45
TIL VA TAFAKKUR
13-§.
Til va tafakkur
. Til va tafakkur o‘zaro bog‘liqdir. Shunchalik
bog‘liqki, hatto ko‘pgina olimlarga ular bir-biridan aniq farqlanmaydigan
sintetik hodisa sifatida ko‘rinadi. Shuning uchun ular til va tafakkur haqida
emas, balki til-tafakkur haqida gapirishni lozim ko‘radilar.
Til bilan tafakkurning o‘zaro munosabati tilshunoslikda ham,
falsafada ham eng muhim va murakkab muammolardan biridir. Bu
muammo fanda anchagina o‘rganilgan va unga doir ko‘plab monografik
tadqiqotlar nashr qilingan. Ularda til bilan tafakkurning o‘zaro dialektik
bog‘liqligi, birining ikkinchisisiz mavjud bo‘lmasligi, o‘zaro munosabatda
amal qilishi dalillar bilan yoritib berilgan.
Tafakkur inson oliy nerv (asab) tizimining (bosh miyaning)
faoliyati
bo‘lib, so‘z, so‘z birikmalari va gaplarda, ya’ni tilda o‘z ifodasini topadi.
Tafakkurning moddiy qobig‘i tildir. Shunday ekan, tafakkur bilan til,
birini ikkinchisidan ajratib bo‘lmaydigan dialektik birlikni tashkil etadi
[N.Uluqov, 2016:36].
Til bilan tafakkur o‘zaro dialektik bog‘liq bo‘lgani holda, ularning har
biri o‘zlariga xos xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi.
Demak, til bilan tafakkur o‘rtasida nihoyatda murakkab munosabat
mavjud. Asosan ana shuning uchun bu munosabat tilshunoslik tarixida
ham, falsafa tarixida ham eng muhim muammolardan biri hisoblanib
kelindi.
Til, ko‘pchilik tomonidan qayta-qayta ta’riflanganidek,
kishilarning
o‘zaro fikriy aloqa vositasidir. Tafakkur esa ob’ektiv borliqni va voqeani
kishi miyasida aks ettirishning yagona va oliy darajali shaklidir. Shuning
uchun tafakkur moddiy dunyoning kishi tomonidan bilib olinishida, aks
etishida ideal jarayon sifatida xizmat qiladi. Bu o‘rinda tafakkur kishining
amaliy faoliyatiga asoslanadi. Shuning uchun uning shakllanishida,
gavdalanishida va amal qilinishida moddiy negiz kishining miyasi
hisoblanadi.
Tafakkur bilish quroli sifatida
kishining ong shaklidir, ijtimoiy
jihatdan ongning birinchi darajali tarkibiy qismidir. Ayni vaqtda tafakkur
kishining ijtimoiy va amaliy faoliyati tufayli tarixiy va mantiqiy ma’noda
yana ijtimoiy ongga aylanadi.
Har qanday g‘oyaviy hodisa kabi tafakkur ham ob’ektiv va moddiy
hodisa tufayli amal qiladi. Bunday ob’ektiv va moddiy qobig‘ tildir. Bu
46
jihatdan til bilan tafakkur birini ikkinchisidan ajratib bo‘lmaydigan, o‘zaro
ziddiyatli va bir-biriga aks ta’sir ko‘rsatuvchi dialektik birlikni tashkil
qiladi. Ammo bu birlikni ba’zi olimlar boshqacha tushunganlar:
ular til
bilan tafakkurni tamoman birday hisoblab, aql tildan iboratdir deb
ta’kidlaganlar. Masalan, nemis faylasufi tilshunosi V.Gumboldt ta’rificha,
til bir butun ruhdan iborat. Shuning uchun u ruh qonunlari asosida taraqqiy
qiladi. Demak, tilning istiqboli ruhning istiqboliga bog‘liq.
“Til xalq ruhining tashqi ko‘rinishidir, - degan edi V.Gumboldt, -
xalqning tili uning ruhidir, xalqning ruhi esa uning tilidir – bularda boshqa
qandaydir ikki narsaning bir-biriga bunchalik o‘xshashligini tasavvur
qilish qiyin. Ularning qanday qilib yagona va idrok qilib bo‘lmaydigan
mansabga birlashib ketishi biz uchun tushunarli bo‘lmay qolmoqda.
Bularning qaysi biri muhimroq, kattaroq
ahamiyatga ega ekanligini
aniqlashga urinmasdan, xalqning ruhida tillardagi xilma-xillikning real-hal
qiluvchi tamoyilini va haqiqiy sababini ko‘rishimiz kerak. Chunki
xalqning ruhi hayotiy va mustaqil hodisa hisoblanadi, til esa unga tobe’dir”
[V.A.Zveginsev, 1964: 88-89].
Yoki akademik N.Ya.Marr ham o‘z ta’limotida til bilan tafakkurni bir-
biridan ajratib qo‘yar edi.
“Til, - degan edi N.Ya.Marr, - tovushlarda zuhur etgani uchungina
mavjuddir. Tafakkur zuhur etmasdan ham amal qilaveradi... Til (tovush
tili) o‘z vazifalarini fazoni so‘zsiz engayotgan eng yaxshi ixtirolarga
topshiriq boshladi, tafakkur esa o‘zining o‘tmishda to‘plagan va
foydalanmayotgan boyliklari hamda yangidan to‘planganlari tufayli tobora
yuksalib boyliklari hamda yangida to‘planganlari
tufayli tobora yuksalib
bormoqda va tilni tamomila iste’moldan chiqarib, uning o‘rnini bosadigan
bo‘lib bormoqda. Bo‘lajak til-tabiiy materiyadan xoli bo‘lgan, texnikada
o‘sib borayotgan tafakkurdir.”
Hech qanday til, hatto har holda tabiat mezonlariga bog‘liq bo‘lgan
tovush tili ham tafakkurga bardosh berolmaydi [N.Ya.Marr, 1931: 62].
Bu mutlaqo noto‘g‘ri ta’limotdir. Chunki til va tafakkurning dastlabki
unsurlarini
yuzaga
keltiruvchi,
ayni
vaqtda
yuzaga
kelishini
rag‘batlantiruvchi, dastlabki unsurlarini yuzaga chiqaruvchi, omillar,
qo‘zg‘atuvchi sabablar bir vaqtda va bir xil muddatda shakllangan,
keyingina o‘sha unsurlarning o‘zaro aks ta’sir
qonuni asosida rivojlana
borishi bilan to‘la ma’nosidagi til va tafakkur shakllangan. Ular, ya’ni til
va tafakkur shundan buyon o‘zaro aks ta’sir qonuni asosida rivojlanib
47
insoniyat oldidagi vazifasini to‘la bajarib kelmoqda. Bundan keyin ham
shunday bo‘laveradi.
Ammo til bilan tafakkuri bir-biridan ajratgan holda talqin
qilish,tushintirish darslik qo‘llanmalarda ham va ular orqali ta’lim
jarayonida ham o‘z aksini topdi. Masalan: ”Til ayrim kishida mustaqil
ravishda mavjuddir” [P.I.Ivanov, 1967: 291]. “Til
har bir ayrim kishida
mustaqil tartibida mavjuddir” [M.Vohidov, 1970: 175].
Do'stlaringiz bilan baham: