Учебное пособие для студентов первого курса 5120100 «Филология и преподавание языка»



Download 1,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/91
Sana02.02.2022
Hajmi1,23 Mb.
#424977
TuriУчебное пособие
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   91
Bog'liq
Usmon Sanaqulov, Abdurayim Turobov. Tilshunoslik nazariyasi. O‘q

 
 
 
 
 
 


56 
TIL – TAFAKKUR – NUTQ MUNOSABATI 
 
17-§.
 
Til va nutqiy faoliyat. 
Til sintagmatik qatorga o‘tish orqali 
nutqiy faoliyatda tafakkur munosabatini namoyon qiladi. Nutqiy faoliyat 
bir qarashda individual hodisadek tuyulgani bilan ma’lum jihatlari bilan 
ijtimoiy hodisa hamdir. Umuman til va nutq ham ijtimoiy, ham individual 
hodisalardir. Bular bir - biri bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat turlari sanaladi. 
O‘z navbatida til va tafakkur ham o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan 
birini ikkinchisiz tasavvur etish qiyin bo‘lgan hodisalar hisoblanadi. Til 
ijtimoiy hodisa sifatida tafakkurning harakatga kelishi ya’ni nutq orqali 
voqealanishidir. Tafakkur bilish jarayoni bilan bevosita bog‘lanadi. 
Tafakkur aqliy bilishning hosilasi sifatida izohlanishi lozim. Ongli 
bilishning eng yuqori bosqichi bo‘lgan tafakkur yuritish faqat insonga 
berilganligi bilan ajralib turadi. Tafakkur til bilan birga paydo bo‘lgan va 
birga rivojlanadi. Til va tafakkur orasida gap borganda, nutq munosabati 
ham tushuniladi. Chunki til nutq orqali oydinlashadi. Bu uch hodisa ham 
o‘z-o‘zidan ijtimoiy hodisalar sanaladi. Biz o‘rganilayotgan narsa hodisa va 
voqealar haqida fikr yuritishimiz jarayonida til – tafakkur va nutqiy faoliyat 
baravar ishtirok etadi. Bu ijtimoiy hodisalar bir-biri bilan shunchalik 
bog‘liqqi go‘yoki bir hodisadek tushiniladi. Tafakkur erishgan yutuqlar 
tilda aks etib nutqiy faoliyatda yuzaga chiqadi. Til sistemasining ishlash 
jarayonida qatnashadi. Bilish hissiy va ongli bilishga bo‘linadi.
Shu bilan birgalikda hissiy bilishning insonlarga ham xosligini va 
farqini nazardan soqit qilmasligimiz kerak. Professor N.Turniyozov 
ta’kidlaganidek, bu ikki hodisa umumiy jarayonning ikki bosqichini taqozo 
etadi. Aqliy bilish sezgilarimizdan, hissiy bilishdan oziqlanadi.
Lekin, shunday bo‘lsa-da, tafakkur sezgidan, idrok va tasavvurdan 
quyidagi jihatlariga ko‘ra farqlanadi: 
a) tafakkur sezgi organlariga nisbatan narsa va hodisalar mohiyatini 
chuqurroq ochib beradi; 
b) tafakkur sezgimizga nisbatan voqelikni umumiyroq aks ettirib, narsa 
va hodisalar o‘rtasidagi doimiy munosabat, aloqalarni ham aniqlaydi; 
v) 
biz 
sezgilarimiz 
orqali 
narsa-hodisalar 
orasidagi 
oddiy 
munosabatlarni bilamiz [N.Turniyozov, 2002: 71]. 


57 
Tafakkur qilganimiz uchun ham til har doim taraqqiyotda va 
rivojlanishda, agar tafakkur bo‘lmaganida edi til qotib qolardi, ya’ni 
rivojlanishdan to‘xtardi. 
Til bilan tafakkurning o‘zaro munosabati tilshunoslikda ham
falsafada ham eng muhim murakkab muammolardan biridir. Shu bois 
mazkur mavzuni o‘rganishga qaratilgan mashg‘ulotlarda talabalar bu 
muammolarning fanda anchagina o‘rganilganligini, ular o‘zaro dialektik 
bog‘liq bo‘lgani holda, har biri faqat o‘zigagina xos bo‘lgan 
xususiyatlariga ko‘ra farqlanishini ham e’tibor markazida tutmog‘i 
muhim.
Psixologik nuqtai nazardan tafakkurimiz ifodalovchisidan ajratib 
olinganda, bo‘laklarga bo‘linmaydigan amorf massadan iborat. 
Faylasuflar va lingvistlar e’tirof etadilarki, belgilar yordamisiz bir 
tushunchani ikkinchi tushunchadan aniq farqlash mumkin emas. O‘z 
holicha olingan tafakkur go‘yo tumanlikka o‘xshaydi [A.Nurmonov, 
2009: 44]. Tildagi tushunchalar tovushlar orqali ifodalanadi. Bir tovush 
ikkinchi bir tovushdan ma’no jihatdan farq qilgani uchun
tafakkurimizdagi farqli tushunchalarni ham tovushlar orqali ajratamiz.
Tafakkur insonning bilish jarayoni bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, 
sezgilar orqali bilishdan farqlidir. Tafakkurning muhim xususiyati 
sifatida uning til bilan bog‘langanligini aytish mumkin. Chunki tilni 
tafakkursiz yoki, aksincha, tafakkurni tilsiz tasavvur etish qiyin. Biroq 
shunday bo‘lsa-da, til va tafakurning har biri o‘z ichki tuzilishiga va 
birliklariga ega. Masalan, leksema, so‘z-shakl, so‘z birikmasi va gap 
singarilar bevosita tilga (nutqqa) tegishli birliklar hisoblansa, tushuncha, 
fikr, hukm va xulosa singarilar tafakkur bilan uzviy bog‘liq birliklar 
hisoblanadi. Aytish joizki, til birliklari ifodalovchi, tafakkur birliklari 
ifodalanuvchi xususiyatlarga egadir. Til milliy xususiyatga ega, tafakkur 
esa umuminsoniy xususiyati bilan undan farqlanadi. Tafakkur shakllari 
va qonun-qoidalari barcha millatlarda bir xildir.
Yuqoridagilardan tashqari shuni ham aytish lozimki, til birliklari 
bilan tafakkur birliklarini tenglashtirib bo‘lmasligiga alohida e’tibor 
qaratishni tavsiya etamiz. Chunki, mazkur masala doirasida aniq 
tasavvur hosil etish uchun so‘z bilan tushuncha aynan bir-biriga mos 
kelavermasligi haqida bilish muhimdir. Mustaqil so‘zlarni taqozo 


58 
etuvchi so‘zlar tushuncha ifodalay olsa-da, biroq yordamchi so‘zlarni 
taqozo etuvchi til birliklari so‘z hisoblansa ham, tushuncha ifodalay 
olmaydi. Gapni muhokama, xulosa singari tafakkur birliklari bilan 
tenglashtirib bo‘lmasligini talaba chuqur o‘zlashtirish uchun gapning 
barcha turlarini voqea-hodisaning mavjudligi, yo‘qligi, rostligi
yolg‘onligi kabi jihatlaridan tashqari, so‘roq, buyruq mazmunidagi 
gaplarning borligiga ham e’tibor qaratish zarur. Zero, mantiq 
qonuniyatlari bunday xususiyatlarga tayanmasligi ma’lum.

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish