237
O‘laksaxo‘r pashshalar
(Calliphoridae)
oilasi
vakillari metallsimon yoki
yaltiroq rangli, o‘rta ko‘krak epimerlari qilchali, mo‘ylovining arrasi uzun patli.
Lichinkalari hayvonlarning o‘limtiklarida, tashlandiq go‘shtda
rivojlanadi, ba’zilari
sut emizuvchllarda parazitlik qilib miaza kasalligini qo‘zg‘atadi. Ayrim turlari
umurtqasiz hayvonlarning parazitlari hisoblanadi. Ko‘pchilik turlari sinantrop bo‘lib,
oshxonalar, qushxonalar, axlat o‘ralari oldida yashab mikrob va gelmintlarning
tuxumlarini tashiydi. Sinantroplardan-ko‘k o‘laksaxo‘r
(Calliphora)
va
yashil
o‘laksaxo‘r pashshalar
(Lucilia)
avlodlari vakillari keng tarqalgan. Bulardan ba’zi
birlari ochiq yaralarga tuxum qo‘yib, fakultativ miazalarni chaqiradi. Shu yo‘l bilan
uy hayvonlariga zarar yetkazadi.
Kulrang go‘sht pashshalari
(Sarcophagidae)
oilasi
vakillari
lichinkalari
buzilayotgan go‘shtda, go‘ng va boshqa chiriyotgan organik moddalarda yashaydi.
Kulrang go‘sht pashshalari oilasiga 2000 dan ortiq tur kiradi. Ular o‘rta
mintaqalarda keng tarqalgan. Ko‘pchilik turlari tirik tug‘adi.
Go‘sht pashshasi
(Calliphora erythrocephala)
turining uzunligi 7-14 mm,
metallga o‘xshash yaltiroq, boshining oxirgi qismi qizg‘ish, ko‘krak qismi esa qora
tusda. Go‘sht
pashshasi, ayniqsa, qushxonalarga tuxum qo‘yish uchun uchib kiradi.
Kattaligi 1,5 mm keladigan ellipssimon shakldagi tuxumlarini 450-600 tadan qilib,
go‘sht va boshqa hayvon mahsulotlariga qo‘yadi.
Tuxumdan chiqqan lichinkalar 10-12 kun oziqlanib, g‘umbakka aylanish
oldidan yerga tushadi. Bu pashshaning lichinkalari har
xil yaralar va jarohatlarda
soxta parazitlik qiladi.
Go‘sht pashshasining lichinkalari toza sharoitda o‘stirilib, tuzalishi qiyin
kechadigan osteomiyelit kasalligini davolashda qo‘llaniladi. Buning uchun yaraning
ichiga lichinkalar yuboriladi. Lichinkalar kasallangan to‘qimalarni iste’mol qiladi.
Har 5 kunda lichinkalar almashtirilib turiladi, davolash yosh bolalarda 6-7 hafta, katta
yoshdagi odamlarda ko‘proq davom etadi.
Volfart pashshasi
(Wohlfahrtia magnitica)
uy pashshasidan kattaroq bo‘lib,
gavdasining uzunligi 9-13 mm, och kulrang tusda bo‘ladi (85-rasm).
Volfart pashshasining og‘iz apparati sanchib-so‘ruvchi tipda tuzilgan. Boshida
2 ta yirik murakkab ko‘zi va bo‘g‘imli mo‘ylovlari bor. Ko‘kragida 1 juft qanoti va
jizillagichi joylashgan. Volfart pashshasi Janubiy Yevropa va O‘rta
Osiyoda keng
tarqalgan. Mamlakatimizning markaziy va janubiy hududlarida uchraydi.
Voyaga yetgan volfart pashshasi dalalardagi gullarning shirasi bilan oziqlanadi.
Ular juftlashgandan keyin 120-200 tagacha tirik lichinka tug‘adi, lichinkalarini
hayvonlar terisining jarohatlangan joyiga, shuningdek ko‘z, burun, og‘iz shilimshiq
pardalariga, quloq supralariga kuch bilan sepib ketadi. Lichinkasi juda yirik, yo‘g‘on,
chuvalchangsimon shaklda.
Vоlfаrt pаshshаsi
lichinkalarining bosh tomonida xitinli ilmoqlari bor.
U ana
238
shu tomoni bilan tana to‘qimalariga kirib, tirik to‘qimalar bilan oziqlanib, yemira
boshlaydi. Yemirilish jarayoni juda tez kechadi. 2-3 kun ichida lichinka yara va
jarohatni suyakkacha yeb boradi. Ko‘zlarning shikastlanishi ko‘rlikka
olib kelishi
mumkin. Lichinkalarning o‘sishi va rivojlanishi xo‘jayinning tirik to‘qimalari
hisobiga boradi va 3-4 kundan keyin lichinkalar yerga tushadi va tuproqda
g‘umbakka aylanadi. Vоlfаrt pаshshаsining to‘liq
rivojlanish davri 11-23 kun davom
etadi. Volfart pashshasi yiliga 6 marta bo‘g‘in berishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: