175
individlar tug‘adi. Shular jumlasidan tirik tug‘uvchi qanotlilari, odatda, ko‘p
bo‘lmaydi. Ular turning tarqalishini ta’minlaydi, shu sababli tarqaluvchilar deb
ataladi. Kuzga borib qanotli urg‘ochi shakllari ko‘p miqdorda paydo bo‘ladi, ular
erkak
va urg‘ochi indnvidlar va jinslilar deb ataladi.
Shunday qilib, bahor va yoz davrida shira koloniyalari nuqul jinssiz tirik
tug‘uvchi va lichinka individlardan iborat bo‘ladi va faqat kuzga borib erkak va
tuxum qo‘yuvchi urg‘ochi
individlari yuzaga keladi.
Urug‘lantirilgan urg‘ochi tuxum qo‘yadi. Tuxumlar qishlaydi. Shiralar voyaga
yetgan davriga qadar 4 marta tullaydi. Bular bahorda 15-20 kunda, yozda 4-8 kunda
rivojlanadi. Oxirgi tullashdan so‘ng shiralar tirik tug‘a boshlaydi. Bahor va yoz
davomida faqat partenogenez bilan ko‘payuvchilar avlodlari bir mavsumda 15-20
tagacha nasl berib ko‘payadi. Shiralar, bo‘g‘inlar almashishdan tashqari, bir tur
o‘simlikdan ikkinchisiga ko‘chib o‘tadi. Ular uchun daraxtlar asosiy, o‘tsimon
o‘simliklar esa ko‘pincha o‘tkinchi ro‘l o‘ynaydi. Asosiy o‘simliklarga qishlovchi
shiralar tuxum qo‘yadi va ularda asoschilarning bir-ikki bo‘g‘in individlari yashaydi
va faqat qanotli urg‘ochi tarqaluvchilar o‘tkinchi o‘simliklarga uchib o‘tadi va bu
yerda yozgi tirik tug‘uvchi individlar urchiy boshlaydi. Kuzda qanotli jinslilar paydo
bo‘ladi, ular yana asosiy o‘simliklarga uchib o‘tadi va u yerda erkak hamda urg‘ochi
individlar tug‘adi. Ko‘pchilik tur shiralar bir tur o‘simlik bilan oziqlanadi. Faqat
nisbatan kamchilikni tashkil etuvchi tur shiralar hammaxo‘rlardir, lekin ular ham
qanday bo‘lmasin bir tur yoki guruh o‘simliklarda ovqatlanadi. Ular o‘simliklarning
bargi, novdasi, ildizi va boshqa organlarini so‘rib oziqlanadi. Ko‘pchilik turlarining
tanasida mum bezlari bo‘ladi. Bu bezlar chiqargan mum hasharot tanasini qoplab
olib, uni himoya qiladi. Ayrim chumolilar shiralar ishlab chiqargan shirin suyuqlik bilan
oziqlanadi. Tokka filloksera
(Phylloxera vastatrix
), meva daraxtlariga qon shira
(Eriosoma
lanigerum),
olma shirasi (
Aphis romi),
sabzavot ekinlariga
karam shirasi
(
Brevicoryne
brassicae
), katta g‘o‘za
shirasi
(
Aphis gossipii va Acyrthosiphon gossipii
)
zarar keltiradi.
Shiralarning hayot faoliyatiga harorat kuchli ta’sir etadi. Shiralar o‘simlik
shirasini so‘rib olishi natijasida to‘qima jarohatlanadi, normal o‘sish izdan chiqadi.
Ular ajratgan chiqindilar o‘simlikning barg, meva hamda mahsulotlarini
ifloslantiradi, o‘simliklarga virus, zamburug‘ va boshqa kasalliklarni yuqtiradi.
Shiralarning 20 mingdan ortiq turi ma’lum bo‘lib, shulardan MDH da 6
mingtacha turi uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: