Uchinchi kitob



Download 57,25 Mb.
bet60/164
Sana09.07.2022
Hajmi57,25 Mb.
#761542
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   164
Bog'liq
НАРЗУЛЛА ЖЎРАЕВ O\'zbekiston tarixi 3 kitob Milliy Istiqlol davri

Sog‘liqni saqlash
Respublikada mustaqillikning birinchi yillarida Sog‘liqni saq­lash tizimini yangi ijtimoiy va siyosiy o‘zgarishlarga javob beradi- gan hamda zamon talablariga mos keltirish uchun tibbiy muassasalar tizimini qayta o‘zgartirish, birlamchi tibbiy yordamni rivojlantirish, tibbiyot xodimlarini tayyorlash, onalar va bolalar sog‘lig‘ini muho­faza qilish, aholi o‘rtasida yuqumli kasalliklaming oldini olish, tibbi­yot muassasalarini moliyalashtirish, nodavlat xususiy tibbiy tizimni kengaytirish va chet davlatlar bilan aloqalami kuchaytirib, tibbiyot fanini rivojlantirish ishlariga alohida ahamiyat berildi.
1992-yilning mart oyida Sog‘liqni saqlash vazirligining hay’at yig‘ilishida respublikada Sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari tasdiqlandi. 1996-1998-yillarga mo‘ljallangan majmuaviy dastur, 1999-yil 14-yanvar kuni «0‘zbekiston Res­publikasi sog‘liqni saqlash tizimida boshqarishni takomillashtirish to‘g‘risida» Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.
Mustaqillik yillarida «OITS bilan kasallanishning oldini olish to‘g‘risida» (14.06.91-y.), «Davlat sanitariya nazorati to‘g‘ri- sida» (03.07.92-y.), «Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida» (29.08.96-y.), «Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida» (25.04.97-y.), «Odamning immunitet tanqisligi virusi to‘g‘risida»gi (19.08.99-y.) 0‘zbekiston Respublikasining qonunlari qabul qilindi.
0‘zbekiston Respublikasida sog‘liqni saqlash tizimining aso­siy vazifasi sifatida kasalliklaming oldini olish, xastalami davo- lash, yashash muhitini sog‘lomlashtirish kabi yo‘nalishlar belgilan­di. Bunda xalq tabobatining boy an’analari, ilm-fan va texnikaning ilg‘or yutuqlari, olim va mutaxassislaming zakovat-u salohiyatiga suyanish ko‘zda tutildi.
1991-yilga kelib 0‘zbekistonda kasalxona muassasalari soni 1370 ta edi. Kasalxonalardagi o‘rinlar soni 256,6 mingga, vrachlar soni 71,1 mingga yetgan edi. Sovetlar tuzumi davrida sog‘liqni saq­lash tizimi kengaygan bo‘lsa-da, lekin yerga turli xil kuchli ximikat- lar solinishi, paxta yakka hokimligi va boshqa ijtimoiy oqibatlar na- tijasida aholi orasida kasalliklar ko‘payib ketgan edi. 0‘zbekistonda har yili 8 millionga yaqin kishi xastaligi tufayli tibbiy muassasalarga murojaat etib, shulardan 240 ming kishi yuqumli kasalliklar (shular- ning 120 minggi gepatit) bilan og‘rib turdi, ayni vaqtda ularning 70 foizi bolalar edi. Go‘daklar orasida o‘lim hollari bir qadar kamaygan bo‘lsa ham, lekin ulaming soni yangi tug‘ilgan har 1000 bola hiso- bidan olganda 35,5 nafarga to‘g‘ri keldi. Har yili o‘rta hisobda 24 ming bola bir yoshga yetmay o‘lib ketardi. Onalar o‘rtasidagi o‘lim ham ancha yuqori edi, ya’ni tirik bola tuqqan 100 ming ayol hisobi- dan olganda 65,3 taga to‘g‘ri keladigan bo‘ldi. Odamlaming o‘rtacha umri jahonning rivoj langan mamlakatlari - Yaponiya, Shvetsiya, Bu­yuk Britaniya va boshqalarga qiyosan olganda 8-10-yil kam bo‘lib chiqdi.
0‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng aholining salo- matligini muhofaza qilish muammolari qaytadan ko‘rila boshlandi. Bunda taraqqiyotning ekstensiv yo‘lidan voz kechib, intensiv yo‘lga o‘tish, ayni vaqtda sohaga mo‘ljallanadigan mablag‘ni respublika aholisining har bir jon boshi hisobidan ajratish; sog‘liqni saqlash ishining asosiy taomili - profilaktik yo‘nalishni tiklash; onalar va bolalar muhofazasini kuchaytirish; tibbiy ta’lim tizimi va kadrlar siyosatini isloh qilish; mamlakatda yetarli dori-darmon va tibbiyot ashyolari hamda texnik vositalari ishlab chiqaradigan sanoatni vu­judga keltirish; sog‘liqni saqlash muassasalarining moddiy texnik bazasini yanada yaxshilash; davolash-profilaktika muassasalari- ni davlat tasarrufidan chiqarib, mulkchilik shaklini o‘zgartirish va sug‘urta tabobatiga o‘tish asosiy vazifa qilib qo‘yildi. Sog‘liqni saq­lash ehtiyojlari uchun 1994-yili milliy daromadning 4,1% miqdorida mablag1 ajratilgan bo‘lsa, 2000 yilga borib u (baholar o‘zgarishini ham hisobga olgan holda) 6,5-7 % ni tashkil etdi.
Bozor munosabatlariga o‘tish sog‘liqni saqlash sohasiga ham yangi talablar qo‘ydi. Xususan, ma’muriy-boshqarish sarf-xara- jatlarini kamaytirish; kasallaming bir qismini ulaming ahvoliga qa- rab kun-u tun emas, balki faqat kunduzgi davolanishga o‘tkazish; jarrohlik yordami ko‘rsatishda ish hajmining bir qismini kasalxona- dan poliklinikaga ko‘chirish; kasalxonalardagi kam samarali o‘rinlar sonini qisqartirish; shartnoma asosida bajariladigan ishlar uchun haq olish va boshqa choralar ko'rildi. Tibbiyot xodimlarining mehnati- ga to‘lanadigan haq ham har bir xodimning qo‘shgan hissasiga va muassasa ishining oxirgi natijasiga bog‘liq bo‘lib qoldi.
Sog‘liqni saqlash ishining asosiy taomili - profilaktik yo‘nalish- dir. Shuni nazarda tutib, ambulatoriya-poliklinikalar faoliyatini ja- dallashtirishga, ulaming kasalliklami aniqlash sohasidagi imkoniyat- larini kengaytirishga, tibbiy yordam ko‘rsatishning iqtisodiy jihatdan foydali yangi shakllarini yaratishga, xususan, oila poliklinikalari, kunduzgi kasalxonalar, qatnab davo olinadigan jarrohlik markazlari, ambulatoriyada davolashning ixtisoslashtirilgan komplekslari, ma­halla kasalxonalari barpo etishga katta e’tibor berildi. Viloyatlarda- gi ambulatoriya-poliklinika muassasalarida, ko‘pgina kasalxonalar qoshida kunduzgi davolanish imkoniyatlari yaratildi. Ularda o‘rinlar soni 1991-yildagi 6,6 mingdan 1996-yilda 34,6 mingga yetdi.

  1. yil 21-mayda 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahka­masining № 182-sonli Qarori bilan 1996-98-yillarda qishloq ijti­moiy infrastrukturasini rivojlantirish va 1998-yil 10-noyabrda Respublika Prezidenti Farmoni bilan tasdiqlangan 2006-yilgacha Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturi qabul qilindi.

1991-yilda 188400 ta shifo o‘rinlari faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, 2000-yil 1-yanvar kuniga samarasiz ishlayotgan 56600 shifo o‘rinlari qisqartirildi. Ulaming o‘mida aholiga qulay va iqtisodiy jihatdan ar- zon, barcha sharoitlarga ega bo‘lgan 47407 kunduzgi shifo o‘rinlari tashkil etildi.
Bundan tashqari 217 ambulator jarrohlik markazlari va 106 ta maxsus ambulator davolash komplekslari tashkil qilindi. 1999-yil davomida respublikada 5613744 nafar bemor tibbiy muassasalarda davolandi.
Birgina 1997-yilda 159 ta qishloq-tibbiyot punkti ishga tushi- rildi, 1,5 ming bemorga mo‘ljallangan shifoxonalar qurildi. 202 ta tibbiyot muassasasi qishloq tibbiyot punktlariga aylantirildi.
Aholi sog‘lig‘ini muhofaza qilish ko‘p jihatdan davlat sani- tariya-epidemiologiya xizmati faoliyatiga bog‘liq. 0‘zbekistonda sanitariya-epidemiologiya stansiyalari va aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning tashkiliy-metodik va muvofiqlash- tiruvchi ishlami olib boradigan «Salomatlik» markazlari bu vazi- fani amalga oshira boshladi. 1991-yili Toshkentda diagnoz qo‘yish bo‘yicha respublika aholisiga xizmat ko‘rsatuvchi «Diagnostika» markazi ishga tushirildi.
Aholi sog‘lig‘ini tekshirib turish va yuqumli hamda yu- qumsiz kasalliklar bilan og‘rish hollarini nazorat qilish, noqu- lay ijtimoiy muhit omillarini bartaraf etish, ayniqsa, atrof-muhitni sog'lomlashtirish tadbirlari izchil bajarib turildi. Chunonchi, 1995- yil oxiriga kelganda katta yoshlilar, o‘smirlar, bolalar dispanser na- zoratida bo‘ldi. Ishchilarga davolash-profilaktika xizmati ko‘rsatish, xususan, sanatoriy-profilaktoriylar tarmog‘i kengaytirildi. Respubli­ka «Salomatlik» markazi, uning viloyatlar va shaharlardagi shoxob- chalari radio va televideniye hamda matbuotdan foydalangan holda aholi o‘rtasida sanitariya-gigiyenaga oid bilimlami keng targ‘ib qilib bordi. Toshkentda oliy va o‘rta tibbiy o‘quv yurtlari uchun darslik va o‘quv qo‘llanmalari, tibbiyotga oid ilmiy asarlar, vrachlar uchun amaliy qo‘llanmalar, sanitariya rnaorifi bo‘yicha ommabop tibbiy adabiyotlar, lug‘at va ma’lumotnomalar nashr etadigan «Ibn Sino» nomidagi nashriyot ishlab turibdi. 1991-yildan ommabop «Sihat- salomatlik» jurnali nashr etildi.

Download 57,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish