Uchinchi kitob


IQTISODIY ISLOHOTLARNING 0‘ZIGA XOS TAMOYILLARI



Download 57,25 Mb.
bet74/164
Sana09.07.2022
Hajmi57,25 Mb.
#761542
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   164
Bog'liq
НАРЗУЛЛА ЖЎРАЕВ O\'zbekiston tarixi 3 kitob Milliy Istiqlol davri

IQTISODIY ISLOHOTLARNING 0‘ZIGA XOS TAMOYILLARI

  1. §. Makroiqtisodiyotni barqarorlashtirishga erishish

Har qanday islohot, agar u odamlar hayotini yaxshilashdan ibo­rat pirovard natijaga qaratilmasa, keraksizdir. Shuning uchun ham 0‘zbekistonda amalga oshirilayotgan tub islohotlar har tomonlama barqarorlikni ta’minlashga, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyo­tiga asoslangan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini bunyod etishga qaratildi. Mustaqillikning dastlabki yillarida mamla­kat hukumatining iqtisodiy strategiyasi asosan eng muhim uch vazi- fani hal etishga yo‘naltirildi:

  1. Ishlab chiqarishning pasayishini to‘xtatish.

  2. Iqtisodiy yuksalishning asosi sifatida makroiqtisodiy barqa- rorlikka erishish.

  3. Barqaror iqtisodiy rivojlanish uchun shart-sharoit yaratish.

0‘zbekistonda islohotlar endigina boshlangan 1992-yildayoq
Prezident Islom Karimov 0‘zbekistondagi iqtisodiy o‘zgarishlar barqarorlik vaziyatiga o‘tishi kerakligini alohida ta’kidlagan edi. Shuning uchun ham u o‘zining «0‘zbekiston iqtisodiy islohotlami chuqurlashtirish yo‘lida» (1992) nomli kitobida hukumat siyosati xususiylashtirish va raqobat vaziyatini shakllantirish jarayonlarini chuqurlashtirishga, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga, mil­liy valyutani mustahkamlashga, iqtisodiy tizimda chuqur tarkibiy o‘zgartishlami amalga oshirishga, kuchli ijtimoiy kafolatlar beradi­gan huquqiy demokratik davlatni shakllantirishga qaratilgan, - deb uqtiradi.
Shu bois mustaqillik yillarida 0‘zbekiston iqtisodiyotini isloh qilishning muhim natijasi bu - makroiqtisodiyotni barqarorlashti­rishga erishilgani bo‘ldi. Binobarin, bu jarayon bozomi shakllanti- rishdagi muhim jihatdir. «Barqarorlashtirish siyosati, - deb yozadi I. Karimov, - eng awalo, bu makroiqtisodiyotda muvozanatni saq­lash, ishlab chiqarishning keskin darajada pasayishiga va ommaviy ishsizlikka yo‘l qo‘ymaslikdir. Shuningdek, u pul qadrsizlanishining, pul emissiyasining boshqarilishini ta’minlash, to‘lov balansini bir

me’yorda saqlash sohasida aniq maqsadni ko‘zlab olib boriladigan davlat siyosatidir».
0‘zbekistonda makroiqtisodiyotni barqaror qilish borasida qator amaliy choralar belgilanar ekan, awalo bu boradagi jahon tajribasi o‘rganildi, ayni chog‘da MDH davlatlarida shu sohada yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahlil qilindi. Jumladan, o‘tish davrida davlat o‘z iqtiso­diy siyosatini belgilashda awalo ustuvor, katta istiqbolga ega bo‘lgan tarmoqlar va ishlab chiqarishni har tomonlama rag‘batlantirish, ya’ni eng muhim bo‘g‘inlami aniqlash (neft - neft mustaqilligi, energeti- ka- energetika mustaqilligi, don - g‘alla mustaqilligi, paxtani qayta ishlash sanoati va hokazolar) orqali iqtisodiyotni tarkiban qayta tash­kil qilish bo‘yicha izchil siyosat yuritishi lozim edi.
Shuni ro‘yirost aytish kerak, mustaqillik qo‘lga kiritilgan 1991- yil oxirlari va 1992-yilda 0‘zbekiston zimmasiga og‘ir va jiddiy sinovlar tushdi.
Shu davr mobaynida «davlat va xalq o‘z taqdirini, o‘z musta- qilligini, o‘z ozodligini himoya qila olishga qodirmi?» degan savol- ga javob berishga to‘g‘ri keldi. Buning boisi shunda ediki, SSSR parchalanib ketishi, an’anaviy xo‘jalik aloqalarining buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan moliyaviy va xomashyo zaxiralarining nihoyatda taqchilligi yuz berdi. Masalan, boshqa mintaqalar va mamlakatlar- dan mahsulot yetkazib berilishiga bog‘lanib qolgan yirik korxona­lar to‘xtab qolish arafasida edi. Buning ustiga aholining moddiy ahvoli yana ham pastlashib ketdi. Oziq-ovqat mahsulotlari, dori- darmonlaming eng muhim turlari chetdan olib kelinishi sababli bir- muncha qiyinchiliklarga duch kelindi.
0‘zbekiston iqtisodiy islohotlami amalga oshirishda Rossiya, Ukraina va Belomssiyaga nisbatan ancha noqulay sharoitda edi. Ana shunday holatda 0‘zbekiston o‘zining butun kuch-g‘ayrati va ichki imkoniyatlarini safarbar qilib, ijtimoiy va iqtisodiy muammolami hal qilishga jiddiy e’tibor berdi.
Chunki iqtisodiyotni barqarorlashtirishda ustuvor hisoblangan yetakchi asosiy tarmoqlar belgilab olinmasa, bozor munosabatlari sharoitida ulaming shakllanishiga yordam ko‘rsatilmasa iqtisodiy strategiya boy berilishi mumkin edi. Bu mamlakat iqtisodiyotini butunlay yangidan boshlash, islohotlar paytida uzluksiz ishlab chi­qarish jarayonini ta’minlab turishning bosh yo‘li, asosiy tamoyili bo‘ldi.
Shu bois 0‘zbekiston iqtisodiyotida, awalo, tarkibiy o‘zga- rishlar yuz berdi. Respublika iqtisodiy mustaqilligini mustahkam­lash, importni qisqartirish va eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqa- rishni rivojlantirish, shuningdek, istiqbolni belgilaydigan ustuvor tarmoqlarni jadal rivojlantirish, tarmoqlar ichidagi nomutanosiblikka barham berishga e’tibor qaratildi. Natijada, xalq iste’moli mollarini chetdan keltirishdan voz kechib, 0‘zbekistonning o‘zida ishlab chi- qarishga katta e’tibor berildi.
Mustamlaka yillarida iqtisodiyotimiz umumittifoq mehnat taq- simoti niqobi ostida bir tomonlama, mahalliy talab va ehtiyojlarga mos tushmaydigan tarzda tarkib topdi. Sobiq tizimda ishlab chi­qarish vositalari ishlab chiqarish xalq iste’mol mollari tayyorlash sur’atlaridan yuqori bo‘lishi kerak, degan soxta nazariyaga mah- kam yopishib olinganligi sababli iste’mol mollari tayyorlash izdan chiqqan edi. Natijada o‘zimizda yetarli tabiiy boyliklar va ishlab chiqarish imkoniyatlariga ega bo‘la turib, aholi uchun zarur xalq iste’mol mollarining 60 foizdan ortig‘i chetdan keltirilar edi. Oddiy tuz va gugurt ham boshqa davlatlardan olib kelinar edi. Murakkab texnologik jarayonlarga ega mahsulotlar ishlab chiqarish to‘g‘risida o‘ylanmas edi.
1992-94-yillarda islohotlaming natijalari aholining iste’mol mollariga bo‘lgan talabi o‘zimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlar hi­sobiga qondirilishida, ayrim turlarini esa chetga sota boshlanganida namoyon bo‘la boshladi.
Eng muhimi, xalq iste’mol mollarini ishlab chiqarish kamayib ketishiga yo‘l qo‘yilmadi. Agar, 1997-yili 1996-yilga nisbatan yalpi sanoat mahsuloti ishlab chiqarish 6,5 foizga ortgan bo‘lsa, iste’mol mollari ishlab chiqarish 11,2 foizga ko‘tarildi. Vaholanki, iqtisodiy sharoitlari nisbatan ancha qulay bo‘lgan hamdo‘stlikdagi ba’zi mam­lakatlarda ishlab chiqarish 40-50 foizga tushib ketib, iste’mol bozori izdan chiqdi. Oqibatda xorijdan keltirilayotgan oziq-ovqat va sanoat mollariga qaram bo‘lib qoldilar.
90-yillaming oxiriga kelib 0‘zbekistonda sanoat ishlab chiqa- rishi quwati og‘ir sanoatdan tortib, yengil sanoatgacha bo‘lgan in- dustriyaning barcha tarmoqlari va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sanoat yo‘li bilan qayta ishlovchi yirik korxonalar vujudga keldi.

  1. ming yirik va o‘rta sanoat korxonalari keng miqyosga ega turli yo‘nalishdagi mahsulotlar ishlab chiqara boshladi.

Shuni aytish kerakki, Markaziy Osiyo mashinasozlik mahsulot- larining uchdan ikki qismi 0‘zbekiston korxonalarida ishlab chiqa- rila boshlandi.
Dunyoning faqat ikki mamlakatidagina (AQSH va 0‘zbekiston) paxtachilik mashinalari va uskunalari to‘liq ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi.
0‘zbekiston - ipakchilik va pillakashlik texnikasi ishlab chi­qaruvchi Markaziy Osiyodagi yagona davlatdir. Aviatsiya texnikasi ishlab chiqarish bo‘yicha MDHdagi eng yirik korxonalaming biri 0‘zbekistonda joylashgan. 0‘zbekiston metallurgiyasi deganda Mar­kaziy Osiyoda qora va rangli metallar ishlab chiqarish bo‘yicha eng yirik zavodlar hisoblanmish Olmaliq va Navoiy kon-metallurgiya kombinati, 0‘zbekiston qiyin eruvchi va o‘tga chidamli metallar kombinati va boshqalar ko‘z oldimizga keladi.
Neft-kimyo sanoati 20 dan ortiq turdagi mahsulotlar ishlab chi­qarishga kirishdi. Ulardan 15 tasi ilgari boshqa davlatlardan olib kelinar edi.
0‘zbekiston yengil sanoati ham ko‘p tarmoqli bo‘lib, u industr- lashgan kompleks hisoblanadi.
Mamlakatimizda iqtisodiyotni isloh qilishdagi natijalami Rossi- yada chiqadigan gazetalar ham ijobiy baholay boshladi.
Jumladan, «Независимая газета» 1996-yil 22-noyabr sonida MDH tarkibidagi mustaqil davlatlarda amalga oshirilayotgan islo­hotlami tadqiq qilib, quyidagi xulosaga keladi.
«Rossiya 1996-yilda sanoat ishlab chiqarishi darajasi bo‘yicha

  1. yilga nisbatan 47 foiz,

0‘zbekiston 106 foiz Turkmaniston 81 foiz Belorussiya 63 foiz Ukraina 55 foiz
Qozog‘iston 48 foiz Armaniston 48 foiz Moldova 43 foiz
Ozarbayjon 41 foiz
Qirg‘iziston 39 foiz
Gruziya 18 foiz ko‘rsatkich bilan chiqmoqda».
Ushbu gazetaning sobiq Sovet Ittifoqi hududidagi respublika­lar ichida sanoat ishlab chiqarishi jihatidan 0‘zbekistonni birinchi o‘ringa qo‘yganligi mamlakatda iqtisodiy islohotlar sobitqadamlilik bilan amalga oshirilayotganligini ko‘rsatadi, bu ayni paytda, uning xorijiy mamlakatlarda tan olinishining belgisi edi.
0‘zbekistonda keyingi yillarda qurilish kompleksi ham muttasil rivojlana boshladi. Jumladan, 1997-yildagi ma’lumotga ko‘ra mam­lakatda yiliga 100-110 milliard so‘mlik qurilish-montaj ishlari amal­ga oshirilgan.
Mavzuga doir materia!

Download 57,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish