Учебно-методический комплекс по "Энтомологии" подгатовлен на основе современной педтехнологии. Настоящий комплекс подготовлен на основании действующей


Suvaraklar  (Blattoptera yoki Blattodea) turkumi



Download 11,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/348
Sana20.04.2022
Hajmi11,19 Mb.
#566981
TuriУчебно-методический комплекс
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   348
Bog'liq
entomologiya

Suvaraklar 
(Blattoptera yoki Blattodea)
turkumi
vakillarining tanasi yassi, ust 
qanotlari dag‘alroq. Urg‘ochi suvaraklarning qanotlari erkaklariga nisbatan kaltaroq yoki 
umuman rivojlanmagan. Ko‘pchilik turlari ucholmaydi, lekin tez yuguradi. Og‘iz 
organlari kemiruvchi tipda tuzilgan bo‘lib, hamma oziqni yeyaveradi.
Suvaraklar tuxumlarini qalin xaltacha (ootеka) ichiga joylashtirib qo‘yadi. 
Tuxum xaltachasining shakli har qaysi tur uchun o‘ziga xosdir. Mazkur hasharotlar 
juda sеkin (bir xil turlari 2-3 oy, boshqalari esa 3-4 yil) rivojlanadi. Lichinkalari ust 
ko‘rinishdan yеtuk zotlaridan kichikligi, qanotlari yo‘qligi va mo‘ylovi bo‘g‘imlari 
ozligi bilan farq qiladi. Ular ko‘proq tungi hasharotlardan hisoblanadi. Suvaraklar 
o‘simlik qoldiqlarida, toshlar ostida, xonadonlarda, ba’zan tuproqda va boshqa 
joylarda yashaydi hamda turli-tuman narsalar bilan oziqlanadi. Ular non uvoqlari
sabzavot, shakar, yog‘ va turli oziq - ovqat qoldiqlari bilan oziqlanadi, oziq-ovqatlarni 
ifloslantirishi va ayrim kasallik(ichburug‘ tayoqchasi, parazit chuvalchanglar tuxumi)ni 
tarqatishi tufayli odam sog‘lig‘iga ziyon yetkazadi. Suvaraklar uzoq vaqt ochlikka 
chidaydi.
Suvaraklar turkumiga 2500 dan ortiq tur kiradi, ko‘proq tropik va subtropik 
mamlakatlarda tarqalgan. MDH da 50 ga yaqin va O‘rta Osiyoda 22 turi aniqlangan. 
Sinantrop turlaridan-qora suvarak
(Blatta orientalis) va 
sariq suvarak
(Blattella 
germanica) 
xonadonlarda yashaydi (41-rasm). 


159 
41- rasm. Suvaraklar: 
A - sariq suvarak (Blattella germanica).B - qora suvarak (Blatta orientalis).
Beshiktervatarlar 
(Manteoptera yoki Mantodea) 
turkumi
vakillari yirik, 
cho‘ziq va yassi gavdali bo‘ladi. Ular yirtqich hasharotlardan hisoblanadi. Bosh qismi 
uchburchak shaklda, juda harakatchan, boshi tanaga uzun bo‘yin orqali tutashgan. 
Ko‘zlari katta, boshning ikki yonboshga joylashgan (oddiy ko‘zlari ham bor). 
Mo‘ylovlari ipsimon, ayrim turlarida mo‘ylovlari patsimon yoki taroqsimon shaklda 
bo‘ladi. Qanotlari 2 juft bo‘lib, kuchsiz rivojlangan, shuning uchun ham ular yaxshi 
ucholmaydi. Ba’zi turlarida qanoti umuman bo‘lmaydi.
Beshiktervatarlar og‘iz organlari kemiruvchi tipda tuzilgan, pastga qarab 
o‘rnashgan old yеlkasi uzun va baquvvat. Ularning birinchi ko‘krak bo‘g‘imi uzayib, 
uzun bo‘yinni hosil qiladi. Oldingi oyoqlari tutish organiga aylangan, uning tishchalar 
bilan qoplangan o‘tkir qirrasi boldir qismidagi tarnovchaga kirib turadi. Oldingi oyoqlari 
uzun, kuchli, pixsimon va tikan kabi o‘simtalar bilan qoplangan. Son va boldirlari 
bukilganda ullar bir-biriga zichlanadi va tirik o‘ljani tutib turishga moslashgan. Qorin 
qismi oxirida bo‘g‘imdor sеrkilar, erkak zotlari va lichinkalarida (qorinning IX 
stеrnitida) esa grifyеlkalari bor.
Beshiktervatarlar o‘ljasini pistirmada turib poylaydi. Xavf tug‘ilganida oldingi 
oyoqlarini ko‘tarib olib, gavdasini sekin - asta ikki yon tomonga qimirlata boshlaydi. Shu 
sababli ular beshiktervatarlar deb atalgan. 
Beshiktervatarlar tashqi muhitga yaxshi moslashgan, himoya rangi ularga o‘ljasini 
oson tutib olishga va dushmanlardan saqlanishga imkon beradi. Urg‘ochi 
beshiktervatarlar tuxumlarini to‘p-to‘p qilib, ko‘piksimon suyuqlikdan hosil bo‘ladigan 
pilla ichiga qo‘yadi (42-rasm).
Oddiy beshiktervatar (
Mantis religiosa
) qornining keyingi qismidan ajralib 
chiqayotgan ko‘pikdan tuxum xalta - ooteka hosil bo‘ladi. Bunday pillalar daraxtlar va 
butalarning eski shoxlariga yopishtirib qo‘yiladi. Bahorda ulardan lichinkalar chiqadi.


160 

Download 11,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   348




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish