Uchinchi kitob


Onalar va bolalar salomatligi muhofazasi



Download 57,25 Mb.
bet61/164
Sana09.07.2022
Hajmi57,25 Mb.
#761542
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   164
Bog'liq
НАРЗУЛЛА ЖЎРАЕВ O\'zbekiston tarixi 3 kitob Milliy Istiqlol davri

Onalar va bolalar salomatligi muhofazasi. O'zbekistonda tug‘ilish ko‘p bo‘lgani va aholining talaygina qismini bolalar tashkil etgani uchun onalar va bolalar salomatligi muhofazasi hamisha eng muhim va dolzarb masalalardan biri bo‘lib keldi. Onalar va bolalar sog‘lig‘ini saqlash, ularga tibbiy yordam ko‘rsatish ishlarini uyush- tirish va rivojlantirishda tibbiyot oliy o‘quv yurtlarining pediatriya, akusherlik va ginekologiya kafedralari, shuningdek, ixtisoslashgan ilmiy tadqiqot institutlari - pediatriya, akusherlik va ginekologiya institutlari katta rol o‘ynadi. Onalikni muhofaza qiluvchi va ixti­soslashgan pediatriya yordami ko‘rsatuvchi muassasalar tarmog‘i kengaydi. 1995-yildan 109 dan ziyod ayollar konsultatsiyalari yoki akusherlik-ginekologiya kabinetlari, 1800 dan ortiq bolalar poliklini- kalari (konsultatsiyalari) ish olib bordi, kasalxonalarda bolalar uchun ajratilgan o‘rinlar soni 50,7 mingtaga yetdi. Keyingi yillarda ayollar konsultatsiyalari, tug‘ruqxonalar, akusherlik-ginekologiya kabinetla- ridan tashqari, tegishli muassasalarda turmushga aloqador masala- lar yuzasidan maslahat beradigan «Nikoh va oila» va tibbiy-genetik konsultatsiya markazlari ochildi.
Mustaqillik yillarida 0‘zbekistonda ayollar umrining davo- miyligi 72 dan 73 yoshgacha uzaydi. Shu davming o‘zida Rossi- ya, Qozog‘iston va Qirg‘izistonda ayollar umrining davomiyligi 1-3 yoshga qisqardi, Turkiya va Indoneziyada ayollar umrining davo­miyligi shu davr ichida oshdi, lekin tegishli ravishda 71 va 66 yosh darajasida saqlanib turibdi. Xuddi shunday vaziyat erkaklarda ham kuzatilmoqda, 0‘zbekistonda erkaklar umrining davomiyligi 1990- yildagi 66 yoshdan 1998-yilda 68 yoshgacha ko‘tarildi, ayni paytda Rossiya va Qozog‘istonda erkaklar umrining davomiyligi 2-4 yosh­ga qisqardi, Turkiya va Indoneziyada erkaklar umrining davomiyligi uzaydi, lekin tegishli ravishda faqat 66 va 62 yosh darajasiga yetdi.
Respublikada onalar va bolalar sog‘lig‘ini muhofaza qilishga katta ahamiyat berildi. «Bolalikdan nogironlar tug‘ilishining oldini olish uchun yangi tug‘ilgan chaqaloqlami hamda homilador ayol- larda tug‘ma va boshqa patalogiyani barvaqt aniqlash bo‘yicha «Ona va bola skriningi» Davlat tizimini tashkil etish to‘g‘risida» (01.04.98-y.) Vazirlar Mahkamasining maxsus qarori qabul qilingan- ligi bu soha rivojiga salmoqli hissa qo‘shdi. Ayollami o‘z vaqti­da tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va sog‘lomlashtirish natijasida bolalar o‘limi 1000 ta tug‘ilgan bolaga nisbatan 1991-yilda 51,4 dan 1999- yilda 20,2 ga kamaydi. Onalar o‘limi 100 ming tirik tug‘ilgan bolaga nisbatan 1991-yilda 65,3 dan 1999-yilda 31,0 ga kamaydi.
0‘zbekistonda tibbiy ta’limning uzluksiz bo‘lishiga va muta- xassislarning o‘z malakalarini oshirib borishiga katta ahamiyat be­rildi. Toshkentda vrachlar malakasini oshirish instituti ishlab turibdi. Uning 42 kafedrasi va har xil ixtisoslikka mo‘ljallangan kurslari- da har yili 5-6 mingga yaqin vrach, jumladan boshqa hamdo‘stlik mamlakatlaridan kelgan mutaxassislar o‘z malakasini oshirdi.
0‘zbekistonda iqtisodiy islohotning borishi tibbiyot xodimlari tayyorlash ishini, umuman tibbiy ta’lim tizimini takomillashtirishni taqozo qilardi. Respublikadagi tibbiyot institutlarida bakalavrlar va magistrlar tayyorlash ko‘zda tutildi. Shunga ko‘ra «davolash ishlari» ixtisosligidan vrach kadrlar tayyorlash ishi 3 bosqichdan tarkib topa- digan bo‘ldi, shulardan birinchisi - tabobat bo‘yicha 5 yil davomida umumiy tayyorgarlik ko‘rib, bakalavr, ya’ni vrach yordamchisi un- vonini olish; ikkinchisi - to‘la-to‘kis tibbiy ma’lumotga ega bo‘lib, tibbiyot doktori darajasiga erishish; uchinchisi - xodimning tanlagan ixtisosligiga qarab, magistraturada o‘qish.
Magistraturada mutaxassis vrach tayyorlash eng yaxshi ilmiy maktablar va klinikalarda olib borildi. Ayni vaqtda zamonaviy ta’lim texnologiyasidan foydalanila boshlandi. Shu bilan birga, mutaxas- sisning malakasini tekshirib borish yoki oshirish uchun uni vaqti- vaqtida sinov (attestatsiya)dan o‘tkazib turiladi.
Sog‘liqni saqlash tizimini tibbiyot sug‘urtasiga o‘tkazish va davolash-profilaktika muassasalarini davlat tasarrufidan chiqa­rish masalasi keyingi yillarda muhim masala bo‘lib qoldi.
Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘ hisobida mavjud bo‘lib kelgan sog‘liqni saqlash tizimida bozor munosabatlari shakllanib, iqtisodiy islohotlar chuqurlashib borayotgan sharoitda tibbiyot su- g‘urtasiga o‘tish uchun tayyorgarlik ko‘rila boshlandi. Ayni vaqtda ko‘p mamlakatlardagi sug‘urta xizmatlari tajribalari o‘rganildi, turli idora va tashkilotlar bilan xo‘jalik shartnomalari tuzildi. Tibbiyot sug‘urtasiga o‘tish, davolash-profilaktika muassasalarini davlat ta­sarrufidan chiqarish bilan ham bog‘liq, chunki davlatga qarashli mu­assasalar bilan birga mulkchilikning har xil shakllariga asoslangan muassasalar, jumladan xususiy muassasalar ham faoliyat ko‘rsatib borishi kerak. 0‘zbekiston Respublikasining «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida»gi (1991-y. 19-noyabr Qonuniga amal qilib, sog‘liqni saqlash vazirligi manfaatdor idora va tashkilotlar bilan birgalikda sog‘liqni saqlash muassasalarini xu­susiylashtirish tadbirlarini ishlab chiqdi. Xususiylashtirish dorixo- nalardan boshlandi. 1996-yilga qadar 0‘zbekiston Respublikasida- 2200 ta dorixona xususiylashtirildi, 839 dorixonani o‘z tarkibiga olgan 239 ta dorixona aksionerlik jamiyatiga aylandi.
Davlat sanitariya nazorati tomonidan aholining sanitariya- epidemiologik xotirjamligini ta’minlash bo‘yicha tadbirlar davom ettirilmoqda. Jumladan, davlat sanitariya-epidemiologiya nazora­ti tomonidan maktab o‘quvchilari uchun nashr etiladigan darsliklar va o‘quv qo‘llanmalaming gigiyenik me’yor va qoidalarga mosligi muntazam ravishda nazorat ostiga olingan. Vazirlar Mahkamasining «Davlat sanitariya nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori aynan shu sohani rivojlantirishga qaratilgan.
Hozirgi vaqtda «0‘zbekiston Respublikasining o‘rta ta’lim maktablari uchun kitoblar va o‘quv qo‘llanmalarga bo‘lgan stan- darti» ishlab chiqilgan hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ma’qullangan, daftarlar, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalami ishlab chiqarish texnik shartlari ishlab chiqildi.
Respublikada sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat das­turini amalga oshirish bo‘yicha Samarqand va Andijon viloyatlarida shoshilinch tibbiy yordam markazlari ochildi. Vazirlar Mahkama­sining 1998-yil 4-martdagi maxsus qaroriga muvofiq Shoshilinch tibbiy yordam o‘quv markazi tashkil etildi.
2002-2006-yillarda mamlakatning barcha viloyatlarida eng za- monaviy uskunalar bilan jihozlangan shoshilinch tibbiy yordam mar­kazlari qurilib foydalanishga topshirildi.
Respublikada tibbiyot xodimlarini tayyorlashda yangi dastur qa­bul qilingan, bu bo‘yicha 2380 ta umumiy (oilaviy) amaliyot vrach- lari tayyorlanmoqda. 1999-yilda 4 ta hamshiralami o‘qitish kollejlari tashkil qilindi.
Respublika bo'yicha 234 ta tibbiyot muassasalari qisman o‘z- o‘zini moliyalashtirishga o‘tdi. 1999-yilda 48 ta tibbiy muassasa- lar mulk shaklini o‘zgartirib xususiylashtirildi. 3075 ta shifokorlar yakka tartibda faoliyat ko‘rsatish uchun maxsus ruxsatnoma oldilar.
Sog‘liqni saqlash vazirligi jahon sog‘liqni saqlash tash- kiloti bilan hamkorlikda 2 yil davomida Onalar va bolalar sog‘li- g‘ini muhofaza qilish, yuqumli kasalliklaming oldini olish borasida «SARAK» loyihasi, «MEKAKAR», «DOTS», «KARINFONET» va «AyMSiAy» dasturlari asosida ish olib bormoqda.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan yosh tibbiy xodim- lami chet mamlakatlar (Angliya, Italiya, Rossiya, Isroil va Shvetsi- ya)da o‘qitish uchun 18 ta grant ajratilgan.
Mustaqillik yillarida tibbiyot sohasida erishilgan ilg‘or jahon taj- ribalarini hayotga tatbiq qilish bilan bir qatorda dunyo tabobat ilmi- ning rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shgan ulug‘ bobokalonlarimiz merosini o‘rganish borasida ham bir qator ishlar qilindi. 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni va Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan Ibn Sino xalqaro jamg‘armasi tashkil etilganligi ham ushbu sohaning rivojlanishiga davlat miqyosida katta e’tibor berila- yotganini ko‘rsatadi.
Tibbiyotdagi islohotlaming asosiy yo‘nalishlaridan biri, bu - tibbiy xizmat sifatini oshirish uchun tashkiliy va amaliy sharoit- lar yaratish. Jamiyatda tibbiyot xodimlarining mavqeini ko‘tarish, ulaming mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish tizimini takomillashtirishdan iboratdir. Bu borada Respublikamiz Preziden­tining 2005-yil 1-dekabrdagi «Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori asosida tub- dan yangi, bajarilgan ishning hajmi va sifatiga bog‘langan tizim joriy etildi.
Keyingi yillarda mamlakatimizda bemorlarga aniq tashxis qo‘yish maqsadida zamonaviy uskunalar keltirilmoqda. Davolash- profilaktika muassasalarini zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan ta’minlash masalasi doimo diqqat markazida bo‘lib kelgan. Xusu­san, Prezidentimizning 2003-yil 26-fevraldagi «Sog‘liqni saqlash ti- zimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoniga asosan tashkil qilingan Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot mar- kazlarida yiliga 10 mingdan ortiq operativ va diagnostik muolajalar amalga oshirilmoqda. Shulardan 4 mingdan ortig‘ini yuqori texno- logiyali operatsiya va muolajalar tashkil qiladi. Toshkent shahrida joylashgan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning viloyat filiallarini tashkil qilish hamda zamonaviy diagnostik uskunalar bilan ta’minlash shoshilinch yordam ko‘rsatishni taqozo etadigan kasalliklami o‘z vaqtida aniqlashda muhim bosqich bo‘ldi. Ushbu muassasalarda yiliga 6 milliondan ortiq bemorga tibbiy yor­dam ko‘rsatilyapti.
Toshkentdagi ko‘pgina klinikalar qatori Samarqand, Jizzax Qashqadaryo, Buxoro, Xorazm, Farg‘ona viloyati tibbiy muassasala- ri ham kompyuter tomograf uskunasi bilan ta’minlangan. Ushbu us- kuna ilgari umuman aniqlash imkoni bo‘lmagan kasalliklar bo‘yicha aniq tashxis qo‘yish imkonini berdi.
Vazirlar Mahkamasining «Tez tibbiy yordam xizmatining moddiy-texnik bazasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘ri- sida»gi qaroriga muvofiq respublika tibbiy muassasalari oxirgi 4 yil davomida 500 dan ortiq zamonaviy diagnostik asbob-uskunalar bi­lan jihozlangan tez yordam mashinalari bilan ta’minlandi. Bu esa bemorlarga birinchi bosqichdayoq to‘g‘ri tashxis qo‘yish va tibbiy yordam ko‘rsatishda nihoyatda qo‘l kelmoqda.
Qishloq vrachlik punktlarini (QVP) tashkil qilish va ulami za­monaviy asbob-uskunalar bilan ta’minlash ham bugungi muhim yo‘nalishlardan biridir. Ayni vaqtda respublikamizda 3000 dan ortiq QVP faoliyat ko‘rsatmoqda. Ilgari oddiy bir kasallik uchun ham tu­man markaziga borishga to‘g‘ri kelardi. Endi esa QVPlardagi faoli­yat uncha-muncha tibbiy muassasalarda olib borilayotgan xizmatdan qolishmaydi. Shuning uchun ham ulami zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash uchun budjet mablag‘lari bilan bir qatorda Jahon ban- kining imtiyozli kreditlari ham jalb etilyapti.
Ayni paytda Islom taraqqiyot bankining krediti hisobiga Res­publika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning viloyat filiallarini zamonaviy yuqori texnologiyali tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash hamda Xitoy Xalq Respublikasi hukumatining kre­diti hisobiga onkologiya muassasalarini zamonaviy radiologiya uskunalari bilan ta’minlash ishlari olib borilmoqda. Bu ham, o‘z navbatida, kasalliklami erta aniqlash imkonini beradi hamda bemor­larga ko‘rsatilayotgan tibbiy diagnostika va davolash sifatini oshi- radi. Dori ishlab chiqamvchi korxonalaming faoliyati hamda dori vositalarining sifati borasida ham amaliy ishlar qilinmoqda. Masa­lan: 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 14-iyuldagi «Mahalliy dori-darmon va tibbiyot buyumlari ishlab chiqaruvchi- lami qo‘Hab-quwatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori ma­halliy ishlab chiqaruvchilarga hukumat tomonidan ko‘rsatilayotgan alohida e’tibordan dalolat beradi. Aholi hayoti va sog‘lig‘i xavfsiz­ligini ta’minlovchi mahsulot, xizmatlar va jarayonlar sifati borasida iste’molchilar va davlat manfaatlarini himoya qilish, mahsulotlaming sifati va raqobatbardoshligini oshirish va boshqalar standartlashti- rishning asosiy maqsadi hisoblanib, respublikamizda standartizatsiya ishlari jahon talablari, shuningdek, 0‘zbekistan Respublikasining «Standartlashtirish to‘g‘risida»gi hamda «Metrologiya to‘g‘risida»gi qonunlari asosida olib boriladi. Bugungi kunda 0‘zbekiston Res­publikasida tibbiyot va farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqa­ruvchi 92 ta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulaming farmatsevti­ka faoliyati «Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq amalga oshiriladi. Respublikada dori vositalari sifati va ishlab chiqamvchi korxonalardagi texnologiyasi masalala- rini muvofiqlashtiruvchi 12 ta boshqaruv hujjatlari amalda bo‘lib, ulaming asosiysi Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyala- riga muvofiq ishlab chiqilgan. «Yaxshi ishlab chiqarish amaliyoti (GMR)» TSt 1901 2003 tarmoq standartidir. Respublikamizda dori vositalari sifatini nazorat qilishning mukammal tizimi yaratilgan bo‘lib, u tegishli qonunlar asosida amalga oshiriladi. Bugungi kunda dori vositalari sifat nazorati tizimiga kiruvchi tashkilotlarda har qan­day tibbiy preparatlami klinik sinovlargacha va klinik sinovlar jara- yonlarida me’yoriy hujjatlami tasdiqlashda va tibbiyot amaliyotida ishlatishga ruxsat berishda ulaming sifatini tavsiflay oladigan stan- dartlar, me’yoriy hujjatlar, materiallar mavjud. Vazirlar Mahkamasi­ning 2004-yil 6-iyuldagi «Mahsulotlami sertifikatlashtirish tartibo- tini soddalashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarori bilan majburiy tartibda sertifikatlanadigan mahsulotlar turlari ro‘yxati qayta ко‘rib chiqildi va dori vositalari «farmatsevtika mah­sulotlari» nomi bilan kengaytirildi.
Respublikamizda ishlab chiqariladigan va hududimizga bojxona maskanlari orqali olib kiriladigan dori vositalari va tibbiy mahsulot­lami sertifikatlashtirish idoralari tomonidan to‘liq rasmiylashtirilga- nidan so‘ng respublika hududiga olib kirilishiga hamda ochiq savdo- ga chiqarishga ruxsat beriladi.
Ayni paytda mamlakatimizda xususiy shifo muassasalarining soni ham oshib bormoqda.
Xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qator hukumat qarorlari qabul qilinishi munosabati bilan respublikamizda xususiy tibbiyot tizimi shakllandi. Hozirgi kunda mavjud xususiy klinikalar, markazlarda aholiga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatib kelinmoqda. Agar 1999-yilda yakka tartibda faoliyat ko‘rsatuvchi shifokorlar va nodavlat korxonalari 700 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2006-yilga kelib bu ko‘rsatkich 4000 taga yetdi.
Tibbiyotdagi islohotlar samarasi o‘laroq yurtimizda sohalarga ixtisoslashgan bir qator o‘quv dargohlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Bi- tiruvchilami ish bilan ta’minlash va chekka joylarga ishga yuborish borasida ham amaliy ishlar qilinmoqda. Har yili sog‘liqni saqlash vazirligida hududiy sog‘liqni saqlash boshqarmalari bilan birgalikda mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoj o‘rganib chiqilmoqda va shu asosda bitiruvchilar ish bilan ta’minlanmoqda. 2006-yildan boshlab davlat grantlari asosida tahsil olgan bitiruvchilar 3 yil ishlab berish sharti bilan yashash manzillari bo‘yicha ishga taqsimlandi. Bu borada te­gishli me’yoriy hujjatlar asosida barcha ta’lim muassasalarida taq- simot komissiyalari tuzilgan, marketing bo‘limlarining tuzilmasi va vazifalari o‘zgartirilgan. Bitiruvchilardan samarali foydalanish maq­sadida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi, shahar va viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari bilan birgalik­da mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoj o‘rganib chiqildi va buyurtma- lar portfeli shakllantirildi. Ma’lumotlar barcha ta’lim muassasalariga yuborildi. U yerda o‘z navbatida institut - talaba - ish beruvchi o‘rtasida uch taraflama taqsimot komissiyasi o‘tkazildi. 2006-yilda tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida grant asosida tahsil olgan 1341 nafar bitiruvchi ishga taqsimlandi.

  1. yilning o‘zida respublikamizda 38 ta shifoxona va sihat- goh barpo etildi. 93 ta davolash profilaktika muassasasi zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlandi.

Shuningdek, bir smenada 10 ming 500 bemomi qabul qila oladi- gan ambulatoriya - poliklinika muassasalari, jumladan, 210 ta qish­loq vrachlik punkti ishga tushirildi.
Ayniqsa, qishloq vrachlik punktlarini kapital ta’mirlash va re- konstruksiya qilish natijasida 800 ming nafar bemor sifatli tibbiy xizmatdan foydalangani va qo‘shimcha ravishda 2 million kishiga xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratilganini bu yo‘ldagi muhim qadam sifatida baholash mumkin.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, bunday ibratli ishlar barcha viloyat va tumanlarimizda ham amalga oshirildi. Jumladan, Buxoro viloyatining Kogon shahrida, Xorazm viloyatining Yangibozor tu- manida yangi shifoxona, Bog‘ot tumanida esa yangi tug‘uruqxona majmui barpo etildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qopao‘zak tumani markaziy kasalxonasida katta hajmdagi qurilish-ta’mirlash ishlari bajarildi, Andijon, Jizzax, Samarqand, Sirdaryo va Namangan viloyatla- ridagi qator tumanlarda esa markaziy kasalxonalar zarur asbob- uskunalar bilan jihozlandi. Bu ishlarga 1,5 milliard so‘mdan ziyod mablag1 sarflandi.
Shu bilan birga, Qarshi shahrida kardiologiya va ixtisoslashti- rilgan urologiya markazlari, Samarqand viloyati tez tibbiy yordam markazining Oqdaryo filiali, Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida urush va mehnat fahriylari sanatoriysi, Farg‘ona viloyatidagi «Chim- yon» sanatoriysida yangi korpus, Farg‘ona shahrida bolalar akvapar- ki kabi tibbiyot va ijtimoiy infratuzilma inshootlari barpo etildi.
Muxtasar qilib aytganda 2006-yil oxirigacha jami 165 milliard 800 million so‘m mablag1 sarflangani tibbiyot sohasida bajarilgan ishlaming hajmi va ko‘lamini yaqqol ko‘rsatib turibdi.
2006-yili sog‘liqni saqlash muassasalarining moddiy texnik ba- zasini rivojlantirish, ulami zamonaviy asbob-uskunalar, zarur jihoz va mebellar bilan ta’minlash maqsadida davlat budjetidan 7,6 mil­liard so‘m, ya’ni, 2005-yildagiga nisbatan 1,5 barobar ko‘p mab­lag4 ajratildi. Kapital ta’mirlashga esa homiylar hisobidan 7 milliard so‘m sarflandi.
Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi, xirurgiya, kardiologiya markazlari, Fitiziatriya va pulmonologiya ilmiy tadqi- qot institutida 60 o‘rinli davolash bo'limi kapital ta’mirlanib, zamo­naviy davolash usullari joriy qilindi.
Shuningdek, Xorazm viloyatida Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya markazining filiali tashkil etildi, Respublika jarrohlik mar­kazi va «Salomatlik» institutining Nukus filiallari, Jizzax viloyatida kardiologiya dispanseri va viloyat bolalar shifoxonasi, Qashqadaryo viloyatida sil kasalliklari dispanseri, Surxondaryo viloyatida bolalar shifoxonasi kapital ta’mirlandi.

  1. yilda qariyb 284 milliard so‘m, jumladan, 133 milliard so‘m budjet mablag‘i, 151 milliard so‘mdan ziyod idora va tashki­lotlar, homiylar mablag‘i sarflandi.

Mamlakatimizda kuchli ijtimoiy himoya siyosati haqida gapir- ganda o‘tgan davrda qo‘lga kiritgan salmoqli yutuq va natijalarimiz xalqimizning daromadlari va farovonligini izchil ravishda oshirib borishni ta’minlash, keng ko‘lamli ijtimoiy dasturlami muvaffaqi- yatli amalga oshirish imkonini berishini ta’kidlash lozim.Barchamizga ma’lumki, aholi ish haqi va daromadlarining o‘sishi sur’ati eng muhim ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Bu haqda gapirganda, aholi real daromadlarining 2006-yilda 2000-yilga nisbatan 2,5, 1999-yilga nisbatan esa o‘rtacha 12 barobar oshganini ta’kidlash lozim. 2007-yil oxirida respublikamizda o‘rtacha ish haqi miqdori 20 AQSH dollari darajasiga yetdi.
Mamlakatimizda har uch yilda ish haqini 2-2,5 barobar oshirish strategik vazifa qilib qo‘yilgan. Shu tariqa, aholining xarid qobili- yatini hisobga olgan holda, yaqin yillar ichida xalq farovonligi va daromadlarini ta’minlash bo‘yicha yuksak marralarga erishayotgan mamlakatlar darajasiga ko‘tarilishni maqsad qilib qo‘yilgan.
Bugungi kunda yurtimizda zamonaviy mehnat bozori shakllan- di - mustaqillik yillarida 5 milliondan ortiq yangi ish o‘rinlari tash­kil etildi. Ulaming 70 foizdan ziyodi sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalariga to‘g‘ri keladi.
Ayniqsa, shahar va qishloqlarda birinchi navbatda xotin-qizlami ish bilan ta’minlash imkonini beradigan, yirik sanoat korxonalari bilan kooperatsiya asosida tashkil etiladigan kasanachilik jadal rivoj- lana boshlaganini ta’kidlash lozim.
Biz uchun muhim ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan aholini ish bilan ta’minlash bilan bog‘liq muammolarga katta e’tibor qaratib, bu borada aniq maqsadga yo‘naltirilgan ishlami izchil amalga oshira- yotganimiz mavjud ahvolni tubdan o‘zgartish uchun imkon yaratdi.

  1. yilda ishsizlik darajasi 5,3 foizgacha kamaygani ham shundan dalolat beradi.

Mamlakatimiz aholisi, awalo qishloq joylardagi odamlaming turmush sharoiti izchil tarzda yaxshilanmoqda. Istiqlol yillarida 36 ming kilometrlik suv quvurlari, 72 ming kilometrlik gaz tarmoqlari ishga tushirildi. Bu 1991-yilga qadar erishilgan natijalarga nisbatan tegishli ravishda 2 va 4 barobar ko‘p demakdir.
Natijada aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash bugungi kunda 84 foizni, jumladan, qishloq joylarda 77 foizni, tabiiy gaz bilan ta’minlash 82 foizni, qishloq joylarda esa 78 foizni tashkil etmoq­da.
Xalqimiz turmush sharoitini yaxshilashga doir chora-tadbirlar ti- zimida sog‘liqni saqlash va aholi salomatligini muhofaza qilish alo­hida o‘rin tutishini hammamiz yaxshi tushunamiz.
0‘tgan yillar mobaynida 0‘zbekistonda tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimi amalda to‘liq qayta ko‘rib chiqildi. Hozirgi vaqtda bu bora- dagi islohotlaming asosiy bosqichlaridan biri nihoyasiga yetmoq- da. Aholiga bepul shoshilinch va yuqori malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun eng yuksak talablarga javob beradigan ixtisos- lashtirilgan shifoxona va bo‘limlar tarmog‘ining tashkil etilishi bu bosqichning eng muhim va aniq natijasi bo‘lganini ta’kidlash joiz. Maxsus tashkil etilgan respublika markazi bu tizimga rahbarlikni va uning faoliyatini muvofiqlashtirishni ta’minlamoqda.
Sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘inida, ayniqsa, qish­loq joylarda jiddiy o‘zgarishlar ro‘y berdi. Samarasiz ishlayot- gan feldsherlik-akusherlik punktlari va qishloq ambulatoriyalari o‘mida zamonaviy diagnostika va davolash uskunalari bilan jihoz- langan 3 mingdan ziyod qishloq vrachlik punkti tashkil etilgani bu sohadagi katta qadam bo‘ldi, desak, to‘g‘ri bo‘ladi. Tibbiyot xodimlari mehnatga haq to‘lash va ulami rag‘batlantirish tizimi- ning har tomonlama qayta ko‘rib chiqilishi aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishni sifat jihatidan yaxshilash imkonini berdi. Natijada ke- yingi 2-3 yilda soha xodimlarining ish haqi 2 barobardan ziyod ko‘paydi.
Yurtimizda yangi tashkil etilgan sog‘liqni saqlash tizimida eng yuksak zamonaviy tibbiyot texnologiyalari va texnikasi bilan ta’minlangan ixtisoslashgan klinikalar muhim o‘rin egallamoqda. Ularda yuqori malakali mutaxassislar jahon miqyosidagi murakkab va noyob operatsiyalami amalga oshirib, odamlar hayotini saqlab, ulaming umriga umr qo‘shayotgani bu boradagi islohotlarimizning yana bir amaliy ifodasidir.
Sog‘liqni saqlash tizimida bo‘lajak onalar salomatligini mun­tazam nazorat qilib boradigan, sog‘lom bolalar tug‘ilishiga xizmat qiladigan keng tarmoqli skrining markazlarining o‘mi va ahami- yati qanchalik katta ekani haqida, o‘ylaymanki, ortiqcha gapirib o‘tirishga hojat yo‘q.
Agar 1991-yilda onalar o‘limi bilan bog‘liq ko‘rsatkich har 100 ming nafar ayolga nisbatan 65 tani tashkil etgan bo‘Isa, bugungi kunda bu raqam 24 taga tushdi, go‘daklar o‘limi esa ilgari 1000 na­far chaqaloqqa 35 tadan to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, hozirgi kunda 14 taga tushdi.
Shunisi e’tiborliki, bugun 0‘zbekistonda chechak va ichterlama, kuydirgi, o‘lat va vabo kabi yuqumli kasalliklarga butunlay barham berildi.
0‘tgan davr mobaynida yurtimizda aholining o‘rtacha umr ko‘rish darajasi ham sezilarli ravishda ortib bormoqda. Bu boradagi umumiy ko‘rsatkich 1990-yilda 67 yoshni tashkil etgan bo‘lsa, 2008- yilda 72,5 yoshni tashkil etdi. Jumladan, erkaklar o‘rtasidagi o‘rtacha umr ko‘rish 66 yoshdan 70 yoshga, ayollar o‘rtasida esa 70 yoshdan 74,6 yoshga uzayganini odamlar salomatligini muhofaza qilish va turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlaming aniq va yaqqol natijasi sifatida baholash o‘rinli bo‘ladi.
Shuningdek, mustaqillik yillarida ijtimoiy himoya siyosati dav­lat siyosatining ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qoldi.


  1. Download 57,25 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish