Учебно-методический комплекс по "Энтомологии" подгатовлен на основе современной педтехнологии. Настоящий комплекс подготовлен на основании действующей


Teri qanotlilar yoki quloqqazg‘ichlar



Download 11,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/348
Sana20.04.2022
Hajmi11,19 Mb.
#566981
TuriУчебно-методический комплекс
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   348
Bog'liq
entomologiya

Teri qanotlilar yoki quloqqazg‘ichlar 
(Dermoptera)
 turkumi.
Teri qanotlilar 
yoki “quloqqazg‘ichlar” sirtidan biroz buzoqboshiga o‘xshash, lekin kichik (15-20 
mm) hasharotlardir. Tanasi cho‘zinchoq, egiluvchan, boshi prognatik yuraksimon va 
cho‘zinchoq.
Teri qoplagichi dag‘allashgan, oldingi juft qanotlari kalta, terisimon, 


161 
tomirlanmagan ust qanotga aylangan, orqa juft qanoti esa pardasimon ko‘rinishda. 
Qanotsiz turlari ham bor. Serkilari yirik, bir bo‘g‘imli va ombursimon shaklda, turli 
xil kattalikda tuzilgan (43, A-rasm).
Ular oziqlanish vaqtida o‘ljani tutib turish vazifasini ham o‘taydi. Bular yakka-
yakka yoki to‘da bo‘lib, toshlar ostida, o‘simlik qoldiqlarida, chirigan ildizlarda, 
po‘stloqlar tagida va boshqa sernam, issiq yerlarda uchraydi.
43-rasm. Teri qanotlilar (A) va zorapteralar (B): 
1-qirg‘oq quloqqazg‘ichning ombursimon 
qisqa keyingi qorin o‘simtasi; 2-uzun ombursimon o‘simtasi; 3-barmoqlari (a-qirg‘oq 
quloqqazg‘ichiniki; b-oddiy quloqqazg‘ichniki); 4-urg‘ochi quloqqazg‘ichning 
ombursimon o‘simtasi; 5-qirg‘oq quloqqazg‘ichi.
Teri qanotlilar tuxum, lichinka va yetuk hasharot davrida qishlaydi. Ko‘pchiligi 
bir yilda bir marta urchiydi. Urg‘ochilari kuz boshida urug‘lanadi va tez kunda tuxum 
qo‘yishga kirishadi. Tuxumlarini to‘dalashtirib, tuproq oralig‘iga qo‘yadi. Qo‘yilgan 
tuxumlardan 2-3 hafta o‘tgach, lichinkalar chiqadi.
Lichinkalari imagoga o‘xshaydi. Qayta-qayta tullab (4-6 marta) voyaga yetadi. 
Lichinkalar rivojlanishi bir necha haftadan bir necha oygacha davom etadi.
Ko‘pchiligi tunda faol, kunduzi po‘stloqlar, to‘kilgan xazonlar va toshlar ostiga 
yashirinadi. Ularning 1300 ga yaqin turi ma’lum. MDH da 26 ta turi, shu jumladan, 
Qozog‘istonning tog‘li
hududlari va O‘rta Osiyoda 10 ga yaqin turi uchraydi. Ular 
hammaxo‘r, o‘simlik va hayvon mahsulotlari bilan oziqlanadi. Bir qancha turlari 
g‘alla, turli poliz ekinlariga va bog‘dorchilikka ma’lum darajada zarar yetkazadi.
Shulardan oddiy quloqqazg‘ich 
(Forficula auricularia)
va qirg‘oq (sohil bo‘yi) 
quloqqazg‘ichi 
(Labidura riparia)
bog‘ va g‘o‘za zararkunandalarining faol 


162 
yirtqichlari hisoblanib foyda keltiradi.

Download 11,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   348




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish