Рецензенты:
Сафаров Э.Ю. – зав. кафедрой “Геодезии и картографии” НУУз имени Мирзо
Улугбека, доктор технических наук, профессор;
Шахидов А.Ф. – профессор Ташкентского Автомобильно-дорожного института,
доктор технических наук, профессор.
The manual is prepared on the basis of a standart program of discipline "Hydrology of
the rivers" intended for bachelors in direction "Hydrology (by branches)". Problems of natural
water cycle, rivers’ position in the process, morphology and morphometry of the rivers, river
runoff formation and regime, sources of water feeding, hydrological processes at watershed
and in channel, water resources and their rational use are discribed in the manual.
The manual is intended to bachelors in “Hydrology (by branches)". Besides it can be
useful for students in directions "Hydrometeorology", "Hydrology of reservoirs",
"Geography", as well as for teachers of special professional colleges, scientific staff and
candidates who are engaged in research in hydrology .
Reviewers:
Safarov E.Yu – chef of the “Geodezic and kartografic” department of NUUz named by
Mirzo Ulugbek, doctor of geographical sciences, professor;
Shohidov A.F. - professor of Tashkent Motor-car and Road Institute, doctor of
technical sciences, professor.
3
KIRISH
Ma’lumki, insonning yashash tarzi, hayoti suv bilan bog‘liq. Shuning
uchun bo‘lsa kerak, Yer yuzidagi qadimiy manzilgohlardan tortib, toki
hozirgi kundagi zamonaviy qishlog‘u yirik shaharlargacha, hammasi suv
manbalari buloqlar, soylar, daryolar, ko‘llarga yaqin yoki bevosita ular
bo‘yida joylashgan. Shu jihatdan qaraladigan bo‘lsa,
suv ilmi -
gidrologiya
qadimiy fanlardan hisoblanadi.
Boshqa fanlar kabi gidrologiya ham o‘ziga xos shakllanish va
rivojlanish tarixiga ega bo‘lib, yangi eraning XVII asridayoq alohida fan
sifatida e’tirof etilgan. Hozirgi kunda “Gidrologiya” keng qamrovli fan
bo‘lib, gidrosferani, aniqrog‘i, uning tarkibiy qismlari okeanlar,
dengizlar, daryolar, ko‘llar, muzliklar, yer osti suvlarini, ularning o‘ziga
xos xususiyatlarini hamda har bir tashkil etuvchining o‘zaro va atrof tabiiy
muhit
bilan
ta’sirlashuvi natijasida ro‘y beradigan hodisalar
qonuniyatlarini o‘rganadi.
Ushbu qo‘llanmaning asosiy maqsadi ham gidrosfera va unda
kechadigan jarayonlar qonuniyatlarini daryolar bilan bog‘liq holda
o‘rganishga yo‘naltirilgan. Mazkur o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda
mualliflarning Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida
“Gidrologiya”, “Gidrometeorologiya”, “Geografiya” yo‘nalishlari bo‘yicha
tahsil oluvchi talabalariga “Daryolar gidrologiyasi” va “Umumiy
gidrologiya” fanlaridan o‘qigan ma’ruzalari asos bo‘ldi.
Qo‘llanmani tayyorlash jarayonida undan o‘rin olgan har bir mavzu
qayta ishlanib, o‘lkamiz daryolari gidrologik xususiyatlarini o‘zida aks
ettiradigan misollar va yangi ilmiy ma’lumotlar bilan boyitildi. Shu
maqsadda oxirgi yillarda qo‘shni va uzoq xorijiy mamlakatlarda chop
etilgan “Daryolar gidrologiyasi”ga oid darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari,
monografiyalar va ilmiy maqolalar ma’lumotlaridan ham foydalanildi.
O‘quv qo‘llanmadagi mavzularni yoritishda barcha tabiiy suvlar
okeanlar, dengizlar, ko‘llar, daryolar, muzliklar, yer osti suvlari va
boshqalar geografik landshaftning ajralmas qismi deb qaraldi. Shu bilan
birga, ularning o‘zaro hamda landshaftning boshqa barcha komponentlari
bilan ham doimiy aloqada ekanligi nazarda tutildi. Ushbu holatni e’tiborga
olib, qo‘llanmadagi mavzular shu fanning namunaviy o‘quv dasturiga mos
ravishda mantiqiy ketmaketlikda yoritildi.
Qo`llanmaning I - bobidagi mavzularda (mualliflar: prof. Xikmatov
F.X, dots. Yunusov G`.X.) daryolar gidrologiyasi haqida umumiy
ma’lumotlar, jumladan, fanning predmeti, maqsadi, vazifalari, rivojlanish
tarixi, bo‘linishi, boshqa fanlar bilan aloqadorligi, tadqiqot usullari,
4
suvning tabiiy hamda kimyoviy xususiyatlari va, nihoyat, tabiatda suvning
aylanishi, sayyoramizning suv balansi haqidagi fikrlar bayon etilgan.
Fanning
maqsadi
va
vazifalaridan
kelib
chiqqan
holda,
qo‘llanmaning asosiy qismi daryolarni o‘rganishga bag‘ishlanadi. Bu
qismga tegishli mavzularda daryolar gidrologiyasiga oid asosiy
tushunchalarni ta’riflashga, daryolar suv rejimi elementlarini kuzatish,
o‘lchash hamda natijalarni qayta ishlash va umumlashtirishga, eng muhimi,
to‘plangan gidrologik ma’lumotlarning ilmiy hamda amaliy ahamiyatiga
alohida e’tibor qaratilgan.
Qo‘llanmada,
gidrologiya
sohasiga
oid
mavjud
o‘quv
adabiyotlaridan farqli ravishda, fanning asosiy tadqiqot obyekti –
daryolarning
shakllanishi,
ularni
belgilovchi
omillar,
daryolar
morfologiyasi va morfometriyasi, daryo havzasining suv balansi,
daryolarning suv rejimi va suv rejimi davrlari, to‘yinish manbalari, ularni
miqdoriy baholash masalalari bayon etilgan mavzular keng yoritilgan.
Yuqorida qayd etilgan holatlarni hisobga olib, o‘quv qo`llanmaning
2-10 boblari prof. F.X.Xikmatov va dots. G`.X.Yunusov, 11-15 boblari
prof. F.X.Xikmatov va o`qituvchi N.B.Erlapasov, 16-18 boblari prof.
F.X.Xikmatov va o`qituvchi N.L.Dovulov, 19-22 boblari esa prof.
F.X.Xikmatov va dots. F.Ya.Artikovalar hammuallifligida tayyorlangan.
O`quv qo‘llanmaning umumiy tahriri prof. F.X.Xikmatov tomonidan
amalga oshirilgan.
Yuqorida bayon etilganlardan ko‘rinib turibdiki, qo‘llanma o‘z ichiga
“Daryolar gidrologiyasi”ning barcha bo‘limlarini qamrab olgan. Shu holatni
e’tiborga
olsak,
unda
keltirilgan
ma’lumotlar
Respublikamiz
universitetlarining ”Gidrologiya”, "Gidrometeorologiya", "Geografiya"
yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar bilan bir qatorda
magistrantlar, suv muammolari yechimi bilan aloqador bo‘lgan ilmiy
xodimlar, muhandis - gidrologlar, gidrotexniklar, gidromelioratorlar,
gidrogeologlar uchun ham foydalidir.
Mualliflar qo‘llanmaning rasmiy taqrizchilari – Mirzo Ulug‘bek
nomidagi O‘zMU “Geodeziya va kartografiya” kafedrasi mudiri, texnika
fanlari doktori, professor E.Yu.Safarovga hamda Toshkent Avtomobil
yo‘llari instituti professori, texnika fanlari doktori A.F.Shohidovga,
shuningdek, norasmiy taqrizchi - Toshkent Irrigatsiya va melioratsiya
instituti “Gidrologiya va gidrogeologiya” kafedrasi mudiri, dotsent
D.V.Nazaraliyevga cheksiz minnatdorchilik izhor etadilar. Ular tomonidan
qo‘llanma qo‘lyozmasi haqida o‘z vaqtida bildirgan fikr va mulohazalar,
taklif hamda qimmatli maslahatlar uning mazmunini yaxshilashga imkon
berdi.
5
Shu bilan birga, mualliflar o‘quv qo‘llanmani chop etishga
tayyorlash
jarayonida
undagi
chizmalar,
jadval
ma’lumotlarini
rasmiylashtirishda ko‘rsatgan yordamlari uchun Mirzo Ulug‘bek nomidagi
O‘zMU “Quruqlik gidrologiyasi” (hozirgi Gidrologiya va gidrogeologiya)
kafedrasining o‘qituvchilari – K.R.Raxmonov, D.M.Turg‘unov hamda
magistratura
bosqichi
talabalari
– A.Shodiyev, M.Boboxonova,
B.Rapikovlarga tashakkur bildiradilar.
Mualliflar o‘quv qo‘llanmaning mazmunini yanada yaxshilash
maqsadida bildirilgan fikr mulohazalarni mamnuniyat bilan qabul
qiladilar.
6
Do'stlaringiz bilan baham: |