183
rivojlanadigan hasharotlardan qattiq qanotlilar
turkumi vakillari haqida ma’lumot
berish.
Idеntiv o‘quv maqsadlari:
1. To‘liq o‘zgarish bilan rivojlanadigan hasharotlar bo‘limi turkumlarini aytib
bera oladi.
2. Qattiq qanotlilar
turkumi vakillari haqida ma’lumot beradi.
Birinchi sаvоlning bаyоni:
Qattiq qanotlilar, ya’ni qo‘ng‘izlar
(Coleoptera)
turkumi
vakillarining oldingi
qanotlari xitinlashgan qalin bo‘lib, ustqanotlari
elitrani
hosil qiladi. Oldingi qanotlarining
tomirlanishi aniq emas. Yupqa pardasimon ostki qanotlari ustqanot ostida taxlanib
turadi. Uchayotganda ostqanotlar samolyot parragiga o‘xshab
aylanadi; ustqanotlar esa
ikki tomonga yoyilib, ko‘tarish yuzasini hosil qiladi. Ustqanot himoya vazifasini ham
bajaradi. Ba’zi tur qo‘ng‘izlarning qanotlari yo‘q (masalan, toshqollar, vizildoqlar,
qora tanlilar va boshqa qo‘ng‘izlarning qanotlari yo‘q).
Qo‘ng‘izlarning ust ko‘rinishi va katta-kichikligi juda turli-tuman.
Ularning
kattaligi 0,3-1 mm dan 10-15 sm gacha borishi mumkin (54-rasm).
54-rasm. Qattiq qanotlilar
. A - go‘ng qo‘ng‘izi. B - xon qizi qo‘ng‘izining imagosi va lichinkasi. D - lavlagi
filtumshug‘i.
E - tipograf va uning daraxt yog‘ochidagi izi. F - suvsar qo‘ng‘iz. G - poliz qo‘ng‘izi.
Eng yirigi goliaf go‘ng‘izi bo‘lib, uning uzunligi 15 sm ga boradi. Og‘iz organlari
kemiruvchi tipda tuzilgan. Ko‘pchilik qo‘ng‘izlarning tanasida sassiq hid
184
tarqatadigan yoki zaharli moddalar ajratadigan bezlar bo‘ladi. Shunday moddalar
ularni boshqa hayvonlardan himoya qilish vositasi hisoblanadi. Masalan, to‘pchi
qo‘ng‘izlar qo‘lansa hidli azotli moddalarni havoda portlatib,
dushmanlarini
qochiradi.
Qo‘ng‘izlarning lichinkasi tuproq, suv yoki chirindi moddalar orasida
rivojlanadi. Lichinkalarining ko‘krak oyoqlari uch juft; g‘umbagi erkin tipda bo‘ladi.
Yer yuzida qo‘ng‘izlarning 250 mingdan ortiq turlari bor, shundan 25 mingdan
ortig‘i MDH da uchraydi. O‘zbekistonda esa 3000 ta turi aniqlangan. Qo‘ng‘izlar
turkumi 100 dan ortiq oilalarga bo‘linadi. Ko‘pchilik turlari tuproq yuzasi, tuproq va
xazon ostida hayot kechiradi. Ayrim turlari ikkilamchi marta suvda yashashga o‘tgan
(suvsuzarlar, suvsarlar). Ular orasida o‘simlikxo‘rlari, aralash oziqlanadigan turlari
va yirtqichlari bor.
Ko‘pchilik qo‘ng‘izlarning oyoqlari
yuguruvchi yoki yuruvchi tipda,
ba’zilarida, masalan, yaproqsimon mo‘ylovlilar oilasi vakillarida kovlovchi tipda,
suvsuzarlar oilasining vakillarida esa orqa juft oyoqlari suzuvchi yoki sakrovchi
tiplarda tuzilgan.
Qo‘ng‘izlarda ovqat hazm qilish sistemasi to‘la taraqqiy yetgan. O‘rta ichakda
ko‘p miqdorda mayda o‘simtalar joylashgan. Malpigi naychalari soni 4-6 ta. Nerv
sistemasi qator sodda guruhlarda 3 ta ko‘krak va 6-8 ta
qorin nerv zanjiri
tugunchalaridan iborat. Nafas olish sistemasi suvda yashovchi qo‘ng‘izlarida jiddiy
o‘zgargan, quruqlikda yashovchi turlarida havo xaltachalari bor.
Ko‘pchilik qo‘ng‘izlar yil davomida bitta, ayrim turlari esa 2-3 ta bo‘g‘in
beradi. Tuproqda uchraydigan turlari, masalan, qirsildoq qo‘ng‘izlar, xrushlar va
boshqalar
asta-sekin rivojlanganligidan, bir bo‘g‘in urchishi uchun 5 yil kerak
bo‘ladi.
Ko‘pchilik qo‘ng‘izlar turi yetuk, boshqalari g‘umbaklik, ba’zilari esa
lichinkalik fazasida qishlaydi. Yetuk fazasida qishlovchilar ko‘klamda ko‘pincha
ovqatlanadi. Ularning lichinkalari ham turli xilda bo‘ladi.
Qattiq qanotlilar biologik jihatdan juda xilma-xil. Ular o‘rtasida yirtqich,
o‘simlikxo‘r, saprofag, nekrofag formalari mavjud. Qo‘ng‘izlar
hamma yerda
uchraydi va tabiatda moddalar almashinuvida katta ahamiyatga ega.
Qo‘ng‘izlar turkumiga kiruvchi hasharotlar orasida ko‘pchilik turlari mevali
daraxtlarga, g‘alla, poliz va sabzavot ekinlariga zarar keltirishi bilan bir qatorda
foydali turlari ham ma’lum. Ko‘pchilik yirtqich qo‘ng‘izlar zararkunanda hasharotlar
va ularning lichinkalari bilan oziqlanadi. Bunday qo‘ng‘izlar qatoriga vizildoqlar
(Carabidae) oilasiga mansub bo‘lgan qo‘ng‘izlar
va ularning lichinkalari, ayrim tur
badbo‘y suluv qo‘ng‘izlar (Colosoma), malhamchi qo‘ng‘izlar (Meloidae)
lichinkalari va boshqa turlari kiradi. Bu qo‘ng‘izlar zararkunanda hasharotlarni va
ularning lichinkalarini qirib insonga katta foyda keltiradi.
185
Qo‘ng‘izlar turkumi ikkita kenja turkumga: go‘shtxo‘rlar va turlixo‘rlarga
bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: