Uchinchi kitob


Hech bir mubolag ‘asiz aytish mumkinki, Respublika Baynalmi- lal madaniyat markazi



Download 57,25 Mb.
bet64/164
Sana09.07.2022
Hajmi57,25 Mb.
#761542
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   164
Bog'liq
НАРЗУЛЛА ЖЎРАЕВ O\'zbekiston tarixi 3 kitob Milliy Istiqlol davri

Hech bir mubolag ‘asiz aytish mumkinki, Respublika Baynalmi- lal madaniyat markazi о 'z faoliyati davomida mamlakatimizda mil­latlararo va fuqarolararo totuvlikni yanada mustahkamlashga qa­ratilgan yangi g'oya va tashabbuslar paydo bo'layotgan haqiqiy do ‘stlik uyiga aylandi.
Sizlarni Respublika Baynalmilal madaniyat markazi tashkil etil- ganligining 15 yilligi bilan chin yurakdan tabriklashga va barchan- gizga samimiy minnatdorlik tuyg ‘ularini izhor etishga ijozat bergay- sizlar.
Sizlarga mustahkam sog'liq, baxt-saodat, mamlakatimizning buguni va kelajagi uchun g'oyat muhim bo'lgan faoliyatingizda yangidan-yangi muvaffaqiyatlar tilayman.
Islom Karimov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti.
Shunday qilib, О‘zbekistonda mamlakatlararo totuvlikni ta’minlashga qaratilgan keng miqyosli tadbirlar bugungi kunda res­publikada hukm surayotgan ijtimoiy va siyosiy barqarorlikning mu­him omili bo‘lmoqda.
3-§. Milliy xavfsizlikni ta’minlash

  1. O‘zbekiston: Milliy xavfsizlik - olam butunligi

Istiqlol yillarida mamlakatda davlat mustaqilligini mustahkam­lash, uning hududida barqarorlikni ta’minlash asosiy vazifa sifatida hamisha mamlakat hukumatining diqqat-e’tiborida bo‘ldi. Shu davr mobaynida 0‘zbekistonda milliy xavfsizlikning keng qamrovli kon­sepsiyasi ishlab chiqildi.
Milliy xavfsizlikni ta’minlash maqsadida mustaqillikning birin­chi kunlaridanoq mamlakat hududiy yaxlitligini saqlash, davlat su-
www.ziyouz.com ku^bxonasiverenitetini himoya qilish, fuqarolar tinchligi va milliy barqaroriikni ta’minlash tamoyillari o‘rtaga tashlandi. Bir qator xalqaro tashkilot- lar bilan hamkorlikni mustahkamlash yo‘li tutildi. Milliy xavfsizlik masalasidagi davlat siyosati va uning uzoq yillarga mo‘ljallangan strategiyasi ilk bor mamlakat Oliy Majlisining 1995 yil 24-fevralda bo‘lib o‘tgan birinchi sessiyasida Prezident I. Karimov tomoni­dan aniq va batafsil yoritib berildi. Unda jahonda yuz bergan yan­gi siyosiy-iqtisodiy voqelikdan so‘ng, davlatlararo munosabatlar muxoliflikka emas, balki xalqaro huquqiy me’yorlarga mos yangi tartibotga asoslangan bo‘lishi kerakligi to‘g‘risidagi g‘oya ilgari surildi. Milliy xavfsizlikning keng qamrovli konsepsiyasini ishlab chiqish, uning huquqiy asosini belgilovchi qonunlar yaratish zarurli- gi ko‘rsatib berildi.
Ana shu ko‘rsatmalardan kelib chiqib mamlakatimizda ilk marta 1996 yil 24-aprelda Oliy Majlisning beshinchi sessiyasida ma’qullangan to‘rt bo‘lim, yigirma sakkiz moddadan iborat bo‘lgan «Milliy xavfsizlik to‘g‘risida»gi Qonun loyihasi muhokama qi­lindi. Milliy xavfsizlik tizimini shakllantirish, milliy xavfsizlikni ta’minlash borasidagi vazifalar va ulami amalga oshirish prinsiplari- ni huquqiy normalarda belgilab beradigan, butunlay yangicha hujjat sifatida ко‘rib chiqildi. 1997 yil avgust oyida Oliy Majlisning IX sessiyasida 0‘zbekiston Respublikasining Milliy xavfsizlik konsep- siyasi qabul qilindi.
Xorij tajribasida milliy xavfsizlik deganda ko‘proq davlat xavf- sizligi tushuniladi. Bu borada ham 0‘zbekiston o‘ziga xos yo‘liga ega. Chunonchi, masalaga bunday yondashuv milliy xavfsizlik mu- ammosining mohiyatini birmuncha toraytiradi. To‘g‘ri, milliy xavf- sizlikda harbiy va davlat xavfsizligi masalalari asosiy o‘rin tutadi. Biroq, milliy xavfsizlik deyilganda faqat ana shulaming o‘zigina tushunilmaydi. Mamlakatimizning hayotiy muhim manfaatlari loyi- hada belgilanganidek,
birinchidan, shaxsning huquqlari va erkinliklari; ikkinchidan, jamiyatning moddiy va ma’naviy boyliklari; uchinchidan, davlatning Konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligidan iboratdir.
Tarixga nazar solsak, fuqarolari haq-huquqsiz, jamiyatining moddiy va ma’naviy boyliklari poymol qilingan, suvereniteti va o‘z hududini qo‘riqlay olmagan har qanday tuzum oxir-oqibatda inqiroz- ga yuz tutgan.
Sobiq tuzum davrida milliy xavfsizlik haqidagi masalani o‘rtaga qo‘yishning o‘zi aqlga sig‘masdi. Chunki bunday sohani qonun bi-
Ian tartibga solishdan davlat manfaatdor emas edi. Qonun esa de­mokratik prinsiplarga to‘liq javob beradi hamda maqsadga erishish uchun har qanday vositadan hazar qilmaydigan eski totalitar aqidani qat’iyan rad etadi. Uning qator moddalarida ta’kidlanganidek, milliy xavfsizlikni ta’minlashdagi har qanday faoliyat faqat Konstitutsiya, Qonun va xalqaro huquq normalariga asoslangan bo‘lishi kerak.
«Milliy xavfsizlik to‘g‘risida»gi 0‘zbekiston Respublikasi Qo­nuni mamlakatimizda o‘ta murakkab va serqirra ijtimoiy munosabat- lami tartibga solish uchun mo‘ljallangandir.
Ma’lumki, XX asming so‘nggi yillari jahon taraqqiyotida buri­lish yasadi. Bu mavjud ikki siyosiy tuzum o‘rtasidagi raqobatning yo‘qolishi, yangicha ijtimoiy-siyosiy jarayonlaming vujudga keli- shi bilan bevosita bog‘liq. Jumladan, sobiq Ittifoqning tarqalishi ja­hon siyosatida shaklan va mazmunan yangi bosqichni boshlab berdi. Mafkuraviy, iqtisodiy va ma’naviy jihatdan ikki qarama-qarshi blok ta’sirida shakllangan qurollanish poygasi, harbiy zo‘ravonlik, milliy xavfsizlik tushunchalari butunlay o‘zgara bordi.
Ko‘pchilik xalqaro tashkilotlar ham ana shu ikki tuzum siyosa­ti, ulaming o‘zaro raqobati avj olgan davrlarda vujudga kelgan va mazkur ijtimoiy siyosat jarayonlari qobig‘idan chiqib ketolmayotgan edi. Ular o‘z mavqeini saqlab turishga va ta’sirini o‘tkazish o‘miga ko‘proq, hech bo‘lmaganda, ikki qarama-qarshi tomonning muvoza- natini muvofiqlashtirib turishgagina qodir edi, xolos. Shuning uchun ham mazkur tashkilotlaming faoliyati birmuncha sust, yuzaki tartib- qoidalar doirasida qolib ketgan edi.
Shunday sharoitda xalqaro huquqiy me’yorlar va boshqa bir qa­tor qonun-qoidalami qaytadan ко‘rib chiqish, yangicha qarashlar va yangicha tafakkur asosida umumjahon ijtimoiy-siyosiy jarayonlar yo‘nalishini butunlay yangi o‘zanga burib yuborish lozim edi. Buni Prezident I. Karimov 0‘zbekiston rahbari sifatida his qila oldi va ja­hon siyosiy maydonida har tomonlama asoslangan xavfsizlik tamo­yillarini o‘rtaga tashladi.
0‘zbekiston o‘z mustaqilligining tarixan juda qisqa davrida ja­hon siyosatiga salmoqli ta’sir o‘tkazdi. Jahon siyosati yo‘nalishlarida uning o‘ziga xos tamoyillari, yondashish usuli, ijtimoiy-siyosiy ja­rayonlar borishini yo‘naltirib turishdagi uslubi vujudga keldi. Buni qo‘shni mamlakatlardagi vaziyat bilan qiyoslash asosida yaqqolroq ko‘rish mumkin.
Birinchidan, 90-yillaming birinchi yarmida bir qator mustaqil davlatlarda siyosiy «o‘yin»lar, turli darajadagi bahs-munozaralar sun’iy ravishda avj oldirib yuborildi. Demokratik jarayonlami chu- qurlashtirish shiori ostida asosiy maqsaddan chekinish - mustaqil- likni mustahkamlash, umumxalq va umumiy davlat manfaati yo‘lida birlashib kurashish o‘miga tarqoqlikka yo‘l ochib berildi. Bir qa­tor mamlakatlarda esa hatto ichki ziddiyatlar kuchayib ketdi. Turli guruhlarning jaholatga qorishgan xudbinliklari, manfaatparastligi umumiy mamlakat manfaatlaridan g‘olib keldi. Natijada fuqarolar urushlari kelib chiqdiki, uning asoratlarini tugatish uchun yillar ke­rak bo‘lardi.
0‘zbekistonda esa aksincha, aql-idrokka, og‘ir-vazminlikka va andishaga asoslangan sharqona demokratiya tartib-qoidalariga qat’iy amal qilindi. Xalq va mamlakat manfaatiga zid bo‘lgan har qanday «o‘yin»larga, tadbirbozlik va ortiqcha shov-shuvlarga qarshi turildi.
Ikkinchidan, bir qator yosh mustaqil mamlakatlarda iqtisodiy tanglikdan talvasaga tushish hollari yuz berdi. Ular natijada har qan­day yo‘l bilan bo‘lmasin «qorin to‘yg‘azish» tashvishiga tushib, kun- dalik yumushlar girdobida qolib ketishdi. 0‘zbekistonda esa aholi umumiy ma’naviy-ruhiy ehtiyojlaridan kelib chiqib, har tomonlama tub islohotlarga keng yo‘l ochib berildi. Uzoqni ko‘zlagan, hayot ha- qiqatiga tayangan dasturlar asosida ish olib borildi.
Uchinchidan, 0‘zbekiston turli mustaqil davlatlaming iq­tisodiy, siyosiy, ma’naviy jihatdan manfaatdorligini nazarda tutib, yangicha sharoitlarda, yangicha shakl va mazmundagi hamkorlik- ni vujudga keltirish tashabbusi bilan chiqdi. Bu Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Markaziy Osiyo Mamlakatlari Hamdo‘stligi singari ko‘p tomonlama ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlar asosida qurilgan tash­kilotlar sifatida o‘rtaga tashlandi.
Hayot 0‘zbekiston ishlab chiqqan xalqaro munosabatlar rivoj- lanish tamoyillarining asosli ekanligini ko‘rsata boshladi. Jahon siyosatdonlari va jamoat arboblari ham uning yangicha qarashlariga yuksak baho bera boshladilar va o‘z vaqtida qo‘llab-quwatladilar.
0‘zbekiston rahbari I. Karimovning 1994-yil 23-sentabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 48- sessiyasida qilgan nutqi bir jihatdan 0‘zbekiston imkoniyatlarini, uning ma’naviy, iqtisodiy va siyosiy taraqqiyot yo‘llarini jahon miqyosiga olib chiqqan bo‘lsa, ikkinchi tomondan jahon siyosati yo‘nalishlariga, ijtimoiy siyosiy jarayonlar borishiga uning o‘ziga xos yondashuvi, o‘ziga xos baholash usuli va yo‘naltirish uslubi mavjudligini ochiq-oydin ko‘rsatdi. 0‘shanda 0‘zbekiston rahbari jahonda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, urush va tinchlik muammolarini bartaraf etish, qurollanish poygasini tugatish masala- lari haqida keskin gapirgan edi. Xalqaro tashkilotlaming maqomla- ri, ulaming jahon muammolarini hal etishdagi roii xususida so‘zlar ekan, u «Ko6p hollarda nufuzli xalqaro tashkilotlar mojaroli va- ziyatlarga, ifodali aytganda yong6in hidi eedigisia chiqayotgan paytda emas, balki batamom lovuliab ketgasida, bartaraf etish qiyin bo‘lib qolgandan keyingina e’tibor bera boshlaydilar. Ja­hon hamjamiyati mojarolar kuchayishining oldini olish maqsadi­da ko‘p hollardagi befarq ktizatuvchi rolidasi faol tinchlikparvar nuqtayi nazariga o‘ta borishi kerak», - deb qat’iy ta’kidlagan edi. 0‘shanda u nufuzli xalqaro tashkilotlaming faoliyatini tubdan o‘zgartirish, ular tizimida va maqomida ham tub islohotlami amal­ga oshirish kerakligini, endigi dunyo bamaylixotirlik kayfiyatini ko‘tarmasligini, aksincha, u dadil harakatlarga boy tafakkur va aql- idrokka asoslangan qat’iy talablarga muhtoj ekanligini ko‘rsatib ber- gan edi.
Tojikiston voqealari, Tojikiston va Afg‘oniston munosabatla- ri, umuman Markaziy Osiyodagi ma’naviy-siyosiy vaziyatni g‘oyat chuqur, har taraflama asosli tahlil etar ekan, ulaming mamlakatlar ijtimoiy-siyosiy muhitiga ta’siri haqida, mazkur mintaqaning jahon taraqqiyotida tutgan о‘mi va xalqaro tashkilotlaming vazifalari haqi­da prinsipial fikrlar yuritdi.
0‘shandan buyon oradan ma’lum muddat vaqt o‘tdi. Mamla­kat hayotida ham, jahon siyosatida ham birmuncha o‘zgarishlar yuz berdi. Ana shu ijtimoiy-siyosiy jarayonlar yuz berayotgan yangidan yangi hodisalarga alohida e’tibor bilan qarashni taqozo etayotganligi sababli Prezident I. Karimov dunyo va Yer yuzi taqdiriga daxldor bo‘lgan qator muammolar ustida doimiy va uzluksiz yangi fikrlar- ni ilgari suradi. Jumladan, u o‘tmishdagi «sovuq urush» illatlariga barham berish, g‘oyaviy kurashlarga chek qo‘yish yo‘li bilan tashqi siyosatni xalqlar va mamlakatlar ravnaqi asosida qayta shakllantirish zamrligi g‘oyasini o‘rtaga tashlaydi. Davlatlararo munosabatlar har tomonlama dunyo taraqqiyotiga va mamlakatlar fuqarolarining ha- yotiga daxldor bo‘lishini uqtirib o‘tdi. U Yer yuzi xavfsizligi bilan bir qatorda 0‘zbekistonda chinakam insonparvar siyosat tobora chu- qurlashib borayotganini va u dunyo kengliklariga chiqib olayotga- nini yaqqol ko‘rsatdi. Ayni paytda mamlakatimiz rahbari Markaziy Osiyo muammolari xususida to‘xtalar ekan, Yer sharining ana shu mintaqasida yuz beradigan hodisalaming salbiy yo ijobiy jarayo- ni bevosita dunyo taraqqiyotiga, jahon xalqlari taqdiriga u yoki bu tarzda kuchli ta’sir etishi mumkinligini nihoyatda kuchli siyosiy- falsafiy mantiq, jahon muammolarini o‘rganishda o‘ziga xos dunyo- viy tafakkur, chuqur tahlil va undan kelib chiqadigan aniq-ravshan xulosalar bilan isbotlab bergan edi. Ko‘tarilgan muammolar asosida Toshkentda Birlashgan Millatlar Tashkilotining doimiy seminarini tashkil etish hayot zarurati, jahon taraqqiyotiga daxldor bo‘lgan ehti­yoj ekanligini ta’kidladi.
Qolaversa, 0‘zbekiston jug‘rofiy-siyosiy jihatdan o‘ta muhim nuqtada joylashgan. U bir qator mamlakatlararo va mintaqalararo aloqalami eng maqbul shaklda birlashtirib turish uchun qulay im- koniyatga ega. Qadimdan mag‘rib-u mashriq, shimol-u janub ana shu mamlakat orqali aloqada bo‘lgani, o‘zaro iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlaming rivojlanishi va dunyo taraqqiyoti barqarorligi- ni saqlab turish uchun muhim omil, tayanch nuqtasi ekanligini ko‘rsatib berdi.
Shuni alohida ta’kidlash mumkinki, hozirgi dunyo ijtimoiy- siyosiy jarayonlarini yaxshilik sari burib turishda, insoniyat ravnaqi va hayotining daxlsizligini ta’minlashda, qolaversa butun Yer shari «muvozanati»ni saqlashda hozirgi 0‘zbekiston tutgan siyosiy mavqe jug‘rofiy jihatdan katta strategik ahamiyatga ega.
Ayni paytda 0‘zbekiston dehqonchilik va sanoat ishlab chiqa- rishi, beqiyos yerosti va ustki boyliklari mavjud bo‘lgan mo‘jizaviy makon. Unda jahon taraqqiyotiga daxldor bo‘lgan fan, madaniyat va boshqa aqliy imkoniyatlar ham mavjudki, bu bevosita uning dunyo sahnasiga chiqishiga keng yo‘l ochib berdi va yangi dunyo uchun hayotbaxsh kuch bo‘lib xizmat qildi.
0‘zbekiston rahbarining o‘rtaga tashlagan takliflari dunyo siyo- satdonlari tomonidan ancha o‘rganildi, tahlil etildi va ma’qullandi. Natijada 1995-yil 15-16-sentabr kunlari Toshkentda BMTning Mar­kaziy Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan seminar-kengashi bo‘lib o‘tdi.
Qator xalqaro tashkilotlaming mas’ul vakillari, o‘nlab mamla- katlaming siyosat va jamoat arboblari ishtirok etgan bu kengashda Markaziy Osiyo muammolarini o‘rganish dunyo taraqqiyotining mu­him bosqichi sifatida keng muhokama qilindi. 0‘zbekiston rahbari­ning kengashda so‘zlagan nutqi bosh hujjat va keng qamrovli das­tur sifatida baholandi. Notiq Toshkent uchrashuvlarining «Tinchlik, Barqarorlik, Hamkorlik» shiori ostida o‘tayotganligining o‘ziga xos mazmuni borligini alohida sharhlab berdi. Jumladan:

  • dunyo tinchligi yo‘lida davlatlar o‘rtasida o‘zaro hurmat va qat’iy ishonch, mamlakatlaming mustaqilligini so‘zsiz tan olish;

  • siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy taraqqiyot hamda islohotlar sama- rasining asosiy omili barqarorlik ekanligini e’tirof etish va uni to‘la ta’minlashga intilish;

  • umumxalq va umumjahon manfaatlaridan kelib chiqib, har to­monlama hamkorlikka tayanib ish tutish zarurligini ko‘rsatib berdi.

0‘zbekiston rahbarining fikricha, dunyo taraqqiyoti, olamning bus-butunligi, barcha xalqlaming tinchligi va xavfsizligi eng awa- lo, mintaqaviy barqarorlikni vujudga keltirish va bir-birini bevosi­ta to‘g‘ri anglashga bog‘liq. Darhaqiqat, birinchi galda ma’naviy- ruhiy jihatlari, turmush tarzi va urf-odatlari bir-biriga yaqin bo‘lgan xalqlar o‘zaro totuvlikni ta’minlasalargina, ular yashayotgan minta- qalarda xavfsizlik, barqarorlik bo‘lishiga, shu asosda mintaqalara- ro va qit’alararo yakdillik vujudga kelishiga imkon yaratiladi. Ana shunday hayotiy haqiqatga tayangan 0‘zbekiston Prezidenti urush va tinchlik muammolariga, milliy ravnaq va Yer yuzi xavfsizligi- ga kengroq qarash, endi yaqin o‘tmishimizdagidan farqli holda har qanday mafkuradan xoli, inson qalbiga yaqin bo‘lgan tushunchalami ilgari surib, «bir-birimizdan qochmaslikni tushunishga majbur ekan- ligimizni» alohida uqtirib o‘tdi. Ana shu majburlik hissi, majburiyat yuki har qanday davlat arbobining o‘z mamlakati manfaatidan tortib mintaqaviy, qolaversa dunyoviy masalalarga ham jiddiyroq qarash- ni, bu masalalar oldida javobgar ekanligini g'oyat kuyunchaklik va mas’uliyat bilan ta’kidlaydi.
Prezident I. Karimov Markaziy Osiyo muammolari haqida ga- pirar ekan, «Dunyo qariyb yuz yil davomida unutib qo‘ygan jug‘rofly siyosiy makon bugungi kunda o‘zining yangi sifatini ko‘rsatmoqda va bu siyosiy sharoitda kutilmagan o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Ayni paytda bugungi kunda ko‘pgina mamla- katlarning siyosiy va iqtisodiy manfaatlarini jalb etayotgan Mar­kaziy Osiyo ularning tashqi siyosat yo‘Ii strategiyasini shakllan- tirishda muhim va hal qiluvchi unsur bo‘lib qolmoqda», - dedi.
Darhaqiqat Markaziy Osiyoda yuz berayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, uning siyosiy-jug‘rofiy o‘mi, iqtisodiy va ma’naviy imko- niyatlari jahon hamjamiyatini istiqbolga yangicha munosabatlar bi­lan qarashga, dunyo ahlini o‘ziga ham, olamga ham tiyrakroq nazar tashlashga majbur etmoqda. Prezident I. Karimov ta’kidlaganidek, «biz yashayotgan dunyo torgina emas, juda murakkab ekanligini id- rok qilmasdan turib bu muammolami hal qilish ancha qiyin». Bu bilan u endi biz yashayotgan olam xuddi hozirgacha o‘ylaganimiz singari jo‘n, oddiy emasligini, bu juda keng va rang-barang, niho­yatda murakkab va ziddiyatli dunyo haqida shunchaki fikr yuritib bo‘lmasligini anglashga, har bir davlat arbobining kundalik tashvishi butun olam va odamlar tashvishi bilan bog‘liqligini unutmaslikka chaqirmoqda.Qariyb yuz yil mobaynida bir xil tarixiy, ijtimoiy-siyosiy ja- rayonlar ta’sirida yashab, olam ahli, jumladan siyosatdonlar ham qariyb bir xil fikrlashga o‘rganib qolishgan edi. G‘arb-u Sharq o‘rtasidagi dahanaki janglar, ikki qarama-qarshi siyosiy tuzum va mintaqalararo zo‘ravonlik jazavalari avj olgan yillarda dunyo taq­diri ham, Yer shari istiqboli ham, olam-u odamlar tashvishi ham ba’zan unutilganday edi. Ular nuqul qandaydir siyosiy nufuzlar, olamga egalik qilish da’volari, ma’naviy ustuvorlik dard-u o‘ylari bilan yashashardi. Hayot esa odamlar turmushi, ulaming kechinma- lari hamma vaqt, hamma narsadan baland ekanligini ko‘rsatib berdi.
0‘zbekiston rahbarining jahon siyosatiga ta’siri, uning o‘ziga xos novatorlik kuchi shundaki, quruqlikning qariyb ikkidan birini egallagan juda keng mintaqada - sobiq Ittifoq va Osiyo mamlakat- lari rahbarlari o‘rtasida g‘oyat o‘ktamlik va uddaburonlik bilan eski- cha qarashlar qobig‘ini sindirib tashladi. Olamga, hayotga, dunyo- ning murakkab va chigal jarayonlariga nihoyatda tiyrak nigoh bilan qaradi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1995-yil 15-16-sentabrda Toshkentda o‘tkazilgan seminar-kengashida so‘zlagan nutqi ana shu qarashlar va yangicha tafakkuming mahsuli bo‘ldi. 1997-yil sentabr- da esa «Markaziy Osiyo - yadrosiz zona» nomli xalqaro konferensi­ya o‘tkazildi.
0‘zbekiston rahbari har qanday mojarolar oldini olishning yagona yo‘li - donishmandlik, aql-idrok, masalalarga tiyraklik bilan qarash, chuqur mushohadakorlik, turli qarama-qarshi guruhlar va doiralaming bir stol atrofida to‘planib, hamjihatlikda fikrlashib olish hamda eng to‘g‘ri, eng oqilona va adolatli mulohazalarga mard bo‘lib yon berish ekanini uqtirdi. Bu jahon taraqqiyotida muhim bosqich bo‘ladigan va yuz berayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlaming sifat o‘zgarishiga olib keladigan voqelikdir. Chunki, uzoq yillar mobaynida shakllangan davlatlararo xudbinlik kayfiyati, zo‘ravonlik va tazyiqga asoslangan hukmronlik, do‘q-po‘pisa yo‘li bilan ayrim mamlakatlar ravnaqiga to‘sqinlik qilish mhiyati hamon mavjud. Tamoyilga aylangan bun­day nuqsonlarga barham berish, muzokaralarda faqat umumjahon manfaatlariga tayanish fazilatlarini kuchaytirmay bir narsaga erishib bo‘lmaydi. Ana shunday xulosalardan kelib chiqib Prezident I. Kari­mov quyidagi tamoyillami o‘rtaga tashlaydi:

  • nizolami bartaraf qilishning bosqichma-bosqichligi;

  • barcha manfaatdor tomonlaming muzokara jarayonida ishtirok etishi;

  • tomonlaming bir-biriga yon berishi va murosa yo‘li bilan bir- biri tomon yaqinlashuvi;

  • bu jarayonda BMT, YXHT, IHT va boshqa xalqaro tashkilot- laming faol ishtirok etishi va homiylik qilish;

  • har bir mamlakat hududiy yaxlitligining saqlanishi;

  • qay shaklda bo‘lmasin, tashqaridan ta’sir o‘tkazish va arala- shuvga yo‘l qo‘yilmasligi;

  • mahalliy mojarolar zonalariga qurol yetkazib berishni qat’iyan taqiqlab qo‘yish.

Ko‘rinib turibdiki, 0‘zbekiston rahbarining jahon hamjamiyati diqqatiga havola etayotgan bu tamoyillari xavfsiz dunyoga inti- lishning eng to‘g‘ri yo‘lidir. Ayni paytda, dunyo taqdiriga befarq qaraydigan, insoniyat tashvishidan qalbi jarohatlanmagan insonni topish qiyin. Zotan, yeming u burchidan otilgan o‘q sayyoramiz- ning bu burchagida yashayotgan odam hayoti uchun xavfsiz ekan- ligiga hech kim kafolat bermaydi. Chunki, bu ikki shaxs o‘rtasidagi kelishmovchilik singari oddiy hodisa emas, balki davlatlararo, min- taqalararo zo‘ravonlik bo‘lib, Yer yuzining xohlagan nuqtasiga xavf solishi, mamlakatlaming siyosiy, huquqiy daxlsizligini, suverenite- ti va to‘la mustaqilligini inkor etishdan tortib, inson huquqlarini poymol etishi, uning yashash huquqidan mahrum etishi hech gap emas. Ayniqsa, tayoq va tosh bilan qilinadigan urushlar davrida emas, qit’alararo tezuchar ommaviy qirg‘in qurollari, inson zurriyo- ti va jamiki tiriklikka xavf-xatar soluvchi biologik yaroqlar asrida yashayotganimiz nazarda tutilsa, uning mazmun-mohiyati yana ham chuqurroq anglanadi, yorqinroq ko‘zga tashlanadi.
0‘zbekiston rahbari tasawuridagi xavfsiz dunyo xatardan bu- tunday xoli bo‘lgan, hech qanday shubha va qo‘rquvga asos qolma- gan tarzda yashash kabi eng oliy qadriyatdir. Shuning uchun ham u xavfsizlik deganda yoki milliy xavfsizlik tushunchasini belgila- yotganda faqatgina harbiy soha bilan chegaralanmay, uning siyo­siy, iqtisodiy, ma’naviy va harbiy bo‘lmagan boshqa jihatlarini ham anglashga da’vat etadi. Bu siyosiy-iqtisodiy islohotlaming samara- dorligini to‘la-to‘kis ta’minlashdan tortib, narkobiznes va terrorizm, mintaqaviy va umumjahon hamkorliklaming turli sohalarigacha bo‘lgan rang-barang olamning rang-barang muammolariga kengroq qarashni talab etadi. Bulaming barchasi xalqaro tashkilotlar, ayniq­sa, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropada Xavfsizlik va Ham­korlik Tashkiloti, Islom Konferensiyasi Tashkiloti, Mustaqil Davlat­lar Hamdo‘stligi singari nufuzli tashkilotlar faoliyatini kuchaytirish, ulaming o‘zaro hamkorligini muvofiqlashtirish - zarurat ekanligini ko‘rsatib beradi.
0‘zbekiston rahbarining mamlakatda amalga oshirilayotgan is- lohotlar singari xalqaro siyosat va milliy xavfsiziik masalasiga ham o‘ziga xos yondashuvi bor. Jumladan u:

  • davlat siyosatini har bir oila, har bir shaxs tinchligidan tor- tib butun mamlakat, mintaqalararo va qit’alararo munosabatlami yaxlit, bir butun holda his qiladi. Eng insonparvar siyosatni eng tinchliksevar siyosat bilan uyg‘un holda tushunadi va ana shu mushtarak tushunchalaming tantanasi uchun kurashadi;

  • jahon siyosatining eng ilg‘or tajribalarini o‘z vaqtida o‘rganadi, ijtimoiy-siyosiy jarayonlar borishini to‘g‘ri kuzatadi, to‘g‘ri tushunadi, to‘g‘ri baholaydi. Ulami tahlil etishda adashmaydi. Shuning uchun dunyo siyosatchilari uni e’tibor bilan tinglashadi, har bir taklifning yangiligiga va o‘ziga xosligiga qiziqish bilan qarashadi hamda yuksak baholashadi;

  • vaqt o‘tgani sari odamlar ruhiyati yangilana boradi. Bunday ma’naviy-ruhiy o‘zgarishlar bevosita jahon siyosatini ham yangicha mazmun bilan boyitadi. Bu - tabiiy hodisa. Ana shu holatlami o‘z vaqtida anglab, zamonaviy mulohaza yuritish asosida davlat boshqa­ruvi va jahon siyosati yo‘nalishlarini isloh qila borish, ulami yangi o‘zanga burish, yangicha shakl va mazmun bilan boyitish fazilati siyosatchi uchun noyob iste’doddir. Prezident Islom Karimov esa o‘zining ana shu xislatlari bilan jahon siyosatdonlari orasida yuksak mavqega ega bolmoqda.

Darhaqiqat, XXI asr har bir davlat rahbaridan faqat o‘z mam- lakati va xalqi doirasidagina emas balki tor «mahalliy» doiralardan keng dunyoviy maydonga chiqishni, mamlakatning kundalik tash- vishlariga o‘ralashib qolmaslik, olam minbarlaridan turib dunyo kengliklariga nazar tashlashni va shu asosda dunyoviy muammolar hamda xalqaro masalalami hal etishning umuminsoniy va Yer kur- rasining istiqboliga daxldor bo‘lgan keng miqyosli fikrlash tarzini taqozo etadi. Bulaming ban yangi dunyo va yangi yuz yillikning ja­hon siyosatiga olib kirayotgan g‘oyat insonparvar, hayotiy va ezgu- likka tayangan, dunyo siyosatining yangi madaniyat darajasini belgi- laydigan omillaridan biri.
Prezident Islom Karimov dunyoviy jarayonlami doimiy ravishda kuzatadi. Olis istiqbolga katta umid va ishonch bilan qaraydi. Ayni paytda yuz berayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar borishini, ulaming kelib chiqish manbalarini ancha oldindan his qiladi va ulaming na- tijalarini, salbiy yo ijobiy xulosalarini ko‘plardan oldinroq ilg‘aydi, oldinroq qarorga keladi. Bulaming bari uning keng qamrovli tafak­kur egasi ekanligini, voqealarga donishmandlik bilan yondashishi- dan darak. Shu nuqtayi nazardan 0‘zbekiston rahbari I. Karimov- ning 1996-yil 2-3-dekabr kunlari Lissabonda YXHTga a’zo davlatlar boshliqlari uchrashuvida ko‘targan dolzarb masalalari jahonda yangi xavfsizlik modelini yaratishga qo‘shilgan munosib hissa bo‘ldi.
I. Karimov ushbu uchrashuvda faqat Yevropadagina emas, balki butun dunyoda vaziyat va kuchlar nisbatining tez o‘zga- rayotgani yangi mustaqil davlatlaming maydonga chiqayotgani, hozirgi davrda xalqlar va davlatlar barqarorligini ta’minlash XXI asr bo‘sag‘asida xavfsizlikning yangi modelini ishlab chiqish uchun yangi yondashuvlami izlashni qat’iyan taqozo qilayotganli- gini alohida ta’kidladi.
Xavfsizlik masalasida 0‘zbekiston munosabatini bildirar ekan, I. Karimov «O‘zbekiston YXHTning asosiy tomoyillaridan biri bo‘lgan xavfsizlik yaxlitligini to‘la qo‘llab-quvvatlaydi.
Xavfsizlikning, shu jumladan Yevropa Xavfsizligining che- garasi yo‘q. Shunga asoslanadigan bo‘lsak, bizning nazarimizda YXHTning o‘rni va ahamiyati agar joiz bo‘lsa mas’uliyati, Yev­ropa doirasi bilan chegaralanib qolmasligi kerak, balki, uning tashqarisidan kelayotgan mavjud xavfni ham hisobga olishi lo­zim.
Bu Markaziy Osiyo mintaqasining jug‘rofiy strategik holla- rini, uning salohiyatini ulkan xomashyo va insoniy resurslarini, shuningdek, tez rivojlanadigan bu mintaqada sodir bo‘layotgan xavfsizlik uchun xavf-xatarni hisobga olgan holda YXHT bu yerda o‘z faoliyatini yanada kuchaytirishi tarafdorimiz», - de- gan edi.
1995-yil 1-mayda Prezident Islom Karimov «0‘zbekiston Res- publikasining milliy xavfsizlik kengashi to‘g‘risida» Farmon qabul qildi. Ushbu Farmonga ko‘ra, birinchi chaqiriq 0‘zbekiston Respub­likasi Oliy Majlisi birinchi sessiyasining qarorlariga muvofiq mil­liy xavfsizlik masalalari bo‘yicha davlat siyosatini ishlab chiqish va muvofiqlashtirish lozim, deb topildi.
0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida milliy xavfsizlik kengashi, xavfsizlikni ta’minlash sohasida davlatning ichki va tashqi siyosati masalalari bo‘yicha maslahat organi tashkil etildi.
Shubhasiz, yuqoridagilar 0‘zbekistonda milliy xavfsizlikni ta’minlash va barqarorlikni saqlab turishning ishonchli omili bo‘lib xizmat qildi.
Ayniqsa, 0‘zbekistonda bugungi kunda milliy xavfsizlik, ijti­moiy-siyosiy barqarorlikning ta’minlanishini Prezident I. Karimov tomonidan olib borilayotgan ichki va tashqi siyosat natijasi, deb bil- moq kerak.SSSR nomi bilan bog‘liq bo‘lgan «sovuq urush» siyosati bar- bod bo‘lgach, insoniyat hayotiga tahdid soladigan, uni tanazzulga olib boradigan, olamshumul taraqqiyot yo‘lini bo‘g‘adigan yangi omillar vujudga kelishi mumkinligini, bu tabiiy ekanligini, inson tafakkuri va uning fe’l-atvoridan kelib chiqadigan mantiqiy hodi- saligini birinchi bo‘lib 0‘zbekiston rahbari Islom Karimov ayt­gan va uni dunyo minbaridan turib o‘rtaga tashlagan edi. 0‘sha paytlarda kimlardir bu g‘oyalarga ishonmadi, kimlardir shunchaki yo‘l-yo‘lakay aytilgan gap sifatida qabul qildi. Biroq hayot haqi- qati achchiq va shafqatsiz, vaqt - berahm hakam. U bor haqiqatni ko‘rsatdi-qo‘ydi!
0‘zbekiston rahbarining BMT, YXHT va boshqa bir necha o‘nlab tashkilotlar minbarlaridan turib, shuningdek, davlat tashrif- lari chog‘idagi uchrashuvlar va suhbatlarda mintaqaviy mojarolar, xalqaro terrorizm xavfi xususida bildirgan butunlay yangi g‘oyalari keyinroq, ya’ni 1997-yili yaxlit strategik konsepsiya - «0‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, taraqqiyot kafolatlari va barqarorlik shartlari» nomli asar sifatida dunyoga keldi. Jahon ja- moatchiligi e’tirofini qozongan ushbu kitob jahon siyosatida favqu­lodda yangilik sifatida qabul qilindi va dunyoning bir necha o‘nlab mamlakatlarida taijima qilinib, nashr etildi.
Prezident Islom Karimov ushbu asarida Yer yuzidan «sovuq urush» vasvasasi yo‘qoldi, biroq endi mamlakatlararo, minta­qaviy nizolar, ma’lum bir hududlar o‘rtasidagi kelishmovchilik- lar butun dunyo taqdirini belgilaydigan ulkan xavfga aylanishi mumkin, degan tashvishni bildirgan edi. Afg‘oniston voqealari va Tojikistondagi xunrezliklar misolida gapirib, bunday salbiy ho- disalar Yer sharining turli mintaqalarida turli shakllarda va turli maqsadlarda yuz berishi mumkinligini, bular qanday shaklda va maqsadlar yo‘lida vujudga kelmasin inson va insoniyat, odam va olam taqdiriga tajovuz ekanligini, u bilan mutlaqo murosa qilib bo‘lmasligini ko‘rsatib o‘tgan edi.
Darhaqiqat, Afg‘onistonda urush boshlangan kunlari tug‘ilgan chaqaloq bugun navqiron yigit bo‘lib voyaga yetdi. Uning ko‘rgani o‘lik, qon, jarohat va yovuzlik bo‘ldi. Jajji qo‘llari o‘lik ushlab, tetapoya oyoqlari bilch-bilch qon bosib o‘sdi. Maktab ko‘rmadi, ma’rifat nima bilmadi, kitob o‘qimadi, qalam ushlamadi! Ushlaga- ni - o‘q-dori, qurol-yarog1, o‘ylagani - yovuzlik bo‘ldi! Hayotda bundan battar jaholat bormi? Jaholatning mezonlari, o‘lchovlari, miqyoslari, chegaralari bormi? Kim uni belgilay oladi? Agar bu­tun millat farzandlari yillar mobaynida shu alpozda tug‘ilsa-yu shu alpozda tarbiyalansa, millat taqdiri, uning istiqboli qanday bo‘ladi? Kim bunga javob bera oladi? Tarix oldida, millat oldida, o‘tmish ajdodlari va kelgusi avlod oldida, umuman kelajak oldi­da kim o‘zini ko‘rsata biladi va qanday javob beradi? Prezident Islom Karimovning yuqoridagi gaplarida xuddi ana shunday ach- chiq va hayotiy haqiqat yotadi.
Ana shu xulosalardan kelib chiqib, 0‘zbekiston rahbari bundan bir necha yil oldin «bu o‘rinda hammaga yaxshi ma’lum bo‘lgan bir haqiqat - keskin muammolar, shu jumladan, tgvarak- atrohmizdagi mavjud muammolar ham inkor etilmasligi lo­zim. Aks holda bu mojarolar tanglikka olib kelishi, boshqarib bo‘lmaydigan tanglik esa rivojlanish yo‘lida uchragan barcha narsalarni vayron qiladigan, davlat chegaralarini va o‘zga siyo­siy, iqtisodiy, etnik va boshqa voqeliklarni tan olmaydigaE falo- katga aylanib ketishi mumkinligint yodga olish o‘rinli bo‘iadi», degan edi.
0‘zbekiston davlati milliy xavfsizlik siyosatining hayotiyligi shundaki, ayni ana shu mojarolar ichki ziddiyatlar tufayli vujud­ga kelgan kelishmovchiliklar, о‘zaro nizolar zaminida rivoj lanib, shakllanganini va ular orqali xalqaro terrorizmning urchishiga sha- roit yaratilishini bugungi voqealar misolida o‘z ko‘zimiz bilan yaq­qol ко‘rib turibmiz.
Darhaqiqat, yovuzlik va qonxo‘rlikning millati yo‘q. U har qan­day suverenitet, mustaqillik, davlat chegaralari, hududiy yaxlitlilc degan eng oliy qadriyatlami inkor qiladi. 0‘zining yashashi uchun qulay imkoniyat qidiradi. Natijada bir mamlakat hududida yuza­ga kelgan o‘zaro nizolar tashqaridan turib unga homiylik qiladigan kuchlar ta’sirida tez rivoj lanib, nisbatan bo‘shroq devomi qulatib, keyingi hududga bostirib kiradi. Begunoh odamlami qaqshatadi. Ana shu hayotiy mantiqdan kelib chiqib Prezident Islom Karimov «Inso- niyat sivilizatsiyasining rivojlanish tarixi, ayniqsa, har jihatdan bir-biriga bog‘liq bo‘lib qolgan hozirgi dunyo sharoitida shun- dan aniq dalolat berib turibdiki, alohida olingan bir davlatdagi har qanday mojaro uzoq vaqt davomida milliy chegaralar dot- rasida qolib keta olmaydi. Bir qancha sabablarga ko‘ra bunday mojaro nazorat qilib bo‘lmaydigan darajada yoyilib ketishi mu- qarrar», - degan edi.
Prezident Islom Karimov butunlay yangi tarixiy sharoitda fa­oliyat yuritayotgan yangi tipdagi siyosiy arbob sifatida uzoq yillar mobaynida shakllangan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar ta’sirida qolgan safdoshlari va zamondoshlarini bir muddat hushyorlikka tortdi. Ular- ni yangicha tafakkur bilan yashashga, bugungi jarayonlaming is- tiqboldagi mahsulini tushunishga, shuningdek, ular olib keladigan mash’umliklami ham anglashga da’vat etdi.
Jumladan, uning ayni xalqaro terrorizmning vujudga kelishi, shakllanish jarayonlari va oqibatlari xususida chuqur ilmiy va na- zariy xulosalari, siyosiy jihatdan o‘ziga xos yondashish usuli bor. Bu - donolik va zukkolikning, ko‘p yillik hayotiy va amaliy faoli- yatning, mavjud vaziyatni to‘g‘ri va teran tahlil qila olish salohiyati- ning uyg‘unligidan kelib chiqqan qarashlardir.
Ayni paytda I. Karimov g‘oyalari nafaqat mustaqil, balki yangi davming yangi mahsuli, mantiqiy tafakkur tarzining yorqin timsoli sifatida vujudga keldi. Jumladan, buni terrorizm va islom, islomning siyosiylashuvi, islom niqobidagi nayranglar xususidagi xulosalarida yaqqol ko‘ramiz:
«So‘nggi yillarda voqealar fojiali tus olganligining yana bir sababi shundaki, afg‘on mojarolariga ma’lum etnik nizolardan tashqari yana diniy tus ham berildi. Islomning keskin siyosiyla- shuv jarayoni sodir bo‘lmoqda. U o‘ta radikal tus oldi - hokimi­yat teppasiga chiqishga da’vogarlik qilish va barcha dindoshlar- ni madadga chaqirgan holda bunga qurolli yo‘l bilan erishishga ochiqdan-ochiq urinish yuz bermoqda. Dinimizning insonpar- varlik g‘oyalari va asoslariga hech bir aloqasi bo‘lmagan ana shu jarayon tog‘li Badaxshondan tortib to Kaspiygcha bo‘lgan juda katta hududdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatga bevosita yoki bilvosita salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Mintaqadagi davlatlarda afg‘on ssenariysini o‘z xalqlariga zo‘rlab qabul qildirishga tayyor tur- gan ekstremistik kayfiyatdagi unsurlar topilib qoldi. Afg‘oniston voqealari esa fojiali oqibatlarga olib kelganligiga hali biz ham baho beramiz, kelgusi avlodlarimiz ham baho beradi». To‘g‘risi bugun sof vijdonli tinchliksevar xalqlar afg‘on voqealarini, xususan uni o‘z hududlariga - kindik qoni to‘kilgan muborak Vatanlariga majburan, zo‘ravonlik bilan «eksport» qilayotganlami keskin qorala- moqdalar. Kelgusi avlodning bahosi esa bugungidan ham battarroq, bugungidan ham achchiqroq va, hatto, ayanchliroq bo‘ladi. Bunday bahoni tarix sahifasidan o‘chirib ham, o‘zgartirib ham bo‘lmaydi.
Prezident Islom Karimov mintaqaviy mojarolar xususida va ter- rorizmning rivojlanishiga imkon beradigan omillar haqida gapirar ekan, yana bir muhim holatga alohida to‘xtaladi va uni e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydigan nihoyatda katta potensial xavf-xatar, deb ataydi. Mojarolaming, kelishmovchiliklaming va ziddiyatlaming ke­lib chiqish omili sifatida chegaralar orqali bo‘lib yuborilgan xalq- lar taqdiriga tahdid solish, ulaming o‘zaro munosabatlariga putur yetkazish, azaldan qondosh-jondosh, bir millat vakili bo‘lib kelgan, qarindosh-urug‘ bo‘lib ketgan aholini chegaralar tufayli bir-biriga qarshi qo‘yish hollari ham mavjudligini uqtirib o‘tadi.
Darhaqiqat, bugun Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Turk- maniston va Afg‘oniston hududida yashayotgan o‘zbeklar va ayni 0‘zbekistonda istiqomat qilayotgan 130 ga yaqin millat va elatdan iborat bo‘lgan aholi tarkibidagi qozoqlar, turkmanlar, qirg‘izlar, to- jiklar o‘rtasida nizo keltirib chiqarish, ulami bir-biriga qarshi qo‘yish butun mintaqani jarga qulatishdan iborat bo‘lgan mudhish hodisadir. Ayni ma’lum bir mamlakat, ma’lum bir mintaqa xalqlari o‘rtasidagi nizolar hamisha faqat uninggina fojeasi bo‘lib qolmasligi, u ayni paytda butun insoniyat, Yer shari taqdiri bilan bog‘liq bo‘lgan halo- kat ekanligini anglashga da’vat etadi. Istalgan bir mamlakatda yoin- ki hududda qurolli to‘qnashuvlar, qon to‘kishlar yuz bersa, avj olsa naqadar mudhish oqibatlarga olib kelishini Prezident Islom Kari­mov shunday ifodalaydi: «Qurolli mojaro keskinlashgan taqdirda chegaralarni tan olmasdan, qo‘shni davlatlar hududiga yopiri- lib kirishga tayyor turgan qochoqlar muammosi vujudga keladi. Odatda, bu oqimda chegara orqali non va boshpana topishni- gina emas, balki odamlaming qalbiga yangi g‘ulg‘ula solishni istaydiganlar ham kirib keladi».
Bu muammoning ikki juda muhim tomoni bor. Birinchidan, Prezident I. Karimov ta’kidlaganidek, o‘zaro nizolar, mojarolar, to‘qnashuvlar va qurolli qirg‘inlardan azob chekkan va natijada o‘z uyini, boshpanasini, qadrdon go‘shasini tashlab ketishga majbur bo‘lgan jabrdiyda qochoqlar bilan birga badniyat, odamlami jun- bishga keltiradigan, o‘z xatti-harakati, gap-so‘zlari, g‘ayriinsoniy mafkurasi bilan muqim va tinch yashayotgan aholini sarosimaga soladigan, ularga tahdid qiladigan odamlar ham chegaradan o‘tib, kirib keladilar. Bu tinch va barqaror hayot kechirayotgan boshqa bir mamlakatda hayot izmini o‘zgartirish, tahlikani kuchaytirish va shu yo‘l bilan taraqqiyotga g‘ov bo‘lishga olib keladi.

Download 57,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish