Учебно-методический комплекс по "Энтомологии" подгатовлен на основе современной педтехнологии. Настоящий комплекс подготовлен на основании действующей



Download 11,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/348
Sana20.04.2022
Hajmi11,19 Mb.
#566981
TuriУчебно-методический комплекс
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   348
Bog'liq
entomologiya

So‘qir qandalalar yoki miridlar 
(Miridae)
 oilasi
vakillarining tanasi cho‘ziq, 
ixcham va teri qoplag‘ichi yupqa. Ko‘zchalari yo‘q, xartumchasi 4 bo‘g‘imli. 
Oyoqlari yuguruvchi tipda tuzilgan. Mayda yoki o‘rtacha kattalikda (uzunligi 2-11 
mm), yashil-sarg‘ish yoki qo‘ng‘r rangli bo‘ladi. Serharakat, tuxumlarini o‘simlik 
to‘qimasi ichiga qo‘yadi. O‘simlikxo‘r zararkunanda. 
Qalqonchalilar 
(Pentatomidae)
oilasi 
vakillarining yelkasidagi qalqonchasi 
yirik, mo‘ylovlari 5 bo‘g‘imli. O‘simlikxo‘r va qisman yirtqich turlari bor. Bulardan 
zararli xasva 
(Eurygaster integriceps)
turi ko‘proq zarar keltiradi (48-rasm). Sharqi-
Janubiy Osiyo mamlakatlarida juda yirik va zaharli qandala-
Tessorotoma papillosa
mevali daraxtlarga katta zarar keltiradi.
48-rasm. Zararli xasva:
a-voyaga yetgan davri; b-bug‘doy bargiga qo‘ygan tuxumlari;
v-zararlangan bug‘doy poyasi.


173 
Yashirin 
mo‘ylovlilar 
(Cryptocerata)
kenja 
turkumi 
vakillarining 
mo‘ylovlari juda qisqargan, yashirin holatda, hid chiqaruvchi bezlari rivojlanmagan, 
suvda yashaydi, ko‘pchiligi yirtqich. Bularga suv chayoni kiradi.
Teng qanotlilar 
(Homoptera) 
turkumi. 
Bu hasharotlarning ikki juft qanotlari ham 
bir xilda tuzilgan va juda siyrak to‘rlangan. Ayrim vakillarining qanotlari reduksiyaga 
uchragan. Og‘iz organlari sanchib-so‘ruvchi xartumdan iborat. O‘simlik shirasi bilan 
oziqlanadi. Teng qanotlilar juda mayda hasharotlar. Ularning uzunligi 1-2 mm, ayrim turlari 
6-7 mm ga, ba’zan 18-20 mm ga yetadi. Bir qancha turlari partenogenez orqali ko‘payadi. 
Ko‘pchilik turlari geterogoniya tipida nasl almashib ko‘payish xususiyatiga ega. 
Geterogoniya ko‘pincha ular oziqlanadigan o‘simlikni almashtirish bilan birga boradi. 
Misol tariqasida tok fillokserasi
 
hayot siklini ko‘rsatish mumkin. Bahorda qishki 
tuxumdan chiqqan urg‘ochi filloksera tok bargiga o‘tib, uning shirasini so‘radi va 
bo‘rtmalar hosil qiladi. Bu bo‘rtmalarning ichiga urg‘ochisi partenogenetik tuxumlar 
qo‘yadi. Tuxumlardan chiqqan lichinkalardan yetishgan partenogenetik urg‘ochilar yana 
bargda rivojlanadi. Lekin keyingi nasllarda partenogenetik urg‘ochilari birmuncha 
boshqacharoq belgilar (masalan, uzunroq xartum) hosil qiladi. Bu nasli o‘simlikning ildiziga 
o‘tib olib qishlaydi. Bahorda ular yana ko‘paya boshlaydi, bir qismi tokning poyasiga 
ko‘tarilib, qanotli urg‘ochi jinsiy individlarga aylanadi. Bunday individlar tok po‘stlog‘iga 
ikki xil partenogenetik tuxumlar qo‘yishadi. Bir xil tuxumlardan erkak, boshqalaridan 
urg‘ochi individlar yetishib chiqadi. Urg‘ochilari urug‘langach, tok po‘stlog‘i ostiga 
tuxum qo‘yib halok bo‘ladi. Bu tuxumlardan bahorda fillokseralar chiqadi. Shunday 
qilib, fillokseraning ikki yil davom etadigan hayot sikli jinsiy naslning bir necha 
partenogenetik nasl bilan almashinishidan iborat. Bu xildagi nasl almashinish yo‘li bilan 
ko‘payish 
geterogoniya 
deyiladi.
Teng qanotlilarning 30 mingga yaqin turi ma’lum, shundan 4000 ga yaqini 
MDH da uchraydi. Teng qanotlilar turkumi o‘simlik bitlari 
(Aphidodea), 
oqqanotlilar
(Aleyrododea), 
barg burgachalari 
(Psilliodea), 
saratonlilar 
(Cicadoidea) 
va koksidlar 
(Coccadea) 
kabi kenja turkumlarga ajratiladi. 

Download 11,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   348




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish