31
harakatlanayotgan suvga tayoqchani tik holatda tushirib, ishonch hosil
qilish mumkin: tezlik qancha katta bo‘lsa, tayoqchaga urilayotgan suv
shuncha balandga ko‘tariladi.
Gidrodinamikaning mana shu qonunini e’tiborga olmaslik, suv
o‘lchash inshootida suv sathini o‘lchash jarayonida ma’lum
xatoliklarga
olib keladi. Mazkur xatoliklar quyidagilarda o‘z aksini topadi. Agar yer
osti suv yo‘li inshoot tomon daryodagi oqim yo‘nalishiga parallel holda
yuqoridan keltirilsa, undagi suv sathi sun’iy ravishda ko‘tarilgan, quyi
tomonidan keltirilganda esa, aksincha, pasaygan bo‘lar edi. Shu holatlarni
e’tiborga olsak, inshoot qudug‘ini daryo bilan tutashtiruvchi uchta suv
yo‘lining bo‘lishi haqiqatga yaqinroq.
Gidrodinamika qonunlariga amal qilinadigan bo‘lsa, ularning
birinchisi, daryo oqimi yo‘nalishida, qolganlari esa birinchisiga tik
(perpendikulyar) holatda ikki yondan keltirilishi kerak.
Shu shart
bajarilganda, oqim yo‘nalishi bo‘yicha joylashgan yer osti suv yo‘lidagi
gidrodinamik bosim (P
1
) qolgan ikkinchi (P
2
) va uchinchi (P
3
) suv
yo‘llaridagi gidrodinamik bosimlar yig‘indisi bilan muvozanatlashadi,
ya’ni:
P
1
= P
2
+ P
3
tengligi bajariladi. Natijada, quduqdagi suv yuzasi tekis va gorizontal
holatda bo‘lib, daryodagi suv sathining haqiqiy qiymati hisobga olinadi.
Inshoot tizimidagi yer osti suv yo‘llaridan foydalanishning yana bir
afzalligi bor. Bilamizki, har qanday suv havzasi ko‘llar, dengizlarda
shamol ta’sirida to‘lqinlar hosil bo‘ladi. Bu holat Nil kabi yirik daryolarda
ham
sezilarli darajada kuzatilib, suv sathini aniq o‘lchashga imkon
bermaydi. Demak, inshootda bu muammo ham yer osti suv yo‘llari
yordamida o‘z echimini topgan, boshqacha qilib aytganda, daryodagi suv
sathini aniq o‘lchashda shamol va boshqa omillar ko‘rsatishi mumkin
bo‘lgan salbiy ta’sirga butunlay barham berilgan.
Inshoot tizimidagi quduqqa yer osti suv yo‘llarining qanday
(gorizontal, inshoot yoki, aksincha, daryo tomon nishab) holatda keltirilishi
ham qurilmaning ishlash muddatini belgilashda muhimdir. Ahmad
Farg‘oniy masalaning shu tomonini ham hisobga olgan bo‘lishi aniq.
Gidrodinamika, aniqrog‘i, daryo suvida mavjud bo‘lgan loyqa
oqiziqlarning cho‘kish qonunlarini hisobga oladigan bo‘lsak, yer osti suv
yo‘llari quduqdan daryo tomon ma’lum nishablikda o‘tkazilishi lozim.
Faqat shundagina yer osti suv yo‘llari va quduqni loyqa oqiziqlar
cho‘kmalari bilan to‘lib qolishdan saqlashga erishiladi. Yer osti suv
yo‘llarining daryo tomon pasayib boruvchi nishablikda qurilganligi
quyidagilarda o‘z isbotini topadi.
32
Ma’lumki, qadimdan Nil daryosi o‘z suvining loyqaligi bilan ajralib
turgan. To‘g‘ri, hozirgi kunda uni "Zangori Nil" deb atashadi. Buning
sababini Nil daryosi havzasida oxirgi 100 yillikda qurilgan 10
dan ortiq
yirik to‘g‘onlar ta’siri bilan tushuntirish mumkin. Masalan, XX asrning
60yillari boshida qurilgan birgina Baland Asvon to‘g‘oni 130 mlrd.kub
metr suvni sig‘dira oladi. Daryodagi loyqa oqiziqlarning asosiy qismi ana
shu suv omborlarida cho‘kib qoladi. Natijada, daryoning quyi oqimida
tiniq suv oqadi.
Baland Asvon to‘g‘oni qurilgunga qadar Nil daryosining har 1 m
3
suvida o‘rtacha 1,5 kg loyqa oqiziqlar mavjud bo‘lgan. Alloma inshootni
loyihalash va qurishda masalaning shu tomonlarini ham e’tiborga olgan.
Agar shu holatlar hisobga olinmaganda edi, inshootda daryo suvidagi loyqa
oqiziqlarning cho‘kib qolishi tabiiy holdir. Masalan, 1 yilda 1 mm
qalinlikda cho‘kma hosil bo‘lsa, 1100 yil davomida uning qiymati 1 metr
dan ortiq qalinlikka yetib, inshoot tizimidagi quduq va yer osti suv yo‘llari
cho‘kmalar bilan to‘lib qolgan va natijada, inshoot ishga yaroqsiz holga
kelgan bo‘lar edi. Lekin, "Miqyos anNil"
dan ming yillar davomida
foydalanish davrida bunday salbiy hodisalar umuman qayd etilmagan va
shu tufayli inshoot yordamida uzluksiz kuzatishlar olib borilgan.
Demak, Ahmad Farg‘oniy inshoot tizimida quduq, uni daryo bilan
tutashtiruvchi yer osti suv yo‘llari, o‘lchov ustuni hamda uning santimetr
aniqlikdagi bo‘laklaridan foydalanish natijasida Nil daryosi suvi sathini
katta aniqlikda o‘lchashga erishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: