Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»


 Fanning boshqa tabiiy fanlar bilan bog‘liqligi



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/214
Sana18.02.2022
Hajmi6,22 Mb.
#455054
TuriУчебное пособие
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   214
Bog'liq
pdf (1)

 
1.3. Fanning boshqa tabiiy fanlar bilan bog‘liqligi,
amaliy ahamiyati 
 
Daryolarning hosil bo‘lishi, hududlar bo‘yicha joylashishi, 
shuningdek, ularning gidrologik rejimi tabiat zonalariga xos bo‘lgan 

zonal va xos bo‘lmagan 
-
azonal omillar (joyning relyefi, geologik 
tuzilishi)ga bog‘liq. Shu bog‘liqliklarni o‘rganishda daryolar gidrologiyasi 
boshqa tabiiy fanlar 

iqlimshunoslik, meteorologiya, geologiya,
gidrogeologiya, geomorfologiya
va 
tabiiy geografiya
kabi fanlarning 
ma’lumotlaridan keng foydalanadi. 
Daryolar gidrologiyasi daryolarda kechadigan kimyoviy va biologik 
jarayonlarni hamda ulardagi suv massalarining tabiiy xususiyatlari, sifati 
va biologik resurslarini 
gidrofizika,
gidroximiya
(suv kimyosi), 
gidrobiologiya
fanlari bilan hamkorlikda o‘rganadi. Shuningdek, mazkur 
fan daryolarda kuzatiladigan suv massalarining harakati qonuniyatlarini 
o‘rganishda gidrodinamika va gidravlika qonunlari hamda usullaridan, 
daryo oqimi elementlarini gidrologik hisoblash va prognozlashda esa 
matematik usullardan, zamonaviy hisoblash texnikasi - kompyuter 
texnologiyalaridan keng foydalanadi. Quyida shu masalalar ustida kengroq 
to‘xtalamiz. 


11 
Daryolarning suv rejimi ularning to‘yinish sharoitlari bilan 
chambarchas bog‘liqdir. Ma’lumki, daryolar atmosfera yog‘inlari, 
muzliklar, ko‘llar, botqoqliklar, yer osti suvlari hisobiga to‘yinadi. Shu 
jihatdan olib qaraganda, “Daryolar gidrologiyasi” fani quruqlik 
gidrologiyasining 
ko‘lshunoslik, glyasiologiya, yer osti suvlari 
gidrologiyasi (gidrogeologiya) kabi bo‘limlari yutuqlaridan keng 
foydalaniladi. Ikkinchi tomondan esa, yuqorida qayd etilganidek, daryo 
oqimining shakllanishi uning havzasida kechadigan tabiiy-geografik 
hamda gidrometeorologik jarayonlar bilan bog‘liqdir. Bundan ko‘rinib 
turibdiki, daryolar gidrologiyasining rivojlanishida geomorfologiya, 
tuproqshunoslik, botanika, iqlimshunoslik, meteorologiya kabi fanlar 
sohasida erishilgan yutuqlar muhim ahamiyat kasb etadi.
Daryo o‘zanida kuzatiladigan hodisalar, jumladan, suv sathi 
tebranishlari, suvning oqish tezligi va sarfi, loyqa oqiziqlar harakati, o‘zan 
jarayonlari, suvning turli agregat holatlari va boshqalarni o‘rganishda 
“Daryolar gidrologiyasi” fani gidrometriya, gidravlika, gidrofizika, 
gidrodinamika kabi fanlarning tadqiqot usullariga tayanadi.
Ma’lumki, daryoning o‘zi tabiiy-geografik landshaftning vaqt 
bo‘yicha o‘zgaradigan elementi hisoblanadi. Ikkinchi tomondan, ushbu 
element, ya’ni daryo tabiiy sharoit majmualari, suv oqimining erozion 
faoliyati va inson ta’sirida bo‘ladi. O‘z navbatida, daryo oqimi tabiiy-
geografik majmualarning rivojlanishida muhim omil hisoblanadi. Daryo 
oqimi bilan birga, unda erigan kimyoviy va biogen moddalar, turli 
mikroelementlar, tuzlar harakatga keladi. Demak, daryolar tabiatda 
energiya va modda almashinuvining uzluksizligini ta’minlaydigan 
transport vazifasini ham bajaradi.
Yer sirtidagi daryolarning soni bir necha millionni tashkil etadi. 
Tabiiyki, ularning har birini alohida o‘rganish imkoniyati cheklangan. 
Shuning uchun ham hozirgi kunda daryolar gidrologiyasi ma’lum tabiiy-
geografik rayonlar uchun xos bo‘lgan umumiy qonuniyatlarni o‘rganish, 
hududlarni asosiy gidrologik belgilari bo‘yicha rayonlashtirish yo‘lidan 
bormoqda. 
Daryolarning suv sathi va suv sarfi, harorat rejimi va muzlash 
hodisalari, loyqa oqiziqlari va o‘zan jarayonlaridagi o‘zgarishlar 
qonuniyatlarini o‘rganishda mutaxassislar ularda ko‘p yillar davomida 
muntazam ravishda amalga oshirilgan gidrologik kuzatishlar natijalariga 
tayanadilar. Bu turdagi ishlar bilan gidrologiyaning gidrometriya bo‘limi 
shug‘ullanadi.
Daryolar suv rejimini o‘rganish bilan bog‘liq bo‘lgan kuzatishlar, 
maxsus tadqiqotlar faqat gidrologik stansiyalar va postlardagi kuzatishlar 


12 
bilan cheklanib qolmaydi. Ulardan tashqari maxsus binolar va dala 
sharoitiga 
o‘ta yaqinlashtirilgan laboratoriyalarda ham daryolar 
gidrologiyasiga oid ilmiy tajribalar, tadqiqotlar amalga oshiriladi. Ularni 
birlamchi qayta ishlash, umumlashtirish va bu ishlarda matematik statistika 
usullarini 
qo‘llash asosida bajariladigan hisoblashlar zamonaviy 
kompyuterlarda amalga oshiriladi. Bir so‘z bilan aytganda, bugungi kunda 
daryolarda gidrologik kuzatishlarni amalga oshirish, ma’lumotlarni 
to‘plash, saqlash, qayta ishlash, umumlashtirish va zarur bo‘lganda ularni 
iste’molchilarga yetkazib berish jarayoni to‘laligacha kompyuter 
texnologiyalarini qo‘llashga asoslangan. 
Daryolar gidrologiyasi qadimdan to shu kunga qadar inson 
talablariga bog‘liq holda rivojlanmoqda. Hozirgi kunda xalq xo‘jaligining 
daryolar gidrologiyasi bilan bog‘liq bo‘lmagan sohasini topishning o‘zi 
qiyin. Xalq xo‘jaligining, qishloq xo‘jaligi, gidroenergetika, daryo 
transporti (kemalar qatnovi, yog‘och oqizish), ko‘priksozlik va yo‘l 
qo‘rilishi, suv ta’minoti, baliqchilik kabi sohalarining rivojlanishi daryolar, 
ularning suv resurslari bilan bog‘liqdir.
Daryolarning suv resurslari qayta tiklanadigan tabiiy resurs sifatida 
gidroenergetikada bitmas-tuganmas energiya manbaidir. Ana shu GESlar 
uchun suv to‘playdigan suv omborlarini loyihalash, qo‘rish va ularni 
ekspluatatsiya qilishda daryolarning loyqa oqiziqlari, harorat rejimi va 
muzlash hodisalarini o‘rganish muhim. 
Daryolar suv resurslaridan yanada samarali foydalanish uchun ular 
oqimi miqdorini qisqa, uzoq va o‘ta uzoq muddatli prognozlash zarur 
bo‘ladi. Bunday prognozlar ilmiy asoslangan usullar va uslublarga 
tayanadi. O‘z navbatida, prognozlash usullarining aniqligi daryo va uning 
havzasida amalga oshirilgan gidrometeorologik kuzatishlar sifati, ularning 
ishonchliligi, davomiyligi bilan bog‘liqdir. Ushbu masalalar daryolar 
gidrologiyasining gidrologik pronozlar bo‘limida aniq ko‘rib chiqiladi. 
Yirik issiqlik elektrostansiyalari, shaharlar va aholi punktlarining 
issiqlik ta’minotida ham katta miqdorda suv ishlatiladi. Shuning uchun 
ham 
ularni 
loyihalashda 
suv 
manbalari 
– daryolarning oqim 
ko‘rsatkichlarini bilish zarurdir.
Daryo suvlarining eng yirik iste’molchisi qishloq ho‘jaligidir. 
Ayniqsa, respublikamiz kabi qurg‘oqchil hududlarda qishloq xo‘jaligi 
sug‘orma dehqonchilikka asoslangan. Bunday erlarda daryolarning 
chuchuk suv resurslari cheklangan. Shuning uchun yerlarni sug‘orishda 
yaylovlar va yaylov chorvachiligini suv bilan ta’minlashda suvdan 
nihoyatda tejamkorlik bilan foydalanish zarur. Bunday sharoitda daryo 
oqimining vegetatsiya davridagi miqdorini va, umuman, oqimining yil 


13 
davomida oylar va mavsumlar bo‘yicha taqsimlanishini bilish kerak 
bo‘ladi. Ushbu masalalarni hal etishda daryolar gidrologiyasi ularni 
hisoblashning nazariy asoslari hisoblanadi.
Suv transporti, kemalar qatnovi masalalarini ijobiy hal etish daryolar 
gidrologiyasida 
o‘rganiladigan loyqa oqiziqlarning harakatlanish 
mexanizmi, o‘zan jarayonlari bilan bog‘liqdir. Bundan tashqari, kemalar 
qatnovi daryolarda kam suvli davrlarda ularning chuqurlashish, muzlash va 
muzdan halos bo‘lish vaqtlariga ham ehtiyoj sezadi. 
Ko‘priklar va boshqa kommunikatsiya tarmoqlarini, ular katta yoki 
kichik daryoda bo‘lsin, ularda to‘linsuv yoki toshqin davrlarida 
kuzatiladigan eng katta - maksimal suv sarflarini bilish kerak bo‘ladi. 
Tog‘li hududlarda temir yo‘l yoki ovtomobil yo‘llariga qurilgan ko‘priklar 
ko‘pincha sel toshqinlaridan zarar ko‘radi. Shuning uchun ham keyingi 
yillarda daryolar gidrologiyasida sel toshqinlarini o‘rganishga alohida 
e’tibor qaratilmoqda.
Daryolar gidrologiyasida suv sarfi, suv sathi, chuqurligi, o‘zan 
jarayonlari haqida to‘plangan bilimlar kommunal maishiy ichimlik, sanoat 
korxonalari suv ta’minoti, baliqchilik va boshqa sohalarda juda muhimdir.
Umuman olganda, daryolarni har tomonlama o‘rganish, ular suv 
rejimini ilmiy asosda tashkil etish kelajakda ularda mumkin bo‘lgan 
miqdoriy va sifat o‘zgarishlarini oldindan bilish mamlakatimiz xalq 
xo‘jaligi barcha tarmoqlarining, qolaversa, iqtisodiyotining kelajakda 
barqaror rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. 

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish