Учебно-методический комплекс по "Энтомологии" подгатовлен на основе современной педтехнологии. Настоящий комплекс подготовлен на основании действующей



Download 11,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet199/348
Sana20.04.2022
Hajmi11,19 Mb.
#566981
TuriУчебно-методический комплекс
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   348
Bog'liq
entomologiya

Qo‘y bo‘kasi
(Oestrus ovis)
ning uzunligi 10-12 mm bo‘lib, qo‘y va 
echkilarning burun hamda peshona bo‘shlig‘ida parazitlik qiladi. Urg‘ochilari 
sarg‘ish- qo‘ng‘ir rangda, usti kam sondagi tuklar bilan qoplangan. Lichinkalari 
birinchi lichinkalik davrida 1,3 mm, uchinchi yoshdagi lichinkalar esa 10-30 mm 
uzunlikda bo‘ladi. 
Qo‘y bo‘kasi issiqni yoqtiradi, 16-20°C haroratda uchib yuradi. Urg‘ochilari 
urug‘langach, devor yoriqlari orasida yoki binolarga uchib borib, 12-16 kun 
davomida tinch o‘tiradi. Lichinkalari yetilgandan keyin ular faollashib, qo‘y va 
echkilarni axtaradi topib, ularning burun kavaklariga 12-20 tadan tirik lichinkalarni 
sepib ketadi. Har bir urg‘ochi bo‘ka hayoti davomida 600 tagacha lichinka qo‘yadi. 
Agar urg‘ochi bo‘ka yetilgan lichinkalarni o‘z vaqtida biror joyga qo‘ya olmasa, 
lichinkalar bo‘ka bachadonining devorini yorib yuboradi va uni halokatga olib keladi. 
Qo‘yning burniga tushgan lichinkalar tezda burunning ichkarisiga qarab siljiydi. 
Aprel va may oylarida qo‘yilgan lichinkalar rivojlanib, iyul-avgust oylarida 
hayvonning miyasiga ko‘chadi, ba’zan peshona bo‘shlig‘iga o‘tadi. Bu yerda 2 marta 
tullab, uch yoshli lichinkaga aylanadi. Keyinchalik uch yoshli lichinkalar yana burun 
bo‘shlig‘iga qaytadi va qo‘y aksirganda yerga tushib, tuproq orasida g‘umbakka 
aylanadi va 18-25 kundan keyin g‘umbakdan qanotli bo‘kalar yetishadi(88-rasm).
Qo‘y bo‘kasi shimol tomonlarda yiliga 1
 
marta avlod bersa, issiq iqlimli 
hududlarda 2
 
marta (bahor va kuzda) avlod beradi. Bo‘ka lichinkalari qo‘ylarning 
burun bo‘shlig‘ida bahorgi zararlanish davrida 4 oy, kuzgi zararlanish davrida esa 6-7 
oy yashaydi. 
Qo‘y bo‘kasi keltirib chiqaradigan kasallik estroz deyiladi. Bu kasallik hamma 


244 
mamlakatlarda uchraydi. Estroz bilan ko‘pincha yosh qo‘ylar kasallanadi. Estroz 
kasalligida qo‘ylarning nafas olishi qiyinlashadi, burnidan qon aralash shilimshiq 
modda oqadi. Bu kasallikdan qo‘ylarning ishtahasi pasayib oriqlab ketadi. Undan 
olinadigan jun mahsuloti 3-16 % ga kamayib ketadi.

Download 11,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   348




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish