Учебно-методический комплекс по "Энтомологии" подгатовлен на основе современной педтехнологии. Настоящий комплекс подготовлен на основании действующей



Download 11,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/348
Sana20.04.2022
Hajmi11,19 Mb.
#566981
TuriУчебно-методический комплекс
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   348
Bog'liq
entomologiya

Go‘shtxo‘rlar 
(Adephaga)
kenja turkumi
vakillarining orqa oyoq toschalari 
uzun. Urug‘donlari sodda, naychalar o‘rami kabi ko‘rinishda: tuxum naychalari 
politrofik tipda; malpigiy naychalari 4 ta. Lichinkalari kompodesimon, ularning 
oyoqlari aniq, panjalari odatda ikki tirnoqli. Qo‘ng‘iz va lichinkalar yirtqichlik bilan 
oziqlanadi, faqat ayrim turlari ikkilamchi o‘simlikxo‘r hisoblanadi. Bular bir nechta 
oilalarga bo‘linadi: 
Vizildoq qo‘ng‘izlar 
(Carabidae)
oilasi 
vakillari boshqa umurtqasiz hayvonlar 
bilan oziqlanadi. Vizildoq qo‘ng‘izlar, ya’ni toshqollar oilasiga 25000 dan ortiq tur 
kiradi. MDH da 2300 turi, O‘zbekistonda esa 400 turi aniqlangan. Bu qo‘ng‘izlarning 
ko‘rinishi qora va qisman metall rangda tovlanadi. Oyoqlari yuguruvchi tipda 
tuzilgan. Vizildoq qo‘ng‘izlar hammaxo‘r yirtqich hisoblanadi. Ularning voyaga 
yetganlari va lichinkalari turli zararkunanda hasharotlarni qiradi. Ushbu oilaga 
kiradigan badbo‘y suluv qo‘ng‘izi (Calosoma) avlodining turlari esa har xil 
zararkunanda hasharotlarning lichinkalari bilan oziqlanib foyda keltiradi.
Yirik vizildoqlarning uzunligi 5 sm gacha boradi. Ular Qrim va Kavkaz 
tog‘larida uchraydi. Zararkunanda turlari ham bor. Masalan, g‘alla vizildog‘i.
Vizildoq qo‘ng‘izlardan yirik yashil suluv qo‘ng‘izi yoki badbo‘y suluv 
qo‘ng‘iz 
(Calosoma sycophanta) 
O‘zbekistonda o‘rmon daraxtzorlarida, tog‘dagi 
meva bog‘larida, sahro suluv qo‘ng‘izi (Calosoma deserticola), qum skariti 
(Scarities 
ferricola),
katta vizildoq qo‘ng‘iz 
(Anthia mannerhlimi), 
karabus vizildog‘i 
(Carabus 
sp),
kovrak vizildog‘i 
(Machozethus lehmani)
sakrovchi qo‘ng‘iz 
(Cicindela 
decempustulata)
va boshqa bir qancha turlari Respublikamizning qumli cho‘llarida, 
tog‘larida va suv havzalari bo‘ylarida tarqalgan. 
Badbo‘y suluv qo‘ng‘iz metall singari tovlanadigan ko‘k-yashil tusli juda 
chiroyli qo‘ng‘izdir. Qo‘ng‘iz va uning lichinkasi tengsiz ipak qurti va boshqa 
zararkunanda tangacha qanotlilar qurtlari bilan oziqlanadi. Bitta qo‘ng‘iz yoz 
davomida tengsiz ipak qurtining 200-300 tasini yo‘qotadi. Bu qo‘ng‘izning lichinkasi 
esa rivojlanish davrida 40-50 ta tengsiz ipak qurtini va 15-20 ta g‘umbagini yeb 
yo‘qotadi. 
Sahro suluv qo‘ng‘izi ham metall singari tovlanadigan to‘q bronza rangli 
chiroyli qo‘ng‘izdir. Voyaga yetgan bu qo‘ng‘iz va uning lichinkasi tunlamlar qurti, 
g‘umbagi, zararkunanda qo‘ng‘izlarning, ayniqsa kolorado qo‘ng‘izining lichinkasi 
va g‘umbagini, zararli qandalalarni va boshqa zararli hasharotlarni qirib foyda 
keltiradi. Yirik vizildoq qo‘ng‘izlardan biri katta vizildoq qo‘ng‘iz bo‘lib tanasi 
yaltiroq qora rangli, old ko‘kragida va qanoti qalqoni ustida 2 tadan yirik oq rangli 
xoli bor. Bu qo‘ng‘izlar chigirtka, qandalalar va zararli qo‘ng‘izlarni qirib foyda 
keltiradi.


186 
Vizildoq qo‘ng‘izlardan metall singari tovlanadigan tillasimon nuqtali suluv 
qo‘ng‘izlar ochiq joylarda yashab o‘tloq parvonasi, kemiruvchi tunlamlar qurti va 
kolorado qo‘ng‘izining lichinkasi va g‘umbaklarini qiradi. Katta Qrim vizildoq 
qo‘ng‘izi odatda shilliqqurtlar bilan, shu jumladan tok shilliqqurti bilan oziqlanib 
foyda keltiradi. Bu qo‘ng‘izning tanasi och ko‘kish yoki binafsha rangda bo‘lib, eng 
yirik vizildoq qo‘ng‘izlardan hisoblanadi. Tanasining uzunligi 40-50 mm.

Download 11,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   348




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish