Учебно-методический комплекс по "Энтомологии" подгатовлен на основе современной педтехнологии. Настоящий комплекс подготовлен на основании действующей



Download 11,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/348
Sana20.04.2022
Hajmi11,19 Mb.
#566981
TuriУчебно-методический комплекс
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   348
Bog'liq
entomologiya

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
44-rasm. Termitlar turkumi:
1-yosh qanotli urg‘ochisi; 2-qanotlarini tashlagan erkagi; 
3-qorni tuxum bilan to‘la urg‘ochisi; 4, 5 va 7-navkarlari; 6-ishchisi.
 
Pichanxo‘rlar 
(Psocoptera)
turkumi
vakillari mayda hasharotlar bo‘lib (1-5 
mm), og‘iz apparati kemiruvchi tipda tuzilgan. Mo‘ylovlari uzun, ingichka, 12- 50 


164 
bo‘g‘imli. Ikkala juft qanotlari (agar ular taraqqiy etgan bo‘lsa) pardasimon va siyrak 
tomirlangan. Oyoqlari ingichka, panjalari 2-3 bo‘g‘imli, harakatchan. 
Pichanxo‘rlar daraxt va butalarda, xashaklar orasida, devor kovaklarida, 
o‘simlik va hayvon mahsulotlarida, qushlar hamda boshqa hayvon inlarida, tuproqda, 
uylarda, kutubxonalarda va boshqa joylarda yashaydi. Tabiiy sharoitda organik 
qoldiqlar va zamburug‘lar bilan oziqlanadi. Pichanxo‘rlar g‘o‘zaning ko‘sak va tola 
kasalliklarini, masalan, pushtirang chirish kasalligini qo‘zg‘atuvchi zamburug‘larning 
sporalarini tarqatishda ishtirok etadi. 
Pichanxo‘rlar tropik va subtropik mintaqalarda keng tarqalgan. 1500 ga yaqin 
turi ma’lum, shulardan MDH da 60 dan ortiq turlari uchraydi.
 
Parxo‘rlar 
(Mallophaga)
 turkumi
vakillari qanotsiz bo‘lib, qushlarning va qisman 
sutemizuvchilarning parazitlari hisoblanadi. Parxo‘rlarning tanasi bir oz yassilashgan, 
ko‘zlari o‘z navbatida reduksiyaga uchragan. Ularning tanasi tig‘iz, odatda, sertuk, 
kattaligi 0,5-11 mm. Boshi yirik, ko‘krak qismidan ko‘ra kengroq. Og‘iz apparati 
kemiruvchi tipda, parazitlik hayotiga maxsus moslashgan. Oyoq panjalari 1-2 
bo‘g‘imdan iborat bo‘lib, bitta yoki ikkita “tirnoqcha” bilan tugallanadi.
Parxo‘rlar o‘zlarining tuzilishi bilan bir tomondan pichanxo‘rlarga o‘xshasa, 
ikkinchi tomondan bitlarga o‘xshab ketadi. Parxo‘rlar patlar, parlar, sochlar, tuklar orasida 
yoki terida parazitlik qilib hayot kechiradi. Ularning ayrim turlari hatto yirik qushlarning 
og‘iz bo‘shlig‘ida uchrab, ularning endoparazitlariga aylangan. Parxo‘rlarning tuxumlari 
qopqoqchali bo‘lib, patlarga, sochlarga, junlarga yopishib turadi. Shunday tuxumlardan tez 
muddat ichida lichinkalar paydo bo‘ladi. Lichinkalar o‘z tuzilishiga ko‘ra voyaga 
yetganlariga o‘xshash, faqat o‘lchamlari va teri pigmentlari bilan farq qiladi.
Parxo‘rlarning umumiy rivojlanishi 3-4 haftani o‘z ichiga oladi. Ular asosan 
teri epidermisi, patning ayrim qismlari, teridan ajraladigan mahsulotlar hisobiga, 
shuningdek, yaralardan ajraladigan moddalar hisobiga oziqlanadi, o‘zlari 
yashayotgan organizmni juda ham bezovta qiladi, buning evaziga hayvonlarning 
mahsuldorligi kamayadi. 
It va mushuklarning junxo‘rlari jun ostida yashab, parazitlik qilish bilan birga, 
ba’zan ayrim tur parazit chuvalchanglarning tuxumlarini ham tarqatadi.
Parxo‘rlar turkumi o‘z navbatida 2 ta kenja turkumga va bir nechta oilaga 
bo‘linadi. Haqiqiy parxo‘rlar kenja turkumiga oqish tovuq parxo‘rini misol qilib olish 
mumkin. Pat va junxo‘rlar kenja turkumiga esa tovuqlarning bosh parxo‘ri va kaptar 
parxo‘rini ko‘rsatish mumkin. Shuningdek, ularga kattaligi 4-5 mm keladigan yirik o‘rdak 
parxo‘ri, it, mushuk va boshqa sutemizuvchilarda uchraydigan junxo‘rlarni ham ko‘rsatish 
mumkin (45-rasm).
It va mushuk junxo‘rlari odamda parazitlik qiladigan bir tur gijjani yuqtiradi. 
Kimyoviy preparatlardan foydalanib, parxo‘rlarga qarshi kurash olib boriladi.
Parxo‘rlar turkumiga 2600 ga yaqin tur kiradi, shulardan 300 ga yaqin turi 


165 
sutemizuvchilarda, qolganlari esa qushlarda parazitlik qiladi. Ulardan taxminan 400 ga 
yaqin turi MDH mamlakatlarida uchrashi qayd qilingan.

Download 11,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   348




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish