16-§.
Til qurilishi qonunlari va tafakkur qurilishi qonunlari.
Til
o‘ziga fonetika va grammatikaning muayyan qonunlarni birlashtirgan
tovushlar tizimi mavjud bo‘luvchi moddiy hodisadir.
Ma’lumki, tilni fikrning moddiy qobig‘i deyish qabul qilingan. Ammo
bu qoida “qobig‘” qandaydir tashqi fikr sifatida emas balki ichki fikr
sifatida, u bilan uzviy bog‘liq holda tushunilgan taqdirdagina to‘g‘ri. Gap
shundaki, fikrda turli “qobig‘” bo‘lishi mumkin emas. Har qanday til
fikrning nutq shaklida voqe’ bo‘lishidir. Yoki, aksincha har qanday
bevosita voqe’ bo‘lgan fikr nutq shaklidagi tildir.
Til va tafakkurning har biri o‘zicha ichki tuzilishiga va birliklariga
ega. Masalan, leksika, so‘z-shakl, so‘z birikmasi va gap (so‘z
birikmasining ham gapning ham qolipi-modeli nazarda tutilyapti) til
birliklaridir. Tushuncha, fikr, hukm va xulosa tafakkur birliklaridir. Til
birliklari ifodalovchi, tafakkur birliklari esa ifodalanuvchi hodisalardir.
Til milliy xususiyatga egadir, millatning eng muhim belgilaridan
biridir. Tafakkur esa umumiy insoniy xususiyatga egadir, ya’ni tafakkur
shakllari va qonun-qoidalari barcha millatlarda bir xildir.
So‘nggi davr tilshunos olimlar ishlarida til va nutq hamda
tafakkurning bir-biri bilan munosabati haqidagi fikrlaridan kuyidagilar
xarakterlidir. Ayrim olimlarning fikrlariga ko‘ra, ular biri boshqasidan aniq
farqlanmaydigan sinkretik hodisalar sifatida tasavvur etiladi. Albatta, til
bilan tafakkurning o‘zaro munosabati tilshunoslikda ham, falsafada ham
eng muhim murakkab muammolardan biridir. Shu bois mazkur mavzuni
o‘rganish jarayonida bu muammolarning fanda ular o‘zaro dialektik
bog‘liq bo‘lgani holda, har biri faqat o‘zigagina xos xususiyatlariga ko‘ra
farqlanishini ham e’tibor markazida tutmoq muhim.
Tafakkur, albatta, insonning bilish jarayoni bilan bevosita bog‘lanadi.
Bilish bo‘lganda ham tafakkur aqliy bilishni taqozo etadi. Shu bois hissiy
bilishni tafakkur bilan tenglashtira olmaymiz. Zero, bilishniig bu turi jonli
mavjudotlarning barchasiga xosdir. Tafakkur esa faqat insonga berilgan
in’omdir. Shuning uchun tafakkurni bilishning eng yuqori bosqichi deb
atash mumkin. Biroq, yuqoridagilardan hissiy bilishni tafakkurdan ajratib
qo‘yish, ularni qarama-qarshi hodisalar tarzida tushunish lozim degan
xulosa chiqarib bo‘lmaydi. Zotan, bu ikki hodisa umumiy jarayonning ikki
bosqichini taqozo etadi. Aqliy bilish sezgilarimizdan, hissiy bilishdan
50
oziqlanadi. Lekin, shunday bo‘lsa-da, tafakkur sezgidan, idrok va
tasavvurdan quyidagi jihatlariga ko‘ra farqlanadi:
a) tafakkur sezgi a’zolariga nisbatan narsa va hodisalar mohiyatini
chuqurroq ochib beradi;
b) tafakkur sezgimizga nisbatan voqelikni umumiyroq aks ettirib,
narsa va hodisalar o‘rtasidagi doimiy munosabat, aloqalarni ham aniqlaydi;
v) biz sezgilarimiz orqali narsa-hodisalar orasidagi oddiy
munosabatlarni bilamiz. Tafakkur esa ularning umumiy bog‘lanishini,
taraqqiyot qonunlariga munosabatini bilib olishimizga yordam beradi.
Tafakkur orqali biror narsani bilish uchun, avvalo, u haqda tushuncha
hosil qilish darkor. Predmet haqida tushuncha hosil qilishda umumiy
qonun-qoidalar yoki umumiy tushunchadan foydalaniladi. Bunda, albatta,
tafakkurning til bilan munosabati yanada aniqroq seziladi.
Tafakkurning
muhim
xususiyati
uning
til
bilan
uzviy
bog‘langanligidir. Inson tafakkuri til bilan birga rivojlanadi. Tafakkur
natijalari tilda mustahkamlanadi. Til o‘zining shu xislati bilan insonga
bilim to‘plashga, uni saqlashga, avloddan avlodga etkazishga yordam
beradi.
Til
tafakkurni
takomillashtirish,
mavhumlashtirish,
umumiylashtirish va juz’iylashtirish qurolidir. Insonni hayvonot olamidan
ajratib, uni ongli mavjudotga aylantirgan xislat ham tafakkur va tildir.
Til va tafakkur voqelikni bilish, boshqa insonlar bilan munosabatda
bo‘lish, real voqeiylikka ta’sir ko‘rsatishda ko‘rinuvchi, inson faoliyatining
ongli, maqsadga muvofiqligini ta’minlovchi insongagina xos bo‘lgan
tarixiy muhim xislatdir. Lekin, shunday bo‘lishiga qaramay, amalda,
hayotda, tarixiy jarayonda til va tafakkur ajralmas bo‘lsa-da, ularni alohida
fanlar sifatida o‘rganamiz. Tafakkur formalarini mantiq fani o‘rgansa, til
kategoriyalarini tilshunoslik o‘rganadi. Tafakkur umumbashariy bo‘lsa,
tilning qonun-qoidalari milliy xarakterga egadir. Dunyodagi tillarning
qonun-qoidalari bir-biridan ba’zan kamroq, ba’zan keskin farq qiladi.
Tafakkur shakllari, tamoyillari esa insonning millati, irqidan qat’i nazar,
hammada bir xildir.
Mantiq fani tafakkurni tarkibiy qismlarga ajratganda, u uch birlikdan:
tushuncha, muhokama va xulosadan tarkib topganini ko‘rsatadi.
Tilshunoslik fani nutqni tarkibiy qismlarga bo‘lganda, nutq tovushi (fon),
morf, so‘z, gap va matnlarga ajratadi. Demak, til va tafakkur birliklari
miqdor jihatdan to‘g‘ri kelmaydi.
51
Ba’zi olimlar tafakkurdagi tushuncha tildagi so‘zga, muhokama esa
gapga to‘g‘ri keladi, degan fikrni ilgari surishgan. Lekin bugungi kunda
mazkur fikrning asossizligi dalillanmoqda. To‘g‘ri, tilda ko‘pchilik so‘zlar
ma’lum bir tushuncha bilan bog‘langan:
Do'stlaringiz bilan baham: |