Учебное пособие для студентов первого курса 5120100 «Филология и преподавание языка»


-§. Tafakkur tashqi moddiy olamning kishilar miyasida aks



Download 1,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/91
Sana02.02.2022
Hajmi1,23 Mb.
#424977
TuriУчебное пособие
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   91
Bog'liq
Usmon Sanaqulov, Abdurayim Turobov. Tilshunoslik nazariyasi. O‘q

15-§. Tafakkur tashqi moddiy olamning kishilar miyasida aks 
etishi. 
Taffakkurimizda tashqi moddiy olam so‘z orqali tushuncha tarzida 
gavdalanadi. Tushuncha narsa, voqea va hodisalarning kishi miyasida 
tasavvur hosil qilish jarayonidagi inikosidir. Tushunchaning paydo 


48 
bo‘lishida insonning bir necha xil a’zolari, ko‘z, quloq, his etish va fikrlash 
qobiliyati ishtirok etadi. Kishilar biror predmetning nomini eshitgandan, u 
haqda fikr yuritadi, natijada tasavvur orqali uning miyasida shu narsa va 
voqea – hodisaning aksi (in’ikosi) paydo bo‘ladi. Tushunchani tasavvur 
qilishda tasavvur hammada bir xil bo‘lmaydi. U kishining bilimi, tajribasi 
va hakozolar bo‘yicha farqlanadi. Ba’zi bir ko‘rmagan, eshitmagan yangi 
predmet va hodisalarning nomini eshitganimizda biror bir aniq tasavvur 
qilolmaymiz. Hattoki, ko‘rib turgan yangi narsalarning nomini bilmaymiz. 
Aytaylik, Hindistonda o‘sadigan mevani umrimizda ko‘rmagan, emagan u 
haqda eshitmagan bo‘lsak. Uning nomini eshitganda dastlab hech qanday 
tushunchaga ega bo‘lmaymiz. Ko‘z oldimizga hech narsani keltira 
olmaymiz, natijada tasavvurimizda in’ikosini hosil qila olmaymiz. Shu 
sabab ham aniq bir tasavvur hosil qilishimiz uchun yetarli ko‘nikma, bilim 
va tajriba talab qilinadi. So‘z tushunchaning tildagi atalish nomi 
hisoblanadi. Masalan, ma’naviyat o‘chog‘i, o‘quv predmeti bo‘lgan narsa 
va u haqdagi tushuncha o‘zbek tilida kitob, rus tilida kniga, ingliz tilida 
book. Mana shu bir narsaning turli xil tilda turlicha nomlanishi so‘zdir. 
So‘z narsa va tushuncha bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Ular doim birga 
yashaydi, tushunchasiz so‘z, so‘zsiz tushuncha bo‘lishi mumkin emas. 
So‘z tilshunoslikning barcha sathlari ob’ekti. Tushuncha esa mantiq fanida 
o‘rganiladi. So‘z, narsa va tushuncha orasida shunday bog‘liklik borki, 
ularni bir - birisiz tasavvur etish ham qiyin. Ya’ni bir - biri bilan uzviy 
bog‘langan hodisalardir. Buni quyidagi rasm orqali ifodalasak bo‘ladi.
So‘z
Narsa
Tushuncha 
Mana rasmda ko‘rib turganingizdek, bular bir-biri bilan uzviy bog‘liq 
hodisalardir. Narsaning biror tildagi nomi so‘z, narsani denotat
tushunchani signifikat deb ham nomlaymiz. Bizning tafakkurimizda tashqi 
moddiy olamning aks etishi uchun ma’lum narsalar talab qilinadi. Bular til 
bilish, ya’ni so‘z nomini bilish, so‘z orqali ifodalanayotgan shu narsa 
haqida bilimga ega bo‘lish. Buning uchun shu narsaga avval duch kelgan, 
ko‘rgan bo‘lishimiz lozim. Shundan so‘nggina shu so‘z va narsa haqida 
tushunchaga ega bo‘lamiz. Bu fikrlar asosan, so‘zning atash ma’nosiga 


49 
tegishlidir. Ko‘chma ma’nolarda bir so‘zni har millat, har kim har xil 
tushunishi mumkin. 

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish