Uchinchi kitob



Download 57,25 Mb.
bet79/164
Sana09.07.2022
Hajmi57,25 Mb.
#761542
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   164
Bog'liq
НАРЗУЛЛА ЖЎРАЕВ O\'zbekiston tarixi 3 kitob Milliy Istiqlol davri

Ikkinchidan, biznes, xususiy biznesni yanada rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratish, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini kamaytirib borish;
Uchinchidan, investitsiyalami jalb qilish borasidagi ishlami yanada kuchaytirish;
To‘rtinchidan, aholi ish haqi va turmush darajasini muttasil oshirib borish;
Beshinchidan, xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish yo‘li bilan aholi bandligi masalalarini hal qilish;
Oltinchidan, bank-moliya tizimidagi islohotlami yanada chu­qurlashtirish va kengaytirish;
Yettinchidan, kommunai tizim sohasidagi islohotlami yanada chuqurlashtirishdan iborat, deb belgilab berildi.
Umuman, o‘tgan davr mobaynida milliy iqtisodiyotni shakllan- tirish va uni tubdan isloh qilish mamlakatimiz mustaqil taraqqiyoti- ning eng muhim omili va asosini tashkil etganini alohida ta’kidlash zarur. Bu borada, awalo respublika va aholi ehtiyoj ini, birinchi nav­batda yoqilg‘i-energetika resurslari, iste’mol va oziq-ovqat mahsu- lotlariga bo‘lgan talabni ishonchli tarzda qondirishdek dolzarb hayo­tiy vazifa turar edi.
Mustaqillikning dastlabki kunidanoq, yurtimizda yoqilg‘i- energetika va g‘alla mustaqilligiga erishish muhim strategik vazifa sifatida kun tartibiga qo‘yildi. Bu o‘rinda awalo, nefl va gaz kon- densati bo‘yicha aniqlangan ulkan sanoat zaxiralariga ega bo‘lganiga qaramasdan, ilgari iqtisodiyot tarmoqlari va aholi ehtiyoj ini qondi- rish uchun yiliga 6-7 million tonna neft va neft mahsulotlarini chet- dan keltirish va buning uchun katta miqdordagi valyuta resurslarini sarflashga majbur bo‘lar edi.
Bu jiddiy muammoni hal etish maqsadida qisqa fursat ichida 0‘zbekistondagi uglevodorod xomashyosini qazib olish va qayta ishlash bo‘yicha maqsadli dasturlar qayta ishlab chiqildi va amalga oshirildi. Yangi neft-gaz konlarini aniqlash, neft va tabiiy gazni qa­zib olish uchun zarur bo‘lgan investitsiyalar topildi, jumladan, xorij sarmoyasi jalb etildi. Buxoroda neftni qayta ishlaydigan yangi za­monaviy zavod barpo qilindi. Farg‘ona va Oltiariqdagi neftni qayta ishlash zavodlari modemizatsiya va rekonstruksiya qilindi, ulaming barqaror va ishonchli faoliyat ko‘rsatishi uchun shart-sharoit yara- tildi.
Shuningdek, o‘zining ishlab chiqarish va iqtisodiy salohiyati- ga ko‘ra o‘xshashi bo‘lmagan Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi kabi noyob inshoot barpo etildi. Ushbu korxonada tayyorlanayotgan su- yultirilgan gaz, turli markadagi polietilen va boshqa mahsulotlarga nafaqat mamlakatimiz, balki chet ellarda ham talab katta ekanini qayt etish lozim.
Mustaqillik yillarida ana shunday yirik korxonalaming qurilishi va rekonstruksiya qilinishi natijasida hozirgi vaqtda yurtimizda neft mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 1990-yilga nisbatan 3 barobar ortdi. Bugungi kunda 0‘zbekiston bu borada mamlakatning va aho­lining o‘sib borayotgan ehtiyoj larini ta’minlash bilan birga, eksport hajmini ham ko‘paytirishga erishdi.
Asaka va Samarqand shaharlarida avtomobil zavodlari barpo etilgani tufayli mustaqillik yillarida avtomobillar soni keskin oshdi va har yuz oilaning avtomobil bilan ta’minlanish darajasi 6 barobar o‘sdi. 0‘z-o‘zidan ayonki, respublikamizda benzin va yoqilg‘i moy- lash mahsulotlariga bo‘lgan talab ham shunga mos ravishda о‘sib bormoqda.Aynan neft va neft mahsulotlari ishlab chiqarishni oshirish hi- sobiga bugun respublikamizning rivojlanayotgan sanoati va aholi­ning keskin о‘sib borayotgan mana shunday talab va ehtiyoj larini ta’minlashga erishilmoqda.

  1. yil 9-fevral kuni Vazirlar Mahkamasida 2007-yilda res- publikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2008-yilda islohotlami yanada chuqurlashtirishning ustuvor vazifalarini belgilab olishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘ldi.

Unda Prezident I. Karimov shu mavzuda ma’mza qildi. Majlis- da qayd qilindiki, 2007-yilda iqtisodiyotning yuqori barqaror o‘sish sur’atlari va makroiqtisodiy barqarorligi ta’minlandi, iqtisodiyotai tarkibiy o‘zgartirish, ishlab chiqarishni modemizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash ishlari davom ettirildi. Mamlakat­ning yalpi ichki mahsuloti 9,5 foizga o‘sdi, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmining o‘sish sur’atlari 12,1 foizni, qishloq xo‘jaligi bo‘yicha - 6,1 foizni, qurilish ishlari bo‘yicha - 15,7 foizni, chakana tovar aylanmasi bo‘yicha - 21,0 foizni, pullik xizmatlari ko‘rsatish bo'yicha - 20,6 foizni tashkil qildi. Davlat budjeti profitsit bilan ijro etildi, inflatsiya darajasi tasdiqlangan prognoz ko‘rsatkichdan osh- madi.
Qishloq xo‘jaligini isloh qilish bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan ishlar natijasida fermer xo‘jaliklari qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining asosiy shakliga aylandi. Qishloq bozor infra- tuzilmasi amalda yangidan barpo etildi, qishloq xo‘jaligi ishlab chi- qarishini tashkil etish va rag‘batlantirish sifat jihatdan yangi tamo- yillar asosida olib borildi, tarmoqni boshqarish tamoyillari va tizimi o‘zgarmoqda.
Shuningdek, quyidagilar 2008-yilda mamlakatni ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim ustuvor vazifala­ri etib belgilandi:

  • makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyotni o‘stirishning bar­qaror va muvozanatlashgan sur’atlarini ta’minlash, jalb qilinadigan xorijiy investitsiyalami, eng awalo to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy inves- titsiyalami ko‘paytirish hisobiga tarkibiy o‘zgarishlami, iqtisodiyot­ning yetakchi tarmoqlarini modemizatsiya qilish va yangilashni da­vom ettirish;

  • islohotlami chuqurlashtirish va iqtisodiyotni, soliq-budjet si- yosatini yanada erkinlashtirish, bozor infratuzilmasini jadal rivojlan­tirish;

  • aholining ish bilan bandligini yaxshilash va farovonligini oshi- rishning eng muhim yo‘nalishi sifatida kichik biznes va xususiy tad- birkorlikni, xizmatlar ko‘rsatish sohasi va kasanachilikni rivoj lanti- rishni qo‘llab-quwatlash va rag‘batlantirish;

  • sug‘oriladigan yerlaming meliorativ holatini yaxshilash va unumdorligini oshirishni ta’minlash;

  • Yoshlar yili Davlat Dasturini bajarish chora-tadbirlarini amal­ga oshirish.

Butun Dastuming va mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yo‘nalishlarining markaziga eng muhim ustuvor vazifa - inson man- faatlari ustuvorligi qo‘yildi.


  1. Download 57,25 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish