Учебно-методический комплекс по "Энтомологии" подгатовлен на основе современной педтехнологии. Настоящий комплекс подготовлен на основании действующей



Download 11,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/348
Sana20.04.2022
Hajmi11,19 Mb.
#566981
TuriУчебно-методический комплекс
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   348
Bog'liq
entomologiya

45-rаsm. Pаrхo‘rlаr vа junхo‘rlаr: 
1-it junхo‘ri (Trichodektes canis); 2-оt junхo‘ri 
(Bovicola equi); 3-qоrаmоl junхo‘ri (Bovicola bovis); 4-kаptаr pаrхo‘ri(Columbicola columbae).
Bitlar 
(Anoplura)
 turkumi. 
Bitlar turkumining vakillari faqat sutemizuvchilarda 
parazitlik qilib yashaydigan qon so‘ruvchi ektoparazitlardir. Bitlarning 300 ga yaqin turi 
bor. MDH mamlakatlarida 40 ta turi uchraydi. 
Bitlarning tanasi dorzoventral tomonga qarab yassilangan. Bosh qismida og‘iz 
apparati, sezgi organlari joylashgan. Ko‘zlari oddiy, ayrimlarida esa ko‘zlari umuman 
bo‘lmaydi. Bir juft 3- 5 bo‘g‘imli kalta mo‘ylovlari sezgi a’zolari vazifasini bajaradi. 
Og‘iz apparati sanchib- so‘ruvchi tipda tuzilgan. Bir juft maksillalar, gipofarinks va 
pastki lab uzun nina shaklida bo‘lib, xartumchaning ichida joylashgan. Bit chaqqanda 
og‘iz a’zolari xartumchadan tashqariga chiqib, terini jarohatlaydi va qon so‘radi. So‘lak 
bezlarining mahsuloti qon ivishiga qarshilik ko‘rsatadi. Tananing ko‘krak qismi bir- 
biriga qo‘shilib ketgan 3 ta segmentdan tuzilgan bo‘lib, 3 juft yurish oyoqlariga ega. 
Qanotlari bo‘lmaydi. Oyoqlari tirnoqlari bilan tugaydi.
Bitlar jinsiga qarab oxirgi qorin segmentining shakli turlicha bo‘ladi. Urg‘ochi bit 
qornining oxirida o‘roqqa o‘xshagan 1 juft o‘simtasi bo‘ladi. Jinsiy teshigi sakkizinchi 
qorin segmentida joylashgan. Erkaklarining jinsiy teshigi to‘qqizinchi segmentda 
joylashgan.
Demak, bitlarda jinsiy dimorfizm yaqqol ko‘rinadi. Urug‘lanishi ichki, rivojlanishi 
chala metamorfozli. Tuxumdan chiqqan lichinkasi 3 marta tullab, imagoga aylanadi. 
Bitlarning tuxumi sirka deyiladi. Bitlarning boshqa parazit hasharotlar - qandalalar 
hamda burgalardan farqi, ularning to‘liq rivojlanish sikli xo‘jayin tanasida o‘tadi. Ular 
tuxumlarini (sirkalarini) tukka yoki teriga va kiyim- kechaklarga yopishtirib qo‘yadi. 


166 
Bitlar uzluksiz urchiydi. 24 kun davomida to‘la rivojlanib bo‘ladi. 
Bitlar ixtisoslashgan parazitlar hisoblanadi. Har bir tur hayvonning o‘ziga xos biti 
bo‘ladi. Bu turkumga 3 ta oila kiradi:
1. Gematopidlar (
Heamatopidae
) oilasi vakillarining ko‘zi yo‘q, tanasi tukchalar 
bilan qoplangan, faqat quruqlikdagi sutemizuvchilarda (primatlardan tashqari) parazitlik 
qiladi. Fil, ot, cho‘chqa, qoramol, quyon va bug‘u bitlari shular jumlasiga kiradi (46-
rasm). Bu bitlar parazitlik qilish bilan birga kuydirgi, cho‘chqalarda o‘lat kasalligini 
ham tarqatadi.
2. Tikanli bitlar (
Echinophthiridae
) oilasiga faqat dengiz sutemizuvchilarida 
parazitlik qiladigan bitlar kiradi. Ularning tanasi tikanchalarga o‘xshagan tukchalar bilan 
qoplangan bo‘ladi. Tyulenlar burun teshiklarining old qismida tyulen biti parazitlik 
qiladi.
3. Pedikulidlar (
Pediculidae
) oilasiga faqat odam va odamsimon maymunlarda 
parazitlik qiladigan bitlar kiradi. Odamlarda bitlarning 3 turi, ya’ni bosh biti, kiyim biti va 
qov biti parazitlik qiladi (47-rasm).
Qov biti (Phthirus pubis) odam badanining tukli joylarida (qovda, qo‘ltiq tagi 
junlarida, soqolda va hatto qosh hamda kipriklar orasida) uchraydi. Qov biti boshqa 
bitlardan farq qiladi. Uning boshchasi aniq ko‘rinib turadi. Ko‘krak va qorin qismi 
bir- biridan aniq ajralmagan. Bitlar ichida eng kichigi (erkagi -1 mm, urg‘ochisi-1,5 
mm) hisoblanadi. Qov biti 26 kungacha yashaydi.
Qov biti ftirioz kasalligini qo‘zg‘atadi. U o‘zining yassi tanasi bilan odam 
terisiga mahkam yopishib oladi, xartumini teriga sanchib, bitta joyda qimirlamasdan 
uzoq vaqt davomida qon so‘radi, chaqqan joyi tinimsiz kechayu- kunduz qichiydi va 
ko‘karib qoladi. Uning so‘lagi gemoglobinni parchalaydi, shuning uchun chaqqan 
joyi ko‘karib qoladi. U jinsiy aloqa vaqtida, umumiy o‘rin-ko‘rpadan 
foydalanilganda, ichki kiyimlar orqali bir odamdan boshqa odamga o‘tadi. Qov 
bitining kasallik tarqatish-tarqatmasligi isbotlanmagan.
Kiyim biti (Pediculus humanus vestimenti) va bosh biti (Pediculus humanus 
capitis) bir-birlari bilan chatishib serpusht nasl beradi, shuning uchun ular bitta tur-
ning (Pediculus humanus) tur xillari deb hisoblanadi. Bosh biti sochlarda bo‘lib, o‘z 
tuxumini (sirkalarini) sochga yopishtirib qo‘yadi.

Download 11,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   348




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish