘zbekiston Mustaqil Davlatlar Hamdo ‘ stligining boshqa davlatlari bilan birga tinchlikni ta’minlovchi batalyonni tashkil etishda va uni tojik-afg‘on chegarasiga yuborishda ishtirok etdi. 1993-yil sentabrida esa MDH davlatlari rahbarlarining qaroriga binoan mudofaa koalitsi- on kuchlari tashkil etilib, bunda Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston Qurolli Kuchlari bilan bir qatorda 0‘zbekiston milliy armiyasi vakillari ham qatnashdilar.
    0‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston Respublikalari o‘rta- sida 1993-yil yanvarda yo‘lga qo‘yilgan mintaqaviy harbiy-texnik hamkorlik katta tarixiy ahamiyatga ega. Mazkur mamlakatlar Prezi- dentlari iqtisodiy, siyosiy va qamrovli masalalar bilan bir qatorda o‘zlarining harbiy siyosatdagi nuqtayi nazarlarini (pozitsiyalarini) kelishtirib oldilar va xususan Qozog‘istonda hamda Turkmanistonda milliy armiyalar tashkil etilishini e’lon qildilar. 0‘sha kunlari 0‘zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari o‘zining bir yilligini nishonlayotgan edi.
    Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi harbiy-texnik hamkorlikni yanada rivoj lantirishning huquqiy asosi sifatida 0‘zbekiston Res­publikasi Prezidentining Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston davlat rahbarlari o‘rtasida imzolangan do‘stlik, ham­korlik va o‘zaro yordam to‘g‘risidagi Shartnomalarda maxsus mod- dalar bilan birga harbiy munosabatlar ham o‘z aksini topgan.
    Eng faol harbiy-texnik hamkorlik Qozog‘iston, Qirg‘iziston va 0‘zbekiston o‘rtasida 1994-yilda tashkil topgan yagona iqtisodiy makon doirasida amalga oshirilmoqda.
    Yuqorida aytib o‘tilgan mamlakatlar hukumatlari o‘rtasidagi uch tomonlama imzolangan maxsus Bitim esa ushbu hamkorlikning hu­quqiy asosidir.
    Mintaqaviy xavfsizlik sohasidagi konseptual muammolami ko‘rib chiqish, mudofaa bo‘yicha o‘zaro hamjihatlikni ta’minlash, mudofaa va xavfsizlik yo‘nalishida a’zo-davlatlaming faoliyatlari- ni muvofiqlashtirish, qabul qilingan bitimlami tashkil etish, ham­da harbiy hamkorlikning boshqa masalalarini hal qilish maqsadi­da Qozog‘iston, Qirg‘iziston va 0‘zbekiston Respublikalarining Davlatlararo Kengashi tarkibida ishchi organ sifatida Qozog‘iston, Qirg‘iziston va 0‘zbekiston Respublikalari Mudofaa vazirlari Ke­ngashi tuzildi va u faoliyat ko‘rsatmoqda. Ushbu organning faoliyati Qozog‘iston, Qirg‘iziston va 0‘zbekiston Respublikalari davlat rah­barlari tasdiqlagan maxsus Nizomga asosan tartibga solinadi.
    Mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi yirik ama­liy tadbirlardan biri Davlatlararo Kengashning Birlashgan Millat- lar Tashkiloti rahnamoligida tinchlikni o‘matish mashqlarida qat- nashishga mo‘ljallangan Qozog‘iston, Qirg‘iziston va 0‘zbekiston Respublikasining tinchlik o‘matuvchi batalyoni (Sentrazbat) tash­kil etish, moddiy-texnik jihatdan ta’minlash va uning faoliyati to‘g‘risida maxsus Nizomni tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori bo‘ldi.
    Tinchlikni o‘matuvchi batalyonni (Sentrazbat) tashkiliy jihat­dan mustahkamlash maqsadida Davlatlararo Kengashning qarori- ga ko‘ra, ushbu batalyonni «Tinchlik yo‘lidagi hamkorlik» dastu­ri doirasida Amerika va Ovro‘pa qit’alarida o‘tkaziladigan tinchlik o‘matish mashqlariga tayyorlash va ishtirok etish hamda BMT rah- namoligida ko‘p millatli kuchlami jalb etgan holda Markaziy Osiyo hududida mashqlami o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
    Yuqorida aytib o‘tilgan tinchlik o‘matish batalyonini tashkil etishning muhim sababi Qozog‘iston, Qirg‘iziston va 0‘zbekiston Respublikasi davlat rahbarlarining BMT Bosh kotibiga qilgan muro- jaatlari bo‘ldi.
    Hozirgi vaqtda tinchlikni o‘matish batalyoni (Sentrazbat) tamo- mila shakllandi va komplektlandi (butlandi). Uning tarkibida teng ravishda Qozog‘iston, Qirg‘iziston va 0‘zbekiston Qurolli Kuchlari- ning ofitserlari, praporshchiklari, serjant va askarlari bor.
    Batalyonning qurol-aslahasi va harbiy texnikasi BMTning shunday harbiy bo‘linmalariga qo‘yadigan talablariga muvofiq ke­ladi. Ushbu batalyonning tashkiliy va faoliyat ko‘rsatish masalala­ri, Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashti­rish kabi masalalar qatori mudofaa vazirligi Kengashi majlislarida ko‘riladigan asosiy mavzu hisoblanadi.
    Masalan, 1997-yil aprel oyida mudofaa vazirlari Kenga­shining Toshkentda o‘tkazilgan navbatdagi majlisida «Tinchlik yo‘lidagi hamkorlik» doirasidagi shu yil sentabr oyida 0‘zbekiston va Qozog‘iston hududlarida o‘tkaziladigan «Sentrazbat-97» nomli mashqlar loyihasi har tomonlama muhokama etildi. Bu mashqlar ke- yinchalik 1997-1998-yillarda ham o‘tkazildi.
    0‘zbekiston Respublikasi mustaqilikka erishganining dastlab­ki kunlaridanoq Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar bilan harbiy sohada hamkorlikka muhim ahamiyat bera boshladi. «0‘zbekiston, - deydi I. Karimov, ayni shu sababli mintaqada va sobiq Ittifoq hududida kollektiv xavfsizlik tizimini barpo etish ta- shabbuskorlaridan biri bo‘ldi. MDH mamlakatlari o‘rtasida tuzilgan kollektiv xavfsizlik to‘g‘risidagi shartnomalarining dastlabkilaridan biri 1992-yil may oyida aynan Toshkentda imzolangani ham tasodif emas».
    Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar o‘rtasidagi harbiy-texnik hamkorlikka qaratilgan muhim xalqaro-huquqiy me’yoriy hujjatlar majmui 1995-yil fevralda Almatida imzolandi. Umuman, MDHning 5 yillik faoliyati davomida, MDHga a’zo dav- latlaming harbiy sohada munosabatlarini tartibga soladigan 200 ga yaqin shartnomalar, bitimlar imzolandi.
    Shulardan ko‘pi, jumladan, harbiy-texnik hamkorlikni chu­qurlashtirish, harbiy xizmatchilar va ularning oilasini ijtimoiy hi- moyalash, MDHga a’zo davlatlaming о‘zaro munosabatlarida kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan xavf solmaslik to‘g‘risida, so­biq SSSR Qurolli Kuchlarini qisqartirish, yadro qurolini tarqat- maslik to‘g‘risida, harbiy hamkorlikni muvofiqlashtiruvchi Shtab to‘g‘risida, MDHga a’zo davlatlar mudofaa vazirlari Kengashi- ning Nizomi to‘g‘risida, kosmik fazoni tatbiq etish va foydalanish bo‘yicha o‘zaro faoliyat to‘g‘risida, havo hujumidan mudofaaning birlashgan tizimini tashkil etish to‘g‘risida hamda boshqa shartno­malar va bitimlar 0‘zbekiston tomonidan imzolangan va aniq baja- rilmoqda.
    0‘zbekiston Ukraina, Belarus Respublikasi, Gruziya, Ozar- bayjon Respublikalari bilan ham harbiy sohada hamkorlik borasida mustahkam aloqa o‘matdi. Ularning harbiy muassasa vakillari dav­lat va hukumat rahbarlari imzolagan do‘stlik, hamjihatlik va о‘zaro yordam harbiy-texnik hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomalar va bi- timlarga amal qilgan holda tashriflar davomida harbiy-tadqiqot va ilmiy izlanishlaming strategik, taktik yo‘nalishlarini kelishib olish va rivojlantirish, qurol-yarog‘ va texnikani takomillashtirish, harbiy kadrlami o‘qitish, Qurolli Kuchlar shaxsiy tarkibini moddiy-maishiy jihatdan ta’minlash masalalari bo‘yicha katta ishlar olib bormoqda- lar.
    0‘zbekiston Respublikasining harbiy sohada hamkorlik qilish- ning ustuvor yo‘nalishi Rossiya Federatsiyasi bilan o‘zaro aloqalar o‘matishdan iboratdir. I. Karimov ta’kidlaganidek, «Rossiya iqtiso­diy jihatdan ham, harbiy-texnikaviy jihatdan ham buyuk dav- latdir. Shuning uchun ham kollektiv xavfsizlik tizimini barpo etishda ham, MDH doirasida davlatlaming bir-biriga yaqinla- shuvi masalasida ham O‘zbekiston Rossiya bilan yaqindan ham­jihatlik aloqalarini mustahkamlashga va strategik hamkorlik o‘rnatishga intilmoqda».
    Shunday hamkorlikning huquqiy asosi bo‘lib 1992-yil 30-mayda Moskva shahrida 0‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsi­yasi o‘rtasida imzolangan davlatlararo munosabatlaming asoslari, do‘stlik va hamkorlik haqida Shartnoma, 1994-yil 2-martdagi harbiy sohada hamkorlik to‘g‘risidagi Shartnoma hamda bir qator davlatla- raro boshqa bitimlar xizmat qiladi.
    0‘zbekiston Mustaqillikka erishgandan keyin ijtimoiy va siyo­siy hayotning ko‘pgina sohalarida, shu jumladan harbiy sohada ham xalqaro may donga chiqdi. «Bizning harbiy doktrinamiz mudofaa va xavfning oldini olish xarakteriga ega. Shu bois - deydi

    1. Karimov, - O‘zbekiston BMT, Yevropada Xavfsizlik va Ham­korlik Tashkiloti kabi nufuzli xalqaro tashkilotlaming tinchlikni saqlash tadbirlarida ishtirok etishga tayyor».

    Sovet bloki yemirilib, Varshava shartnomasi tugagandan keyin 1949-yilning aprelida tashkil qilingan va Yevropadagi 14 ta mam­lakatni, shuningdek, AQSH va Kanadani birlashtiruvchi Shimoliy Atlantika shartnomasi Tashkiloti -NATOga a’zo davlatlar ana shun­day operatsiyalami amalga oshiruvchi eng real va qudratli harbiy- siyosiy tashkilot bo‘lib qoldi. NATOning «Tinchlik yo‘lidagi ham­korlik» Dasturi Yevropa xavfsizligining yangi modelini yaratishga qaratilgan yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoldi. U qo‘shilmagan, be- taraf mamlakatlaming hamda sobiq SSSR mamlakatlarining kuch- g‘ayratini birlashtiradi.
    0‘zbekiston 1992-yilda sobiq SSSRdagi boshqa to‘qqizta respublika qatori Shimoliy Atlantika Hamkorlik Kengashi ishi- ga qo‘shildi. 0‘zbekiston 1994-yilning 13-iyulida aniq belgilab qo‘yilgan bitimni imzolab, NATOning «Tinchlik yo'lidagi hamkor­lik» Dastur qatnashchisi bo‘lib qoldi.
    0‘zbekistonning ushbu dasturdagi hamkorligi siyosiy muam- molar va masalalar bilan bog‘liq bo‘lgan xavfsizlikni ta’minlash, mintaqaviy mojarolami bartaraf etish hamda iqtisodiy masalalarda ishonch choralarini mustahkamlashga qaratilgan.
    Favqulodda vaziyatlarda harbiy va fuqarolik xizmatlarining ishini muvofiqlashtirish, mudofaa sanoatini konversiyalash, qurol- yarog‘lar ustidan nazorat o‘matish masalalari «Tinchlik yo‘lidagi hamkorlik» Dasturi doirasida yechilayotgan vazifalar jumlasiga ki­radi.
    Ushbu dastur doirasida 0‘zbekistonning hamkorlik qilish Mar­kaziy Osiyo mintaqasida va umuman Yevroosiyo makonida tinch­lik, barqarorlik va xavfsizlik ishiga ko‘maklashadi, mamlakatlar o‘rtasida turli sohalardagi samarali hamkorlikni yanada rivojlanti- rishga olib boradi va pirovard natijada jahon hamjamiyatiga tezroq integratsiyalashish imkonini beradi. Shuning uchun Prezident I. Ka­rimov «NATO bilan hamkorlik qilish harbiy-siyosiy voqealar- dan xabardor boiib turish, bu uyushma doirasida amalga oshi- rilayotgan tadqiqotiar va ishianmalardan bahramand bo‘lish uchun imkon beradi» deydi.
    Mamlakatimizning ushbu dasturdagi hamkorligini yaxshilash maqsadida, shuningdek, NATOga a’zo mamlakatlaming boy tajri- basidan yanada ko‘proq foydalanish uchun 0‘zbekiston bilan NATO o‘rtasida mintaqaviy xavfsizlik sohasidagi bir qancha muhim huj- jatlar imzolandi. Prezentatsiya (taqdimot) hujjatlar shular jumlasi- dandir. Bu hujjatda 0‘zbekiston Respublikasining siyosiy va harbiy sohalarida sherikchilik jihatlarini rivojlantirish borasidagi maqsad- lari hamda ulami amalga oshirish chora-tadbirlari bayon etilgan. Bu tadbirlar tizimiga axborot ayirboshlash chog‘ida xavfsizlik rejim- lari to‘g‘risidagi bitim, xatti-harakat kodeksi, Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti (NATO)ga a’zo mamlakatlar bilan «Tinchlik yo‘lidagi hamkorlik» Dasturiga a’zo mamlakatlar o‘rtasida, ulaming Qurolli Kuchlari maqomi to‘g‘risidagi shartnoma, 0‘zbekiston bilan NATO o‘rtasidagi sheriklikning yakka tartibdagi dasturi kiradi.
    0‘zbekiston bilan NATO mana shu bitimlar hamda dasturlami bajara borib, bir qancha tashkiliy va amaliy tadbirlami ro‘yobga chi- qardilar, bir-birlariga vakillar yuborib, tinchlik o‘matish mashqlarida ishtirok etdilar.
    Masalan, NATOning ilmiy qo‘mitasi o‘zbek olimlari tomoni­dan ishlab chiqilgan ilmiy dasturlaming loyihalariga grantlar berdi. Q‘zbekistonning harbiy bo‘linmalari 1995-96-yillarda AQSH hudu­dida «Tinchlik yo‘lidagi hamkorlik» Dasturi bo‘yicha «Kooperativ Nagget-95», «Kooperativ Osprey-96» degan shartli nomlar ostida amalga oshirilgan insonparvarlik va tinchlik o‘matish mashqlari chog‘ida qo‘shma mashqlami o‘tkazishda ishtirok etdi. 1996-yilning sentabrida 0‘zbekiston hududida AQSH harbiy bo‘linmalarining ishtiroki bilan «Ultra Balans-96» mashqlari o‘tkazildi. Bunday mashqlar 1997, 1998, 1999-yillarda ham amalga oshirildi.
    Mana shu mashqlarda qatnashgan 0‘zbekiston Qurolli Kuch­lari vakillari yuksak professional tayyorgarligini, harbiy qasam- yodga sodiqligini, vatanparvarlik, intizom va uyushqoqlikni namo- yish etdilar.
    Vashingtonda NATOning 50 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirda 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov ta’kid- laganidek, «O‘zbekiston NATO munosabatlarining asl mohi­yati - davlatimizning xavfsizligini va tinchligini ta’minlash, qolaversa mintaqada barqarorlikni qaror toptirish uchun shart-sfiaroitni imkon qadar kengaytirish va mustahkamlash- dan iborat».
    Konstitutsiyaga asosan 0‘zbekiston Respublikasining siyo­siy maqsadi insonparvar demokratik huquqiy davlat yaratishdir, 0‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlaming to‘la huquqli subyektidir va uning tashqi siyosati davlatlaming suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralaming daxlsizligi, nizolami tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlaming ichki ishlariga aralashmaslik va xalqaro huquqning umume’tirof etil­gan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi.
    0‘zbekiston shu paytgacha, dunyoning barcha mamlakatlari, qit’alari va mintaqalari bilan o‘z munosabatlarini, bu mamlakatlar- ning ustqurtmasi qanday bo'lishidan qat’i nazar, faqat xalqaro hu­quqning barcha tan olgan qoida va mezonlari asosida qurib keldi va bundan keyin ham shu yo‘ldan boradi.
    0‘zbekiston xalqaro munosabatlarda tinchliksevar yo‘ldan bo- rib, o‘z zimmasiga fuqarolarining hayoti va qadr-qimmatini himoya qilish vazifasini yuklab, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Usta- viga binoan o‘zini mudofaa qilish huquqini amalga oshira borib, 0‘zbekiston Respublikasining «Mudofaa to‘g‘risida»gi Qonuniga asosan yetarli zamriyat miqyosida o‘zining harbiy salohiyati va mu­dofaa qobiliyatini ta’minlamoqda.
    0‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosati va harbiy strategiya- siga asos solingan bu qoidalar ilk bor 1991-yil avgust oyida qabul qilingan «0‘zbekiston Respublikasining davlat Mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi Qonunda va Oliy Kengashning «0‘zbekiston Respub­likasining davlat Mustaqilligi to‘g‘risida»gi Bayonotida o‘z aksini topdi.
    Keyinchalik, 0‘zbekiston Respublikasining harbiy strategiyasi, 0‘zbekiston Respublikasi «Mudofaa to‘g‘risida»gi qonunida ken- gaytirildi va unga aniqlik kiritildi. Ushbu qonunda davlatni mudofaa qilishning maqsad va vazifalari, harbiy doktrinaning yo‘nalishlari hamda davlat hokimiyati va fuqarolaming 0‘zbekiston Respublika­sining mudofaa qobiliyatini ta’minlashning tashkiliy, boshqaruv, hu­quq va majburiyatlari asoslari aniq belgilab berildi.
    Harbiy strategiyaning huquqiy rivoji va uning asosiy me’yor hamda qoidalarini mustahkamlashga 0‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi muhim hissa qo‘shdi. Davlatimizning asosiy qonu­nida fuqarolaming qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqo- bil xizmatni o‘tashi majburiyligi, mamlakat Prezidentiga Respublika Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh Qo‘mondonlik vazifasi yuklatil- ganligi normativ jihatdan mustahkamlangan. Konstitutsiyamizning «Mudofaa va xavfsizlik» nomli maxsus bobida 0‘zbekiston QurolliKuchlarini tashkil etish va faoliyatining asosiy masalalari Konstitu- tsion ravishda tartibga solingan.
    Davlat harbiy strategiyasi shakllanishi va aniq yo‘nalishlarini belgilashda 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining I sessiyasi muhim hissa qo‘shdi. Bu sessiyada mamlakatimiz Prezidenti I. Ka­rimov tomonidan birinchi marta milliy xavfsizlikning eng muhim (asosiy) to‘qqiz tamoyili shakllantirib berildi. 0‘zbekistonning jahon hamjamiyati va davlatlararo xavfsizlik tizimida faoliyati, davlatlar- aro bitimlar mustahkam tizimini yaratish va unga so‘zsiz amal qilish, tashqi siyosatni mafkuradan to‘la xoli etish, qo‘shilmaslik harakati- da hamda MDH davlatlarining kollektiv xavfsizlik tizimida ishtirok etish, Markaziy Osiyo davlatlari bilan har tomonlama o‘zaro ham- korlikni chuqurlashtirish, milliy xavfsizlik tizimini yaratish hamda jamiyatning ijtimoiy-ruhiy, ma’naviy axloqiy, madaniy va tarixiy ildizlariga tayanish shular jumlasidandir.
    0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ta’riflab beril- gan milliy xavfsizlik tamoyillari davlatimiz harbiy strategiyasining huquqiy asosini yakunlovchi hujjat bo‘lmish harbiy doktrina asosini (negizini) tashkil etdi.
    Shuni alohida ta’kidlash kerakki, harbiy doktrina hatto sobiq Sovet Ittifoqida ham yo‘q edi. Bu 0‘zbekiston harbiy siyosatining huquqiy asosini, strategik maqsad va g‘oyalarini ko‘rsatadi.
    Yosh suveren davlat bo‘lmish 0‘zbekiston o‘zining Mustaqillik yillari mobaynida tashqi siyosat, davlatlararo munosabatlar, urush va tinchlik muammolarining prinsipial yangi nuqtayi nazari va masala- lariga tayanadigan, milliy xavfsizlikning umumdavlat konsepsiyasi- ning tarkibiy qismi bo‘lgan hamda mamlakataing mudofaa siyosatini asosini tashkil etgan harbiy Doktrinani ishlab chiqdi va 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi sessiyasida 1995-yil 30-avgustda qabul qilindi.
    Harbiy Doktrina harbiy qurilishning asosi, harbiy sohani isloh qilish va harbiy-texnik siyosat istiqbollarini ishlab chiqish hamda harbiy bilim, harbiy san’at va ofitser kadrlarni tayyorlashni yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab berdi.
    Oldiga qo‘yilgan vazifalarga ko‘ra mamlakat harbiy Doktrinasi- ning mazmuni va strukturasi aniqlandi. U o‘z ichiga umumiy qoida- lar, siyosiy va harbiy-tashkiliy aspektlar hamda harbiy doktrinaning huquqiy asoslarini oladi. Harbiy doktrinada davlatning o‘z fuqarolari hayoti va qadr-qimmatini himoya qilish, mudofaa qilish huquqini amalga oshirish bo‘yicha asosiy maqsad va vazifalari aniq tavsiflab berilgan.0‘zbekiston Respublikasi xalqaro va davlatlararo mojarolar- ni urush yo‘li bilan hal etishga qat’iy ravishda qarshi chiqadi va o‘zining tashqi siyosat faoliyatida harbiy nizolar hamda qarama- qarshiliklaming kelib chiqish sabablarini bartaraf etuvchi yoki yo‘l qo‘yilmaydigan, xavfning oldini olish diplomatiyasi usullari yorda- mida dunyo hamjamiyatining davlatlari o‘rtasidagi harbiy nizo­lar oldini olish masalalarini bosh vazifa, deb biladi. Bu vazifalar 0‘zbekiston Respublikasining qonuniy va me’yoriy hujjatlarida mustahkamlangan.
    0‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatida urush va harbiy ni- zolaming oldini olishni o‘zining bosh strategik yo‘nalishi, deb qabul qilib, hech qanday harbiy blokka kirmaslik, agressiyadan tashqari o‘z Qurolli Kuchlarini boshqa davlatlarga qarshi qo‘llamaslik, hech kimni o‘z dushmani deb qaramaslik va yadrosizlikning uch tamoyili- ga amal qilish majburiyatini oldi.
    0‘zbekiston Respublikasi o‘zining xalqaro faoliyatida urush- ning oldini olish bo‘yicha keng qamrovli choralar ko‘rish lozim, deb hisoblaydi. BMT mavqeyini oshirish, faol integratsiyalanish, yadro qurolini sinashni butkul to‘xtatish, kimyo qurolini yo‘q qilish, Markaziy Osiyo hududini yadrosiz mintaqa, deb e’lon qilish, aqida- parastlikka, ekstremizmga, terrorizmga barham berish va boshqalar shular jumlasidandir.
    Harbiy Doktrinada Markaziy Osiyo mintaqasining o‘ziga xos xususiyatlari, harbiy xavfning potensial manbalari, zamonaviy urushiarning xarakter va oqibatlari, harbiy-strategik bosh vazifalari, Qurolli Kuchlami qurish va qo‘llashning tamoyillari hamda respub­lika iqtisodiyoti, hududi va aholisini mudofaaga tayyorlashning mo- hiyatlari ochib berilgan.
    Amaldagi 0‘zbekiston Respublikasi harbiy doktrinasining aso- siy g‘oyalarini rivojlantira borib, keyingi besh yilda dunyoda, min­taqada va mamlakatda ro‘y berayotgan geopolitik vaziyatni hisobga olgan holda 0‘zbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi ish­lab chiqildi va qabul qilindi.
    Uni ishlab chiqishda va qabul qilishda alohida geopolitik o‘rin egallab turgan Markaziy Osiyo mintaqasining hozirgi paytda xal­qaro terrorchilik, diniy ekstremizm va aqidaparastlikni yoyishga, mintaqadagi mamlakatlami o‘zlari tanlagan demokratik taraqqiyot yo‘lidan qaytarishga urinayotgan ekstremistik kuchlar va diversion- qo‘poruvchi markazlaming o‘ta manfaatdor obyektiga aylanayotgani hisobga olingan. Narkobiznes va g‘ayriqonuniy qurol-aslaha savdo- si ko‘lamining kengayayotgani xavfsizlikka jiddiy tahdid solmoqda.
    Bunday sharoitda davlatning eng muhim vazifasi - Mudofaa vazirli­gi, chegara va ichki qo‘shinlaming tezkor, zamonaviy qurol-aslahaga ega, professional jihatdan yaxshi tayyorlangan birlashma va qismla- rini tashkil etish, mamlakatning yagona himoya va mudofaa tizimini, barcha qo‘shin turlari va harbiy bo‘linmalari, huquq-tartibot idora­lari o‘zaro hamkorligining samarali mexanizmini shakllantirishdan iborat.
    0‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizligi konsepsiyasining prinsipial o‘rinlariga, mamlakat va mintaqaning xavfsizligi, tinchligi va barqarorligiga tahdid solayotgan kuchlami chuqur o‘rganishga asoslangan holda Mudofaa doktrinasi harbiy qurilish, ishonchli mu- dofaani, davlaming hududiy yaxlitligi va xavfsizligini ta’minlashga doir asosiy tamoyillami belgilab beradi.
    Qabul qilingan doktrina mutlaqo mudofaaviy xususiyatga ega bo‘lib, 0‘zbekiston Respublikasining tinchlikparvar siyosati ifo- dasidir. Doktrinada umumiy xavfsizlik tamoyilidan kelib chiqqan holda, Markaziy Osiyo davlatlarining mintaqada tinchlik va barqa­rorlikni saqlash borasidagi sa’y-harakatlami birlashtirish zarurligi ta’kidlanadi.
    Doktrinada vazirlik va idoralar, davlat va nodavlat tashkilotlari va muassasalaming mamlakat mudofaa salohiyatini ta’minlash bo­rasidagi o‘mi va ma’suliyati belgilab berilgan. Doktrina qoidalari- ni amalga oshirish Vatanimizning har bir fuqarosi uchun muqaddas burchdir.

    1. yilning fevralida Toshkentda sodir bo‘lgan fojea, so‘ngra Qirg‘iziston janubida, Buxoro va Andijonda sodir bo‘lgan voqealar xalqimizning tinch hayotini ko‘ra olmaydigan kuchlar borligini va ular O‘zbekistonni tanlagan yo‘lidan qaytarish uchun har qanday qa- bohatga tayyor ekanligini ko‘rsatdi. Mustaqil 0‘zbekiston posbonlari bo‘lgan Qurolli Kuchlar askarlari mana shu og‘ir kunlarda o‘zlarini jasur va matonatli Vatan himoyachilari sifatida ko‘rsatdilar.

    Sarhadlarimiz daxlsizligini saqlash, yurt osoyishtaligini ishonchli himoya qilish ma’naviy yuksak, jismonan baquvvat askarlar va zamonaviy qurol-aslaha bilan ta’minlangan professional armiyaga bog‘liq. Istiqlol davrida shakllangan Qurolli kuchlarimiz bugun sobiq ittifoq davridagi armiyadan keskin farq qiladi. Endilik- da Qurolli Kuchlar safida xizmat qilayotgan yigit yagona Vatan - ona 0‘zbekiston uchun, uning osoyishtaligi yo‘lida o‘z burchini ado etayotganini yaxshi anglaydi. Ayni paytda muddatli harbiy xizmatga chaqiriluvchi yoshlar katta tanlovdan o‘tib, ular orasidan eng saralari tanlab olinmoqda. Tabiiyki, Qurolli Kuchlaming mudofaa salohi- yatini oshirish, har qanday sharoitda mashaqqatli vaziyatdan sha- raf bilan chiqish harbiylardan nafaqat jismoniy tayyorgarlikni, bal­ki yuksak aql-idrok, intellektul salohiyatni ham talab etadi. Hozir Qurolli Kuchlami barpo etish va tashkil etishning mutlaqo yangi konsepsiyasiga amal qilinmoqda. Muddatli harbiy xizmat bir yil- gacha qisqardi, har tomonlama ta’minlangan nufuzli serjantlar mak- tabining faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Amalda o‘zini oqlagan, saflarida ming-minglab yoshlarimiz o‘z yigitlik burchini o‘tayotgan safarbar- lik chaqiruv rezervi xizmati tashkil etildi. Eski nomaqbul kazarma muhitiga barham berildi. Muddatli va kontrakt xizmati, ofitserlik va qo‘mondonlik tarkibi xizmatlarining o‘ziga xos jihatlarini hisobga olgan holda harbiy xizmatchilaming yashash va dam olishlari uchun munosib sharoitlar yaratilmoqda.
    Mamlakatning barcha hududlarida harbiy qismlar askarlari turli qurollardan foydalanish, zirhli va g‘ildirakli jangovar texnikalami boshqarish, kompyuter trenajyorlardan foydalanish sirlarini mukam- mal egallashmoqda. Harbiy tayyorgarlik jarayonini ilg‘or texnik va texnologik vositada yangicha uslublar asosida tashkil etish, intellek- tual mezonlar va yo‘nalishlami takomillashtirish izchil davom etti- rilmoqda.

    • Bugungi Qurolli Kuchlar o‘n besh yil awalgi armiyadan qan­day jihatlarga ko‘ra farqlanadi?

    Yuqoridagilami umumlashtirib, shuni aytish kerakki, istiqlol yil­larida Qurolli Kuchlarimiz sohasida chuqur islohotlar amalga oshi­rildi. Mamlakatimiz rahbariyati harbiy sohada islohotlar o‘tkazishda asosiy omilni hisobga oldi. Ulardan birinchisi, Qurolli Kuchlaming texnikaviy jihatdan yaxshi ta’minlanishi hamda boshqaruvning ishonchli vositasiga ega bo‘lishidir. Ya’ni son jihatdan uncha ko‘p bo‘lmagan, ammo samaradorligi yuksak milliy armiyani shakllanti- rish maqsad qilib olingan.

    Download 57,25 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   164




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish