Uchinchi kitob


Qurolli Kuchlar - xavfsizlik tayanchi



Download 57,25 Mb.
bet71/164
Sana09.07.2022
Hajmi57,25 Mb.
#761542
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   164
Bog'liq
НАРЗУЛЛА ЖЎРАЕВ O\'zbekiston tarixi 3 kitob Milliy Istiqlol davri

Qurolli Kuchlar - xavfsizlik tayanchi

0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov aytgani- dek: «Atrofimizdagi notinch dunyoda do‘stlarimiz bor, lekin O‘zbekistonni o‘z ta’siri doirasiga kiritishni xohlaydiganlar ham yo‘q emas. Buning uchun ular barcha nayranglardan, qolaversa, harbiy kuchdan ham foydalanishlari mumkin. Shu sababli biz- iting yaxshi tayyorlangan va qurollangan, istiqlolimiz va chega- ralarimizni himoya qilishga qodir armiyamiz boMishi kerak!».
Tarixdan ma’lumki, har qanday mamlakat, har qanday xalq o‘z sarhadlarini, o‘z xavfsizligini, o‘z aholisini, oila, ayol va onalar- ning tinch va osoyishta hayotini himoya qila olmas ekan, uni tom ma’noda davlat, deb atab bo‘lmaydi.
Butun tarixiy o‘tmishimiz, ajdodlarimiz o‘gitlari shundan dalo- lat beradiki, o‘z hududiy yaxlitligi va mustaqilligini kafolatlay olgan mamlakatgina gullab-yashnaydi.
Sohibqiron Amir Temur bobomizning: «Askarlari baquwat el qudratli bo‘lur, qudratli elning askarlari baquwat bo‘lur», - degan so‘zlarida teran ma’no mujassam. Xalqimizning qadimiy va boy ta- rixiga To‘maris, Spitamen, Muqanna, Temurmalik, Jaloliddin Man- guberdi, Sohibqiron Amir Temur kabi o‘nlab sarkardalaming nomla- ri zarhal harflar bilan bitilgan. 0‘zining mana shunday buyuk tarixi va ajdodlariga munosib voris bo‘lgan xalq mamlakat xavfsizligini ta’minlashga qodir armiyani yarata olishi tabiiydir.
Shu boisdan, 0‘zbekiston davlat mustaqilligiga erishgach, 0‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etildi. 0‘zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, fu- qarolaming Konstitutsiyaviy huquq va erkinligini himoya qilish maqsadida Mudofaa ishlari vazirligi va Milliy gvardiyani tuzish zarur ekanligi dastlab Oliy Kengashning 1991-yil 31-avgustda qa­bul qilingan «0‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida»gi bayonotida ko‘rsatilgan. Bu bayonot xuddi shu kuni qabul qilingan «0‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonunda huquqiy jihatdan mustahkamlangan. Qonunda suveren respublikaning Mudofaa ishlari vazirligi hamda Milliy gvardiyani tuzish huquqi bilan birga muqo- bil xizmatni tashkil qilish, shuningdek, 0‘zbekiston hududida joy- lashtirilgan sobiq SSSR Qurolli Kuchlarini boshqarish masalalarida harbiy siyosatni amalga oshirish huquqi ko‘zda tutilgan edi. Ushbu hujjatlar 0‘zbekiston Respublikasining o‘z Qurolli Kuchlarini tuzi- shida huquqiy asos bo‘ldi.
«0‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonunni bajarish yuzasidan 0‘zbe- kiston Respublikasi Prezidentining 1991-yil 6-sentabrdagi Farmoni- ga asosan Mudofaa ishlari vazirligi tashkil qilindi.
Mudofaa vazirligi Bosh shtabi va boshqarmasi hamda ulaming joylardagi quyi bo‘linmalari tuzildi.
Mudofaa vazirligi zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatildi:

  • harbiy safarbarlik tadbirlari;

  • Milliy gvardiya tuzish va ta’lim berish;

  • fuqarolar mudofaasini amalga oshirish;

  • harbiy bilim yurtlarini komplektlash;

  • oliy o‘quv yurtlaridagi harbiy kafedralar va muntazam harbiy tayyorgarlik maktablarini boshqarish;

  • muqobil xizmatni tashkil qilish;

  • urush qatnashchilari va baynalminalchi jangchilar bilan ish- lash;

  • harbiy xizmatga chaqirish, qo‘shinlami joylashtirish, harbiy mashqlar o‘tkazishni muvofiqlashtirish, qo‘shin va harbiy obyektlar- ni yangi joyga ko'chirib joylashtirish;

  • harbiy xizmatchilar va ulaming oila a’zolarini huquqiy va ijti­moiy himoya qilish;

  • yoshlami harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va hoka- zolar.

Ittifoq inqirozga yuz tutayotgan bir paytda va mustaqil suveren davlatimiz qurilishining dastlabki bosqichlarida Mudofaa ishlari va- zirligining tashkil qilinishi 0‘zbekiston Respublikasi hududida dav­lat harbiy tizimi barbod bo‘lishining oldini oldi va boshqa davlatlar hududida xizmat qilayotgan 0‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ijti­moiy himoya qilinishini ta’minladi.
0‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining vujudga ke- lishida 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 14- yanvardagi Qarori katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Ushbu Qarorga muvofiq, mamlakat hududida joylashgan sobiq Ittifoq Qurolli kuch­larining barcha qismlari, qo‘shilmalari, harbiy o‘quv yurtlari, muas- sasa va tashkilotlari 0‘zbekiston Respublikasi tasarrufiga olindi, ular moddiy-texnika va mablag‘ bilan ta’minlanadigan boldi. Shu tarz­da mustaqil mamlakat Qurolli Kuchlarini barpo etishning dastlabki tashkiliy davri yakunlandi. 1993-yil 29-dekabrdagi 0‘zbekiston Res­publikasi Qonuniga muvofiq 14 yanvar «Vatan himoyachilari kuni», deb e’lon qilindi.
Respublika tasarrufiga olingan harbiy tuzilmalarga rahbarlik qi­lish Mudofaa ishlari vazirligiga yuklatildi.
0‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 3-iyulda bo‘lib o‘tgan 12-chaqiriq 10-sessiyasi mamlakat Qurolli Kuchlari tizimini takomillashtirishda muhim voqea bo‘ldi. Sessiyada «Mu­dofaa to‘g‘risida», «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida» va «Muqobil xizmat to‘g‘risida» muhim qonunlar, shu­ningdek, harbiy qasamyodning yangi matni va qasamyod qildirish tartibi qabul qilindi. Mustaqil 0‘zbekiston Qurolli Kuchlarining boshqaruvini yanada takomillashtirish maqsadida 0‘zbekiston Res­publikasi Prezidentining Farmoniga binoan Mudofaa ishlari vazirligi 0‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga aylantirildi.
0‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining huquqiy ba- zasini yaratishdagi birinchi bosqichning yakunlanishi 1992-yil 8-dekabrda bo‘lib o‘tgan 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi- ning 11-sessiyasiga to‘g‘ri keldi. Bu sessiyada davlatning Asosiy qonuni - 0‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qi­lindi. Konstitutsiyaning 26-bobi mudofaa va xavfsizlik masalalari- ga bag‘ishlangan. Konstitutsiyaning 125-moddasida «0‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari 0‘zbekiston Respublikasining dav­lat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi. Qurolli Kuchlaming tu- zilishi va ulami tashkil etish qonun bilan belgilanadi», deyilgan. Shuningdek, shu bobning 126-moddasida «0‘zbekiston Respublikasi o‘z xavfsizligini ta’minlash uchun yetarli darajada qurolli kuchlarga ega», deb ko‘rsatilgan.
Harbiy sohadagi davlatimiz tashqi siyosatining asosiy yo‘na- lishlari 1996-yil 26-dekabrda qabul qilingan «0‘zbekiston Respub­likasi tashqi siyosati faoliyatining asosiy tamoyillari» haqidagi Qo- nunda mujassamlangan.
Bu qonunda «0‘zbekiston hech qanday harbiy-siyosiy bloklarda ishtirok etmaydi va harbiy-siyosiy blokka transformatsiya qilingan vaqtda har qanday xalqaro tashkilotlardan chiqish huquqini o‘z ixti- yorida qoldiradi», deb qonuniy rasmiylashtirgan. Qonunning ahami­yati va kerakliligi yaqqol ko‘rinib turibdi. Bu qonun 0‘zbekistonning tinchliksevar siyosatini, uning dunyo hamjamiyatida integratsiyaga intilishini yana bir bor ko‘rsatmoqda.
Qurolli Kuchlaming huquqiy asoslarini yanada rivoj lantirishda

  1. yil 29-avgustda tasdiqlangan «0‘zbekiston Respublikasining Milliy xavfsizligi konsepsiyasi» haqidagi 0‘zbekiston Respublikasi qonuni alohida ahamiyatga egadir.

Bu konsepsiyada diniy ekstremizm, millatiararo va etnik ziddiyatlaming kuchayishi, qurollaming, jumladan yadro quroli- ning tarqalishi, xalqaro terrorizm, uyushgan jinoyatchilikning avj olishi, narkotik moddalaming tarqalishi hamda ekologik tanazzul ko‘rinishidagi mintaqaviy va yalpi tahdid mavjudligi ta’kidla- nadi.
Yuqoridagilami hisobga olgan holda, Konsepsiya davlat- ning muhim vazifalaridan biri - milliy xavfsizlikning samarali ti- zimini yaratish, 0‘zbekistonning mintaqaviy va yalpi xavfsizlikni ta’minlovchi kollektiv hamkorlik tizimiga kirishini taqozo etadi.
0‘zbekiston Qurolli Kuchlarining eng muhim vazifalari mil­liy harbiy mutaxassislami tayyorlash va armiyani texnik jihatdan jihozlashdan iborat. Ana shulardan kelib chiqib, so‘nggi paytlar- da 0‘zbekistonda Qurolli Kuchlar uchun yuksak malakali ofitser- lar tayyorlaydigan bir qancha harbiy o‘quv yurtlari tashkil etildi. Armiyani texnik jihatdan jihozlashni mustahkamlash chora-tadbirlari ko‘rilmoqda. Zotan, hukumat «Iqtisodiy qiyinchiliklarga qaramay, bundan keyin ham harbiy salohiyatni ta’minlash uchun - zarur mablag‘ ajratishni davom ettiraveradi».
0‘zbekiston Qurolli Kuchlari qat’iy, bosqichma-bosqich reja asosida, tasdiqlangan dasturga muvofiq shakllana bordi. U mamlaka­timiz davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini mustahkam himo­ya qilinishini ta’minlaydigan darajada kuch-qudratga ega.
0‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari o‘z faoliyatini:

  • qonun ustunligi;

  • markazlashgan boshqaruv va yakkaboshchilik;

  • doimiy jangovar va safarbar holatdagi tayyorgarlik;

  • fuqarolarning umumiy harbiy majburiyati;

  • kollektiv xavfsizlik tizimini barpo qilish;

  • harbiy intizomga rioya qilish;

  • Download 57,25 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish