Uchinchi kitob


Mulohaza uchun dalil O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar



Download 57,25 Mb.
bet77/164
Sana09.07.2022
Hajmi57,25 Mb.
#761542
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   164
Bog'liq
НАРЗУЛЛА ЖЎРАЕВ O\'zbekiston tarixi 3 kitob Milliy Istiqlol davri

Mulohaza uchun dalil O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar

  1. yilda bevosita xorijiy investitsiyalar mamlakat inves- titsiyalari umumiy hajmining bir foizdan kamrog‘ini tashkil etar- di. 1995-yilda ulaming salmog‘i 17 foizga ko‘paydi. Eng yirik xo­rijiy investorlar orasida Angliyaning «BAT indastriz end Lonro», Amerikaning «Nyumont Mayning», Janubiy Koreyaning «DEU» va boshqa kompaniyalar bor. Neft shu kabi va gazni tozalash, qay­ta ishlash va avtomobilsozlik investitsiyalar uchun ustun tarmoq hisoblanadi. Investitsiyalarning katta qismi yengil sanoatga, ya’ni to‘qimachilik, kiyim-kechak va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chi- qarishga yo‘llandi.

  • * *

yil davomida Qo‘ng‘irot soda zavodi, To‘palang GESi ish­ga tushirildi, «0‘zmetkombinat» aksiyadorlik ishlab chiqarish bir- lashmasidan mis va uning quyilmalaridan tasma lentalarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi, «Ko‘kdumaloq» qo‘shma korxonasida gazni qayta ishlash quwatining birinchi navbati foydalanishga top- shirildi, Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida gazni qismlarga aj- ratadigan qurilma, Gazli-Sarimoy gaz quvuri qurilishi, to‘qimachilik sanoatida esa 11 ta investitsiya loyihasi yakuniga yetkazildi, sanoat- ning qator yetakchi tarmoqlarida yirik investitsiya loyihalarini amal­ga oshirishga kirishildi.
Toshguzar - Boysun - Qumqo‘rg‘on temir yo‘li qurilishi, Tosh­kent issiqlik elektr stansiyasini modemizatsiya etish, Navoiy shah­ri aeroportini rekonstruksiya qilish, Rezaksoy va Hangaronsoy suv ombori hamda boshqa obyektlar birpo etish bilan bog‘liq yirik lo- yihalami amalga oshirish davom etmoqda. Aris-O‘zbekiston temir yo‘l tarmog‘i elektrlashtirildi. Yo‘lovchi tashish poyezdlarining yan­gi tezyurar yo‘nalishlari ishga tushirildi.
Yo‘l qurilishi dasturining amalga oshirilishi tufayli 2006-yilda xalqaro transport tarmog‘i tarkibiga kiradigan 130 kilometr avtomo- bil yo‘li rekonstruksiya qilindi, umumiy foydalanishda bo‘lgan 2400 kilometr yo‘l ta’mirlandi, 34 ta ko‘prik qurildi.
Umumiy qiymati 186 million dollar bo‘lgan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb etilgan xorijiy sarmoyalar ishtirokida 53 ta loyiha bo‘yicha mablag‘lami o‘zlashtirish yakunlanib, mahsulot ishlab chiqarish boshlandi. Jumladan, «0‘zbekyengilsanoat» davlat aksiyadorlik kompaniyasida - 11 ta, Aloqa va axborotlashtirish agentligida - 4 ta, «0‘zbekcharm-poyabzali» aksiyadorlik kompaniyasida - 2 ta va respublikamizning turli hududlarida 31 ta loyiha amalga oshi- rildi.
Hozirgi paytda respublikada xorijiy sarmoyadorlar taxminan 2 mlrd. AQSH dollari miqdorida sarmoya kiritgan 2000 ga yaqin xorijiy sarmoyali korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda. 0‘zbekiston iqtisodiyotiga sarmoya kiritgan eng yirik investorlar - Koreya, AQSH va Yevropa mamlakatlaridir. Bunda xorijiy sarmoyalaming umumiy hajmi ham (1998-yilda 78 mlrd. so‘mdan ortiq), ulaming umumiy kapital sarmoyalardagi ulushi ham - 1994-yildagi 7 foizdan 1998 yildagi 20 foizgacha oshib bormoqda.
Yaratilgan qulay imtiyoz va preferensiyalar tizimi tufayli 2006- yil holatiga iqtisodiyotimizga jami 20 milliard AQSH dollaridan ziyod miqdordagi xorijiy investitsiya jalb etildi. To‘g‘ridan to‘g‘ri jalb qilingan xorijiy investitsiyalar hajmi esa faqatgina 2000-2006- yillar mobaynida 9,3 marta oshdi va 2,5 milliard AQSH dollarini tashkil etdi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotiga chet el investitsiyalarini jalb etish - bu nafaqat xorijiy sheriklar bilan hamkorlikda yangi, istiq- bolli loyihalami amalga oshirish, ayni paytda bu - awalo yangi zamonaviy texnika, dastgoh va uskunalar, texnologiya va nouxau- lami joriy etish, shu asosda ishlab chiqaradigan mahsulotlarimizning yuksak sifatini ta’minlashga qaratilgan.
Keyingi yillarda iqtisodiyotga sarf qilinayotgan sarmoyalar yal- pi ichki mahsulotning choragidan ko‘prog‘ini tashkil qildi. Boshqa mamlakatlar bilan qiyoslaganda 0‘zbekistonda YIMdagi sarmoya­lar ulushi 1990-yildagi 23 foizdan 1998-yildagi 30 foizgacha o‘sdi, ayni paytda 1990-yilda sarmoyalar 14-21 foizni tashkil etgan bosh­qa mamlakatlarda 1998-yilda 9—15 foizgacha kamaydi.
Bu esa iqtisodiyotning qator asosiy tarmoqlari - yonilg‘i, qa- zib oluvchi, yengil, oziq-ovqat, go‘sht-sut sanoatini texnik qayta jihozlash va yangilashni, yangi yirik ishlab chiqarish korxonala­ri - Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, 0‘zDEU, SamKochavto, Hazorasp shakar zavodi va boshqalami qurishnigina emas, balki respublika uchun mutlaqo yangi bo‘lgan zamonaviy tarmoqlar: avtomobilsozlik, farmatsevtika va mikrobiologiya sanoatini, radio- elektronika, telekommunikatsiyalar sohasi va boshqalami yaratish imkonini berdi.

  1. yilda qo‘shma korxonalarda mahsulotni eksport qilish va xizmat ko‘rsatish hajmi 2,1 marta, ishlovchilar soni 3,7 marta ortdi.

0‘zbekistonda iqtisodiy islohotlar amalga oshirilar ekan, rivoj- langan mamlakatlar tajribalaridan ham foydalanila boshlandi. Jum­ladan, erkin iqtisodiy zonalar tashkil qilish borasida dastlabki qa- damlar qo'yildi. 1996-yil 25-aprelda Oliy Majlisning V sessiyasida «Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risida» Qonun qabul qilindi.
Umuman, 0‘zbekistonda iqtisodiy islohotlar amaliy natija- sini yaqqolroq ko‘rish uchun quyidagi taqqoslashni keltirish lo­zim. Masalan, MDH mamlakatlarining 1997-yildagi YIM haj­mi ko‘rsatkichlarini ulaming so‘nggi ellik yildagi YIM hajmining o‘zgarish sur’atlariga taqqoslasak, quyidagi qiziq bir holatning guvohi bo‘lamiz. Ya’ni Ozarbayjon va Moldovaning 1998-yildagi YIM hajmining ko‘rsatkichlari mazkur respublikalaming 1965-yilda erishgan darajasiga teng bo‘lib, foiz hisobida olsak, 36 % ni tashkil qiladi. Bu davrga kelib boshqa mamlakatlar ahvoli esa quyidagicha bo‘ldi:
Armaniston- 1976-yil (55 foiz), Beloms - 1982-yil (72 foiz),
Gruziya- 1968-yil (29 foiz), Qozog‘iston- 1984-yil (63 foiz),
Qirg‘iziston- 1982-yil (60 foiz), Rossiya- 1980-yil (58 foiz),
Tojikiston - 1970-yil (31 foiz), Ukraina- 1977-yil (42 foiz).
Shu yerda bir tabiiy savol tug‘iladi: 0‘zbekiston-chi? Javobi oddiy: 0‘zbekiston uchun mazkur nuqtayi nazardagi daraja 1990-yil bilan belgilanadi. Demak, ushbu misoldan xulosa aniqki, tilga olin- gan mamlakatlar real iqtisodiy taraqqiyotda 0‘zbekistondan 6 yildan 35 yilgacha orqada qoldilar.
Yana bir taqqoslash xarakterlidir. 1997-yilda ilk bor YIM ishlab chiqarish hajmi aholi soni o‘sishi darajasidan o‘zib ketdi.
Bu, o‘z o‘mida yalpi ichki mahsulot hajmini aholi jon boshiga

  1. foiz ko‘paytirish imkonini berdi. Natijada 2000-yilda aholi jon boshiga hisoblangan o‘rtacha pul daromadlari 110,5 foizga oshdi. Bunday o‘sish sur’ati 0‘zbekiston tarixida umuman bo‘lmagandi.

  1. yilga qiyoslaganda esa Hamdo‘stlik mamlakatlari orasida aho- lisi pul daromadlari ikki marta oshgan va bu borada yetakchilik qila- yotgan yagona davlat 0‘zbekistondir.

Bunday xo‘jalik yuritish tajribasi hali mamlakatda yo‘q edi. Za­monaviy xo'jalik yuritish tajribalarini tanlov-sinovdan o‘tkazishning eng muqobil yo‘li bu «Erkin iqtisodiy zonalar» tashkil qilishdir.
Shunday ekan, erkin iqtisodiy zonaning o‘zi nima? Bu - birinchidan, ichki va tashqi sarmoyalami jalb qilish, ikkinchidan, istiqbolli texnologiyalar joriy qilish va boshqaruvga oid yangicha uslublami tajribada qo‘llash maqsadida maxsus huquqiy tartibotga ega bo‘lgan hududda xo‘jalik yuritishdir. Qolaversa, bunday zona- lami respublikada tashkil qilinishi kishilarda iqtisodiy bilimlami kengaytirish uchun ham kerak edi.
Erkin iqtisodiy zonalar orqali ish yuritish rivojlangan mamlakat­larda keng tarqalgan. Masalan, Amerika Qo‘shma Shtatlarida 2000 dan ortiq maxsus huquqqa ega bo‘lgan iqtisodiy zonalar mavjud. Turkiya, Janubiy Koreya, Xitoy kabi mamlakatlaming iqtisodiy ri- vojida ham ana shunday erkin iqtisodiy zonalar salmog‘i katta. Sin- gapuming jadal rivoj lanishining asosiy sababi mamlakatni butunlay «Erkin iqtisodiy zona» deb e’lon qilinganidandir. Shu sabab, Singa- pur «Umumjahon omborxonasi» deb ta’riflanmoqda.
Rivojlangan G‘arb mamlakatlari ham bundan istisno emas. Ularda ayrim hudud, shaharlar uzoq o‘tmishdan hozirgacha maxsus huquqlarga ega. Erkin shahar Genuya, Bremen, Rotterdam, Gam- burg - bulaming ro‘yxatini davom ettirish mumkin. Bunday hudud va shaharlar aytish mumkinki, o‘sha mamlakat iqtisodining rivoj la- nishida «lokomotiv» vazifasini o‘tayapti.
Keyingi yillarda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga kiruvchi mamlakatlarda ham erkin iqtisodiy zonalar tashkil qilishga intilish kuchaydi. Jumladan, Rossiyada, Qozog‘istonda va boshqa mamla­katlarda shunday zonalar barpo qilindi.
Shu maqsadda 0‘zbekistonda erkin iqtisodiy zonalar haqidagi Qonun loyihasi tayyorlandi. Loyihani tayyorlash mobaynida yuqori- da zikr etilgan mamlakatlar qonun va boshqa me’yoriy hujjatlari har tomonlama o‘rganildi. Xorij tajribalariga suyanib erkin iqtisodiy zo- nalami bir necha guruhga, ya’ni: erkin savdo, erkin ishlab chiqarish, erkin ilmiy-texnik va boshqa zonalar tarzida tuzilishi qonun loyiha- siga kiritildi va u 1996-yil 26-aprelda Oliy Majlisning V sessiyasida qabul qilindi.

  1. 1998-yillarda eksport tarkibida ham sezilarli o‘zgarishlar ro‘y berdi. Agar 1995-yilda paxta tolasi eksportning 50 foizini tash­kil qilgan bo‘lsa, 1998-yilda uning ulushi 43 foizgacha kamaydi. Ayni paytda tayyor mahsulotlar ulushi 17 foizdan 25 foizgacha, mashina va uskunalar ulushi 2 foizdan 4 foizgacha, xizmatlar ulushi 8 foizdan 9 foizgacha ortdi. Import tarkibidagi xuddi shunday o‘zgarishlar mustaqil davlat iqtisodiyotining qad ko‘tarish jarayonini yaxshi aks ettiradi. Agar ilgari asosiy import qilinadigan mahsulotlar oziq-ovqat (1994-yilda 34,7%) va yoqilg‘i (24,2%) bo‘lsa, hozirgi paytda oziq-ovqat importi ikki barobar qisqardi (1998-yilda 15,2 foizgacha), yoqilg‘i importi esa deyarli umuman to‘xtatildi. Mam­lakat don va yoqilg‘i mustaqilligiga erishdi, ushbu strategik tovar- larga bo‘lgan ehtiyoj endilikda uning o‘z ishlab chiqarishi hisobiga qoplanmoqda. Natijada bo‘shagan valyuta mablag‘lari iqtisodiyotai rivojlantirishga, import o‘mini bosuvchi va eksportga mo‘ljallangan ishlab chiqarishlami barpo etishga, zamonaviy uskuna va texnologi- yalar sotib olishga qaratildi. Shunga muvofiq ravishda, import tarki­bida mashina va uskunalar ulushi shu davming ichida 15,9 foizdan 47,3 foizgacha oshdi.

  1. yilga kelib mamlakatimiz 80 dan ortiq jahon mamlakatlari bilan savdo qila boshladi. Tashqari savdo muomalasi o‘sib, 1998 yil- da 9 mlrd. dollardan oshib ketdi, bu esa 1994-yildagidan taxminan ikki barobar ortiq. Tashqi savdoning jug‘rofiy tarkibi ham o‘zgarib bormoqda: agar 1994-yilda tovar muomalasining 58 foizi sobiq Sovet respublikalariga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 1998-yilda ulaming ulushi faqat 27 foizni tashkil qildi.

Respublika makroiqtisodiy barqarorlikka birinchilardan bo‘lib erishdi. 1996-yildayoq yalpi ichki mahsulot 1,7 foiz, 1997-yilda u

  1. foiz, 1998-yilda esa 4,4 foiz ko‘paydi.

Xuddi shunday o‘sish keyingi yillarda ham kuzatildi. 2005- yilning nihoyasidagi yakunlar tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘tgan yilda deyarli barcha makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha prognoz hajmi va ko‘rsatkichlariga erishildi, aksariyat ko‘rsatkichlaming esa sezilarli darajada oshirib bajarilishi ta’minlandi.

  1. yilda yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’atlari 7 foizni, inflatsiya darajasi esa 7,8 foizni tashkil etdi.

Sanoat ishlab chiqarishi 7,3 foizga, jumladan, iste’mol tovarlari ishlab chiqarish 17,7 foiz, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chi­qarish esa 6,2 foizga o‘sgani quvonchli hoi, albatta.

  1. yil davlat budjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan kutilgan

  1. foiz taqchillik o‘miga 0,1 foiz profitsit bilan bajarildi, uning daromad qismi esa prognoz ko‘rsatkichlaridan 39 foiz ziyod bo‘ldi.

Yalpi ichki mahsulotning barqaror sur’atda o‘sib borayotgani, so‘nggi 2005-2006-yillarda bu ko‘rsatkichning 7 foizdan ortayotga- ni, ayniqsa, diqqatga sazovor. Shuni ta’kidlash zarurki, 0‘zbekiston erishayotgan barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlarining asosiy manba va omillari tariqasida dunyo xomashyo va tovarlar, awalo, neft va gaz bozorlarida mavjud bo‘lgan qulay konyunktura va qandaydir tashqi omillar ko‘maklashib turgani yo‘q.
Iqtisodiyotimizda erishilgan natijalar negizida awalo bozor islo- hotlari va mamlakatni modemizatsiya qilishning puxta o‘ylangan modeli va uzoq muddatga moljallangan dasturini bosqichma- bosqich amalga oshirish bo‘yicha olib borilayotgan tizimli, izchil va qat’iy harakatlar turganini kuzatish qiyin emas.

  1. yilda iqtisodiyotimizni isloh qilishning eng muhim yo‘nalishlarini quyidagi misoldan ko‘rish mumkin.

Birinchi yo‘nalish - iqtisodiyotni tizimli va tarkibiy jihatdan izchil yangilash.
Bu boradagi harakatlar awalo iqtisodiyotda makroiqtisodiy mu- tanosiblikni ta’minlash, iqtisodiy o‘sishda yetakchi o‘rin tutishi lo­zim bo‘lgan ishlab chiqarish, soha va tarmoqlami jadal rivojlantirish, shu bilan birga, 0‘zbekistonning o‘ziga xos demografik xususiyatla- ri, bandlik, aholi daromadlarini ko‘paytirish bilan bog‘liq va boshqa o‘ta muhim muammolami hal etishga qaratildi.
Mamlakatimiz uchun ustuvor bo‘lgan mazkur vazifaning aha- miyatini yana shu bilan izohlash lozimki, ichki va tashqi investitsi- yalami kiritishni talab etadigan tarkibiy o‘zgarishlami amalga oshir- masdan turib, xomashyo yetishtirishga yo‘naltirilgan bir yoqlama iqtisodiyotdan xalos bo‘lish, tom ma’nodagi iqtisodiy mustaqillikka erishish mumkin emas.
Ko‘rilayotgan qat’iy tadbir va choralar, amalga oshirilayotgan islohotlar natijalari mamlakatda ishlab chiqarilayotgan yalpi ichki mahsulotning tarkibiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Yetakchi soha- larimizdan bo‘lmish sanoatning ulushi 2002-yildagi 14 foiz o‘miga

  1. yilda 20,7 foizni tashkil etgani ham bu fikrni tasdiqlaydi.

  2. yilda iqtisodiyotning o‘sishi, solishtirma narxlarda olib qaraganda, 2000-yilga nisbatan 45 foizni tashkil etdi, bunda sanoat ishlab chiqarishi 1,6, qishloq xo‘jaligi 1,5, tashqi savdo aylanmasi 1,7, eksport hajmi 1,9, oltin-valuta zaxirasi 3,7 barobar, real ish haqi esa 4 marta oshganini ko‘rish mumkin. Shu bilan birga, inflatsiyaning yillik darajasi 4 martadan ziyod pasayganini ham qayd etish lozim.

Ayni paytda, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish borasida ham jiddiy yutuqlarga erishildi. Buning natijasida sanoatda mehnat unumdorligi 1,7 marta oshdi.
Shunisi diqqatga sazovorki, yalpi ichki mahsulotning yuqori sur’atlar bilan o‘sishi an’anaviy xomashyo tarmoqlari, jahon bozo- ridagi qulay konyunktura va ayrim xomashyo turlari hamda mate- riallar narxining yuqoriligi hisobidan emas, balki birinchi navbatda raqobatga bardoshli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hamda za­monaviy xizmat ko‘rsatish sohalarini jadal rivoj lantirishni belgilab beradigan jiddiy tarkibiy o‘zgarishiar va ishlab chiqarish samarador­ligini oshirish evaziga ta’minlanmoqda.
2006-yilda sanoatning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2000- yildagi 14,2 foiz o‘miga 22,1 foizni, xizmatlar ko‘rsatish sohasining ulushi 30 foiz o‘miga 39,5 foizni tashkil etdi. Qishloq xo‘jaligida esa aksincha - bu ko‘rsatkich pasayib, 32 foizdan 24 foizga tushdi.
Xizmat ko‘rsatish sohasi ham jadal rivojlanmoqda. Sohaning yalpi ichki mahsulot tarkibidagi ulushi 38,5 foizdan oshgani, jumla­dan, kommunikatsiya, transport va aloqa tarmoqlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatish hajmi besh yil mobaynida bir yarim baravar o'sgani bu­ning yaqqol tasdig‘idir.

  1. yilda yalpi ichki mahsulot 7,3 foizga o‘sdi. Ishlab chiqa­rish hajmining sanoatda 10,8, qishloq xo‘jaligida 6,2 foizga oshga­ni, investitsiyalaming 11,4, qurilish-pudrat ishlarining 12,8, xizmat ko‘rsatish sohasidagi ко‘rsatkichlaming 19,5 foizga o‘sgani iqtiso­diy rivojlanishning asosiy omillari bo‘lib xizmat qiladi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, o‘tgan yilda erishilgan ana shunday o‘sish sur’atlari va yuksak makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar jamiyatimizning barcha sohalarini tubdan isloh qilish va yangilash bo‘yicha amalga oshirilgan ko‘p yillik mashaqqatli va murakkab ish­lari natijasi, mamlakatimiz iqtisodiyotini izchil va barqaror rivojlan- tirishning amaliy namoyoni bo‘ldi.
Ayniqsa, keyingi yillarda telekommunikatsiya aloqasi va moliya-bank tizimida xizmatlaming yangi turlari tez sur’atlar bilan rivoj lanayotgani e’tiborga sazovor.
Mamlakatimiz iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan tarkibiy islohotlar va ulardan ko‘zlangan maqsadlaming bajarilishi yengil sa­noatning jadal sur’atda rivojlanishida ham o‘z ifodasini topmoqda.Bu tarmoqlar 2005-yilda o‘sish sur’ati 2004-yilga nisbatan 12 foizni tashkil etgani, shu jumladan, to‘qimachilikda 17 foiz, tikuv- chilikda 24,5 foiz, trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishda 53 foiz o‘sish kuzatilganini qayd etish zarur.
Zamonaviy texnika va uskunalar bilan jihozlangan korxonalar- ning ishga tushirilishi, xorijiy investorlar bilan hamkorlikda yangi ishlab chiqarish quwatlarining tashkil etilishi, jahon bozoriga ra- qobatga bardoshli tayyor engil sanoat mahsulotlarini eksport qilish hajmining sezilarli darajada ortib borayotgani - bulaming barchasi mazkur jarayonning tarkibiy qismlaridir.
Eng muhimi, bunday o‘zgarishlar natijasida yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda, aholi, ayniqsa, xotin-qizlar ish bilan ta’minlanmoqda.

  1. yilda chetga mahsulot eksport qilish hajmi 11,5 foizga o‘sgani yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va iqtisodiyotni modemizatsiya qilishda erishilayotgan yutuqlaming muhim natijasi desak hech qanday mubolag‘a bo‘lmaydi.

Ayni paytda umumiy eksport hajmida tayyor mahsulot va xiz- matlar ulushi 50 foizdan oshdi.
Bu esa tashqi savdoda mustaqillik yillaridagi eng yuqori ko‘rsatkich - 1,3 milliard AQSH dollari miqdoridagi ijobiy saldo- ga erishish imkonini berdi. Natijada mamlakatimizning oltin-valyuta zaxirasi 1,3 marta ko‘paydi, bu esa, awalo, iqtisodiyotimizning tash­qi bozor o‘zgarishlariga barqarorligi ortib borayotganidan dalolat be­radi.
0‘zbekiston iqtisodiyotida yuz berayotgan sifat o‘zgarishlarini baholash uchun e’tibomi yana bir misolga qaratsak.
Agarki, yaqin-yaqinlargacha, ya’ni 2000-yilda eksport tarkibi­da paxta tolasining hissasi 27,5 foiz bo‘lgan bo‘lsa, 2005-yilda bu ko‘rsatkich 19 foizni tashkil etganining o‘zi ko‘p narsani bildiradi, deb aytish mumkin.
Shu davrda importning tarkibi ham o‘zgarib, mamlakatga olib kirilayotgan umumiy mahsulot hajmida texnika va uskunalar ulushi 44 foizdan ortgani ayniqsa e’tiborga loyiq.
Shu bilan birga, iqtisodiyot tarmoqlarining sifat jihatidan yuk- salishi ko‘p tomondan investitsiya hajmidagi tarkibiy o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lib, ulaming yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 20 foizdan oshdi.
Markazlashtirilgan holda mablag1 bilan ta’minlash hajmi qis- qarayotgan bir paytda korxonalar va aholining xususiy mablag‘- qo‘yilmalari keskin oshib bormoqda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy inves- titsiyalar va tijorat banklari resurslari faol jalb etilmoqda.
Buni 2005-yilda nomarkaz investitsiya manbalari ulushi 76,6 foizni tashkil etgani, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kre- ditlar hajmi esa qariyb 1,5 barobar ko'paygani ham ko‘rsatib turibdi.
Aytish joizki keyingi yillarda hukumat diqqat markazida bo‘lib kelgan ikkinchi masala - bu iqtisodiyotni liberallashtirish jarayonlarini kengaytirish va chuqurlashtirishdan iborat bo‘ldi.
Bu borada asosiy e’tibor soliq yukini kamaytirish, soliq-budjet siyosatini liberallashtirish va unifikatsiya qilish, soliqqa tortish tarti- bini soddalashtirish, soliq va moliya organlari mas’uliyatini kuchay- tirishdek aniq maqsadlarga yo‘naltirilgan siyosatni amalga oshirish­ga qaratilganini ta’kidlash joiz.

  1. yilda yuridik shaxslar daromadlari (foyda)dan olinadi- gan soliq stavkasi 18 foizdan 15 foizga tushirildi, bu esa qariyb 40 milliard so‘mlik mablag‘ni korxonalar ixtiyorida qoldirish imkoni­ni berdi. Yagona ijtimoiy to‘lov stavkasi 31 foizgacha qisqartirildi, jismoniy shaxslami soliqqa tortish tizimi o‘zgartirildi, mulk solish stavkasi esa 3,5 foizgacha kamaytirildi.

Amalda jami 15,2 foizni tashkil etgan soliq va to‘lovlar o‘miga 13 foiz miqdoridagi yagona soliq to‘lovining joriy etilishi tadbir- korlik faoliyatini rivojlantirishda, ayniqsa, kichik korxonalar uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu o‘z navbatida kichik korxona- larga faqat 2005-yilning ikkinchi yarmida qariyb 10 milliard so‘m mablag‘ni tejash imkonini berdi.
Soliq yukini kamaytirish borasida ko‘rilgan choralar tufayli dav­lat budjetiga to‘planayotgan kirimlar, ya’ni fiskal chegirmalar 22,6 foizgacha qisqartirildi.
Natijada korxonalar ixtiyorida qoldirilgan 130 milliard so‘mdan ziyod pul ulaming aylanma mablag‘larini to‘ldirishga yo‘naltirildi va moliyaviy ahvolini mustahkamlashda muhim omil bo‘lib xizmat qildi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlaming ishlab chiqarish faolligini oshirish va moliyaviy barqarorligini ta’minlashda puxta o‘ylangan, birinchi navbatda soliq yukini kamaytirishga qaratilgan soliq siyo- satining o‘tkazilishi muhim ahamiyat kasb etdi. 2006-yil yuridik shaxslar daromadlari (foyda)dan olinadigan soliq stavkalari 15 foiz­dan 12 foizgacha, dividend va foizlardan olinadigan soliq 15 foizdan 10 foizgacha, yagona ijtimoiy to‘lov esa 31 foizdan 25 foizgacha kamaytirildi. Ekologiya solig‘i butunlay bekor qilindi.
Soliq imtiyozlaridan foydalanish natijasida respublikamiz kor- xona, kompaniya va xo‘jaliklari 2006-yilda o‘z moliyaviy resursla- rini qo‘shimcha ravishda 425 milliard so‘mga ko‘paytirdi. Bu esa investitsiyalaming aylamna mablag‘ini to‘ldirish va mehnatga haq to‘lashni oshirish uchun qo‘shimcha manba bo‘lib xizmat qildi.
Naqd pul olishdagi cheklovlaming bekor qilinishi va bu bo- radagi talablarga banklar tomonidan qat’iy rioya etilishi, naqd pul tushumining o‘z vaqtida va to‘liq topshirilishi ustidan nazoratning kuchaytirilishi bank-kredit tizimini liberallashtirishda muhim qadam bo‘ldi. Tijorat banklari uchun ulaming Markaziy bankdagi korres- pondentlik hisob raqamlaridan cheklovsiz foydalanish imkoniyati yaratilgani, shuningdek, naqd va naqd bo‘lmagan pul aylanmalarini unifikatsiya qilish bo‘yicha ko‘rilgan keyingi chora-tadbirlar, naqd pulsiz hisob-kitobning ilg‘or shakli bo‘lgan plastik kartochkalaming amaliyotda keng joriy etilishi tufayli o‘tgan yilda bunday kartochka­laming soni taxminan besh barobar ortgani muhim ahamiyatga ega, albatta.

  1. yilda 0‘zbekiston Respublikasi tashqi savdoni liberallash­tirishda, jahon xo‘jalik aloqalariga integratsiyalashuv borasida yana­da salmoqli natijalarga erishdi.

Bunda mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlami eksport qilishni rag‘batlantirish, eksport-import operatsiyalarini bojxona tariflari orqali tartibga solishni yanada takomillashtirish, bojxona to‘lovlarini unifikatsiya qilish, soliq va bojxona ma’muriyatchiligi bilan bog‘liq jarayonlami soddalashtirish bo‘yicha ko‘rilgan chora- tadbirlar muhim rol o‘ynadi.

  1. yil 12-fevral kuni Vazirlar Mahkamasining 2006-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2007-yilda iqtisodiy islohotlami chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan majlisi bo‘ldi. Majlisda 0‘zbekiston Respublikasi Pre­zidenti I. Karimov ma’mza qildi.

Davlatimiz rahbari ma’ruzasida islohotlami chuqurlashtirish va iqtisodiyotni erkinlashtirish chora-tadbirlarini izchil amalga oshirish natijasida iqtisodiy o‘sishning barqaror yuqori sur’atlari inflatsiya darajasining pasayishi va xalq farovonligining oshishi tendensiyalari mustahkamlanganligini qayd etdi.

  1. yil yakunlari bo‘yicha yalpi ichki mahsulot 7,3 foizga, sa­noat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 10,8 foizga, qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish 6,2 foizga, pulli xizmatlar ko‘rsatish 19,3 foizga, pudrat qurilish ishlari 12,8 foizga o‘sdi.

Respublika iqtisodiyotiga jalb etilayotgan xorijiy investitsiyalar, eng awalo to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi o‘sdi.
Jami investitsiyalaming yarmidan ko‘prog‘i ishlab chiqarish ba- zasini modemizatsiya qilishga va texnologik jihatdan yangilashga, yangi asbob-uskunalar sotib olishga yo‘naltirildi. Tashqi iqtisodiy faoliyat rivojlandi, mahsulotni eksportga chiqarish hajmi ko‘paydi, tashqi savdo va to‘lov balanslari mustahkamlandi.
Qishloq xo‘jaligida islohotlar davom ettirilmoqda. Bugungi kun­da Respublikada yetishtirilayotgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining asosiy qismi fermer xo‘jaliklari hisobiga to‘g‘ri kelmoqda, aholining ish bilan bandlilik darajasi o‘sdi. Masalan, 2006-yil oxirida mamla­katda 190 ming fermer xo‘jaligi faoliyat ko‘rsata boshladi, shu yil- ning o‘zida birgina kasanachilikni joriy qilish evaziga 60 ming odam ish bilan ta’minlandi, birgina 2006-yil 570 ming ishchi о‘mi yaratil- di. Keyingi yillarda aholining turmush darajasi birmuncha yaxshilan- di. Birgina 2006-yil barcha toifadagi ishchi xizmatchilaming real ish haqi 36 foizga o‘sib, o‘rtacha ish haqi 185 ming so‘mni tashkil qildi.

  1. yilga mo‘ljallangan rejalar oshirib bajarildi. Jumladan, yoqilg‘i energetika majmuasi va rangli metallurgiya tamoqlari yuqo­ri sur’atlarda o‘sdi. 0‘tgan yili faqat yoqilg‘i-energetika majmuasi- ni rivojlantirish, rekonstruksiya va modemizatsiya qilish uchun 250 million dollar hajmidagi xorijiy sarmoya jalb qilindi.

  1. yilda o‘sish sur’ati mashinasozlik va metallni qayta ish- lash sanoatida 25,7 foiz, kimyo va neft-kimyo sanoatida 19,6 foiz, oziq-ovqat sohasida 28 foiz, yengil sanoatda 20 foiz, yog‘ochni qay­ta ishlash va mebel sanoatida 18 foiz, qurilish materiallari sanoatida

  1. foizga oshdi.

Bozor islohotlarini chuqurlashtirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish va mulk huquqini himoya qilishni mustahkamlashga qaratilgan cho- ralaming amalga oshirilishi mamlakatimizda investitsiya muhitini yaxshilash hamda hajmi tobora ortib borayotgan xorijiy sarmoyalar- ni jalb qilishda ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.

  1. yilda moliyalashning barcha manbalari hisobidan o‘zlashtirilgan kapital mablag‘lar hajmi 3 milliard 140 million AQSH dollariga teng darajani tashkil etdi.

Iqtisodiyotga yo‘naltirilgan sarmoyalaming qariyb 50 foizi tex- nologiyalami yangilash va zamonaviy uskunalar xarid qilishga sarf- landi.
Barcha sarmoyalaming 77,5 foizini tashkil etadigan markaz- lashmalar sarmoyalaming asosiy o‘sishi xorijiy investitsiyalami to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb qilish, korxonalaming o‘z mablag‘i va bank kreditlari hisobidan ta’minlandi.Mavzuga doir materialfar

Download 57,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish