Makroiqtisodiy vaziyatdagi o‘zgarishlar
Islohotlaming jo‘shqin rivojlanishi tufayli muayyan ijobiy makroiqtisodiy va ijtimoiy o‘zgarishlar ro‘y berdi.
Yalpi ichki mahsulot hajmlarining pasayishi sur’atlari kamaydi. Chakana tovar aylanishi hajmi 8 foiz kamayganiga qaramay,
yilda sanoat mahsulotlari va iste’mol mollari ishlab chiqarish nisbatan barqaror bo‘ldi. Iqtisodiyotning eng yirik sektori bo‘lgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish 2,3 foiz oshdi. Eksport ancha, deyarli 16 foiz ko‘paydi va birinchi marta savdo balansida ijobiy saldoni ta’minladi.
1996-yilda 1994-yilga nisbatan pulning qadrsizlanish jara- yonlari keskin ravishda, 3,7 baravar kamayib, asta-sekin moliya- viy barqarorlik va aholi real daromadlarining oshishini ta’minladi. Agar 1995-yilning birinchi choragidagi pul qadrsizlanishining o‘rtacha oylik darajasi 11 foizni tashkil etgan bo‘lsa, uchinchi chorakda u faqat 6 foiz bo‘ldi. Yil oxiriga borib u yana birmun- cha oshgan bo‘lishiga qaramay, 1994-yil darajasidan ancha past bo‘ldi.
Pul qadrsizlanishining kamayishi natijasida aholining real ish haqi va real daromadlari oshdi.
Investitsiya faoliyati faollashib, aholi bandligining qo‘shimcha oshishini ta’minladi. 1995-yilda islohotlar boshlangandan keyin birinchi marta investitsiyalar hajmi oshdi.
To‘lov balansining sezilarli yaxshilanishiga erishildi, u milliy valuta kursining mustahkamlanishiga va uning qisman ichki konver- tatsiyalanishini joriy etishga ta’sir ko‘rsatdi.
Iqtisodiyot tarmoqlari strukturasida qayta qurish jarayonla- ri sezilarli bo‘lib qoldi: ustun tarmoqlarga investitsiyalar hajmi ko‘paydi, baza tarmoqlari va yuqori texnologiyali tarmoqlar tezroq rivojlana boshladi.
Ichki ishlab chiqarishning oshishi asosida aholining go‘sht, mevalar, sabzavotlar kabi qimmatli oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish darajasi oshdi.
Noishlab chiqarish sohasi tarmoqlarida ish haqining ildamroq indeksatsiyalanishi hisobiga iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha o‘rtacha ish haqining ish tabaqalanishi birmuncha qisqardi.
Aholining 1992-yil 1-yanvargacha jamg‘arma banklar depo- zitlariga qo‘ygan pul omonatlarini 40 baravar indeksatsiyalash va 1996-yil 1-iyuldan boshlab bosqichma-bosqich to‘lash haqida qaror qabul qilindi.
16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga pul nafaqalarini ko‘paytirish haqida qaror qabul qilindi, bu oilalar, ayniqsa, ko‘p bolali oilalar daromadlarining oshishiga ko‘maklashadi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari soni ko‘paydi, ular aholining, ayniqsa, qishloq joylaridagi aholining mehnatini sarflash sohalarini ancha kengaytirish imkonini beradi, shuningdek, aholi daromadlarini ko‘paytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |