222
Apanteles yakka yashovchi ichki tekinxo‘r, hayot jarayonlarining kechishi va
hatti-harakatlari ham o‘ziga hos. Avlod qoldirish uchun faqat ko‘sak qurtini yaxshi
ko‘radi. Ona yaydoqchi tuxum qo‘yishi payti “suv xaltasi”ni qattiq qisganida, uning
yuqori qismidagi tuxum kuchli bosim ostida katta tezlik bilan ilgari suriladi va
yaydoqchining nashtari ichidan xuddi miltiq stvolidan uchgan o‘qdek
tashqariga
otilib qurt tanasiga botadi.
Agar apanteles faoliyatini aniqlash lozim bo‘lsa, uni g‘o‘za hosil organlarida
uchraydigan pillalarining miqdoriga qarab aniqlanadi. Apantelesning pillalari
laboratoriyada kuzatilganda, uchinchi kuni pillachaning
bosh qismida xuddi
qirqilganidek tuynukcha ochilib, undan serg‘ayrat qanotli yaydoqchi chiqadi.
Darhaqiqat, apanteleslardan
Apanteles kazak
turining faoliyati kuzatilganda, u
chindan ham juda g‘ayratli ekanligiga ishonch hosil qilish mumkin. U o‘z o‘ljasini
qidirib uzoq masofalarga borishga qodir. Ob - havo noqulayliklariga boshqa
yaydoqchilarga nisbatan ancha chidamli. Eng muhimi shundaki, Apanteles kazak
ko‘sak qurtini u hali voyaga yetmagan paytda 1-2 yoshligidayoq zararlab o‘ldiradi.
Ma’lumki ko‘sak qurtini yoshi kattalashgan sari ishtahasi ochilib boradi. Yoshligida
hosil
tugunini zararlasa, voyaga yetganda esa pishib yetilayotgan va bo‘liq
ko‘saklarni ham teshib nobud qiladi.
Ko‘p yillik ma’lumotlarga ko‘ra, apanteles paxtazorlarda iyunning oxirida
keng tarqala boshlaydi. Shunday bo‘lsada, iyunda terilgan har 100 ta ko‘sak qurtining
3-12 tasi albatta yaydoqchi tomonidan zararlangan bo‘ladi. Iyunda bu miqdor 2,
avgustda 3-4 baravar ortadi. Albatta, bu hol ko‘sak qurtining mavsum boshidan
boshlab sekinlik bilan ko‘payib borgan qulay sharoitli ayrim maydonlardagina sodir
bo‘ladi.
G‘o‘za shonalashi bilan dalalarni har 5-7 kunda 1 marta tekshirib turish kerak.
Agar har 100 tup g‘o‘zada 10 tadan ortiq ko‘sak qurti topilsa, undan tashvishlanmasa
ham bo‘ladi, chunki bu miqdor yaydoqchilar bizning yordamimizsiz o‘zlari
bartaraf
qila oladigan ko‘rsatgichdir. Bitta apantalesning urg‘ochisi 2000 tagacha tuxum
qo‘yadi. Har bir kapalak qurtiga 75 tagacha tuxum qo‘yishi mumkin.
Brakonidlardan 80 tadan ortiq turlari zararkunanda hasharotlarga qarshi
kurashda yaxshi natijalar beradi. Markaziy Osiyoda ayrim tur brakonidlar g‘o‘za
zararkunandalaridan kuzgi tunlamga qarshi kurashda katta foyda beradi.
Brakonidlardan brakon
(Bracon hebetor)
ham O‘zbekistonda g‘o‘za tunlamiga
biologik qarshi kurashda keng qo‘llanilib katta foyda keltirmoqda.
Brakonlar tashqi
parazitlar hisoblananib, ko‘sak qurti, karadrina, makkajo‘xori kapalagi, beda tunlami
va boshqa kapalaklarning o‘rta va katta yoshdagi qurtlarini zararlaydi. Odatda u
o‘zidan yuzlab marta katta bo‘lgan raqibi bilan yuzma-yuz kelib, botirlarcha jang
qiladi. Lekin doimo g‘alaba doim mitti polvon-brakon tomonda bo‘ladi. Brakon juda
ko‘p turdagi hasharotlarni quradi. Shu sababli u hammaxo‘r deb nom olgan.
223
Uning o‘ljalari orasida ayniqsa zararli tunlam ko‘pchilikni tashkil qiladi.
Mamlakatimizda brakon 1940-yillardan boshlab laboratoriyalarda ko‘paytirilib,
undan ekinlarimiz himoyachisi sifatida foydalanish yildan-yilga oshib bormoqda.
Qanotli yaydoqchi 3,5-4 mm kattalikda bo‘lib
rangi och sariqdan qoramtir
jigarranggacha bo‘ladi. Urg‘ochisining qornida uchi tobora uchkurlashib boradigan
o‘ziga xos nayzasi, to‘g‘rirog‘I tuxum qo‘ygich nashtari bor.
Brakon yaydoqchisining rangi qizg‘ishdan to qoramtir ranggacha bo‘ladi,
tanasining uzunligi 2-3 mm, qanotlari bilan hisoblaganda esa 4-5 mm keladi.
Urg‘ochisining qornida uzun tuxum qo‘ygichi bor (76-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: