Учебно-методический комплекс по "Энтомологии" подгатовлен на основе современной педтехнологии. Настоящий комплекс подготовлен на основании действующей



Download 11,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/348
Sana20.04.2022
Hajmi11,19 Mb.
#566981
TuriУчебно-методический комплекс
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   348
Bog'liq
entomologiya

Idеntiv o‘quv mаqsаdlаri:
1.
Hasharotlar bosh qismining o‘ziga xos tuzilish bеlgilarini izohlay oladi. 
2.
Hasharotlar mo‘ylov tiplarini bir-biridan ajrata biladi va ularning funksiyasi 
haqida ma’lumot beradi.
3.
Hasharotlar og‘iz apparati tuzilishi va ularning oziqlanishiga qarab tiplarga 
bo‘linishini tushuntira oladi.
4.
Hasharоtlar bоshini tanaga tutashish tiplarini bayon qila oladi.


47 
Uchinchi sаvоl bаyоni:
Hasharotlarning boshi mustahkam pishiq kalla qutisi yoki bosh qalpog‘idan 
tashkil topgan bo‘lib, u boshning tashqi skeletini hosil qiladi. Unda og‘iz organlari, 
bir juft mo‘ylov, bir juft murakkab yoki 
fasetkali ko‘z va oddiy ko‘z yoki 
ko‘zchalar o‘rnashgan (3-rasm).
3-rasm. Chigirtka bоshining yon 
tоmоnidan ko‘rinishi va tuzilishi:
1- 
bоshining tеpa chakkasi; 2-epikrinal chоk; 
3-ko‘zchalari; 4-mo‘ylоv chuqurchasi;
5- pеshоnasi; 6-pastki tashqi
 
chоki; 7-
qanshar yoki klipеus; 8-yuqоri labi; 9-
lunji; 10- ko‘zi; 11-yuqоri jag‘i;
 
12-ensasi 
(gardоni); 13-jag‘ paypaslagichi; 14-
pastki jag‘i; 15- lab paypaslagichi; 16-
pastki labi; 17- bo‘yin
 
mеmbranasi; 18-
ensa оrqasi; 19- оrqa ensa chоki;
20-ensa chоki.
Ba’zan kalla qutisida embrion bosh 
qismidagi ayrim bo‘g‘imlarning bir-biriga 
qo‘shilish izlari (choklari) aniq ko‘rinib turadi. 
Boshining ustki qismi harakatsiz tutashgan bosh qism skleritdan tuzilgan. 
Boshning oldingi sathi peshona, uning yuqorisida chakka, undan nariroqda ensa 
gardoni, peshona pastida yoki oldida qanshar yoki klipeus, undan pastda og‘iz 
organlarini yuqoridan yopib turuvchi yaproqcha ko‘rinishdagi harakatchan yuqori lab 
joylashgan. Bosh yonboshlarida joylashgan ko‘zlar osti va yonboshlari lunj deb 
ataladi. 
Suvarak va boshqa tuban tuzilishga ega bo‘lgan hasharotlarda boshining 
oldingi tomonidagi ko‘zlar oralig‘i V shaklida chok hoshiya izlar bilan ajralgan, u 
epikranial hoshiya deb ataladi. 
Boshni gavdaga qo‘shgan halqasimon yumshoq qismi bo‘yin, bo‘yin bilan 
og‘iz organi o‘rtasidagi ostki qismi tomoq deb ataladi. Boshning orqa tomonida, ya’ni 
ko‘krak qismida yotgan ichki organlar o‘tadigan joyda ensa teshigi bo‘ladi. 
Hasharotlar bosh qismida bo‘g‘imlarga bo‘lingan va turli ko‘rinishdagi bir juft 
mo‘ylov bo‘lishi hasharotlarga xos xarakterli belgilardan biridir. Faqat mo‘ylovsizlar 
(
Protura
) turkumining vakillarida mo‘ylov bo‘lmaydi.
Hasharotlarning mo‘ylovlari hid bilish va sezish funksiyasini bajaruvchi 
organlardir. Ular peshonaning ikki yonidagi ko‘zlar orasida yoki uning oldidagi 
chuqurchalarida joylashgan. Har bir mo‘ylov yo‘g‘onlashgan o‘zak bo‘g‘im, asosiy 
dasta yoki skapusdan, undan keyin oyoqcha yoki peditseldan va uchinchi bo‘g‘inidan 


48 
boshlanadigan xivchindan tashkil toptan. 
Mo‘ylov tiplari turli xil ko‘rinishda bo‘lib, hasharotlar turini aniqlashda muhim 
ahamiyatga ega. Ba’zan
 
mo‘ylov turlari jinsiy dimorfizmni ifoda etadi, ya’ni erkak va 
urg‘ochilarida mo‘ylov bo‘g‘imlari va shakli har xil bo‘ladi. 
Hasharotlarning mo‘ylovlari quyidagi asosiy tiplarga bo‘linadi (4-rasm):

Download 11,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   348




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish