Uchinchi kitob


sinjng a,iiyevich Karimov



Download 57,25 Mb.
bet67/164
Sana09.07.2022
Hajmi57,25 Mb.
#761542
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   164
Bog'liq
НАРЗУЛЛА ЖЎРАЕВ O\'zbekiston tarixi 3 kitob Milliy Istiqlol davri

sinjng a,iiyevich Karimov








Laylaklar raqsi. Tinchlik va farovonlik nashidasi.





Baxtli turmush, orzular chechagi.



T ashkent Meeting- of Ihe. Group«6*2»on
Afghanistan

Toshkent. “6+2” uchrashuvi.
I.Karimov va V. Putin. Samimiy muloqot.





Qadimiy Chin tuprog‘idagi do‘stona uchrashuv.








I. Karimov va B.Klinton.O'zbekiston - AQSH hamkorligining yangi davri.
Malayziya — 0‘zbekiston: Do‘stona muloqot.





Hindistonda samimiy uchrashuv.












Oqsaroy — Mustaqil 0‘zbekiston davlatining bosh qarorgohi.





Hukumat uyi — 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining binosi.








Prezident I. Karimov va BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun.





SHHTning Toshkent sammiti.





Taniqli haykaltarosh I. Jabborov ish ustida.





Vatan manzaralari.



G‘alla mustaqilligi yoMidagi dadil qadamlar. www.ziyouz.com kutubxonasi









Ozod yurtning baxtli bolalari.

ongimiz va shuurimizdan alohida o‘rin egallagan. Terrorchilar mil­lat hissiyoti, tuyg‘ulari va ehtirorslari bilan bog‘liq bo‘lgan ana shu omildan ayyorlik bilan foydalandilar.


Islom niqobi ostida amalga oshirilgan qo‘poruvchilik harakatlari bir guruh aqidaparastlaming qonuniy hokimiyatni ag‘darib tashlash va shu yo‘l bilan davlat tepasiga chiqib olish singari maqsadlari tu­fayli yuz berdi. 1999-yil 16-fevral kuni sodir bo‘lgan qonli fojealar- ning butun mazmuni va mohiyati ana shundan iborat.
Fevral voqealari bugunning mahsuli emas. U yillar mobaynida maddalab, yiringlab, oxir-oqibatda millat va mamlakat jism-u jonini azobga soladigan, so‘ng esa butunlay halokatga keltiradigan ashad- diy yovuzlikdir.
Mustaqillik arafasida, aniqrog‘i 1980-yillaming ikkinchi yarmi- da sobiq Ittifoq hududida, jumladan, 0‘zbekistonda ham vujudga kelgan demokratiya o‘yinlari natijasi bo‘lmish bu illat yillar o‘tgan sari faoliyat doirasini, shaklini, ta’sir etish yo‘llarini o‘zgartirib turdi. Biroq, mazmun-mohiyati o‘sha-o‘shaligicha qolaverdi - qon to‘kish, zo‘ravonlik yo‘li bilan hokimiyat tepasiga chiqib olish! 0‘zlarining qabih niyatlariga erishish uchun hech narsadan tap tortmaydigan, chirkin va jirkanch maqsadlari yo‘lida millionlab begunoh odamlar yostig‘ini quritishdan toymaydigan, fikrlashdan uzoq bo‘lgan kishi­lar guruhi ayni ana shunday yo‘l tutadi.
Hayotda o‘zining qat’iy pozitsiyasiga, mustaqil fikriga ega bo‘lmagan, voqelikka aql-idrok bilan emas, balki hissiyot bilan yon- dashadigan odamlar havoyi da’vatlarga tez uchadilar. Terrorchilik harakati tashkilotchilari aholining xuddi ana shunday irodasi bo‘sh, iymoni sust, dunyoqarashi cheklangan, fe’l-atvori shakllanmagan qatlami ichiga kirib olishdi. Ulaming zaif jihatlaridan ustomonlik bilan foydalanishdi.
Mamlakat Prezidenti fevral voqealariga daxldor bo‘lgan ter­rorchilik guruhi ta’siriga uchgan, bilib-bilmay ko‘r-ko‘rona ularga ergashganlami yurt va millat otasi sifatida gunohlaridan kechishi haqida bayonot berganidan keyin sodir bo‘lgan voqealar diqqatga sazovor.
Darhaqiqat, bir necha yuzlab yoshlar tanlagan yo‘llarining noto‘g‘ri ekanligini anglab yetdilar. Kimlamingdir tazyiqi va ta’siri bilan g‘ayriislomiy - g‘ayriinsoniy yo‘lga kirib qolganliklaridan pushaymon bo‘lib, uzr so‘ramoqdalar. Ana shu fojeaviy holatning o‘zi diniy aqidaparastlik nima ekanligini yaqqol ko‘rsatmoqda.
Farg‘ona vodiysida, xususan, Andijon viloyatida payt poylab yurgan aqidaparast, ekstremistik gumhlar o‘zlarining uzoq vaqtdan beri pinhona tayyorlab kelgan rejalarini 2005-yil 13-may kuni amal­ga oshirishga urindi. Ular Qirg‘izistondagi kabi 0‘zbekistonda ham mahalliy va markaziy hokimiyat zaiflik qiladi, degan xomxayolga borgan edi. Jangarilar ongi zaharlangan yoshlami o‘zlariga ergash- tirib, ma’muriy binolami egallash yo‘li bilan o‘z qabih maqsadi- ga erishishni rejalashtirdi. Andijonda xalq saylagan konstitutsiya- viy hokimiyatni ag‘darishni, bu yerda musulmon xalifaligi tuzishni mo4ljallagan edi.
Ayrim davlatlaming Markaziy Osiyo mintaqasiga demokratiyani majburan o‘rnatishga urinishidan uchinchi kuch foydalanib qolishi mumkin. Bu kuch - islom dinini niqob qilib olgan yovuz niyatli ra- dikal oqimlardir.
Oldindan puxta tayyorgarlik ko‘rgan qurollangan jangarilar yarim tunda shahardagi post-patrul xizmati batalyoni hududiga bostirib kirib, to‘rt nafar navbatchini otib tashlaydi. 0‘nlab av- tomat, granata, ikkita qo‘l pulemyoti va boshqa qurol-yarog‘ni qo‘lga kiritgan bosqinchilar tunda Mudofaa vazirligining harbiy qismiga borib navbatchini otib tashlab, qo‘shimcha qurol-aslahani qo‘lga kiritadi. Qamoqxona darvozasini buzib kiradi, qurol bilan qo‘rqitish orqali hibsxonalardan qariyb 600 nafar mahbusni chiqa- rib yuboradi.
Bosqinchilar tinch aholiga tegishli yengil mashinalami egallab oladi, qurollardan o‘q otgan holda viloyat hokimligi, Milliy xavfsiz­lik xizmati viloyat boshqarmasi va viloyat ichki ishlar boshqarmasi binolariga hujum uyushtiradi. Ular viloyat hokimligi binosini egal- laydi.
Jangarilar har bir harakatini ayollar, bolalar, qariyalar va boshqa garovga olingan kishilar panasida turib amalga oshiradi.
Mamlakatimiz Prezidenti shu kuni erta tongdayoq Andijonga yetib bordi. Shahar va viloyat jamoatchiligi vakillari, mahalla oq­soqollari bilan uchrashdi. Ular bilan maslahatlashgan holda vazi- yatni izga solish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgiladi.
Mamlakatimiz, xalqimiz istiqlolning ilk kunlarida belgilab ol­gan oliy maslagimiz - huquqiy demokratik davlat barpo etish va adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo‘lidan dadil borave- radi. Jamiyatni demokratlashtirish hamda yangilash, mamlakatni modemizatsiya va isloh etish - bosh maqsadimizdir. Erkin, de­mokratik fuqarolik jamiyati talablariga to‘liq javob beradigan yuk­sak taraqqiyotga erishish yo‘lidan bizni hech kim, hech qachon qaytara olmaydi.
Islomni soxtalashtirish oqibatlari
Prezident I. Karimov mustaqillikning ilk kunlaridayoq xavf- sizligimizga tahdid soluvchi omillar xususida gapirar ekan, diniy ekstremizm va terrorizm haqida takror va takror gapirdi. Xalqaro tashkilotlar minbaridan turib, uning dunyoviy fojea, taraqqiyotga to‘sqinlik qiluvchi kuchli omil ekanligini bir necha marta ta’kid­ladi. Jumladan, «0‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyoti kafolatlari» nomli kito- bida muammoning ilmiy-nazariy yechimini bayon etdi.
Prezident Islom Karimov XX asr muammolari, odamlar dunyo- qarashidagi jiddiy o‘zgarishlar va uning oqibatlari xususida fikr yuritar ekan, o‘tgan yuz yillik oxirida «Islom uyg‘onishi», «Qayta islomlashish», «Islom fenomeni», «Islom omili» singari bir qator iboralaming paydo bo‘lish sabablarini izlaydi va diqqatimizni uning nimalarga olib kelishi mumkinligiga jalb etadi.
Yuqoridagi tushunchalar o‘z-o‘zidan dunyoga kelgan emas va ular - dunyoning katta bir qismini egallab olgan islom dini, uning taraqqiyoti, istiqboli va jahon sivilizatsiyasida tutgan o‘mi va roli- ning tobora kengayib borayotgani natijasida kelib chiqqan, deyish mumkin. Prezident bu jarayonlar insoniyat taqdiri, Yer shari istiq­boli va taraqqiyoti uchun ma’lum bir tahdid va tahlikadan ham xoli emasligiga, unga hushyorroq boqishga, tiyrakroq nazar bilan qarash- ga da’vat etadi. Chunki hamma davrlar sof islomiy nazariya, uning falsafasi va shariati, insoniyatni komillikka da’vat etuvchi buyuk ta’limoti bilan birga, uni soxtalashtiruvchilar, undan o‘z shaxsiy manfaatlari yo‘lida foydalanuvchilar ham yo‘q emasligini, ayni ana shu salbiy hodisalar jamiyat taraqqiyotida kutilmagan fojealami kel­tirib chiqarishi mumkinligini ko‘rsatmoqda. Mazkur hayotiy haqiqat va jahon ijtimoiy-siyosiy jarayonlaridagi islom omilini hisobga olib Islom Karimov: «Afsuski, hozirgi zamon tarixida ana shu o‘ta keskin ko‘rinishlar jiddiy mojarolarni, ziddiyatlarni keltirib chiqarishi, barqarorlik va xavfsizlikka tahdid solishi mumkin- ligi insoniyatni cho‘chitayapti„ Shundan darak beruvchi fikrlar ancha-muncha to‘planib qolgan. O‘zbekistonning mustaqilligini mustahkamlash, uning xavfsizligini ta’minlash zarurligi nuqtai nazaridan qaraganda bu hodisalar bizda ham jiddiy tashvish tug‘dirmoqda», - deydi.
Prezident I. Karimov tasawuridagi diniy taraqqiyot har qanday fanatizmdan xoli, inson taqdiri va olam bus-butunligi bilan bog6liq bo‘lgan, mamlakat ichki muammolariga ham, dunyoviy masala- larga ham ilohiy quwat, beqiyos aql-idrok va sog‘lom fikr bilan yondashishni taqozo etadigan, bunyodkorlik va yaratuvchilikka da’vat etadigan ulkan falsafadir. Zotan, xuddi shunday yondashuv, ana shunday dunyoqarash, dinni shunday anglash va unga e’tiqod qo‘yish ulug‘ bobokalonimiz Bahouddin Naqshband ta’limotining mag‘zi bo‘lgan «Dil ba yoru - dast ba kor» degan shioriga mos tushadi. Ayni shu haqiqat - insonning beqiyos iqtidorini, uning keng imkoniyatlarini tobora rivoj lantiradigan, takomillashtiradigan, o‘zining kelajagini yaratishga chorlaydigan nihoyatda oddiy va ayni paytda mo‘jizaviy da’vat, ilohiy qudratdir.
Jamiyat taraqqiyotini izdan chiqarish, uning rivoj lanishiga to‘- g‘anoq bo‘lish aslini olganda unchalik ham qiyin ish emas. Buning uchun fanatizm tayanchi bo‘lgan xomxayollarga ozgina erk berish, his-hayajonlami junbushga keltirishning o‘zi kifoya. Soxta aqida- parstlik hayot haqiqatini tan olmaslikka, mavjud ijtimoiy-siyosiy jarayonlami yuzaki baholashga yo‘l ochib beradi. Natijada odamlar fikrlash, aql-idrok bilan ish tutish o‘miga ortiqcha his-hayajonga beriladilar. Ehtiroslardan junbushga kelib, turli da’vatlaru shiorlar bilan maydonga chiqadilar. Bunga fevral voqealari, undan keyin­gi 1999-2005-yillardagi terrorchilik harakatlari yaqqol misol bo‘la oladi va hamma vaqt aqidaparastlikning yakuni jaholat tantanasi, adolat halokati bilan yakunlanishini isbot etdi.
Albatta, terrorchilar o‘zlarining qabih niyatlariga yeta olmadilar. Biroq, bizning achchiq qismatimiz yana bir bor hayot haqiqatini is- botladi: fanatizm - fikr va tafakkur kushandasi, jaholat va xiyo- nat homiysidir.
Prezident Islom Karimov dinning jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘mi va roli, diniy fanatizm va ekstremizmning fojeali oqibatlari xu­susida fikr yuritar ekan, o‘zining «0‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» kitobida aqidaparastlik illatining 0‘zbekiston Mustaqilligiga tahdid soluvchi yettita omilini ko‘rsatib beradi. Jumladan:

Download 57,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish