Учебно-методический комплекс по "Энтомологии" подгатовлен на основе современной педтехнологии. Настоящий комплекс подготовлен на основании действующей



Download 11,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/348
Sana20.04.2022
Hajmi11,19 Mb.
#566981
TuriУчебно-методический комплекс
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   348
Bog'liq
entomologiya

Malhamchi qo‘ng‘izlar 
(Meloidae) 
oilasi. 
Malhamchi qo‘ng‘izlarning teri 
qoplagichi va ustqanotlari odatda yumshoq. Ba’zi turlari rangli. 4000 dan ortiq turi bor, 
MDH da 200 ta , O‘zbekistonda 100 turi aniqlangan. Ularning rivojlanishi ortiqcha 
o‘zgarishli, ya’ni gipermetamorfoz tariqasida o‘tadi. Tuxumdan kichkina triungulin degan 
lichinka chiqadi, u chigirtka ko‘zachasiga kiradi yoki gullarga chiqib olib, birorta asalariga 
ilashib, uning iniga kirib oladi. Lichinka chigirtka tuxumlari yoki asalarilarning oziqlari 
bilan oziqlanadi. Bir necha marta tullab, bir qancha o‘zgarishlarga uchraydi, so‘ng 
g‘umbakka aylanadi va undan voyaga yetgan malhamchi qo‘ng‘izlar chiqadi. Ularning 
qonida zaharli modda - 
kantaridin 
bo‘ladi. Kantaridinidan ba’zan tibbiyotda malham dorilar 
tayyorlash uchun foydalaniladi. 
O‘zbekistonda oddiy mayka qo‘ng‘izi 
(Meloe proscarabaeus)
keng tarqalgan. Bu 
qo‘ng‘izlarning urg‘ochilari odatda tuproqqa bir necha ming tuxum qo‘yadi. Ulardan 
kattaligi 1mm ga yaqin bo‘lgan triungulin degan lichinkalar chiqadi. Lichinkalarning 
tanasi biroz uzunchoq bo‘lib, uning boshi ancha yirik, jag‘lari, oyoqlari va dum ipchasi 
yaxshi rivojlangan.
Triungulin lichinkasi harakat qilib o‘simliklar gullariga joylashib oladi va boshqa 
hasharotlarni, asosan asalarini poylaydi. Hasharotlar gullarga qo‘nishi bilan triungulin 
lichinkasi oyoqlaridagi tirnoqchalar yordamida hasharotlarning tuklariga yopishib oladi. 


193 
Hasharotlarga yopisha olmagan lichinkalar nobud bo‘ladi. Hasharotlarga yopishib 
olganlari , masalan asalariga yopishib olgani asalari iniga boradi. Triungulin lichinkasi 
dastlabki paytlarda asalarilar tuxumini yeydi va ma’lum vaqtdan keyin po‘st tashlaydi. 
Ulardan qisqa oyoqli ancha yirik oq lichinka paydo bo‘ladi, u jag‘lari yordamida asalni 
iste’mol qiladi. So‘ngra po‘st tashlab, soxta g‘umbakka aylanadi. Keyin yana tullab, 
oyoqsiz, yirik lichinkaga va bu lichinkalardan ma’lum vaqt o‘tib haqiqiy g‘umbakka 
aylanadi. G‘umbakdan esa kelgusida voyaga yetgan mayka qo‘ng‘izi chiqadi.
O‘zbekistonda malhamchi qo‘ng‘izlardan oddiy yoki qora mayka 
(Meloe 
proscarabaeus),
sariq shpanka 
(Zonitis flava),
qora dog‘li shpanka 
(Zonitis fulvipennis),
yashil shpanka 
(Lytta togata),
to‘rt nuqtali malhamchi 
(Mylabris guadripunctata)
, florov 
malhamchisi
( Mylabris frolovi)
va qizilbosh shpanka 
(Epicauta erythrocephala)
keng 
tarqalgan.
Bu qo‘ng‘izlardan ayniqsa qora dog‘li shpanka, to‘rt nuqtali malhamchi va 
frolov malhamchilarning lichinkalari chigirtkalarning (voha, marokash va bahorikor 
chigirtkalarning) ko‘zachalarida rivojlanib, ularning tuxumlari va lichinkalarini 
qiradi. 
Shunday qilib, malhamchi qo‘ng‘izlarining lichinkalari g‘alla ekinlarining 
zararkunandasi bo‘libgina qolmay, balki chigirtkalarning tuxumi bilan oziqlanib
ularni qirib katta foyda ham keltiradi.
Foydali qo‘ng‘izlar qatoriga yana go‘ngxo‘r qo‘ng‘izlar (plastinka mo‘ylovlilar 
(
Scarabaeidae oilasi
)ni ham kiritish zarur. Ular har xil hayvonlarning tezagi bilan 
oziqlanadi. Maydaroq go‘ngxo‘r qo‘ng‘izlar (5-8 mm) tuxumlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
hayvon tezagiga qo‘yadi. Lichinkasi tezakda tez rivojlanib, tuproqda g‘umbakka 
aylanadi. Go‘ngxo‘r qo‘ng‘izlardan 
geotroplar 
esa tezak ostidan in qazib, unga tuxum 
qo‘yadi va inini tezak bilan to‘ldiradi. Bo‘xcha qo‘ng‘iz 
(Scarabaeus sacer) 
esa 
tezakdan shar yasaydi va uni dumalatib olib borib tuproqqa ko‘mib qo‘yadi. Sharlarning biri 
uning o‘zi uchun oziq bo‘lsa, boshqasiga tuxum qo‘yadi. Lichinkalari tezak ichida rivojlanib 
voyaga yetadi.

Download 11,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   348




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish